Ezgulikka undovçi kitob

Bugungi dunyo miqyosida keçayotgan globallaşuv jarayonlari, çetdan hadsiz – hisobsiz turli zararli axborot oqimlarining kirib kelişi ayniqsa, yoşlarning tar­biyasiga salbiy taʼsir körsatayotganini har kuni, har lahzada guvohi bölib turibmiz. Maktab, yana qator taʼlim muassasalarida ustoz va murabbiylar yoşlarning taʼlim– tarbiyasi yölida bor kuç, tajribalarini ayamayaptilar. Yoşlarni namunali xulqli, intizomli tarzda tarbiyalaş va hayotda munosib örin egallaşlari yölida tinmay izlanib, taʼlim-tarbiyaning yangi usullaridan foydalanyaptilar.

Kuzatişlardan maʼlum bölyaptiki, yoş avlod tarbiyasida muhim omillar qatorida, kitob mutolaasi alohida örin tutadi. Masalan, bola badiiy kitobdan odamiylik, halollik, töğri sözlik, kattaga hurmat, kiçikka izzatni örganadi. Yaxşi kitob bolani töğri yölga boşlab, fikrini, tafakkurini oşiradi. Bir söz bilan aytganda, uni faqat yaxşilik va ezgulikka oşno etadi. Maʼlumki, oila tarbiyasi undan ham nozik­roq, bunda yoşlar, ayniqsa, yoş oilalarga tajribali onaxon, otaxonlarning maslahat, ögitlari juda muhim. Aytiş joizki, hayotning aççiq-çuçugini totigan keksa avlodning kundalik hayotda tutgan örni va mahalla köydagi obrö – eʼtiborlari yoşlar uçun yaxşi bir maktab örnini ötaşi tabiiy.

Taniqli jurnalist Feruza Soyibjon qizining yaqinda naşrdan çiqqan “Uyğoq tuyğular” nomli kitobini oila va bolalar tarbiyasiga bağişlangan mazmunli asarlar sirasiga kiritiş mumkin.

Hikoyalar, qatralar va ibratlardan iborat kitobda asosan, kundalik hayotimizda röy bergan, hayo­timizda uçrab turadigan voqealar öziga xos va taʼsirçan tarzda aks ettirilgan.

“Mehr” hikoyasida tasvirlanişiça, Diloromning bolasi juda qiyinçilik bilan dunyoga keladi. Şifokorlar Diloromning turmuş örtoğiga bolaning ahvoli ança oğirligi, yaşab ketişiga umid yöqligini aytişadi. Bu gapni bexosdan eşitib qolgan Dilorom qattiq aziyat çekadi.

Dilorom keçki payt navbatçi şifokordan jonlantiriş bölimida yotgan bolasini körişga ruxsat söraydi. Şifokor oldiniga bunga könmaydi, onaizor yalinib, yolvorib, köz yoşi tökkaç, noiloj ruxsat beradi. Dilorom gödagining qoşiga kelib, bolajonini soğinib kelgani, uni soğayib ketişiga işonişi, u hayotga intilib yaşaşi, kuraşişi lozimligini aytadi.

Tong saharda Dilorom yana bolasining yoniga kiriş uçun şifokordan izn söraydi. Bu gal ham şifokor ruxsat bergisi kelmaydi, ammo keça Dil­oromning bolasi yoniga kirib, yiği-siği qilmagani, boşqa çaqaloqlarning halovatini buzmaganligini hisobga olib, yöq demaydi. Dilorom ohista qadamlar bilan farzandining yoniga keladi, unga keçagidan biroz ulğayib qolgani, hademay uylariga qaytişlari, ularni uyida mehribonlari kutayotgani, dodajonisi unga Jasur deb ism qöygani, endi ismiga monand jasur, pahlavon bölişi kerakligini şivirlab sözlaydi.

Bu hol uç kun davom etadi va Diloromning çaqaloğini tibbiy körikdan ötkazayotgan bolalar şifokori gödakning juda sust urayotgan yurak zarb urişi biroz tezlaşganini, qon aylanişining yaxşilanişi hisobiga rangiga qizillik yugurganini körib, hayratga tuşadi va “möʼjiza!”, “möʼjiza!” deb yuboradi. Çunki, çaqaloq hayotga qaytgan edi.

Jajji hikoyada ona mehrining naqadar möʼjizakor, qanday katta kuçga ega ekanligi sodda tilda, işonçli va taʼsirçan tarzda ifoda etilgan.

Kitobdan joy olgan “Ökinç” hikoyasida Layli va Toştemirning taqdirlari, ularning hayotini zaharlagan otarçi Jahongirning qilmişlari haqida yozilgan. Layli maktabni bitirgaç, uylaridan sovçilar arimaydi. Maktabdoşi Jahongir astoydil xaridor böladi, ammo otasi otarçiga qiz berişdan or qilib, rozilik bermaydi. Laylini Toştemir ismli yigitga turmuşga berişadi. Ular risoladagidek oila qurib, bir öğil, ikki qizli bölişadi.

Bir kuni boğçadan bolalarini olib, uyiga qaytayotgan Layloning yonginasida yap–yangi “NEKSIA” avtomaşinasi kelib töxtaydi. Bu – Laylining maktabdoşi Jahongir edi. Layli va Jahongirning xufyona uçraşib turişlarini mahalladagilar bilişadi, ammo Toştemir buni keyinçalik sezib qoladi. Bir kuni u işdan qaytayotganida bir ayol töxtatib, “Xotiningizni yiğiştirib oling, erimni öz holiga qöysin”, – deydi. Toştemir bu gaplarni eşitib, karaxt bölib qoladi. Voqealarning ke­yingi rivoji şunday: Toştemir xotinini xiyonat ustida qölga tuşiradi va u ikkovini ham bir yoqlik qilgisi keladi. Lekin bolalarini öylab, janjal kötarmaydi, uyidan jimgina çiqib ketadi.

Jahongir Layliga uylanadi, ular qiz farzand­­li bölişadi. Qizaloq yetti yoşga tölganda, Layli oğir xastalikka çalinib, vafot etadi. Hali voyaga yetmagan ikki qiz va bir öğil Jahongirning qaramoğida qoladi.

Oradan yillar ötadi, Jahongir qizlarini uzatib, öğlini uylantiradi. Öğli ögay otasidan xotinini raşk qilib, alohida yaşaşga ahd qiladi.Jahongir tört xonali uyda yolğiz qoladi, aççiq taqdiri öziga saboq böladi. Öz puşti kamaridan dunyo­­ga kelgan öğil-qizlari esa uni körib, körmaganga olib ketişlari, nabiralarining “bobo”, deya yoniga yugurib kelmasligidan ökinadi. Bir oilani parokanda qilib, baxtli böliş mumkin emasligini keç, juda keç anglaydi. Hikoya juda taʼsirçan yozilganligi bilan öquvçini öyga toldiradi, fikr, muşohada qilişga undaydi.

“Afsus” hikoyasida Dilmurodlarning uylarida har kuni janjal bölib, ota–onasi sira kelişa olmasliklari, Dilmurod esa, tartib–intizomli, darslarni vaqtida bajarib, “aʼlo” baholarga öqiydigan bola sifatida tasvirlangan.

Uydagi nosoğlom muhitdan Dilmurodning onasi Zebi opa kasallikka çalinadi. Keyingi paytlarda Zebi opaning ranglari siniqib, tez-tez huşidan ketib qoladigan böladi. Otasi ham bir kun uyi­­ga kelsa, uç-tört kun kelmaydigan odat çiqaradi. Zebi opaning salomatligi kun sayin yomonlaşa boradi, buni körgan otasi şu bahona oilani butunlay taşlab ketadi.

Betob onasi va ukasi bilan yolğiz qolgan Dilmurodning zimmasiga rözğor taşvişlari tuşadi. Böş vaqtlarida bozorda aravakaşlik qiladi, birovlarning yukini eltib berib, hadya qilingan çoyçaqalarni yiğib, onasiga tutqazadi. Bir kuni sinf­doşi Dilobarning akasi Şerzoddan uylari yaqinida maşina yuviş şohobçasi oçilganini eşitib qoladi va ikkovlon işga kirişadi. Oldiniga şohobçaning xöjayini ularga maşina yuviş uçun yaxşigina pul vaʼda beradi, 5-6 kun işlaganlari evaziga arzimas pul berib, bir haftadan keyin gapidan qaytadi, bolalarning pulini bermasdan, ularni haydab soladi. Şundan keyin Dilmurod bu haqsizlikka çidamasdan, xöjayindan öç oliş payiga tuşadi. Ukasi Elmurodni yölga solib, rejasini aytadi. Elmurod qörqib ketadi va akasini bu yöldan qaytarmoqçi böladi. Dilmurod esa, gapida turib oladi va ular maşina şohobçasiga borişadi. Dilmurod işxonaning orqa tarafdagi derazasini sindirib, içkariga kiradi va kompyuter bilan telefonni olib, ukasiga beradi. Keyin turargohdan benzin olib, hamma yoqqa sepib çiqadi va qölidagi gugurt çöpini yoqib uloqtiradi. Butun işxona alanga içida qoladi. Aka-uka şoşa-pişa uylariga ravona bölişadi.

Yarim tunda Dilmurodlarning darvozasi qattiq gursillaydi, u taşqariga çiqadi, darvoza oldida militsiya kiyimidagi xodimlar turgan edi…

Hikoyada bilib-bilmasdan va ehtirosga berilib, qilib qöygan qilmişidan puşaymon bölgan Dilmurodning kasal onasiga va bu jinoyatga şerik qilgan ukasiga açinişi taʼsirçan tarzda yozilgan. Ammo endi keç bölgandi.

Kitobdan joy olgan “Şunga şunçami?..” nomli hikoyada oilada yolğiz bola – Şukrulloning ota-­onasi yoşligidan erkalatib katta qilgani, ular ismini ham aytmasdan, “Erkatoy” deb çaqirişlari, ayniqsa, onasi hadeb yonini olib, otasidan uning ayblarini yaşirib yurgani, otasi gapirib, öğliga tanbeh berganida ham ona doimo “qalqon” bölgani haqida batafsil yozilgan. Oqibatda erkatoy tantiq, yalqov, boşi “ikki”dan çiqmaydigan öquvçiga aylanadi. Bir kuni ota-onalar majlisida sinf rahbari Erkatoydan şikoyat qiladi, u darslardan qoçib ketayotgani, örtoqlari bilan muştlaşayotgani, çorak baholari qoniqarsiz ekanligini aytadi. Onasi har galgidek ustozini ayblaydi, öğlining tarafini oladi, baqir-çaqir qilib, majlisdan çiqib ketadi. Asabiy holda uyiga qaytib, öğlidan kundaligini söraydi. Onasi Erkatoyning kundaligini varaqlar ekan, qizil ruçkadagi gajakdor qator-qator “2” baholarni körib, fiğoni falakka çiqadi. Onasi öğliga tanbeh beradi, uni şu niyatda voyaga yetkazmagani, ota-onasining undan umidi kattaligi, u esa hatto bir donagina “3” baho olmaganini kuyib-pişib aytganda, Erkatoy sovuqqonlik bilan: “Voy onajonim-a, qörqib ketibman, nima bölibdi deb, ertaga öqib boraman, “2”larimni yöqotaman. Şunga şunçami?”, – deydi. Onasi bu gaplarni eşitib, közidagi yoş bilan Erkatoyga tikilib qoladi. Çunki, onasi yillar davomida öğlining ustidan şikoyat qilganlarga – ustozlari, qöni-qöşnilari, hatto turmuş örtoğiga ham şu sözni aytib, öğlining tarbiyasini izdan çiqarib yuborganini ang­lab yetadi.

Aytiş kerakki, hikoyada haqiqatan ham öquvçilar içida Erkatoy va unga öxşaganlarning yonini olib, bolalarini yoşligidan taltaytirib yuborgan ota-onalar uçraşi, bu esa ota-onalarning özlari, qolaversa, jamiyat uçun koni zarar ekanligi haqida jonli misol keltirilganki, hikoyani öqiganlar tegişli xulosa çiqarib oladilar, degan umiddamiz.

“Uyğoq tuyğular” kitobidagi “Foydali yolğon”, “Boburning dadasi”, “Dono qiz” hikoyalari” ham bolalarning uyda, maktabdagi hayoti, odobi, tar­biyasi masalalari haqida yozilgan. “Foydali yolğon”da sinfda odobli va “aʼloçi” öquvçi Murodjonning ota-onasi sinf majlislariga borişga erinişadi, u esa sinf rahbaridan tanbeh eşitadi. Murodjon onasi Sevara opani heç bölmaganda, çorak yakuniga borişi uçun öziça “foydali yolğon” öylab topadi, yaʼni maktabdan qönğiroq qilib: – “Oyijon, sinf rahabarimiz meni urdi”, – deydi. Onasi öşa zahotiyoq maktabga yetib keladi va maktab direktori xonasiga kirib, öqituvçi ustidan şikoyat qilmoqçi böladi. Sinf rahbari Murodjonning onasini körib qolib, xursand bölib ketadi va majlisda öz sözini Murodjondan boşlaydi. U Murodjonni iqtidorli bolaligi, u maktabda “Eng kitobxon öquvçi” tanlovida birinçi örinni egallaganligini aytib, Sevara opaga öğlining “Faxriy yorliği”ni topşiradi. Ota-onalar Murodjonning onasiga havas bilan qaraşadi.

“Boburning dadasi”   hikoyasi Boburning otasi ularni yoşligida taşlab ketib, boşqa oila qurgani va ota-bola örtasida bölib ötgan voqea haqida. Yoş Bobur otasining uylaridan ketib qolganidan juda ökinadi, ammo asta-sekinlik bilan könikadi. Bir kuni dars vaqtida sinf rahbari: – “Maktab darvozasi yonida seni otang kutyapti”, – deydi. Bobur xursand bölib ketadi, otasini köriş niyatida köng­lida ne-ne orzu niyatlarni tugib, aytilgan joyga yuguradi. Otasi “Kaptiva” maşinasi yonida kim bilandir gaplaşib turgan böladi. Bobur otasining yoniga borib, salom beradi, u alik oladi va yana suhbatini davom ettiradi. U kattalarning gaplariga halaqit bermasdan, odob saqlab kutib turadi. Şu payt Boburdan ikki sinf pastda öqiydigan Bobur ismli bola otasi bilan quçoqlaşib körişadi-da maşinaga ötirib ketişadi. Bobur bu holdan hayron bölib, alamidan yiğlab yuboradi. Şu payt sinf rahbari kelib: – “Boburjon, yiğlama, u sening otang emas ekan, xafa bölma, men adaşibman”, – deydi va römolçasi bilan Boburning köz yoşlarini artadi. Taʼsirlanib ketgan ustozi ham unga qöşilib yiğlaydi.

Hikoyada baʼzi bağritoş, bemehr otalarning oilaviy ajralişlari yoşlarning könglini vayron qilişi, ularni qalbida oğir jarohatlar qoldirişi haqida iztirob bilan yozilgan va hikoya Boburning gaplari bilan yakun topgan: “– Öşa kuni özimga söz berdim: bundan keyin aslo yiğlamayman. Katta bölib oila qursam, heç qaçon farzand­larimni taşlab ketmayman, ularni Boburning dadasi kabi maşinada uyga olib ketaman”.

Kitobning oxiridagi “Qatralar” qismida ham hayotdan olingan ibratli voqealar öz aksini topgan. Bunda kitob muallifining hayotdagi kuzatişlari, qolaversa, yon-atrofimizdagi tajribali, hayotning aççiq-çuçugini tatigan insonlarning teşa tegmagan ibratli, foydali hikoyalari öquvçi diqqatini öziga tortadi. Uni öylaşga, fikrlaşga, muşohada qilişga undaydi. Şuningdek, qatralarda inson qad­rini uluğlaş, bağrikenglik, yaxşi yoki yomon kunlarida bir-birini qöllaş, suyaş, yordam berişdek azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş haqida keksa otaxon, buvijonlarning ibratli hayotlari, sözlari misolida körsatib berilgan. Qatralarni öqiş asnosida har birimizga, ayniqsa, yoşlarga hayotdan saboq beradigan, ularga aql böladigan, kezi kelganda, dalda böladigan, rözğorda kamini töldirib, boriga şukur qilib yaşaşga örgatadigan insonlar şundoqqina yon-atrofimiz, oramizda ekanligi, ularning qadriga yetişimiz, duolarini olişimiz lozimligi haqida ajoyib tasavvurlarga ega bölamiz. Yana bir jihati, muallif kitobdagi hikoya va qatralarida hayotning özi katta maktab ekanligi, undan saboq oliş uçun özimiz ziyrak kuzatuvçan bölişimiz, yaxşi amallarni   örganib, yomon odatlarga aslo yöl qöymasligimiz, doimo teran muşohada qilişga harakat qilişimiz va bularni yoşlarga yotiği bilan tuşuntirişimiz lozimligini uqtiradi.

Eng muhimi, Feruza Soyibjon qizining “Uyğoq tuyğular” kitobi sodda, samimiy tilda yozilgan. Kitob özining çuqur mazmunga egaligi, kitobdagi har bir hikoya, qatra, ibratlar yoşlar, öqituvçilar, şuningdek, ota- onalarga tarbiyaning bir amaliy vositasi bölib xizmat qila oladi, deb işonç bildiriş mumkin.   Kitobni mutolaa qiliş asnosida ota-onalar, ayniqsa, yoş oilalar undan bola tarbiyasi, bu öta nozik jihatning muhim qirralari, tarbiyadagi öziga xos yondaşuvlar haqida foydali maslahatlar olib,   kundalik hayotlarida bemalol qöllasalar böladi. Kitob ana şu jihatlari bilan ham köpming sonli öquvçilari qalbidan munosib joy egallaşiga şubha yöq.

Yusuf HAMDAMOV,

filologiya fanlari doktori

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan