Orzu yoqqan çiroq

Ötgan asrning 70-yillari bugungi kun uçun juda olis bir zamonday tuyuladi. Lekin ana şu paytlardagi gazetxonlar va jurnalistikaga dastlabki qadamlarni taşlagan bizning avlod vakillari uçun hali-hanuz bir anʼana saqlanib qolgan. Qölimizga gazetani olişimiz bilan uni öqişni oxirgi sahifadan va aksariyat holda sport xabarlaridan boşlaymiz. “Paxtakor” futbolçilarining ğalabasidan şodlansak, boksçi Rufat Risqiyev, qiliçboz Sobir Röziyev, şaxmatçi Georgiy Aʼzamov singari yurtdoşlarimizning xalqaro maydonlardagi yutuqlaridan boşimiz kökka yetardi…

Öşa kezlarda “Özbekiston ovozi” (“Sovet Özbekistoni”) gazetasida bosilgan sport xabarlari va şarhlari tagida ­H.Nosirov degan imzo turardi. Haydar akaning kiyinişi va yuriş-turişi ham sportçilarnikiga öxşab ketardi. Yana bir jihati, sportçilar har kuni maşq qilgani kabi bu soha jurnalistlari ham har bir sonda eng kamida tört enlik xabar bilan çiqişi zarur edi. Çunki, muştariylar şunga muştoq. Ularning talab-eh­tiyojiga mos xabarni yetkaziş esa, ham masʼuliyat, ham şaraf. Gazetxonlar orasida sport jurnalistlarining obrösi şunga yaraşa yuqori. Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti keçki bölimi talabasi bölgan va ayni kezda sport şarhlovçilari bilan gazeta yoki televideniyeda işlayotgan biz yoşlarga havas qilişardi…

Mana şunga ham yarim asr bölib qolibdi. Rosti, yaqinda naşrdan çiqqan Haydar Nosirovning şoirona nom bilan atalgan “Xayol” kitobini qölga olar ekanman, avvaliga taajjublandim. Sport jurnalisti sifatida tanilgan Haydar aka biz bilmagan holda şeʼr va hikoyalar yozib yurgan ekan-da, degan fikrga bordim. Kitobni öqigan sari muallif öz xotirasidagi voqealarni xayolan jonlantirib, hayot yöllaridagi keçinmalarini qiziqarli va işonçli bayon etganiga, ulardan maʼni-mağzli xulosalar çiqarganiga amin bölib bordim. Qolaversa, Erkin Vohidovning

“Bor ekan inson qölida orzu yoqqan

                                        çiroq,

Şu çiroqni öylab, bir kuni

                         oftob aylar xayol”

degan misralari ham bejiz epigraf qilib olinmagan.

Şu jihatdan olganda, tabiiy ravişda Haydar Nosirov öz qölida tutgan orzu çiroği xayol qilganidek hayot olamini yoritgan oftobga aylandimi, degan savol tuğiladi. Kasbga mehr, sadoqat va mehnatda şakllangan, “Özbekiston ovozi”da ellik yildan ziyod işlagan ustozning xotiralaridan bu savolga öziday va söziday kamtarin, samimiy javobni olamiz. Binobarin, bu qissa öz oilasi, hayotiga doir voqeliklar orqali ötgan asrning yigirmançi yillaridan bugungi kunga qadar bölgan davrni qamrab olgan.

Kitob muqovasini oçişingiz bilan gazetaga uluğ inson, noziktaʼb ijodkor Maqsud Qoriyevgaça 21 nafar kişi boş muharrirlik qilgan bölsa, aziz ustozdan keyin jamoaga rahbar bölganlarning ham rasmlari berilişi, ularning örinbosarlari, qançadan-qança xodimlarning yodga olinişi “jonli tarixçi”ning xolis va bağrikengligidan dalolat beradi. Har bir ijodkor, har bir muxbir haqida fikr yuritganda xuddi şatranj taxtasidagi ön yurişni oldindan öylab qöygan şaxmatçiday yöl tutadi. Aslida hayotda ham şunday vazmin, beğubor va har bir sözini yetti öylab gapiradigan, zarur paytda tirgak böladigan inson.

Töğrisi, Haydar aka şunday öqişli kitob yozadi, deb xayolimga keltirmaganman. Ayniqsa, “Rutubatli evriliş­lar” qismi kişini öyga toldiradi. Bu örinda muallif sport şarhlovçisi emas, balki yurtda röy berayotgan “islohot”larning teran tadqiqotçisi sifatida fikr yuritadi, qalbini zir tit­ratgan voqealarni eslaydi.

Özbekiston rahbari Şarof Raşidovning foniy dunyoga siğmay qolganidan keyin boşlangandi bu körguliklar. Gazetaga uzoq yillar rahbarlik qilib, adadini million nusxaga kötargan Maqsud Qoriyevning “Muştum” jurnaliga boş muharrirlikka ötkazilişi, Abdukarim Nabixöjayev, Fayzi Şohismoilov, Ötkir Abduazimov kabi zabardast publitsistlarning tahririyatdan ketişi zamirida “Desantçilar”ning yurtga kelişi, “Paxta işi” va “Özbeklar işi” kabi qatağonlik­lar qanday boşlangani, uning dastlabki oqibatlari otaxon gazeta faoliyatiga ham qanday noxuşliklar olib kelgani etni junjiktiradi.

Ana şu davrda kamina ham Maqsud Qoriyevning işonçli eng yoş şogirdi sifatida gazetaning Navoiy viloyatidagi muxbiri bölib işlaganim bois bu azoblarni öz boşimdan keçirganman. “Tongotar majlislar” nomli maqolam çop etilganidan keyin boş muharrirga qançalik tazyiqlar bölganini yaxşi eslayman. Maqoladagi barça fakt va raqamlar isbotlanganiga qaramay, Maqsud akaning xavotiri va tavsiyasiga köra, mehnat taʼtiliga çiqib, muayyan muddat respublikadan çekkada yurişimga ham töğri kelgan. Çunki, ninaning köziday xatoingizni topişsa, unga Qizilqumdagi butun qumni quyib yuboradigan zamon edi.

Kitobda Öktam Usmonov, Rasul Rahmonov, Şarof Ubaydullayev, Azim Suyun, Safar Ostonov rahbarligidagi ötgan ijodiy damlar “Bahor ketmas bizning boşlar­­­­­dan…” deb nomlanganida ham ibratli hikmat bor. Mustaqillik epkinlari kelişi bilan yurtda ham özgariş­lar boşlandi, sport davlat siyosatining ustun yönalişiga aylandi. Hozirjavob jurnalistlar xalqaro musobaqalarni yoritişga, Özbekiston nomini uluğlaşga katta hissa qöşib kelyapti. Uning oldingi safida saksondan sakragan ustozning özi va şogirdlari turibdi.

Haydar aka kasbga mehr va sadoqat mehrini sport jurnalistikasidan top­gani bor gap. Lekin kitobning ikkinçi qismidagi muallifning turli davrlardagi ijod namunalarini öqir ekansiz, öşa kezda dolzarb bölgan, hozirgi kunda ham dil tubi va til uçida turgan mavzularga öziga xos yondaşilganini his qilasiz. Ular tarixiy voqelik sifatida bugungi kundagi holat bilan taqqoslab, xulosalar çiqarişga turtki beradi. Binobarin, ular pand-nasihatlardan xoli, köproq fakt va dalillar sözlaydi. Kitobning yana bir ahamiyatli jihati ham şunda bölsa kerak.

Özbek publitsistikasining taniqli namoyandasi va tadqiqotçisi Ahmadjon Meliboyev ustoz Saydi Umirovni yoşlik şijoatini saqlab kelayotgan murabbiyga öxşatgan edi. Şunday fikrni muayyan jihatdan Haydar Nosirovga ham nisbat beriş mumkin. Zero, Haydar aka ham ayni kunda yoşlik şijoatiga xos murabbiy sifatida jurnalistikaning yangi qirralarini oçişda öz ijodi bilan ibrat bölmoqda.

Abdurauf QORJOVOV,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan