Jannatiy inson edi

93 yoşni qarşilab, quvnoqlik bilan yaşaşda davom etayotgan nuroniy otaxon kim edi? “U yoğim oğriydi, bu yoğim bezovta qilyapti” demay yaşab kelgan keksa olim kim edi?   Yotib emas, yurib, uxlab emas, köp vaqtlarini ijod qiliş bilan ötkazgan, tinib-tinçimas ruhşunos kim edi? Bunday fayzli, saxovatli, sözlari asaldek şirin, bamisoli musiqa eşitib, töymagan odam qiyofasiga tuşganingni ham bilmay qoladigan, sizni sehrlab qöyadigan ustozi komil kim edi? Xalqqa beminnat xizmat qilişni odat tusiga kiritgan, dam olişni ijod qiliş deb hisoblaydigan fidoyi inson, serğayrat, hali ança baquvvat, feʼl-atvorida salbiy özgariş yöq bölgan, hammaga doimgidek, iliqlik bilan muomala qilişda davom etgan, tunlarda ham şinam darsxonasida ötirib, biron-bir marta bölsada iş köp deb nolimagan ruhşunos, hayot alifbosi bölgan luğatşunos, faylasuf, muzeyşunos, dilşunos, odamşunos kim edi? Bu muborak, pok, halol yaşaş şiorini töla-tökis bajarib kelgan uluğ inson, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, köplab orden va medallar sohibi bölişga arziydigan bölsa-da, heç qaçon bu haqda biron daqiqa ham esiga kelmagan   haqiqiy ijodkor, ustoz­lari Ibn Sino hazratlarini xalqimizga astoydil taniştirişga erişgan zot Abdukarim Haydaroviç Usmonxöjayev endi oramizda yöq.

Tasavvuf ilmining tarğibotçisi bölgan bu inson, Guli, Abdurahimjon, Abduqahhorbek hamda Gözalxonlarni dunyoga keltirgan va tarbiyalab voyaga yetkazib, bu dunyoni tark etgan jannati kelinoyimiz Şohidaxon onamiz ham bamisoli tirik, Abdukarim akaning yonlarida, ularga ijodlariga madad berib turganlarini doim his qilgan Abdukarim ota, farzandlaridan xursand, tinç-osoyişta hayotni tugatib kelinoyimiz yonlariga ketdilar.

Ham yozuvçilikdan çarçamaydigan, jurnalis­tik faoliyatni ham kanda qilmay bajaradigan, turli uçraşuvlarga yöq demay borib suhbatlar ötkazişdan zavqlanadigan, katta yubileylarni boşqarişdan çöçimaydigan, luğatşunos, ruhşunoslikdan taşqari, juda köp kitoblarga muharrirlik qilgan zahmatkaş ustoz 93 yoşlarini biz döstlari-birodarlari, qarindoş-uruğ, qöni-qöşnilari bilan nişonlaşga tayyorgarlik körilayotgan bir vaqtda bu imtihon dunyosini tark etdilar. Bu kamtar insonning boqiy dunyosi ham obod bölsin, iloha.

Salkam bir asr yaşagan birodarimiz: akamiz, döstimiz bugun oramizda yöq, ammo ularning qilgan işlari hamişa bizga quyoş singari nur soçib turadi. Bir şamçiroq yuz kişining yölini yoritadi deydilar. Bir kulgining bir yiğisi ham borligini unutma, döstim, degan naql yodga tuşadi. Öz ona yurtiga xizmat qilişdan çarçamagan buyuk inson, Alloh sözini aytarkan, ölimga tik qarab biz — döstlarini taşlab ketdi. Bundan salkam yigirma yil avval aytilgan sözlarni eslay boşladim. Rostdan ham dunyo­­da şunday odamlar borki, ularning umr yöli izsiz ötmas ekan. Hayotda bundaylar şamçiroqdek barçaning yölini   yoritib, köplar dardiga malham bölar ekan. Ilm-fan rivoji yölida astoydil xizmat qilgan, zalvorli mehnati ila köpçilik orasida obrö-eʼtibor qozongan, öz kasbining fidoyisi Abdukarim Usmonxöjayev şunday insonlar sirasidan edi.

Abdukarim Usmonxöjayev özining salkam yetmiş yillik umrini tibbiyot sohasiga bağiş­ladi. 1959 yilda Toşkent davlat tibbiyot ins­tituti (hozirgi Toşkent davlat tibbiyot ins­tituti)ni tamomlagandan söng Yuqori Çirçiq tumani davolaş-profilaktika birlaşmasi boş vraçining davolaş işlari böyiça muovini va psixoterapevt bölib işladi. Aynan şu yerda tibbiyot sohasini har taraflama çuqur örganib, tajriba, bilim va malaka orttirdi. 1964 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandan söng 1986 yilgaça Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş ins­titutida öta xavfli kasalliklar laboratoriyasining mudiri sifatida faoliyat yuritdi. 1986-2000 yillar davomida Özbekiston Soğliqni saqlaş muzeyida direktor lavozimida serğayratligi va taşabbuskorligi bilan tanilgan bu ziyoli inson “Sihat-salomatlik” (1989-1991) jurnalida masʼul kotib, “Moziydan sado” (1998-2000) jurnalida boş muharrir böldi.

Umri ijodga hamişa oşufta bölgan A.Usmonxöjayev tibbiyotning ilğor vakili sifatida xalqimizning soğlom turmuş tarzini şakllantirib, sihat-salomatlik madaniyatini oşirişga, ruhiy soğlomlantirişga qaratilgan qator risola va luğatlar yaratdi. “Ming dard davosi”, “Yurak malhamlari”, “Salomatlik navqironlikka yöl”, “Şamollaşning beozor davolari”, “Befarzandlik”, “Ruhiyatni soğlomlaştiriş usullari”, “Köngil halovati”, “Musiqiy muolaja”, “Ezgulikka intilib”, “Xotiralar”, “Öz daraxtingizni bilasizmi?”, “Eng yaxşi davo”, “Dorisiz qalb davosi” kabi asarlar hamda luğatşunoslikda naşr qilingan “Inglizça-özbekça tibbiy sözlaşgiç”, “Rusça-lotinça-özbekça tibbiy terminlar izohli luğati”, “Etimologik luğat”, 2 jildli “Tibbiy terminlar ensiklopedik luğati” şular jumlasidandir.

Abdukarim ota Usmonxöjayev   jurnalist sifatida “Hamşira” jurnalida ijroçi direktor lavozimida faoliyat yuritdi. Jurnalning qiziqarli, öqişli, zamon talabiga javob beradigan darajada, muntazam naşr etilib, muştariylar qöliga yetib borişida jonbozlik körsatgan edi.

Bundan taşqari Bositxon ibn Zohidxon Şoşiy qalamiga mansub “Qonuni Bositiy” yoki “Qonun almabsut” nomli ikki jildli kitobga hamda “Farhang al-mabsut” yoki “Istilohot ul-­atibbo fi-intifoot il- ahibbo” (“Döstlar foydalanişi uçun tuzilgan tibbiyot terminlari luğati”) ga masʼul muharrirlik qilib, bu xizmati bilan tabobatimiz tarixi, ulkan ilmiy merosini qayta tadqiq etiş yölida öz hissasini qöşdi. Şuningdek, 6 ta ixtiro va jami 300 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi ikkita nomzodlik dissertatsiyasiga ham rahbarlik qilgan edi.

Oxiratlari obod bölsin. Abdukarim aka çindan ham yaxşi inson edilar. Şu bois özidan yaxşi nom, ezgu amallar qoldirdi.

Tölqin MUHIDDIN

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan