Ustoz haqida söz

Qaşqadaryo böylab safarimni yakunlab, aeroportga kelsam, bir taniş çehra menga qarab yuzlanyapti. Qarasam, xizmat körsatgan jurnalist Qurbon Egamberdiyev. Res­publika radiosida javlon urib, keyin viloyat Teleradio qömitasini boşqargan emasmi, darhol söz boş­ladi:

— Hozirgina Toşkentdan uçib keldim, — dedi u, — Keça xalq artisti, “Mahamad çatoq” deb eʼzozlanuvçi Pölat Saidqosimovning muborak 80 yoşini nişonladik. Kursdoşlar yiğilib sizning ustozingizni ham esladik.

— Tuşunmadim.

— I-ye, eşitmaganmisiz?! Axir biz Jöravoy bilan Teatr va rassomçilik ins­titutiga öqişga birga kirganmiz. Afsuski, yöllarimiz ayro tuşib, aktyor bölolmadik…

Şunda, ustozning armon bilan aytganlari yodimga keldi: “Ötgan asrning elliginçi yillarida artistlikni orzu qilgan yigit oilaviy malomatlarga qolardi. Şuning uçunmi otamning sahnaga çiqib, “yallaçi”, “satang”, “öyinçi” nomini olib, yuzimni yerga qaratmoqçimisan, degan sözlarini unutolmayman. Şu tariqa “Ota rozi — Xudo rozi”, deganlaridek, sahna orzusidan keçib, öqituvçilik yöliga ötib qöyaqolganman. Naçora, aktyor bölganimda “Boy ila xizmatçi”dagi Solihboy rolida öynaşni niyat qilgandim.”

Ha, deyman özimça. Darhaqiqat, ustozning yuriş-turişi, qaraşlari, gavda-kelbatida   aktyorlarga xos sifatlar közga taşlanib turardi. Özaro munosabatlarda uning yuzida botiniy va zohiriy keçinmalar ifodasi gavdalanardi. Uning ruhiyatidagi bunday körinişlar esa institutni bitirib, til va adabiyot öqituvçisi sifatida yoşlarga saboq berişida ham asqotdi. Öquvçilarning   ustozdan köz uzmay, uning darslarini maroq bilan tinglaşlari ham şundan, deyiş mumkin. Namangan tumani teg­rasidagi Toşbuloqda, keyin   Sirdaryo viloyati, Guliston tumanidagi maktab­larda işlab hayotiy taj­riba töpladi. Körgan-keçirganlarini qoğozga   tuşirişga bölgan iştiyoqi esa uni ijodxonalar sari yetak­ladi.

Ustozdagi keng fikrlaş, xayolotga beriliş, söz boyligi, bayonnomani tasavvur etiş kabi xislatlar poytaxtdagi “Temiryölçilar gazetasi”da ilk faoliyat boşlagan çoğlaridayoq erkin qalam tebratişga imkon berdi. Turli yangiliklar, ilğor tajribalar, işlab çiqariş zarbdorlari, ayniqsa, iqtisodiyotga oid muammolarga bağişlangan çiqişlari nazardan çetda qolmadi. Undagi layoqatni zimdan kuzatgan “Sovet Özbekistoni” (hozirgi “Özbekis­ton ovozi”) gazetasi   rahbariyati jamoaga taklif qilib, sinov tariqasida işga qabul qildi. Öşa davr­­da özbek jurnalistikasi   dorilfununi hisob­langan bu ijod dargohida iş boşlagan Jöravoy Xolqosimov uçun porloq kelajak sari yöl oçildi.

— Jöravoy aka bilan oltmişinçi yillarning oxirida tanişganman, — deb eslaydi şu dargohda qariyb ellik yil qalam tebratgan, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, taniqli jurnalist Haydar Nosirov. — U paytlar gazeta tahririyati Navoiy nomidagi katta teatr qarşisidagi uç qavatli körkam binoda faoliyat yuritardi. Ikkinçi qavatning boşida, musahhihlar bölimi qarşisidagi “Sanoat, quriliş va transport” bölimida xodim, hasos jurnalist Abdullajon Abduqodirov mudir edi. Işga yangi kelgan paytlarim aylanib yurib şu xonaga kirsam Jöravoy aka ötirgan ekanlar. Tanişgan   böldik, menga andak yöl-yöriq körsatdilar. Qöllarida bir sahifalik maqola bölib, “Sovet Özbekistoni” maxsus muxbiri Jöravoy Xolqosimov” degan yozuv bor edi. Ertasiga gazetani oçsam salobatli bu material Navoiy oltin-kon zaxirasiga bağişlangan tanqidiy-tahliliy maqola ekan. Vaqti kelib bizlarga ham ana şunday çiqiş­lar nasib etsin, deya niyat qildim içimda.

Köp ötmay tahririyatda özgarişlar yuz berdi. Ajoyib felyetonçi Vosi Mahkamov örniga Jöravoy aka tasdiqlanib, bizga, yaʼni “Axborot va sport” bölimiga mudir bölib ötdilar. Ustozning baroq qoşi, nimtabassumi kişini hayratga solardi. Haqiqiy murabbiy sifatida u kişidan köp narsalarni örgandim. Ustoz öz davrining yetuk darğalaridan bölib kelgan Rasul Rahmon, Eʼtibor Oxunova, Jumaniyoz Jabborov, Maʼruf Nazarov, Xabib Nöʼmonov, Ohunjon Hakimov, Yahyo Töxtayev, Xolbek Yodgorov, Neʼmatjon Uluğjonova, Murodjon Mansurov, Anvar Eşonov, Mahkam Mahmudov, Abdukarim Nabixöjayevlar bilan juda yaqin edilar. Şogirdlari ham kam bölişmadi. Hoşim Qodirov viloyat muxbiri darajasiga yetgan bölsa, har sohaga qiziquvçan Namoz Saʼdullayev avvaliga gazetaning “Qiş­loq xöjaligi” bölimini boşqarib, keyin Oliy Kengaş deputati, xizmat körsatgan jurnalist, maʼlum muddat “Xalq sözi” gazetasida muharrir vazifasini bajaruvçi böldi.

— Akamga bölgan izzat-ikrom qançalar ekanini ölkamiz böylab safarlarda his etganman, – deya hikoya qiladi “Faxriy avtotransportçi” Ergaş Xolqosimov. – Yetmişinçi yillar boşida iş yuzasidan   Xorazmga borgandim. Işlarimni bitirib aeroportga çiqsam, kassada çipta yöq deydi. Yölini topolmay boşim qotdi. Vaqt ketyapti. Tavakkal qilib, “Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyatiga yöl soldim. Borsam qabulxona böm-böş. “Boş muharrir Egam Rahimov” yozuvli   eşikning qiya oçiqligidan foydalanib töğri kirib boraverdim.

— Assalomu alaykum!

— Ey, keling mehmon! Qani marhamat ötiring-çi.

Örnidan turib, samimiy mulozamat körsatayotgan insonning muomalasidan könglim suv içgandek böldi. Gapni çözmay muddaoga ötaveraman, deb oğzimni juftlagan edim, mezbonning özi söz boşlab qoldi.

— Közimga issiq körinyapsiz. Ajoyib inson, dös­tim Jöravoyga naq quyib qöygandek öxşarkansiz…

— Xolqosim otaning zuryodi,   Jöravoyning inisi bölaman, — dedim sevinganimdan.

— Xöş-xöş, keling, qaysi yumuşlar bilan bizni yöqlab qoldiz, eşitaman, xizmat. Samolyotga çiptaning tanqisligini, şu bugun uçmasam bölmasligini tuşuntirdim.

— Şunaqami, hozir, — dedi-da telefonda şof­yorini çaqirib, “manavi mehmonni aeroportga yetkazib, bronçiptadan foydalanib, parvozni kutib, keyin qaytasan”, — deya uqtirdi. Qölimni mahkam siqib, safaringiz bexatar bölsin, Jöravoyga köpdan-köp salom ayting, deganiça meni kuzatdi.Men esa parvoz bir maromda davom etarkan akamning kasbiga mehrim ortganini qalban his etdim.Akamni bilgan, u bilan işlaşgan, ustozu şogirdlariga yaqinroq bölişga, kerak bölsa döstlaşişga axd qildim…

Ha, ustozning kimligi, nimaga qodirligi, botiniy va zohiriy imkoniyatlari yetmiş törtinçi yildan, yaʼni gazeta tahririyatining “Sanoat” bölimiga   mudir bölib ötganlaridan keyin yaqqol közga taşlana boşladi, deyiş mumkin. U kişi intizom va masʼuliyatni birinçi öringa qöyardi. Bölimda   ijobiy-­ijodiy muhitni yaratişga ahamiyat berardi. Öziga xos vazminlik,   sermulohaza, yetti ölçab, bir kesiş, kamtarlik bilan ovozga kuç bermaslik kabi fazilatlar sohibi bölgani uçun ham har qanday suhbatdoş köngliga yöl topa olardi. Xodimlarini bir-biridan kamsitmas, ularning öz feʼl-atvori, qiziqişiga qarab topşiriqlar berardi. Ha, endi iş bor joyda kamçilik ham bölişi tabiiy. Lekin ustoz jahl yoki zarda örniga   bosiqlik bilan bizni yölga solardi. Şuning uçun ham mahsus sahifalar, yangi topilma va ruknlar, muammoli masalalarga oid takliflar   rahbariyat tomonidan maʼqullanar, biz esa bundan ruhlanib, ğayrat körsatişga intilardik.

Buzilmas ittifoq deb ataluvçi, mamlakat va davlat boşqaruvini   partiya öz qöliga olgan öşa zamonda ham jamoadagi boşlanğiç partiya taşkilotiga kotiblik qiliş Jöravoy akaga işonib topşirilgan edi. Ustoz esa har bir firqa aʼzosi bilan alohida suhbatlar quriş orqali, xodimni işçanlik, taşab­buskorlik sari yetaklardi. Bu   esa gazetani yanada taʼsirçan, jangovar va öqimişli bölişida öz samarasini berardi. Yuqori taşkilot va tahririyat rahbariyati tomonidan qöyilgan vazifalarni vaqtida va sifatli bajarilişida boş muharrirga yaqin yordamçi böldi. Qisqasi, Qahramon şoirimiz Erkin Vohidov taʼbiri bilan aytganda, eʼtiqodga sobitlik hurmatga loyiq fazilatdir.

Ha, Jöra Xolqosimov ana şunday ibratli hayot yölini bosib ötdi. U oilaparvar, mehribon padar, ğamxör inson, mahalla va qarindoş-uruğlar orasida ajoyib maslahatçi, ayollarini “sizlaş”larining öziyoq bir namuna bölgan. Deyarli har kuni işdan qaytayotib, inilari Ergaşning xonadoniga kirib, hol-ahvol sörab ötiş ham hammaga emas. Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, bir neça orden va medallar sohibi Jöravoy Xolqosimov hayot bölganlarida şu kunlarda töqsoninçi bahorni qarşilagan bölar edi. Zero, bir donişmand aytganidek, iqtidor   sohiblarining çinakam umri keyin boş­lanadi. Ustozning muborak   ismlarini hali-hanuz entikib tilga olişimiz ham balki şundandir. Nima bölganda ham u kişining ruhi jigargöşalari, turli kitoblari, döstlari, hamkasblari va şogirdlarining   şirin xotiralarida yaşamoqda.

Erkin XÖJAYEV,

mehnat faxriysi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan