Sibizğa misoli sozi bor…
Özbekiston xalq şoiri, ustoz Oydin Hojiyeva soğinçi
Oydin opam şeʼr öqiganlarida boşqaça bölib ketardilar. Mayin ovozlari yana ham mayin tortardi. Közlaridagi nur quyuqlaşar, mayda-çuyda taşvişlardan balandga kötarilib ketardilar:
Oğzimdagi novvotim,
Boşimdagi minnatim.
Bobokalonlarimdan
Meros uluğ davlatim…
…Onamning oq sutisan,
Öçoğimning ötisan.
…Bahorda boyçeçagim,
Tiramohda turnamsan.
…Kaştamdagi ipagim,
Yoqamdagi yörmamsan…
“Ona tilimga alyor” deb atalgan şeʼrlari bu. Şu qadar ravon yozardilar. “Oydin opa, satrlaringiz yuragingizdan yugurib kelayotganga öxşaydi. Agar yozuvni bilmagan zamonlarda dunyoga kelgan bölsangiz, dömbira çalib terma kuylaydigan baxşi bölardingiz”, deb yuborardim baʼzi şeʼrlarini eşitganimda:
Çohdan omon çiqqan Alpomiş elim,
Ohdan armon tuqqan Kuntuğmiş elim,
Yetmiş ikki bovli çin kumuş elim,
Böğzingda bulbuling bölsin şoiring…
Lekin şoiraning şunday şeʼrlari borki, ular mayin ovozga siğmaydi:
…Öpkangni sovuq olib,
Keç kuzaklar sabohi
Oğzimga talqon solib
Yurganim- bor gunohim.
Ayqirgan Orolingni
Şör bosgani bir uvol.
Neçun meni ertaroq
Uyğotmadi bu savol?
Töğrining yoqasidan
Egrilik olganida;
Goh haqiqat boşi ham
Egilib qolganida;
Qanday qilib mening oh
Yeb- içganim oş böldi?
Sen ipak bölding, tuproq,
Mening bağrim toş böldi?!
Oydin opam bunday ruhdagi şeʼrlarni öqiganda satrlardagi holat, kayfiyatning bir qismiga aylanib ketardilar. Ammo opa bilan birga işlagan ön sakkiz yilning hammasi şeʼriy lahzalardan iborat emasdi. Men “Saodat” jurnaliga Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotidan kelganman. Ilk uçraşuvimizdayoq Oydin opam:
— Siz naşriyotda tayyor şeʼrlarni kitob qilib odatlangansiz. Jurnalning mehnati qora mehnat. Har bir jumla, har bir sözning ustida qattiq işlaşingiz kerak böladi. Hozirdan şu qattiq mehnatga özingizni tayyorlang, — dedilar.
— Men bola yoşimdan mehnatning ostiga kirganman, mehnatdan qoçmayman, — dedim.
Opa bilan avval bölimda birga işladik. Keyinçalik men tuğuruq taʼtilidan qaytganimdan söng ular boş muharrir bölib keldilar. Men xodim sifatida rahbarimizdan juda köp narsani örgandim. Bilimlarini özgalardan ayamasdilar. “Men materiallarga mana şunday ajoyib fikrlarimni berib yuboryapman-ku, bu maqolaning ostida boşqa birovning imzosi turibdi-ku”, demasdilar. Şunday çiroyli fikrlar, şunday sözlar qöşardilarki, jumlalar yaraqlab ketardi. Bunday paytlarda özlariyam xursand bölib:
— Zör bölib ketdimi, qani endi buning qalam haqini kim tölaydi? — deb hazil qilardilar.
Ayniqsa, sarlavha topişga juda usta edilar. Men sarlavha topmagunça maqola yozişni boşlay olmasdim. Şunday paytlarda oldilariga kirib:
— Oydin opa, sarlavha sandiğingizni oçib yuboring, sarlavhalar jaranglab tökilsin bittasi biz tomonga yumalab tuşsin, — derdim. Hazil qila-qila topib berardilar. Mana, bugun jurnalimiz taxlamlarini varaqlab ötirib, Opa topib bergan sarlavhalarga qarab rahmatli onamning “Odam ketaverar ekan, izida qöli tekkan, közining nuri tökilgan narsalar qolaverar ekan”, degan gaplarini esladim. “Saodat”ning ön sakkiz yillik taxlamlaridagi har bir maqolada, hatto, ostyozuvlarda ham opaning mehnatlari izi bor. Ular özlarining imzolari bilan çop etiladigan maqola, şeʼr, hikoya tugul, oddiy öquvçiga jönatiladigan xatni ham diqqat bilan öqib çiqardilar. Bir-ikkita sözlardagi xatolarni töğrilasalar ham xatni boşqatdan çiqarardilar, xatolari qölda töğrilangan xatni kimgadir jönatişni hurmatsizlik, deb bilardilar. Tahrir qilganlarida ham birovning yozuvlari ustidan çizib taşlamasdilar, çiroyli dumaloqqa olib, hoşiyasiga belgi bilan çiqarib satrlar orasiga öz fikrlarini yozardilar. Men çizib yuborsam:
— Unday qilmang, isteʼdodlimi, isteʼdodsizmi, har bir satr egasining yurak qoni bilan yoziladi. Xuddi yuziga çizgandek bölasiz, — deb koyirdilar.
Yoşi uluğ şoirlar, yozuvçilardan biror material iltimos qilmoqçi bölsak, albatta, özlari qönğiroq qilardilar. “Insonning hurmatini joyiga qöyiş”, degan masala opa uçun nihoyatda katta ahamiyat kasb etardi. Xizmat safarlariga jönayotganimizda:
— “Men öz işimni bajargani keldim”, deb öylang. “Bu odamlarni yozib, ular uçun işlayapman”, degan fikrni boşingizdan çiqarib taşlang. Davlatning puli bilan ketyapsizmi, har qanaqasiga işni bitirib keling. Izzattalab bölmang, bahona topmang, — derdilar.
Özlari ham xizmat safarlariga köp yurardilar. Opaga hamroh bölib Özbekistonning deyarli, barça şaharu qişloqlarini birga kezib çiqdim. Rahbarimiz aslida meni yoziş uçun, borgan joylarimizdan jurnalga material tayyorlaş uçun olib yurardilar. Lekin men şu bahona yurt kezganman, joy taniganman. Hozir Vatan xaritasida bormagan joyim kamligini körganimda Oydin opadan minnatdor bölaman. Yaxşiyam, hamrohlikka meni tanlaganlari, bölmasa bunday imkoniyat har doim ham bölavermaydi-ku. Bir hafta, ön kunlab paxta dalalari, çöpon yaylovlarida qolib ketgan paytlarimiz bölgan. Materiallar uyuştirişdan taşqari “Saodatxonlik” uçraşuvlari bölardi. Beş yuz kişilik, ming kişilik zallarda bir, ikki soat davom etadigan şeʼrxonliklar bölardi. Şoira muxlislarga sevimli şeʼrlar öqişdan taşqari, öşa zalda minbarda gapirgan paxtakormi, qahramonmi, unga qarab şeʼr töqib yuboraverardi. Ismi, feʼl-atvori, suvrati-yu siyrati aks etgan şeʼrlarni eşitgan muxlislarning opaga ixlosi yanayam ortar, minbardan qöyib yubormay, takror-takror şeʼr söraşardi. “Çinakam xalq şoiri-da, baxşiyonalar tölqinday toşib keladi”, deyişardi. Bir uçraşuvdan ikkinçisiga baʼzan şoşilib turganimizda ustoz öz navbatini menga berar:
— Mana bu qizimning şeʼrlarini eşitinglar-a, Vatan haqida yiğlab şeʼr öqiydi, — deya taqdim etardilar. Şu paytgaça ozmi, köpmi elga tanilgan bölsam, avvalo Xudo, qolaversa, bunda ustozning katta hissalari bor.
Yana birgalikdagi xizmat safarlarimizda opadan suhbatdoşimizning botiniy olamiga kirişni örgandim.
— Heç qaçon yuborilgan maʼlumotga qarab maqola yozmang. Özaro muloqotlarda suhbatdoşingizni qiziq-qiziq voqealar fonida kaşf etasiz, kutilmagan detallar qahramoningizning favqulodda bir feʼl-atvorini oçib yuboradi. Hamişa yozadigan odamingiz bilan özingiz suhbatlaşing, taşqi körinişi, qiyofasiga eʼtibor bering. Bir jurnalist ayol qahramonini “Şahlo közli” deb tasvirlab yozibdi. Maqola çop etilgaç, qahramoni:
— Mening ustimdan kulibdi, deb rosa aççiği çiqibdi, negaki öşa ayolning bir közi ğilayroq ekan, degan misolni köp keltirar edilar.
Umuman olganda, xizmat safarlarimiz rahbarimiz uçun “öyindan taşqari holat” emasdi. Opa har bir qadamimizni mehrli nigohlarida kuzatib turardilar. Bir gal ayni qiş çillasida ( öziyam röza payti edi) bir şikoyat xatini tekşiriş uçun Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumaniga jönadim. Poyezd stansiyaga tunda borar ekan. Men bu haqda rahbarimizga şunçaki aytgan edim. Meni Dehqonobod tumani poyezd bekatida tuman xotin-qizlar qömitasi ( öşa paytda şunday atalar edi) raisi eri bilan kutib oldi. Maşinaga ötirayotsak Diloromxon (adaşmasam, ismi şunday edi):
— Boş muharriringizga “Kutib oldik”, deb qönğiroq qilib qöyay, “Keçasi sovuqda qolib ketmasin, albatta, kutib olinglar”, deb bir neça marta qönğiroq qildi, — dedi. Öşa paytlar onamni yöqotganimga köp bölmagan, rosa soğinib yurgan edim, könglim yumşab közimga yoş kelgan.
Faqat safarlarga çiqqanimizda emas, Oydin opamning mehrini hamişa, har daqiqa his qilib turar edik. Bir yili turmuş örtoğim — Miraziz aka oğir operatsiya bölib, uç oy şifoxonada boşida ötirib qaraşimga töğri kelgan. Tahririyatda xodimlar unça köp emasdi, har kim öz zimmasidagi vazifani bajarişi şart edi. Menga:
— Modomiki, uç oylab bölmas ekansiz, ariza yoza qolasizmi? — desalar ham bölardi, ammo bunday bölmadi. Tahririyatdagi qizlardan şifoxonaga materiallarni berib yuborib turdilar. Materiallarni tayyor qilganimdan söng qizlar yana kelib, olib ketişar edi, maoşimni ham töla-tökis yuborib turganlar. Özi işga kelganimdayoq opaning mehr imtiyozlaridan foydalanganman, desam haq gapni aytgan bölaman. Opa meni işga çaqirganlarida farzandlarim juda yoş edi.
— Men işlay olmasam kerak. Orzuni maktabga olib borişim, olib kelişim kerak, — desam, — Men Sizga kun böyi tahririyatda ötiring, demayman. Jurnalning har soniga belgilangan materialni yetkazib bersangiz böldi, — deganlar. Orzu maktabdan tahririyatga kelar, kiraverişda qöriqçilar tösişsa:
— Meni Oydin Hojiyevadan ruxsatnomam bor, oynanggizning ostiga qarang, — deb lentalarini hilpiratib postdan ötib kelardi. Baʼzan qandaydir munosabat bilan majlislarimiz çözilsa, qabulxonada ötirgan Orzu betoqatlanib, eşikni oçar:
— Bunça köp majlis qilasizlar, qaçon tugaydi? — der, boş muharririmiz “Gulxan”da işlab kelgani uçunmi yo özlari oilaparvar oilada katta bölganligidanmi boladay beğubor qalbi bor edi.
— “Saodat”ning bölajak boş muharriri buyuryaptimi, majlisni tugatiş kerak ekan-da, — deb hazillaşardilar. Opaning haziliga fariştalar “Omin” degan bölsa kerakmi, Orzu institutni bitirganidan buyon matbuot sohasida işlayapti.
Şoira taşabbuskor, tezkor edilar. Özlari boş muharrir bölgan paytlarida jurnal qoşida “Gulçehralar” gazetasini taşkil qildilar.
— Ijodini endi boşlayotgan qizlar köp. Ularning hammasini “Saodat”ga berib bölmaydi. Oldin boşqa bir qozonda qaynab, pişişlari kerak. “Gulçehralar” ana şunday “qozon” vazifasini bajaradi, — degan edilar gazetaning ilk sonini tayyorlayotganimizda. Haqiqatan, şunday böldi. Gazeta çop etilib turgan ön beş yil davomida juda köplab yoş ijodkorlarning ilk maşqlari çop etildi, ularning qalbida öz iqtidorlariga işonç uyğondi. Opa maʼlum bir muddatga iqtidorli qizlar uçun “Saodat “ stipendiyasini ham taşkil etdilar.
Oydin Hojiyeva şogirdlariga qança eʼtiborli bölsalar, ustozlariga undan ming çandon köproq hurmatda bölganlar. Zulfiyaxonim, Saidaxonim, Muzayyana Alaviya, Kibriyo Qahhorovalar haqida “Tört tanho” nomli kitob yozdilar. Turli sanalar munosabati bilan davriy naşrlarimizda ular haqida xotiralar çop ettirib turdilar.
Xotira kunlarida bizni Çiğatoy qabristoniga boşlab borardilar, Zulfiyaxonim, Saidaxonim qabrlariga gullar qöyardik. Har safar Maqsud Şayxzodaning qabrlariga guldasta qöyişni kanda qilmasdilar, “Farzandlari yöq… öksişmasin”, deb şivirlar, Qurʼoni karim oyatlaridan öqirdilar, qiroatlari juda gözal edi, ayniqsa, “Yosin”ni öqiganlarida sel qilardi kişini.
Köpinça birga yurganimiz uçunmi, odamlar közida yonma-yon örnaşib qolgan bölsak kerak, meni ustozga öxşatişardi. Aslida biz zohiran öxşamasdik. Bir gal Navoiy viloyatiga safarga borganimizda kutib oluvçilar ( ğira- şira payt edi) menga nuqul:
— Oydin opa, xuş kelibsiz, — deya iltifot qilişadi, opa yuklar bilan sal narida turibdilar, öşa tarafga imo-işora qilsam ham sezişmaydi. Axiri kimning kimligi ayon bölgaç, ustoz sal aççiqlangannamo:
— Mana, endi viloyatlarga Oydin Hojiyevaman, deb borsangiz ham bölarkan, — deganlar…
Uzoq vaqt birga işlagaç, işçilik, yaxşi gaplar bilan birga bundayroq holatlar ham böladi. Bizda ham bölgan. Opa ranjigan paytlari, iloji boriça, huzurlariga kirmaslikka harakat qilardim. U kişi bir gap aytsa, men bitta narsa, desam örtadan parda kötariladi, deb çöçirdim. Kayfiyati tarqalib, özlariga qaytgaç, kirardim, heç narsa bölmagandek gapirişib ketardik. Ustoz uzoq vaqt gina saqlab yurmasdilar.
Opa faqat yaxşi şoira, yaxşi ustozgina emas, yaxşi ayol va ona edilar. Qizlari Malohat – fan doktori, nabiralarida ham ilmga sadoqat davom etyapti. Ustoz Ibrohim Ğafurov kötargan baland adabiy xirmonda Oydin opamning katta hissalari borligi, şubhasiz. Uyda osuda şaroit bölmasa şunday qiyin asarlar unça uzoq bölmagan muddatlarda tarjima qilinarmidi.? Adabiyotşunoslik Ibrohim Ğafurov timsolida qahramonlik darajasiga kötarilarmidi?!
…Allohning irodasi ekan, şunday insonni çin dunyoga kuzatdik. Örni hozirdan bilinyapti, oldimizda Halima opam, Oydin opamlar borligida biz mehr himoyasida edik göyo. Hali şogird, hali singil edik… Endi atrofimiz huvillab qolgandek… Biz ular kötargan yukni kötara olamizmi… Bot- bot şu savol bilan örtanayapman. Hozirgi boş muharririmiz Munavvara Usmonova “Saodat”ning barça yaxşi anʼanalarini asragan holda zamon nafasini olib kirgani harakat qilyapti, jurnalda yangilanişlar köp, biz ham tajribalarimiz bilan qanotidamiz. Ustozlarni köp eslaymiz.
Iloho, körganlarimiz, örganganlarimiz yaxşilikka yarasin, “Saodat”ga xizmati singi barça opalarning, xususan, yaqinda çin dunyoga ketgan Oydin opamlarning oxiratlari obod bölsin, ruhlarini şod qilib yuradigan izdoşlar böliş nasib etsin bizga.
Qutlibeka RAHIMBOYEVA
