Orol dengizining inqirozi

Bu inqiroz keltirib çiqargan ekologik fojialar va uning salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş böyiça Özbekistonda amalga oşirilayotgan amaliy çora-tadbirlar yuqori baholandi.

 

Özbekistonning Janubiy Koreyadagi elçisi Vitaliy Fen BMTning sobiq boş kotibi, Yaşil rivojlaniş global instituti assambleyasi raisi Pan Gi Mun bilan uçraşdi.

Suhbat avvalida Pan Gi Munga “Bugungi Möynoq” nomli hamda “Orolni tiklaş işlari”ga bağişlangan maxsus fotoalbomlar taqdim qilindi.

BMTning sobiq boş kotibi fotoalbomlarda aks ettirilgan Orolböyida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça sönggi yillarda amalga oşirilgan keng kölamli işlar bilan tanişib, bundan juda taʼsirlanganligini taʼkidladi. Uşbu sovğalar u uçun eng qimmatbaho hisoblanişini bildirib, Özbekiston tomoniga özining çuqur minnatdorligini izhor etdi.

Şu bilan birga u Özbekis­tonga uç marotaba amalga oşirgan taşrifi va özbek xalqining mehmondöstligi haqida iliq xotiralari bilan örtoqlaşdi.

Pan Gi Mun Orol dengizi inqirozining salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş böyiça Özbekistonda amalga oşirilayotgan amaliy çora-tadbirlarni yuqori baholadi. Şuningdek, Prezident Şavkat Mirziyoyevning uşbu muammoga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini yanada oşirişga hamda uni hal qiliş uçun donorlik yordamini safarbar qilişga qaratilgan xalqaro taşabbuslarini töla maʼqulladi.

— Orol dengizi qurişining mintaqadagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga dahşatli oqibatlarini öz közim bilan körganimdan buyon, mazkur muammo men uçun iqlim özgarişiga qarşi kuraş sohasidagi ustuvor yönalişlardan biriga aylangan, — dedi Pan Gi Mun.

Uning sözlariga köra, u köplab xalqaro forumlarda özining halokatli kölami bilan mintaqadan ança uzoqqa çözilgan Orol muammosiga doimiy eʼtibor qaratib kelmoqda, uşbu muammoni hal qilmasdan turib, mintaqa davlatlarining barqaror iqtisodiy rivojlanişini taʼminlab bölmaydi.

Pan Gi Mun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni şaxsan bilişidan juda faxrlanişini aytib, respublika yetakçisining “moslaşuvçan va pragmatik” taşqi siyosati qöşni davlatlar bilan munosabatlarda ijobiy özgarişlarga sabab bölganiga, bu esa butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanişiga taʼsir qilayotganiga alohida eʼtibor qaratdi.

— Men Özbekiston Prezidentini amaliy harakat odami deb bilaman. Uning qatʼiy rahbarligi ostida mamlakatingiz öz oldiga qöygan maqsadlarga qanday erişayotganini diqqat bilan   kuzatyapman. Ayni paytda ekologik muammolar va “yaşil” rivojlanişga katta ahamiyat berilayotganidan quvonaman. Davlat rahbarining “Yaşil makon” taşabbusi Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş yölidagi global saʼy-harakatlarga qöşilayotgan muhim hissadir, — dedi BMT sobiq   boş kotibi.

Pan Gi Mun 2022 yilda Yaşil rivojlaniş global Institutining Özbekis­tonda vakolatxonasi oçilganligini xursandçilik bilan tilga olib, uşbu Institut bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) kömagida Orol dengizi tanazzuli oqibatlarini bartaraf etiş, Qoraqalpoğiston Respub­likasi “yaşil” reabilitatsiyasiga kömaklaşişga qaratilgan qiymati 5,65 million AQŞ dollariga teng qöşma loyiha doirasida amalga oşirilayotgan kompleks çora-tadbirlarni alohida eʼtirof etdi.

Şu örinda, u mazkur Institut vakolatxonasining Özbekistondagi fao­liyatida Orolböyi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni taʼminlaşga qaratilgan yangi loyihalarga eʼtibor qaratişiga işontirdi.

BMTning sobiq Boş kotibi mamlakatimizda iyul oyida bölib ötadigan muddatidan ilgari prezident saylovi oşkora va demokratik tamoyillarga töla mos ravişda ötişiga hamda özbek xalqi öz kelajagi uçun özi tanlagan munosib nomzodga ovoz berişiga işonç bildirdi.

“Dunyo” AA,

Seul şahri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan