RIZQINI ÇET ELLARDAN IZLAYOTGANLAR
yoxud xorijga işga ketayotgan yurtdoşlarimiz nimalarni bilişi kerak?
Tan oliş kerak: çetda yurtgan yaqinlarimiz, qarindoşlarimizdan xavotir hissi könglimizda doim böladi. Buning asosiy sababi esa köpgina yurtdoşlarimiz Allohga tavakkal qilib, noqonuniy migrantlikni böyinlariga olişgan. Bugun kiprikdagi yoş kabi muallaq turgan dunyomizda haq-huquqi taʼminlanmagan işçi bölib yuriş, albatta, hadikli. Xöş, yurtdoşlarimiz orasida çetda işlaşga ehtiyoj köpligi aniq ekan, buning qonuniy, işonçli yöllarini yanada kengaytirişning imkoni yöqmi? Bor bölsa, nega ming-minglab Vatandoşlarimiz undan foydalanişmayapti? Yoki… umuman, şu va boşqa savollarimizga javob topiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxöja NOROV bilan suhbatlaşdik.
— Oçiği, köngilxuşlik yoki sayohat uçun emas, ilm oliş uçun ham emas, iş izlab, “rözğor tebrataman” deb çet davlatlarga ketayotgan vatandoşlarimiz oz emas. Bundan siz ham juda yaxşi xabardorsiz, albatta. Odatda ularga nisbatan köpinça noqonuniy migrantlar atamasini işlatamiz. Umuman, bugungi kunda xorijda işlayotgan yurtdoşlarimizning aniq soni haqida maʼlumot bersangiz.
— Insonlarning öz vatanidan boşqa yurtlarda işlaşi faqat bizda emas, köp davlatlarda bor va yana köplab davlatlarda bugungi kunda ham bu jarayon yuz bermoqda. Ammo migratsiya oqimining sabab va oqibatlari turliça bölişi mumkin. Öylaşimça, mehnat migratsiyasidan dastlabki va eng asosiy maqsad tirikçilik hisoblanadi. Şu jumladan, yaqin ötmiş va bugungi kunimizdagi mamlakatimizdagi iqtisodiy vaziyat va işsizlikdan kelib çiqib, yurtdoşlarimizning sezilarli qismi xorijda işlaşga majbur bölmoqda.
Maʼlumotlarga köra, har yili Özbekiston mehnat bozoriga 700 ming yoş kirib kelmoqda. Yaqin 10-15 yilda esa bu raqam 1 mln.ga yetişi prognoz qilinadi. Uşbu demografik ösiş tufayli ham Özbekistondan migratsiya oqimi davom etmoqda. Oçiği, migrantlarning aniq soni böyiça yuz foiz tööri maʼlumotni aytiş qiyin. Çunki fuqarolarimiz çet elga ketayotganda işlaş uçun ketayotgani hisobga olinmaydi yoki odatda sayohatga deb ketiladi. Şuning uçun biz xorijiy davlatlarda uç oydan köproq vaqt qolayotgan yurtdoşlarimizning taxminiy sonidan kelib çiqib tayyorlangan statistikaga suyanamiz.
Bugungi kunda 2 mln.ga yaqin yurtdoşimiz turli davlatlarda vaqtinça iş bilan bandligi haqida maʼlumotlar bor. Lekin bu sonni yuz foiz aniq deb bölmaydi, albatta. Misol uçun, Rossiya Federatsiyasi maʼlumotlarida ham çalkaşliklar bor. Ular migrantlarning vaqtinça yaşaş uçun röyxatdan ötişlari hisobidan statistika tuzişadi. Lekin şuni unutmaslik kerakki, bir odam bir neça bor yoki davlatning turli hududlarida qaytadan röyxatdan ötişi mumkin. Şuning uçun ham ular beradigan maʼlumotlarni ham töla işonçli deb bölmaydi.
Tabiiyki, vatandoşlarimiz turli yöllar bilan, yaʼni kim qanday imkon topsa, şunday çet elga ketaverişadi. Albatta, bu borada davlat taşkiloti sifatida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va nodavlat taşkilot sifatida xususiy bandlik agentliklari ham öz xizmatlarini taklif etmoqda. Lekin bugungi kunda taşkillaştirilgan va manzilli mehnat migrasiyasi qamrovi jami mehnat migrantlarimizning 10 foizidan köproğini taşkil etadi, xolos. Ammo avvali yillarga nisbatan qaralganda, özgarişlar bor. 5 yil avval bu körsatkiç 1 foizga ham yetmagan. Şuni ham alohida aytiş lozimki, işlaş maqsadida özlari mustaqil ketayotganlar agar borayotgan davlatning çegara, yaşaş va işlaş qonunçiligini buzmasa, ular ham qonuniy migrantlar hisoblanadi. Lekin bugungi kundagi asosiy vazifa — taşkillaştirilgan, yaʼni Özbekiston çegarasidan çiqmay turib, boradigan davlatidagi iş va yaşaş şaroitlari haqida rasmiy maʼlumotga ega bölgan yoki avvaldan mehnat şartnomasi tuzganlar sonini köpaytirişdir. Bu esa keyinçalik xorijiy davlatda qiyin vaziyatlarga tuşib qoliş kabi holatlarni kamaytirişga yordam beradi.
— Hozirgi kunda qaysi davlatlar bilan qonuniy migratsiya borasida hamkorligimiz samarali davom etyapti?
— Bugun Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ruminiya, Bolgariya, Litva va boşqa davlatlarga fuqarolarimiz taşkilllaştirilgan holda, yaʼni aniq iş joyi, oylik va imtiyozlar asosida mehnat migratsiyasiga jönatilmoqda. Bu sohada Özbekiston uçun yana bir muhim jihat şundaki, demografik inqiroz sabab köplab rivojlangan davlatlarda xorijiy işçi kuçiga ehtiyoj juda katta. Xorijda işlaş istagidagi yurtdoşlarimiz orasida çet tilini biladigan va kasbiy malakaga ega bölganlari uçun bu juda katta imkoniyat hisoblanadi. Ularda xorijiy davlatlarda yuqori maoş tölanadigan korxonalarda işlaş uçun hatto tanlov böladi. Ular bir neça iş örinlari orasidan özlariga maʼqulini tanlaşlari mumkin bölgan holatlar ham kuzatiladi. Şu bois ösib kelayotgan yoşlarga tavsiyamiz: xorijiy tillarni puxta örganiş kerak. Biror kasbni egallagan, çet tilini bilgan odam heç qayerda xor bölmaydi.
— Keling, oddiy muştariylarimiz uçun soddaroq tilda maʼlumot beramiz. Tasavvur qilaylik: 30 yaşar yigit xorijga, deylik, Germaniyaga işlaşga bormoqçi. Eng birinçi galda işni nimadan boşlaşi, kimga uçraşi kerak?
— Xorijda işlaş istagidagi fuqaro, avvalo, işonçli maʼlumotga ega bölişi kerak. Bugungi kunda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va aytaylik, Germaniyaning bir neçta taşkilotlari bilan uşbu davlatda hamşiralik, yuk maşinasi haydovçisi, mehmonxona işlari, restoran xizmatçisi, qariya va nogironlar parvarişi, payvandçi, mexanik, elektrik, maşinasozlik, omborxona logistikasi va boşqa sohalarda işlar taklif etilmoqda. Oylik maoşi 2300 yevrodan boşlanadi. Uşbu sohalarda işlaş uçun tajribaga ega, nemis tilini A2 dan B2 darajagaça biladigan 18 yoşdan 45 yoşgaça bölgan fuqarolar murojaat qilişi mumkin. Şuningdek, yuqoridagi barça sohalar böyiça Ausbildung, yaʼni öqiş va işlaş tizimi uçun 18 yoşdan 35 yoşgaça, kamida örta maktab şahodatnomasiga ega, nemis tilini B1 darajada biladigan fuqarolar ham murojaat qilişi mumkin. Öqiş tizimida bu davr uçun 950 yevrodan boşlab oylik maoş ham tölanadi.
— Xorijga işlaşga ketmoqçi bölganlar köp, albatta. Saralaş qay tartibda, qanday mezonlar asosida böladi?
— Xorijiy iş beruvçi taşkilotning imkoniyatlari, talab va takliflari yaxşilab örganilgandan keyin uşbu böş iş örinlari haqida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanallari orqali eʼlonlar beriladi. Internet orqali röyxatdan ötgan nomzodlar örtasida şaxsan xorijiy iş beruvçi taşkilot vakillari iştirokida tanlovlar taşkil etiladi va yoş, jins, til biliş darajasi, kasbiy malaka va soğligiga qarab tanlab olinadi. Şundan söng iş beruvçi tanlagan fuqarolarni xorijiy davlatda taşkillaştirilgan holda jönatiş çoralari köriladi.
— Eşitişimça, çet davlatga ketmoqçi bölgan yurtdoşlarimiz uçun til örganiş kurslari ham taşkil qilingan ekan. Şu haqda ham töliqroq maʼlumot bersangiz.
— Aynan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining öziga tegişli bunday öquv markazlar yöq, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tizimida esa siz aytgan markazlar mavjud. Qiziquvçilar 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqamlariga qönğiroq qilib, öquv markazlari haqida töliq maʼlumot olişlari mumkin. Şuningdek, fuqarolarimiz imkoniyati bölsa, xususiy markazlarda ham öqişi mumkin. Yana bir bor taʼkidlaşni istardim: xorijiy davlatga ketmoqçi bölgan inson, eng avvalo, öşa mamlakat tilini heç bölmaganda boşlanğiç darajada bilişi şart.
— Albatta, har kim Vatanida, oilasi bağrida işlaşni, pul topişni istaydi. Ammo tan oliş kerak, boşqa köplab davlatlarda bölgani kabi bizda ham işsizlar soni kam emas. Şu maʼnoda migratsiya masalalariga ehtiyoj bor. Xorijga öz xohişi bilan noqonuniy işlaş uçun ketayotgan yurtdoşlarimizga nima degan bölardingiz?
— Töğri, qarindoşining taklifi bilan yoki biror döstiga şerik bölib, çetga işlaşga ketayotganlar köp. Ularga maslahatim: xorijda işga taklif etilayotgan eʼlonlarning hammasiga ham işoniş kerak emas. Ketişdan avval “bir gap bölar” degan tasavvurda emas, balki boradigan joyi işonçliligini tekşiriş, iş va yaşaş şaroitlarini örganiş, oylik maoşlari va boşqa masalalar yuzasidan iş beruvçi bilan yozma kelişiş kerak. Fuqarolarni işga jönatiş Özbekistonda qonun bilan tartibga solingan bölib, bu litsenziyali faoliyat turi hisoblanadi. Tegişli litsenziyaga ega bölmagan har qanday şaxsning xorijga işga jönatiş taklifi noqonuniy hisoblanadi. Şuning uçun sizga begona bölgan kişining işonçingizga kirib, çet davlatga taklif qilişiga aldanib qolmaslik kerak. Işlaş maqsadida boradigan davlati tilini muloqot darajasida biliş va kasbiy malakaga ega böliş hamişa fuqarolarimizning foydasiga xizmat qiladi.
— Yaşirişga hojat yöq: çetga yuborişda turli öyinlar, taʼmagirliklar avjiga çiqqan edi Agentlikda. Şu bois, avvalgi qança rahbarlariga jinoiy iş oçilib, ular jazoga tortilgani haqida maʼlumotlar bor. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu haqda köp yozilgan. Özi nimalar bölgandi va qanday jinoiy xatti-harakatlar sodir etilgandi?
— Siz aytayotgan holatlar xususiy migratsiya agentliklarida kuzatilgan edi. Men işlayotgan taşkilotda emas. Fuqarolarni xorijga işga jönatiş Özbekistonda qonunçilik bilan tartibga solingan. Xususan, sohada davlat monopoliyasini yöqotiş, yaʼni xorijda işlaş istagidagi fuqarolar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş maqsadida mamlakatimizda 2018 yildan xususiy bandlik agentliklari, yaʼni tadbirkorlarga uşbu faoliyat bilan şuğullanişga ruxsat berilgan edi. Biroq ötgan davr mobaynida ayrim xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni aldaş va işonçini suiisteʼmol qiliş holatlari sodir etilgan. Bu kabi salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, 2020 yilning 14 noyabridan ular faoliyatida jiddiy özgarişlar joriy etilgan.
Amaldagi tartibga köra, hozirgi kunda quyidagi tamoyillar asosida faoliyat yuritiladi: fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş böyiça litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari axborot va maslahat xizmatlari uçun BHMning bir baravaridan, yaʼni 330 ming sömdan köp pul olişi mumkin emas. Şuningdek, çet ellik iş beruvçi va hamkori bilan şartnomalar tuzmasdan, fuqarolarga xizmat körsatiş taqiqlanadi hamda uşbu şartnomalar xususiy bandlik agentliklarining rasmiy veb-saytida joylaştirilişi lozim. Ötgan davr mobaynida xususiy bandlik agentliklari reyestridan 119 ta yuridik şaxs röyxatdan ötgan bölib, hozirgi kunda ulardan 10 tasi fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega.
— Yurtimizda inson qadri uluğlanayotgan bir paytda vatandoşlarimizning şu davlatning teng huquqli bir fuqarosi sifatida Agentlik yordami bilan xorijiy davlatlarda yaxşi şaroitlarda işlaşlari juda quvonarli. Suhbatimiz söngida kelgusi rejalar haqida ham aytib ötsangiz.
— Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi oldidagi eng muhim vazifalardan biri bu, albatta, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş, yaʼni xorijda işlaş istagidagi yurtdoşlarimiz uçun rivojlangan davlatlar mehnat bozoridagi böş iş örinlarini taqdim etiş orqali tanlov imkoniyatini yaratişdan iborat. Xususan, 2030 yilgaça 400 ming nafar (2023 yil 35 ming) fuqaroni taşkillaştirilgan va manzilli ravişda çet elga işlaşga yuboriş rejalaştirilgan. Bunda mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qiliş, rivojlangan davlatlarga köproq fuqarolarni yuborişga eʼtibor beriladi. Buning uçun Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniyaga, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Vengriya, Litva kabi davlatlar bilan aloqalarni kengaytirişga harakat qilinyapti. Şuningdek, xorijga işlaşga ketişdan oldin 550 ming nafar fuqaro 3 xil yönalişda tayyorlanadi: huquqiy savodxonlik, kasbiy könikma va xorijiy tillarga hamda xorijiy davlatlardagi hamkorlar bilan kasbiy malakani tasdiqlovçi xalqaro sertifikatlar berişi yölga qöyiladi. Qolaversa, xorijda mehnat qilayotgan vatandoşlarimizga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam körsatiş tizimi takomillaştirib boriladi. Mehnat migratsiyasidan qaytadigan yurtdoşlarimizning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratiş kerakligini ham taʼkidlaş joiz. Ularga öz biznesini taşkil etiş böyiça yetarli şart-şaroitlar yaratib beriş mexanizmi yölga qöyilişiga ham erişişimiz lozim. Qolaversa, sohada körsatilayotgan xizmatlarda inson omilini kamaytiriş maqsadida tizim raqamlaştirilişi rejalaştirilmoqda.
Sitora TOJIDDINOVA
suhbatlaşdi.
