Qadim Çin yurtiga safar

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi Xolmurod Salimov joriy yilning 13-17 iyun kunlari Xitoy davlatida xizmat safarida böldi.

Şu yil ötkazilgan “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasida birinçi örin sohibi deb topilgan Xitoyning   “Jenmin xuabao” naşriyoti muharriri San Xaoyangga mamlakatimizning Pekindagi elçixonasida mukofotni topşiriş tadbiri bölib ötdi. Unga tanlov statuetkasi, diplomi hamda pul mukofoti tantanali ravişda topşirildi.

— Keyingi yillarda Özbekistonda jadal olib borilayotgan islohotlar bilan tanişiş barobarida ularni Xitoy ommaviy axborot vositalarida yoritilişiga hissa qöşib kelmoqdaman, — dedi San Xaoyang. — Har qanday inson yutuqqa erişsa quvonganidek, nufuzi yuqori “Oltin qalam” xalqaro tanlovida ğolib bölganimdan juda xursand böldim.

* * *

“Jenmin xuabao” naşriyotiga qaraşli markaz direktori Szyan Yungan bilan X.Salimovning uçraşuvi ham samarali böldi.

Taşkil etilganiga 70 yildan oşgan “Jenmin xuabao” naş­riyotida noşirlik işlaridan taşqari “Kitay”, “China pictorial”, “Şelkovыy put-revyu”, “China-Indiya dialogue” kabi töqqiz nomda jurnallar çop etiladi.

Jurnallar xitoy, rus, ingliz, qozoq singari ön ikki tilda naşr etiladi.

Uçraşuvda ikki mamlakat   jurnalistlari tajriba almaşişini taʼminlaş böyiça hamkorlik qiliş kabi masalalar xususida fikr almaşildi.

* * *

Pekin şahrida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan Umumxitoy Jurnalistlar assotsiatsiyasi örtasida hamkorlik kelişuvi imzolandi.

Şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda Prezident Şavkat­­ Mirziyoyevning joriy yil 18-19 may kunlari uşbu mamlakatga davlat taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlar, Özbekiston va Xitoy, umuman, Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlar uyuşmalari hamkorligini mustahkamlaş, birgalikda xalqaro mediaforumlar ötkaziş böyiça söz yuritildi.

Şuningdek, imzolangan kelişuv asosida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillarining taj­riba almaşişini taʼminlaş, özaro bordi-keldini yölga qöyiş xususida fikr almaşildi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va Umumxitoy Jurnalistlar assotsiatsiyasi örtasida hamkorlik kelişuvini imzolaş marosimida tomonlar bir-biriga esdalik sovğalarini topşirdi.

* * *

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi Xolmurod Salimov Xitoyga safari doirasida mazkur mamlakatdagi yirik mediatuzilmalardan biri – “Sinxua” axborot agentligi markaziy ofisida böldi va iş jarayonlari bilan tanişdi. “Sinxua” muzeyida agentlik tarixiga oid eksponatlarni közdan keçirdi.

Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida 182 nafar xodimiga ega “Sinxua” qoşida yigirmadan ortiq gazeta va jurnallar çop etib kelinadi. Agentlik muxbirlari tayyorlagan matn­­li, foto va videomateriallar 15 tilda jahonga tarqatiladi.

Xitoy markaziy televideniyesi – “SSTV”da ötkizilgan uçraşuvda Özbekiston va Xitoy davlat telekanallari örtasida hamkorlikni, xususan, materiallar almaşiş, birgalikda körsatuvlar tayyorlaşni yölga qöyiş lozimligi alohida taʼkidlandi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan Umumxitoy Jurnalistlar assotsiatsiyasi örtasida imzolangan kelişuvga binoan özbekistonlik telejurnalistlarning Xitoy markaziy televideniyesida malaka oşirişi, stajirovka ötaşiga şaroit yaratib berilişi maʼlum qilindi.

* * *

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi X. Salimov Xitoyda ana bir yirik mediatuzilma – “China daily” gazetasi rahbariyati bilan uçraşdi.

“China daily” faqat ingliz tilida qoğozda çop etiladi. Naşrning elektron variantida xitoy tilida ham materiallar beriladi. Gazetada uning Amerika Qöşma Ştatlari, Ang­liya va Afrikadagi bölimlari hamda Ros­siyadagi vakilligida işlovçilarni qöşib hisoblaganda bir ming beş nafarga yaqin xodim faoliyat olib boradi.

Ayni kunda 300 ming nusxada çop etilayotgan mazkur gazeta dunyoning köp­lab mamlakatlariga tarqatilmoqda.

Tahririyatda ötgan uçraşuvda Özbekistonda naşr etib kelinayotgan gazetalar bilan mazkur gazeta örtasida hamkorlik aloqalarini, tajriba va materiallar almaşinuvini yölga qöyiş va rivojlantiriş kabi masalalar böyiça fikr almaşildi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan