Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi
Qadrli döstlar!
Bugun yurtimizda keng nişonlanayotgan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan siz, azizlarni, muhtaram faxriylarimizni çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bu ayyom nafaqat öz hayotini şu sohaga bağişlagan fidoyi insonlar, balki ularning maşaqqatli ijod va mehnat mahsulidan bahramand böladigan millionlab muştariylar, tinglovçi va tomoşabinlar, butun jamiyatimiz uçun ham qadrlidir.
Mana şunday kunlarda milliy matbuotimizning tamal toşini qöygan jadid bobolarimizning “Matbuot fikrlar tilmoçi, millat va el-yurt rivoji yölida xizmatçi, odamlar ongu şuurining quyoşi, har kimning vijdoniga tutilgan közgu bölmoği lozim” degan fikrlari hozirgi kunimiz uçun ham ğoyat muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlaşimiz tabiiydir.
Maʼrifatparvar ajdodlarimizning bu olijanob orzu-intilişlari faqatgina mustaqilligimiz tufayli röyobga çiqdi.
Keyingi yillarda yurtimizda röy berayotgan tarixiy özgarişlar natijasida ommaviy axborot vositalarini erkin fikr minbariga, xalqimiz manfaatlarining faol himoyaçisiga aylantiriş uçun mustahkam huquqiy zamin, ijtimoiy muhit yaratildi.
Biz mamlakatimizda söz va matbuot erkinligini, axborot oliş va uni tarqatiş huquqini taʼminlaş masalasini inson qadrini uluğlaş, demokratik jamiyat va xalqparvar davlat qurişga qaratilgan taraqqiyot strategiyamizning muhim va ajralmas qismi, deb bilamiz.
Yangilangan Asosiy qonunimizda uşbu yönalişdagi konstitutsiyaviy qoidalar yanada mustahkamlab qöyilgani bu boradagi saʼy-harakatlarimiz bardavom ekanini körsatadi.
Hozirgi kunda yurtimizda 2140 ta yoki 2016 yilga nisbatan 626 ta köp ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda. Ularning 65 foizi nodavlat media vositalari ekani sohada tarkibiy özgarişlar izçil amalga oşirilayotganidan dalolat beradi. Anʼanaviy naşrlar bilan birga internet naşrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgani va öquvçilar ommasini tobora köproq öziga jalb etayotganini qayd etiş lozim.
Davlat idoralari va mahalliy hokimliklar tarkibida axborot xizmatlari yölga qöyilgani xalq bilan muloqotni kuçaytirişga sezilarli taʼsir körsatmoqda.
Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligi, şaffofligi va hisobdorligini taʼminlaş, ularning oçiqlik borasidagi samaradorlik körsatkiçlarini belgilaş hamda ilğor xalqaro standartlar asosida baholaş tizimi joriy etildi. Jumladan, yaqinda birinçi marta ötgan yil yakunlariga köra, davlat organlari va taşkilotlarida amalga oşirilgan işlarni baholaş böyiça Oçiqlik indeksi natijalari eʼlon qilingani bu yöldagi muhim qadam böldi.
Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqaro axborot makoniga ham dadil kirib bormoqda. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda bir qator xususiy telestudiyalarning körsatuvlari jahonning 100 dan ortiq davlatlariga uzatilmoqda. Özbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi öz xabarlarini 10 ta xorijiy tilda tarqatmoqda.
Keyingi vaqtda yurtimizda kitobxonlikni ommalaştirişdek ezgu işga naşriyot-matbaa sohasi xodimlari ham munosib hissa qöşayotganini alohida eʼtirof etiş lozim. Sönggi yillarda respublika naşriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boşqa adabiyotlar çop etilgani kitobsevar xalqimiz, avvalambor, yoşlarimizning ongu tafakkurini yuksaltirişda muhim rol öynaşi şubhasiz.
Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida uşbu soha uçun uç yil muddatga daromad soliği böyiça imtiyozlar berilgani ularning iqtisodiy holatini barqarorlaştirişda katta madad bölmoqda.
Aziz döstlar!
Bugungi şiddatli davrning özi barça sohalar qatori axborot yönalişida ham oldimizga öta dolzarb vazifalarni qöymoqda.
Hozirgi vaqtda yer yuzining turli burçaklarida yuz berayotgan, barçamizni taşviş va xavotirga solayotgan voqealarni hisobga oladigan bölsak, global dunyoda axborotlaşuv jarayonlarining tahdidli jihatlari ham borligi va ular tobora kuçayib borayotganidan köz yumolmaymiz.
Dunyoning ayrim mintaqa va hududlarida ommaviy axborot vositalari muayyan siyosiy kuçlar qölida informatsion uruşni avj oldirişga, jamoatçilik fikrini çalğitişga, oqni – qora, qorani – oq, deb körsatişga xizmat qilayotganini afsus bilan qayd etişga töğri keladi.
Axborot makonidagi ustunlik köp narsani hal etadigan bugungi murakkab vaziyatda xalqimiz siz, azizlarni demokratik matbuotning asosiy şarti va talabi bölgan xolislik, haqqoniylik, milliy manfaatlarimizga sodiqlik kabi prinsiplarga amal qilib, öz bilim va salohiyati, ötkir qalami va haroratli sözi bilan jamoatçilikka ijtimoiy jarayonlar mohiyatini anglab yetişga kömaklaşadigan, ularni buzğunçi axborot xurujlaridan himoya qiladigan fidoyi insonlar, deb biladi.
Biz jamiyat hayotida uçrayotgan kamçilik va muammolarni bartaraf etiş, byurokratiya va korrupsiya kabi illatlarga qarşi kuraşişda, avvalo, siz hurmatli jurnalist va blogerlar, ayniqsa, milliy media makonimizga yangi ğoya va taşabbuslar bilan kirib kelayotgan isteʼdodli yoşlarimizga tayanamiz.
Şu bois keng miqyosda fikrlaydigan, ona tili bilan bir qatorda xorijiy tillarni, axborot texnologiyalarini puxta özlaştirgan, yuksak malakali, vatanparvar jurnalist kadrlarni tayyorlaş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti kabi taʼlim muassasalarida jurnalistika yönalişi böyiça yuzlab mutaxassislar tayyorlanayotgani ham şundan dalolat beradi.
Uşbu oliy taʼlim dargohlarida talaba yoşlarimiz bosma ommaviy axborot vositalari va noşirlik işi, audiovizual jurnalistika, internet jurnalistikasi va menejmenti, media nazariyasi va amaliyoti, harbiy va sport jurnalistikasi, raqamli media, xalqaro munosabatlar singari yigirmadan ziyod taʼlim yönalişlari böyiça yuqori malakali professor-öqituvçilardan mahorat sirlarini örganayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
Biz Yangi Özbekistonning yangi jurnalistikasini yaratiş vazifasini öz oldimizga qöygan ekanmiz, bu boradagi milliy anʼanalarimiz bilan birga rivojlangan davlatlar tajribasini ham har tomonlama örganişimiz, ommaviy axborot vositalari böyiça dunyodagi yetakçi oliygohlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar va media kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuçaytirişimizni hayotning özi talab etmoqda.
Şu sababli ommaviy axborot vositalarini izçil rivojlantiriş bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida bölib qoladi.
Bu sohada oldimizda turgan vazifalarni aniq belgilab oliş va amalga oşirişda hozirgi vaqtda Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi tomonidan tayyorlanayotgan Milliy maʼruza katta amaliy ahamiyat kasb etadi, deb işonaman.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz va jamiyatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining iş va turmuş şaroitlarini yaxşilaş, ularning maşaqqatli va masʼuliyatli mehnatini rağbatlantiriş, sohaning moddiy-texnik va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş uçun zarur yordam körsatişga tayyor ekanini yana bir bor taʼkidlayman.
Sizlarni qutluğ kasb bayramingiz hamda yaqinlaşib kelayotgan uluğ ayyom – Qurbon hayiti bilan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, ijodiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, xonadonlaringizga baxt-saodat va fayzu baraka tilayman.
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti
