Özbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoşlar!

Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta şodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barça yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni uşbu uluğ ayyom bilan çin qalbimdan samimiy tabriklab, özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirişdan ğoyat mamnunman.

Dillarimiz quvonçga tölgan mana şunday qutluğ damlarda, avvalo, el-yurtimiz bilan birga Qurbon hayitiga tinç-omon yetkazgani uçun Yaratganga çeksiz şukronalar aytamiz.

Ayni paytda bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bölgan tinçlik, döstlik va hamkorlik, insonparvarlik ğoyalari bugungi kunda Yangi Özbekistonda amalga oşirayotgan islohotlarimiz, ulkan maqsad va vazifalarimizga uyğun va hamohang ekanini his etib, köngillarimiz yanada şukuhga tölmoqda.

Yurtimizdagi har bir mahalla, şahar va qiş­loqdagi tinçlik va obodlik, jamiyatimizdagi özaro hurmat, hamjihatlik va bağrikenglik muhitini mustahkamlaşda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning örni va taʼsiri tobora ortib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, özining fidokorona va olijanob mehnati bilan hayotimizni yanada erkin va farovon qiliş, inson qadrini uluğlaşdek ezgu işlarga munosib hissa qöşayotgan barça aziz yurtdoşlarimizga çin dildan samimiy minnatdorçilik bildiraman.

Qadrli döstlar!

Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizni rivojlantiriş, vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlaş borasida katta işlar amalga oşirilayotgani barçangizga yaxşi maʼlum, albatta.

Xususan, mömin-musulmonlarimiz uçun yaratilayotgan qulay şaroit va imkoniyatlar tufayli mana şu Qurbon hayiti kunlarida 15 ming nafar vatandoşimiz Makkai mukarramada muqaddas haj ziyoratini ado etmoqda.

Ularning barçasini bugungi uluğ ayyom bilan qutlab, Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinçligi va farovonligi, oilalarimiz, farzandlarimizning baxtu iqbolini tilab qilayotgan duolari ijobat bölişini Alloh taolodan sörab qolamiz.

Heç şubhasiz, köp millatli va köp konfessiyali xalqimizning ezgu orzu-intilişlarini röyobga çiqariş, gözal yurtimizni yagona Vatan deb biladigan barça millat va elat vakillarining urf-odat va anʼanalarini saqlaş hamda rivoj­lantirişga biz bundan buyon ham alohida ahamiyat qaratamiz.

Işonçim komil, barçamiz birgalikdagi saʼy­harakatlarimiz bilan Yangi Özbekistonni, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaromiz tinç-osoyişta, erkin va farovon yaşaydigan, tom maʼnodagi döstlik va bağrikenglik diyoriga aylantiramiz.

Mana şu munavvar lahzalarda dunyoning uzoq-yaqin hududlaridagi barça mömin-musulmonlarga samimiy tabriklarimizni yöllab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinçlik va taraqqiyot tilaymiz.

Hurmatli vatandoşlar!

Keyingi yillarda şakllangan yaxşi anʼanamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir neça kundan iborat dam oliş kunlari belgilandi.

Bu xonadonlarimizga, hayotimizga Iyd al-adhoning ezgulik nuri, çinakam bayram kayfiyatini olib kirişga xizmat qiladi, deb işonaman.

Muqaddas maskanlar, uluğ ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qiliş, möʼtabar ota-onalarimiz, qarindoş-uruğlarimiz, yoru birodarlarimizni yöqlaş, kömak va yordamga muhtojlar holidan xabar oliş, yurtimiz böylab sayohatlarni amalga oşiriş uçun bu — yana bir qulay imkoniyat, desak, töğri böladi.

Siz, aziz yurtdoşlarimni, butun xalqimizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor muborakbod etib, bayramni oila, döstlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli ötkazişingizni tilayman.

Ilohim, barça pok niyatlarimiz amalga oşsin!

Yurtimiz tinç, xalqimiz doimo omon bölsin!

Barça ezgu işlarimizda Yaratganning özi qöllab-quvvatlasin!

Şavkat MIRZIYOYEV,

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan