Özbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanişi böyiça Özbekiston jurnalistlar uyuşmasining I milliy maʼruzasi
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023 yillarda ommaviy axborot vositalarini qöllab–quvvatlaş hamda jurnalistika sohasini yanada rivojlantiriş çora–tadbirlari dasturida joriy yildan boşlab har yili Özbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanişi böyiça Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining milliy maʼruzasini tayyorlaş va eʼlon qiliş amaliyotini yölga qöyiş belgilangan.
Bunday tartibning joriy etilişi yurtimizda media soha rivoji yölida amalga oşirilayotgan işlarga nazar taşlaş, tahlil qiliş, erişilgan yutuqlarni eʼtirof etiş, qolaversa, milliy jurnalistikamizda yuzaga kelgan muammo va kamçiliklar xususida keng omma va jurnalistlar jamoatçiligiga axborot beriş, uşbu masalalarga birgalikda yeçim izlaş imkoniyatlarini yaratadi. Şuning barobarida, milliy jurnalistikaning har jihatdan rivojlanişiga turtki beradi, deb hisoblaymiz.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan uşbu maʼruza Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Özbekiston Milliy media birlaşmasi bilan hamkorlikda, şuningdek, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi boşqaruvi aʼzolari va hududiy bölimlari rahbarlari, uyuşma huzurida faoliyat yuritayotgan ijodiy kengaşlar masʼullari, soha ekspertlari, bir söz bilan aytganda, keng jurnalistlar jamoatçiligi taklif va tavsiyalari asosida tayyorlandi. Sohaga oid islohotlar samarasi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev davlat rahbari lavozimiga kirişgan dastlabki kunlardan boşlab matbuot va söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillaştiriş, soha vakillarini har jihatdan qöllab-quvvatlaşga doimiy ravişda alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
Bir misol, davlatimiz rahbarining 2017 yil 10 avgustdagi “Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori uyuşma faoliyatida yangi bosqiçni boşlab berdi. Uşbu hujjat ijrosi doirasida beş-olti nafar xodim işlaydigan uyuşma markaziy apparatida 23 ta ştat birligi, taşkilotimizning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri bölimlari taşkil etildi. Uyuşmaning jamoatçilik asosida faoliyat yuritgan hududiy bölimlari rais va xodimlariga uçta ştat birligida oylik maoş belgilandi. Uyuşma va Özbekiston Milliy matbuot markazi moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Har yili mamlakatimizdagi faxriy jurnalistlardan 100-200 nafarini “Hurriyat” gazetasiga uyuşma hisobidan obuna qiliş yölga qöyildi.
Uyuşmaga aʼzolarni qabul qiliş tiklandi, yangi namunadagi aʼzolik guvohnomasi, ilgari bölmagan aʼzolik kökrak nişoni tayyorlandi.
2017-2022 yillar mobaynida 600 ga yaqin faxriy va ehtiyojmand jurnalistga moddiy yordam körsatildi. Kömakka muhtoj bemor jurnalistlar salomatligini tiklaşga mablağ yönaltirildi. “Yoş yuraklar sadosi” seriyasi ostida 100 dan ziyod yoş jurnalistning eng sara maqolalari jamlangan ikkita töplam-kitob naşr etildi.
Bugungi kunda ham mazkur yönalişdagi işlar davom etmoqda.
Davlatimiz rahbarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli jurnalistikaga oid islohotlar ortga qaytmas tus oldi. Buni nafaqat sohamiz, balki keng jamoatçilik vakillari, xalqaro ekspertlar ham alohida eʼtirof etib kelayotir.
Keyingi yillarda sohada izçil amalga oşirilgan islohotlar, oçiqlik siyosati ommaviy axborot vositalari xodimlarini ruhlantirdi. Ularning faollaşişiga turtki berdi, istagan mavzu böyiça materiallar tayyorlaş mumkinligiga, bunga heç qanday tösiq yöqligiga işonçi oşdi. Ayni paytda jurnalist va blogerlar tomonidan joylarda yuzaga kelgan muammolar qörqmasdan dadil kötarib çiqilib, ijtimoiy tarmoqlarda ham eʼlon qiliş keng ommalaşdi. Eng muhimi, tanqidiy-tahliliy çiqişlar, bildirilayotgan takliflar, fikr-mulohazalardan söng köplab masalalarga yeçim topilib, muammolar ijobiy hal etilmoqda, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar, qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritilmoqda. Vaholanki, ilgari bunday holatlar kamdan-kam kuzatilar edi.
Keyingi yetti yilda sohaga qaratilgan alohida eʼtibor, yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar tufayli mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari soni 1514 tadan 2140 taga köpaydi. Ularning 65 foizi xususiy sektor hissasiga töğri keladi. Şundan, 1255 tasi gazeta va jurnal, 18 tasi axborotnomadir. 116 tasi teleradiokanal bölib, internet naşrlar soni 395 tadan 745 taga oşdi. Demak, birgina internet naşrlar soni 350 taga ortgan.
Ayonki, jurnalistlar nafaqat internet naşrlar, gazeta va jurnallar, teleradiokanallarda, balki vazirlik, korxona va taşkilotlarning axborot xizmatlarida ham faoliyat yuritadi.
Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga binoan, barça davlat organlari va taşkilotlarining axborot xizmatlari faoliyati qayta körib çiqilib, zamonaviy talablar asosida taşkil qilindi.
Keyingi yillarda sohadagi bu kabi islohotlar doirasida respublika ahamiyatiga molik 280 dan ortiq idora, muassasa, davlat va xöjalik boşqaruvi organi, viloyat, tuman va şahar hokimliklarida birinçi marta axborot xizmatlari faoliyati yölga qöyilib, 98 ta davlat organi va taşkilotida qayta taşkil etildi. Beş yil avval axborot xizmatlari sohasida jami 433 mutaxassis-jurnalist faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunda ularning soni 1300 dan ortgan.
Albatta, sohadagi bu kabi ösiş barobarida OAVlarda zamonga mos ravişda faoliyat yuritiş, tezkorlikka intiliş kuçaydi. Jumladan, materiallar tayyorlaşning yangidan-yangi usullari böy körsatmoqda.
Kadrlar tayyorlaş böyiça
Barça soha, jumladan, jurnalistika rivoji ham bevosita kadrlar salohiyatiga boğliq. 2018 yil may oyida davlatimiz rahbarining taşabbusi va qarori bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil etildi.
Markaziy Osiyo va MDHda yagona bölgan mazkur taʼlim dargohida ayni kunda 3350 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. Boşqaça aytganda, bu yerda media va ijtimoiy sohalarga oid ön yettita bakalavriat taʼlim yönalişi va şunça magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlanmoqda.
Yaqinda universitetda ilmiy faoliyatni rivojlantiriş uçun “Markaziy Osiyoda media va kommunikatsiyalar” xalqaro ilmiy jurnali naşr etilişi yölga qöyildi.
Tezkorlik bilan rivojlanayotgan davrda har tomonlama professional jurnalist kadrlarga ehtiyoj katta. Jurnalistika öqitilayotgan oliy öquv yurtlarida ilmiy salohiyat körsatkiçlari yuqorilab borayotgani, nazariya va amaliyotning uyğun taşkil etilayotgani, ilmiy izlanişlar qilayotganlar orasida yoşlar köpligi quvonarli. Keyingi yillarda uşbu oliy taʼlim muassasasi huzuridagi ilmiy kengaşda 26 öqituvçi filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), 4 olim esa filologiya fanlari doktorligini (DSc) himoya qildi. Şuningdek, ÖzDJTU huzuridagi bir martalik kengaşda 4 olim, ÖzMU va QDU huzuridagi ilmiy kengaşlarda 1 nafardan olim (DSc) doktorlik işini muvaffaqiyatli yoqladi.
Taniqli maʼrifatparvar, jadid matbuotining yetakçi vakillaridan biri Abdulhamid Çölpon iştirokida 1918 yili taʼsis etilgan “Özbekiston matbuoti” jurnali qayta tiklandi va Oliy attestatsiya komissiyasi röyxatidagi ilmiy jurnallar qatorida faoliyatini davom ettirmoqda.
Hozirgi kunda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti kabi öndan ortiq oliy taʼlim dargohida jurnalist kadrlar tayyorlanmoqda. Bundan taşqari, xorijiy oliy taʼlim muassasalarining yurtimizdagi ayrim filiallarida ham sohamiz uçun mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyilgani öziga xos ijobiy raqobatni yuzaga keltirdi.
Jurnalistikaga oid qonunçilikning takomillaşuvi
Keyingi yillarda sohaga oid 3 ta qonun, Prezidentimizning 2 ta farmoni va 4 ta qarori, hukumatning 10 ga yaqin qaror va farmoyişi qabul qilindi. Buning natijasida mamlakatimizda axborot oliş va axborotlaştiriş, söz erkinligi hamda davlat organlari va taşkilotlari oçiqligini taʼminlaş, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼyektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qator yangiliklar joriy etildi, imtiyoz va imkoniyatlar yaratildi.
Yangilangan Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi kabi yangi norma va moddalarning mustahkamlab qöyilişi tarixiy voqea böldi.
2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida axborot siyosatini yuritişning asosiy ustuvor vazifalari sifatida:
– ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuçaytiriş;
– odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlar ijrosi ahvolini örganişda ularning mehnatidan samarali foydalaniş;
– ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni öz vaqtida berib boriş orqali yolğon maʼlumotlar tarqalişining oldini oliş;
– mamlakatimizda bugungi islohotlar talabiga javob beradigan ijtimoiy masʼuliyatli ommaviy axborot vositalarini şakllantiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş belgilandi.
Prezidentimizning 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqlik darajasini oşiriş va baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga asosan, fuqarolarning axborotni erkin izlaş va olişga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşiriş, davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligi, şaffofligi va hisobdorligini taʼminlaş, ularning oçiqlik borasidagi samaradorlik körsatkiçlarini belgilaş hamda faoliyatini ilğor xalqaro standartlar asosida baholaş tizimi joriy etildi.
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan “Axborot kodeksini tasdiqlaş haqida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining yangi ustavi tayyorlanib, davlat röyxatidan ötkazildi. Özbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi işlab çiqilib, tasdiqlandi.
Oliy sud plenumining “Sud muhokamasi oşkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot oliş huquqini taʼminlaş töğrisida”gi qarori qabul qilingan.
Uşbu saʼy-harakatlar orqali mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining haq-huquqlarini himoya qiliş borasidagi huquqiy asoslar takomillaşdi, mustahkamlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantirişga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilinişi sohaga qaratilayotgan alohida eʼtiborning yana bir namunasi böldi. Uşbu hujjatda:
– bolalar uçun möljallangan eng yaxşi tele va radioloyiha, “Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxşi material” tanlovlarini taşkil etiş;
– ommaviy axborot vositalari xodimlarining xorijiy tillarni örganiş hamda xorijiy tillar böyiça tegişli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega böliş uçun imtihon topşiriş xarajatlarini qoplaş;
– jismoniy şaxslar tomonidan davriy bosma naşrlar, kitob va boşqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna böliş hamda davriy bosma naşrlar uçun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib beriş;
– davlat organlari va taşkilotlari muassisligida bölmagan davriy bosma naşrlarning zamonaviy elektron şakllarini yaratiş, ularni modernizatsiya qiliş va bir yil davomida yuritiş xarajatlarini qoplaş böyiça tartiblar belgilandi.
Milliy jurnalistika rivoji yölida
Ötgan yillar davomida milliy mediamiz rivoji yölida amalga oşirilgan işlar doirasida Oliy Majlis huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça jamoatçilik kengaşi tuzildi. 2021 yili Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni taʼminlaş masalalari qömitasi iş boşladi.
Prezidentimizning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga binoan, 2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalari foyda soliğini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölaşi joriy etildi.
Faol jurnalistlarni muntazam rağbatlantiriş maqsadida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan 100 tagaça eng yaxşi materiallar mualliflarini bazaviy hisoblaş miqdorining 50 barobarigaça miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlaş belgilandi.
Qaror ijrosi doirasida joriy yildan “Oltin qalam” milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov boş milliy mukofoti sohibiga yengil avtomobil taqdim etiş yölga qöyilib, ğoliblarga beriladigan mukofot puli miqdori sezilarli darajada oşirildi. Tanlovning rağbatlantiruvçi nominatsiyalari köpaytirilib, 12 taga yetkazildi.
Tele va radiokanallarning badiiy kengaşlari faoliyatiga jalb qilingan malakali ekspertlarni Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasiga davlat byudjetidan ajratilgan mablağlar hisobidan doimiy ravişda rağbatlantirib boriş yölga qöyildi.
Ommaviy axborot vositalari va uyuşmaning hududiy bölimlari huzurida 44 ta mahorat maktabi, 41 ta “Yoş jurnalistlar” tögaraklari taşkil etildi. Bu boradagi işlar davom ettirilmoqda.
Ayni kunda uyuşma huzurida ustoz jurnalistlar, OAV masʼullari, mediasoha uçun kadrlar tayyorlovçi oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilaridan taşkil topgan işçi guruhlar tomonidan “Özbekiston jurnalistlari” va “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitoblarini naşrga tayyorlaş boşlangan.
Nodavlat mediataşkilotlar bilan hamkorlikda jurnalistlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş böyiça ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Respublikamiz hududlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar uçun jahon standartlari hamda bugungi kun öquvçilarining didi va talabiga mos keluvçi sifatli kontent yaratişga yönaltirilgan öquv seminarlari taşkil etilmoqda. Şuningdek, turli davlat taşkilotlari, vazirliklar, idoralar hamda yirik işlab çiqariş korxonalari, banklar va qator muhim sohalar tarkibidagi axborot xizmatlari rahbarlari uçun maxsus mediatreninglar ötkazilmoqda. Mazkur jarayonlarda YUNESKO, YEXHT, BMT Taraqqiyot dasturi kabi nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan yaqindan hamkorlik yölga qöyilgan.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti örtasida tuzilgan memorandumga köra jurnalist va blogerlarga huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.
Har bir sohada, jumladan, jurnalistikada ham xalqaro tajribani örganiş muhim ahamiyatga ega. Şu bois, uyuşmada mazkur yönaliş böyiça işlarni jonlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uyuşma tomonidan Rossiya, Janubiy Koreya, Tojikiston jurnalistlar uyuşmalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Joriy yilning 15 iyun kuni Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan Umumxitoy jurnalistlar uyuşmasi örtasida tuzilgan hamkorlik kelişuvi yangilandi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar axborot agentliklari tajribasini çuqur örgangan holda Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qayta taşkil qiliş, uni yirik mediatuzilmaga aylantiriş böyiça işlar davom etayotgani quvonarli. Agentlikka boşqaruv huquqi asosida berilgan “Matbuot uyi” bino va inşootlari hamda ularga tutaş hududda yaqin vaqt içida zamonaviy mediaşaharça taşkil etilişi barçamizni xursand qilmoqda.
Toşkent viloyati Böstonliq tumani Soyliq qişloğida joylaşgan “Oqtoş” ijod uyini rekonstruksiya qiliş hamda unga qöşimça bino va inşootlar quriş çoralari körilayotgani ham OAV xodimlari salomatligini mustahkamlaş va tiklaş, ularning maroqli dam olişini taʼminlaş maqsadini közlaydi.
Şu örinda yangi saylangan Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning lavozimga kirişiş tantanali marosimidagi nutqida ommaviy axborot vositalari vakillariga, jurnalist va blogerlarga samimiy minnatdorlik izhor etgani, “Söz va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot oliş, undan foydalaniş va tarqatişga bölgan huquqlarini kafolatlaymiz”, deya alohida taʼkidlagani keng jurnalistlar va blogerlar jamoatçiligini ruhlantirdi.
Mavjud muammolar
Hozirgi kunda yangilanayotgan Özbekistonimizdagi mahalliy, xususiy va xorijiy taʼlim dargohlarida 4 mingdan ziyod yigit-qiz mediasoha yönalişlari böyiça tahsil olmoqda. Bu yaxşi körsatkiç. Ammo tahlillar hamma bitiruvçilar ham öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşa olmayotganini körsatmoqda. Öqiş davomida ularning barçasi yetarli darajada bilim va malakaga, tajribaga ega bölmoqda, deb bölmaydi. Şu bois, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirliklaridan mazkur masalaga jiddiy eʼtibor qaratiş söraladi.
Mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan bosma naşrlarning ahvoli hamon oğirligiça qolmoqda. Xususan, bugungi kunda köplab tuman gazetalari çop qilinmayapti, çop etilayotganlari ham juda kam adadda. Hatto bir paytlar tiraj jihatidan sobiq ittifoqda yuqori körsatkiçlarni egallagan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Qişloq hayoti”, “Toşkent oqşomi”, “Veçernыy Taşkent” singari naşrlarning 1000 nusxa atrofida çiqayotgani ğoyatda taşvişlanarlidir. Uşbu gazetalarning muassislari bu borada aniq çora-tadbirlar rejasini işlab çiqişi şart.
Bugun respublikamizda 10 mingdan ziyod maktab faoliyat körsatmoqda. Ayni kunda öquvçilarning asosiy naşrlari bölgan “Ğunça” jurnali 3200, “Gulxan” jurnali 3362, “Tong yulduzi” gazetasi esa 2056 adadda çop etilmoqda. Bu holat mamlakatimizdagi maktablarga gazeta va jurnallar kam yetib borayoganini anglatadi.
Bugun bu borada dunyo tajribasiga nazar taşlaydigan bölsak, internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan AQŞ, Yaponiya, Xitoy va boşqa mamlakatlarda minglab, millionlab nusxada çop qilinayotgan bosma naşrlarni köriş mumkin. Uşbu davlatlar tajribasidan ham örganiş, qaysidir maʼnoda ulgi oliş kerakdir.
Şu örinda gazeta va jurnallar tirajini köpaytiriş uçun, birinçi navbatda, ularning öqişlilik darajasini oşiriş, öquvçilar qiziqib mutolaa qiladigan bölişini taʼminlaş ham juda muhimligini taʼkidlaş joiz.
Endi sözimizni kasbiy faoliyatimizga oid ayrim mulohazalar bilan davom ettirsak. Gap şundaki, baʼzi hamkasblarimiz kasb etikasi qoidalari, ommaviy axborot vositalariga oid qonunçilik talablariga har doim ham rioya etmayapti.
Davlat va nodavlat teleradiokanallarida yengil-yelpi, ijtimoiy yuki yengil körsatuv va eşittirişlar soni oşib borayotganini yaşirib bölmaydi. Maʼno-mazmuni haminqadar körsatuvlar köpayib, efir titrlarida imloviy xatolar uçramoqda.
Bu kabi holatlarni bartaraf etiş böyiça aniq çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş lozim.
Yana bir masala. Töğri, bugun OAVda eʼlon qilingan tanqidiy materiallarga masʼullar tomonidan munosabat bildiriş jonlandi. Ammo, oçiq aytganda, bu yetarli darajada emas. Hisobotlarda bu boradagi körsatkiçlar negadir yuqori. Örganişlar bildirilayotgan munosabatlarning muayyan foizi öta yuzaki va xöjakörsinga ekanini körsatmoqda.
Ayrim jurnalist va blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga insonning şaxsiy maʼlumotlari, uning şaʼni va qadr-qimmatiga daxl qiladigan, baʼzan oçiqdan-oçiq zöravonlik va haqorat körinişidagi post va izohlarni joylaştiriş holatlari uçrayotgani ham taşvişli.
Şu örinda, jurnalist va blogerlarni qöllab-quvvatlaş, huquqiy savodxonligini oşiriş borasidagi işlarni davom ettiriş, blogerlik faoliyati böyiça jahon tajribasini, ularning daromadini soliqqa tortiş masalasini ham örganiş lozim, deb hisoblaymiz.
Taʼkidlaş joiz, uyuşma faoliyati, uning xodimlari oylik maoşi, uyuşmani saqlaş xarajatlari “Ilhom” jamoat fondi tomonidan moliyalaştiriladi. Afsuski, bu borada yuzaga kelgan jiddiy muammolar yeçim topmayapti.
Uşbu kötarilgan masalalar ijobiy hal etilişiga umid qilib qolamiz.
Soha rivojiga doir
yangi rejalar
Birinçidan, Özbekistonda jurnalistika sohasini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş.
Ikkinçidan, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tahlil qiliş, sohada yuzaga kelgan muammolarni örganiş, ularga yeçim topiş borasidagi işlarni jonlantiriş zarur. Örganiş natijalaridan kelib çiqqan holda mediatuzilmalar va ularda faoliyat yuritayotgan xodimlar uçun tavsiyalar işlab çiqiş.
Uçinçidan, milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuq hamda ilğor tajribalarini keng ommalaştiriş, jurnalist va blogerlarda ijodiy faoliyatga yangiça yondaşuvlarni takomillaştiriş va boyitiş, tajriba almaşişga qaratilgan respublika va xalqaro mediaforumlar ötkaziş.
Törtinçidan, uyuşma faoliyatini yanada jonlantiriş, xalqaro aloqalarni rivojlantiriş, uyuşma aʼzolari va OAV vakillarini ijtimoiy himoya qiliş, tegişli imtiyozlar yaratiş, rağbatlantiriş, bir söz aytganda, har jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi reja va dasturlar işlab çiqiş.
Beşinçidan, Prezidentning “Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasini tayyorlaş.
Oltinçidan, uyuşma tomonidan 2024 yilning birinçi yarim yilligida Toşkent şahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy mediatuzilmalari hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş va rivojlantirişga bağişlangan xalqaro konferensiya ötkaziş.
Yettinçidan, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi bilan Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi, Osiyo jurnalistlar uyuşmasi örtasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlar jurnalistlar uyuşmalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolaş.
Sakkizinçidan, 2023-2024 yillarda uyuşmaning 60 nafarga yaqin aʼzosi xorijiy davlatlar OAVlarida malaka oşirişi va stajirovka ötaşini, nufuzli mediatadbirlarda iştirok etişini taʼminlaş.
Töqqizinçidan, mamlakatimizda internetdan (ijtimoiy tarmoqlardan) faol foydalanuvçilar soni kundan-kunga oşib borayotganini hisobga olgan holda, har bir markaziy va hududiy OAV internet (ijtimoiy tarmoqlar) sahifalariga (milliy maʼnaviyatni yuksaltirişga oid) öz materiallarini (keng omma öqişiga moslagan holda) joylaştirib borişni köpaytiriş uçun alohida dasturlar işlab çiqilişi böyiça tavsiyalar tayyorlaş.
Öninçidan, kelgusida ustoz va tajribali jurnalistlarimiz tomonidan mahorat bilan yozilgan (gazeta va jurnallarimizda kamayib borayotgan oçerk, felyeton, jurnalistik suriştiruv, esse kabi), publitsistik janrlarda tayyorlangan eng sara materiallarni (töplam-kitob holida) naşr etiş.
Ön birinçidan, uyuşma tomonidan Özbekiston Respublikasining davlat ramzlari qabul qilingan kunlar munosabati bilan tanlovlar ötkaziş, katta bayram tadbirlarida ğoliblarga sovğalarni tantanali ravişda topşiriş.
Ön ikkinçidan, ommaviy axborot vositalari xodimlarini ijtimoiy va huquqiy himoya qiliş, ehtiyojmand va bemor, faxriy jurnalistlarni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan işlarni jonlantiriş.
Ön uçinçidan, uyuşma tomonidan ötkazilayotgan “Yilning eng faol jurnalisti” va “Atirgul” tanlovlarida “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali” nominatsiyasini joriy etiş.
Ön törtinçidan, uyuşma huzuridagi Özbekiston Milliy matbuot markazida zamonaviy mediaxizmatlarni körsatiş va rivojlantiriş, uyuşma markaziy apparati va hududiy bölimlarining xalqaro grant loyihalarida faol iştirok etişi orqali qöşimça mablağ topiş, kelgusida uyuşma özini özi mablağ bilan taʼminlaş çoralarini izlaş borasidagi işlarni jonlantiriş.
Ön beşinçidan, mamlakatimiz OAVlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni davlat tili haqidagi qonun va qonunosti hujjatlar bilan taniştirib boriş va ularning mazmun-mohiyati xususida fikr almaşinuvini taşkil etiş maqsadida uyuşma huzurida “Tilimiz fidoyilari” klubini taşkil etiş. Klub tomonidan markaziy va hududiy OAVlarda – gazeta va jurnallarda, teleradiokanallarda, internet naşrlarda davlat tili qoidalariga rioya etilişi tahliliga bağişlangan davra suhbatlari – turli tadbirlar uyuştiriş, jurnalistlar tomonidan tayyorlanib eʼlon qilinayotgan materiallar tilini örganiş, tahlil qiliş, bu borada jurnalistlarga ijodiy-uslubiy yordam beriş.
Ön oltinçidan, ommaviy axborot vositalarida, jumladan, davlat va nodavlat teleradiokanallarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik maoşi (iş haqi) hamda qalam haqi (gonorar)ni bugungi kun talablariga moslaştirgan holda oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş va tegişli hujjatlar loyihalarini tayyorlaş.
Xulosa örnida taʼkidlaş joizki, milliy jurnalistikamiz rivoji yölida hali qilinadigan işlar, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi oldida turgan vazifalar köp.
Mamlakatimiz mediasini yangi va yuqori bosqiçga olib çiqişga qaratilgan ana şu işlar ayni kunda yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan 6 mingga yaqin jurnalist, uyuşmaning 2 mingdan ziyod aʼzosi xohiş-irodasi, taklif-tavsiyalari asosida amalga oşiriladi. Bu yölda barça OAV vakillarini uyuşma atrofida birlaşib, yanada faol va hamjihat bölişga çorlaymiz.
