Hur söz – xaloskor kuç
Özbekiston Respublikasi referendumi — 2023
Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi Konstitutsiyamizda qatʼiy belgilab qöyilmoqda
Biz barça narsalarning bahosini belgilaşga ustamiz-u, biroq ularning asl qadrini anglaşga kelganda oqsaymiz. Şundan bölsa kerak, odamlar, özlariga dafʼatan tegişli bölgan erkinliklardan juda besamar foydalanişadi. Masalan, benazir ahamiyatga ega — fikrlaş erkinligidan bahramand böliş örniga, ular söz erkinligini talab qilişadi. Axir, tan olaylik, soğlom va mohiyatan fikrga yöğrilmagan sözlar töplami – oddiy grammatik belgilardan boşqa narsa emas-ku. Şu bois, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 33-moddasining birinçi qismida aynan fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi huquqi yaxlit bir butunlikdagi norma sifatida belgilanganligi yuqoridagi mulohazalarimiz örinli ekanidan dalolat beradi.
Aslida, fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi insonning bazaviy, fundamental erkinliklari sirasiga taalluqli bölib, bu normaning bevosita media sohasiga, OAVlari faoliyatiga doir jihatlari bilan jamiyat uçun alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki, Boş qomusimizda ayni normaning muhrlanib qöyişi esa, Özbekistonda davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan oçiqlik siyosatining inʼikosi, siyosiy irodaning yorqin namoyoni desak töğri böladi.
Modomiki, gap milliy OAVlarimiz faoliyatini yanada takomillaştiriş, turli jabhalarda islohotlar jarayonining mohiyatini oçişda, milliy loyihalar ijrosini bekamiköst taʼminlaşda, fuqarolarimiz işonçini mustahkamlaşda ularning amaliy iştiroki xususida borarkan, şubhasiz soha oldida töğanoq böladigan har qanday tösiqlar, çeklovlar va bosimlar olib taşlanişi darkor. Uşbu maqsadda yaratilayotgan taşkiliy, institutsial hamda ijtimoiy-iqtisodiy şart-şaroitlarni joriy etişda, tabiiyki huquqiy, aniqroği, fundamental konstitutsion asoslarning yaratilişi ayni muddaodir. 33-moddaning ikkinçi qismida aks etgan har kim istalgan axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqiga doir norma ham davlat çegaralaridan va şakllaridan qatʼi nazar turli axborot va ğoyalarni qidiriş, oliş va tarqatiş erkinligini qamrab oladi. Bu faoliyat uçun şaroitlarni yaratiş davlat tomonidan kafolatlanadi. Biroq şu bilan birga, mazkur yönalişda ayrim çeklaş şartlari ham konstitutsiyada aniq belgilanmoqda. Ularni Konstitutsiyamizda mustahkamlaş fuqarolarimizning huquqlarini amalga oşişi, ularning himoyasi va xavfsizligini taʼminlaş uçun muhim ahamiyatga ega. Mazkur huquq va çeklovlarni raqamlaştiriş asrida demokratik, huquqiy va adolatli jamiyat qurayotgan barça davlatlar öz amaliyotida qöllab keladi.
Bugungi jurnalistlarning boş vazifasi – mavjud imkoniyatlardan munosib va umummanfaat yölida foydalanişni taqozo etadi. Yaşirib nima qildik, biz hali hanuz, soğlom va konstruktiv fikrlaş amaliyotini, haq sözning mislsiz qudrati-yu, xolis fikrning çeksiz salohiyatini töla-tökis anglab yetayotganimiz yöq. Erkinlikni ham baʼzida sarhadsiz inʼomdek qabul qiliş hollari afsuski, uçrab turibdi.
Umuman, yaxşi OAVni — özi bilan özi muloqot qila oladigan millatga qiyoslasa böladi. Şu bilan birga, erkin OAV kundalik amaliyotda yaxşi ham, yomon ham bölişi mumkin. Bu bor gap. Biroq erkin bölmagan matbuot, şak-şubhasiz, faqat yomon böladi. Fransuz yozuvçisi, Nobel mukofotining laureati Alber Kamyuning bu fikriga qöşilmaslikning iloji yöq. Aslida, erkin matbuot – ozodlik va hurlik posboni, senzura esa – jamiyatning öziga özi işonçsizligining ifodasidir. Çunki çinakam senzurada odamlarga biror narsani taqiqlaş emas, balki umuman u narsa töğrisida bilişga ham yöl qöyilmaydi. Senzuraning absurdlik holati şu darajadaki, baʼzida uni butun boşli tuyani öz teşigidan ötkazişga uringan ignaga ham öxşatişadi.
Odatda, senzura va qattiq çeklov, aşaddiy taqiqlar avj olgan jamiyatda genial ijod asarlari yaraladi. Masalan, adabiyot, sanʼat va matbuotda Ezop tili, majoziy obrazlardan foydalaniş, “satr oralab yoziş” kabi uslublar senzura uçun, xuddi Axilles tanasining eng nozik joyi bölmiş — tovoniga urilgan zarbadek böladi. Köçma maʼnoda aytganda, hattoki, “Qora kvadrat” tasviriy sanʼat asarini rassom Maleviç emas, aslida senzura çizgan deyişadi. Aytmoqçi bölganimiz, haq söz va hur fikr qançalik muşkulotlar yaralmasin, baribir öz sözini ifoda etişga yöl topadi. Lekin bizning jamiyatimizda, hozirgi Yangi Özbekiston şaroitida heç qanday senzuraga, ijodkorlar erkinligini böğişga yöl qöyilmaydi, jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik qilişga, aralaşişga heç kimning haqqi yöq. Zero, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 81- va 82-moddalarida ayni holatlar yuzasidan tegişli yangi normalar kiritilgan.
Özbekiston Prezidenti mamlakatimizda olib borilayotgan oçiqlik siyosati orqaga qaytmaydigan jarayon ekanligini takror va takror taʼkidlagan. Şu sababli axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi Konstitutsiyada qatʼiy belgilab qöyilmoqda. Umuman, taraqqiy etgan mamlakatlarning tarixiy tajribasi şuni körsatmoqdaki, söz va matbuot erkinligini taʼminlamay turib iqtisodiy rivojlaniş va aholi farovonligiga erişib bölmaydi.
Bugun mamlakat obröyi, davlat mavqei, insoniyat maqomi uning tabiiy boyliklari, moddiy zaxiralari bilan emas, balki hazrati insonga bölgan eʼtibor, qadr-qimmat bilan ölçanadi. Zotan, siyosatşunoslar aytmoqçi, bir inson hayotini qadrlay olmaslikdan boşlanadigan muammo köpinça butun bir millatlar uçun hayot-mamot masalasiga aylanib ketadi.
Jilovlangan OAV, bosimga tobe jurnalistning davlatga ham, jamiyatga ham heç qanday nafi yöq! Yopiqlik va korrupsiyaviy senzura bilan dunyo hamjamiyatiga uyğunlaşişimiz mumkin emas. Olamni anglaylik, öz hayotimiz, mustaqil turmuşimizni yaxşilaş, röşnolik, möl-kölçilik, minnatdor va rozi yaşaş darajalariga yetib olişimizda rost sözning, emin-erkin matbuotning örni benihoya beqiyos. Yangi taxrirdagi Boş Qomusimiz esa biz uçun mustahkam huquqiy kafolat, u yoki bu tazyiq-tahdidlardan xaloskor kuç va adolat qalqoni bölajak!
Bobur ALIXONOV
