«Iş haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi Farmon

Özbekiston Respublikasi Prezidentining

FARMONI

IŞ HAQI, PENSIYALAR VA NAFAQALAR MIQDORINI

OŞIRIŞ TÖĞRISIDA

Aholi turmuş darajasini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar izçilligini taʼminlaş hamda fuqarolarning daromadlarini oşirib boriş maqsadida:

  1. 2023 yil 1 apreldan boşlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oşirilsin.
  2. 2023 yil 1 apreldan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 söm;

yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 söm;

nogironlik pensiyalari, jumladan, iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 söm;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 söm;

1941–1945 yillardagi uruş oqibatida nogiron bölgan şaxslar va uning qatnaşçilari, şuningdek, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 söm;

belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 sömdan) 747 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 söm;

zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 söm;

iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 söm;

özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 söm;

boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 söm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun – 198 000 sömdan qöşilsin;

boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 söm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölansin.

  1. 2023 yil 1 maydan boşlab byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori 7 foizga oşirilsin.
  2. 2023 yil 1 maydan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 980 000 söm;

bazaviy hisoblaş miqdori – oyiga 330 000 söm etib belgilansin.

  1. Belgilansinki:

byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqlarini oşiriş bilan boğliq xarajatlar – Özbekiston Respublikasining “2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida”gi qonuniga muvofiq iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, şuningdek, ayrim xizmat turlari böyiça tariflarni oşiriş bilan boğliq xarajatlar uçun ajratilgan byudjet mablağlari hisobidan;

pensiyalar va nafaqalar miqdorlarini oşiriş bilan boğliq xarajatlar – Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi mab­lağlari hisobidan qoplanadi.

  1. Mazkur Farmon talablarini bajariş uçun talab etiladigan qöşimça mablağlar Özbekiston Respublikasining respublika byudjeti xarajatlarini oşiriş hisobiga moliyalaştirilsin.

Iş beruvçilarga iş haqi miqdorini qonunçilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan holda tölaşni taʼminlab, iş haqi miqdorini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga muvofiq oşiriş tavsiya etilsin.

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda uşbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiş işlarini taşkil qilsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunçilik hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. Mazkur Farmonning ijrosini samarali taşkil qilişga masʼul va şaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Ş.D.Kudbiyev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib boriş, ijro uçun masʼul taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Boş vazir örinbosari J.A. Qöçqorov zimmasiga yuklansin.                          

 

                         Özbekiston Respublikasi

                                   Prezidenti                         Ş. Mirziyoyev

Toşkent şahri,

2023 yil 28 mart

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan