Köksimni töldirib keldi bir daryo
Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning “Millat baxtin sörar millat otasi” deb nomlangan kitobini öqib…
Qölimda “Sahhof” naşriyoti tomonidan çop etilgan Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning “Millat baxtin sörar millat otasi” deb nomlangan kitobi. Muqaddas Umra ziyoratining nurli tassurotlari bilan qorişiq satrlar bilan boşlangan kitobni öqir ekanman, Şarq şeʼriyatining ilohiy qudrati ruhiyatim olamida azon tovuşidek muqaddas sado berdi. Bizkim, şeʼriyat mulkining pirlari tavof etgan yurt farzandlarimiz. Bizkim, valiylarin hikmatlari olamni yoritgan maʼnaviyat xazinalarining vorislarimiz. Bizkim, olamu va odamizodga Haqni tanitgan, Vatanni iymon qadar sevganlarning avlodlarimiz. Zero Haqni tanigan odamgina mavjudotdan farq qiladi. Zero, Vatanga bölgan sevgi insonni iymon ila nurlantiradi.
Bu satrlar şoirning ŞUKRONASIDIR:
Olloh nomi bilan boşladik kalom,
Olloh dargohida eng oliy inʼom,
Keldik – dil va tilda labbayka, salom,
Bandaga ravodir Haq hidoyati,
Bizga nasib etmiş Bayt ziyorati.
Lak – lak odamzodni yaratgan Egam,
Mehru karamini taratgan Egam,
Olamni bir joyga qaratgan Egam –
Ming – ming hikmat erur bir işorati,
Bizga nasib etmiş Bayt ziyorati.
Muborak ravzada aylab duolar,
Bölmasin deb hargiz balo – qazolar,
Yurt egasi sörar elga ziyolar,
Rabbim soyasidir – el himoyati,
Bizga nasib etmiş Bayt ziyorati.
Millat baxtin sörar millat otasi,
Közlardagi yoşlar – dil ifodasi.
Bunda niyatlarning yöq nihoyasi.
Maqsad – yurt tolei, xalq saodati,
Bizga nasib etmiş Bayt ziyorati.
* * *
Biz vaqti zamonida ilohiy oyatlarni ovoz çiqarib aytişdan mahrum el edik. Hazrati Navoiydek söz mulkining sultoni, avliyolar avliyosidan ham yiroq tutildik. Bayt ziyorati armonga aylantirilgan kunlarni keçdik. Har gal haj ziyoratiga otlangan Mir Alişer bobomizga ming bir tösiq ğov bölgani bölsa, davrlar keçib jon içra joylangan Yaratgan Egamga “Yo Haq”,— deya yolvorgan şoirlari devonaga çiqarilgan, söz gavharlari böhton botqoqlariga uloqtirilganlarning zurriyodlarimiz.
Uluğ ziyorat nasib etmagan ajdodlari uçun öksiniş va ökinç şoirning yuragidan otilib çiqadi:
Sendan umidvor zor köngillar uçun,
Zahmatkaş opalar, singillar uçun,
Muqaddas Kaʼbaning körsatgil kuçin,
Öksik dillargadir mehr oyati,
Bizga nasb etmiş Bayt ziyorati.
Kimlar bu kunlarga yetib – yetmagan,
Asrlar armoni dildan ketmagan,
Hazrat Navoiyga nasib etmagan,
Nedir bu ökinçning sir – sinoati?
Bizga nasib etmiş Bayt ziyorati.
Xalqimizning suyukli şoiri Sirojiddin Sayyidning ikki muqaddas masjid içra iltijolari – şeʼrlari böğzimizga tiqilib turgan toşlarni köz yoşlarimiz bilan erib tuşişiga sabab böldi. Bu armon közyoşlarimi, sevinç közyoşlarimi? Bu muqaddas kitoblari yoqib yuborilgan Ishaqxon Töra Ibrat taqdiriga ega bölgan millatning aççiq – aççiq alam közyoşlarimi?
Yoxud “Tib qonunlari”larini yozgan, Ollohdan şifo sörab yolvorgan xastalarga zaminiy giyohlar bilan malham qöyib, ilohiy şifo sözlarni şeʼr ila bayon etgan şayx ul rais Ibn Sino bobomizga vorislik masʼuliyatimi?
Nega uşbu satrlarni öqigan çoğ qalbimizda keçgan tuyğularni nomini ayta olmayapmiz?
Xalq şoiri Sirojiddin Sayyid muqaddas ziyoratga Yurtboşimiz bilan birga borgani, MILLAT BAXTINI MILLAT OTASI sörab turganini jon quloği bilan eşitiş baxtiga muşarraf bölganini özi ilohiy saodat böldi desak xato bölmas.
Bizkim, vaqti zamonida özini olampanoh sanagan hukmdorning “Al Buxoriy xalqqa emas faqat va faqat saroy ahli va şahzodalarga dini islomdan dars bersin, saroyda yaşasin va tirikçiligi uçun xizmat haqqini bizdan olsin” – deya Al Buxoriydek hadis ilmining sultonini bepisand etib, zulm ötkazgan amirlarni körgan sabru sobirlar avlodimiz. Bugun Makkai mukarrama, Madinai munavvarada millat otasini yonida millat baxtini söraş, Navoiydek piri komillar armonining röyobini körişdan ortiq tolei bormikin? Şoirning bu lahzalar haqida yozganlari şunçaki uryon hamdu sanolar emas, muhabbatning çin egasi Vatan hamda uning buguni va ertangi iqbolining yurakdagi tasviridir:
Ezgulik tuğini baland tutgaymiz,
To dunyo turgunça huşyor ötgaymiz,
Yölboşçi yonida bedor ötgaymiz,
Vatanni sevmoqlik – qalb diyonati,
Bizga nasib etmiş Bayt ziyorati.
Sirojiddin Sayyidning yangi kitobidan örin olgan har bir şeʼri tarixdan olgan saboq bölib bizni bedorlardan bedor, huşyorlardan huşyor bölişga çorlaydi. Sahifalarni varaqlar ekansiz undan uluğ ajdodlarimiz yölbars misol yotib suv içgan maʼrifat daryolarining mangu guvullagan sadosiyu, muqaddas buloqlarni, aziz sardobalarni yöq qilmoqçi bölganlar bilan olişib yarador bölsa-da ğolib bölgan sarbozlarning iqrorlarini öqiysiz. Satrlardagi çaqiriqlar bir neça saltanatlar yaratgan uluğ millat mardliyu eʼtiqodi haqidagi mangu qöşiqlaridir. Şoir Turonzamin haqidagi şeʼrida şunday yozadi:
Şayx ul Kubrolarga aylabon taʼzim,
Amudaryolari abadiy azim,
Mangu matonatning ölmas timsoli,
Manguberdilari mangu Xorazm.
Vatan deb qözğolgan, ey pok iymonim,
Qadim qörğonimsan, buyuk Turonim.
Olamni böylagan yovqur sarbonsan,
Yetti iqlimlarga yetgan karvonsan,
Ilk bor zamin uzra Oqsaroy qurgan,
Özing sohibdavlat, Sohibjahonsan,
Mulki Turon içra Sohibqironim,
Kavnu makonimsan, buyuk Turonim…
Şeʼrni töliğiça olib qaralsa anglaş mumkinki, Turku Turon zaminining Ahmad Yassaviysi, hazrat Navoiysi, Mirzo Bedillariga beşik bölgan bu zaminni bizning ilmu muhabbatimiz qutqaradi. Yangi Özbekiston olam darsxonasiga aylandi. Uning xalqaro akademiyalarida muntazam ötadigan ilmiy -adabiy anjumanlar, konferensiyalar, simpoziumlar yer şarining olimu oriflarini, oqilu fozillarini birlaştirmoqda. Bir vaqtlar tambalab taşlingan şarq darvozalari, sovuq toş bosgan yöllar, muhtaşam madrasa, maqbaralar, masjidlar olti yarim yil içida jaranglab oçildi, tikanak örab yöqolayotgan yöllarda jannatiy ifor soçgan gullar salovatlar öqimoqda.
Şoir aytganidek:
“Ming yil qurmaganni bir yilda qurgan”, bunyodkor xalq böldik.
Xalq şoirining Vatan haqida yozganlarini bir nafasda öqiysiz va bu ötli satrlar bir öqişda yodingizda muhrlanib qoladi. Bu tabarruk mavzuda yoziş uçun şoir qalbi ne ilohiy yoğdular ila nurlanmiş?!
Bahrayn suvlariga çaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq, arabiy.
Bir osmon töldirib keldi köksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Ne zotlar ötdilar Vatandan ayro,
Sevinçi savdoyu soğinçi sahro.
Köksimni töldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Inson qayerga ketmasin uning qaytarga Vatani bölmoği kerak. Bu unutilmişlar zamonida inson özini kimdir soğinib kutayotganiga işonişi kerak. Uning qaytari tuğilgan tuproği. Har qanday yöllarning boşida esa onalar, faqatgina onalar zoru –intizor turadilar. Ammo Vatandan olislanganning hammasi ham qaytmasligi mumkin. Bu holatdan qatʼi nazar onalar yöl boşida to sönggi nafas qadar kutadilar. Toğlarni kötarib ketib bölmaganidek, daryolarni bir joydan boşqa joyga olib borib örnatib bölmaganidek, osmon örniga boşqa bir osmon yaratib bölmaganidek Vatan öz örnida abadiy qoladi.
Har tepa, har dönglik turbat emasdir,
Har qanday ayriliq ğurbat emasdir.
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Payğambar yoşiga yetgaç Ahmad Yassaviyning ketar joyi özga yurt, özga makon bölmadi, ona tuproqdagi ğori böldi.
Har keksa, har yoşning zahmatlarida,
Azim çinorlarning hikmatlarida,
Hazrat Yassaviyning xilqatlarida,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.
Şoir! U har lahza bedorlikka çorlovçidir. U inson baxtini bedorlikda köradi. Bir lahzalik ğaflat bizdan bir yillik baxtni tortib olişi, bir kunlik ğaflat esa baxtimizdan toabad begona qilişi mumkin. Loqaydligimizning tovoni juda oğir böladi. Eng yomoni bu tovonni bolalarimiz tölaşini körişdir. Beparvolik — ulkan xato. Biz xatoga yöl qöymasligimiz darkor.
Xalqimiz taqdirida keçgan qaro kunlarda otaning köziga tik qaragan öğillar, onasining ajin bosgan qöllarini qayirib taşlab, özga jannat izlab ketib it ölimini topgan adaşganlar öz içimizdan çiqmadimi?
Şoirning “Millat baxtin sörar millat otasi” kitobidagi şeʼrlarida Ota uçun yomon farzand ham farzand ekani, ammo nobakor öğilning sotqinligi, xoinligi tufayli sarsonu qurbon bölayotgan ayollar va bolalarni olov içidan olib çiqayotgan MILLAT OTASIning taʼrifga siğmas mehri, insonga Ollohdan berilgan muqaddas Vatan tuşunçasi madh etiladi.
Hammamiz bilamiz, muhtaram Yurtboşimizning topşiriqlari bilan 2019 yilda Özbekiston hukumati birinçilardan bölib, qurolli töqnaşuvlar bölayotgan Iroq va Suriyadagi qabohat öçoqlarida jabrlanayotgan ayollar va bolalarni Vatanga qaytardi. Şoirning “Ogohlik talqini ” şeʼri Vatanni taşlab, jannatiy halovat qumsab, oqibatda bekafan kömilganlarning xatosini takrorlamaslikka çaqiruvdir. Bunday şeʼrlarni yoziş şoirga oson bölmaydi. Şoir bunday şeʼrlarni yuragi zardobga tölib yozadi. Ming bir asab tomirlari uzilib yozadi:
Körinmas duşmanlar biz bilan birga,
Ular doim qasdi jonimizdadir.
Göyo daxldorday har bir taqdirga –
Har kun, har soatda yonimizdadir.
Uyğoq har bir köngil ularga duşman,
Qadrdon oşnasi – har mudroq yurak.
Ular bu borada jiddiy uyuşgan,
Ularga loqayd va mudroqlar kerak.
Farqi yöq keksa – yoş, erkakmi, ayol –
Bani odamzodga alami borday:
Dunyoda sihatlik topsin der zavol,
Tiriklik yotsin der xasta bemorday.
Qasri bunyodingni yemirgay nogoh,
Keyin naf keltirmas sönggi puşaymon.
Ey inson ogoh böl, ogoh böl, ogoh,
Bu duşman yomondir, bu duşman yomon…
Şoirning maqsadi odamga bir kun bölsa-da buyuk bölib yaşaşni örgatiş. Bir kun buyuk böla olgan inson bir umr buyuk işlar qilişiga, abadiy buyuk bölişiga ruhiy quvvat berişdir. Odamni tuşunmoqni, keçirmoqni, sevmoqni örgatişdir. Odamda eng sönggi nafasda ham odam bölib qoliş qudrati borligini anglatişdir.
“Millat baxtin sörar millat otasi” şeʼriy kitobida şoir HADISlardan dalillar keltirib har biriga şeʼriy izohlar yozadi. Har birida şoir odamizodda to sidratul muntaho qadar tozarmoq, yuksalmoq imkoni borligiga işontiradi.
Aynan şuning uçun sinov dunyosining ötkinçi ho-yu havaslardan, nafsi ammoraning istaklaridan ruhni har lahza tozalaşga ogohlantiradi. Şoir “Foydali yomğir” şeʼrida ham hadisdan misol keltiradi:
“Ummatlarim bamisoli yomğir kabidirkim, yomğirning boşlanişi ham, oxiri ham foydalidir”.
Olamda odam köp har til, har turlik,
Olamda goh toşqin, gohi yonğindir.
Mening ummatlarim bamisli nayson,
Mening ummatlarim misli yomğirdir.
Ular tuproq uzra ezgulik soçib,
Oçiq yuz, sofdil, nur diydali bölur.
Foydalidir yomğir boşlanişi ham,
Uning oxiri ham foydali bölur.
Darhaqiqat, sevimli şoirimiz Sirojiddin Sayyidning har bir satrida ulkan ijtimoiy masʼuliyat bor. Nazdimizda U şeʼrlaridan ulkan va sadoqatli qöşin töplagan. Maqsad: Vatanni iymon qadar sevişni şaraflaş, xalqning yurak sadosini, qayğu quvonçlari, orzu armonlarini kuylaş, loqaydlar tomonidan insoniyat qalbini işğol qilinişiga yöl qöymaslik. Muqaddas tuyğularni asrab-avaylaş.
Zero, millatning sönmas nurlaridan biri, jadid bobomiz Abdurauf Fitrat aytadi: “Bu dunyo kuraş maydonidir. Bu maydonning quroli soğlom jismu tan, ötkir aql va yaxşi axloqdir”.
Bu dunyoda kuraş ketar tunu kun,
Har qariç ong, har bir qariç qalb uçun.
Uyğon bolam, eng bebaho baxt uçun –
Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun…
Sirojiddin Sayyidning bu yangi kitobi millat taqdiri uçun bezovta, ötmiş iztiroblari bilan uyğoq suhbatdoşgina emas, ruhiy keskirligi bilan vataniydir, vijdoniydir, zaminiydir, osmoniydir, iymoniydir, ilohiydir. Uning şeʼrlarida olmos qanotli ruhiyatni körasiz. Yaratgan Egam şoir bandasiga qanday yurak bergan bölsa şunday yurakni körasiz.
Kitobda bir şeʼr borki uni töliğiça keltirmaslikning iloji yöq. Agar uni bir satrini örnini almaştirsangiz ham şeʼrning jon tomirlaridan birini kesib qöyib gunohga botib qolişdan qörqasiz:
Çamandirsan çamandan taşqarida,
Çamanlar bari sandan taşqarida.
Mening jonimsan, ey sarvi diloro,
Mening jonim badandan taşqarida.
Labu xolu xating berkim, na topgum
Yurib bu anjumandan taşqarida.
Muhabbat jon bilan köngil fanidir,
Nadir holing bu fandan taşqarida.
Nihol ek ezgulik boğiga, inson,
Yuribsan to kafandan taşqarida.
Özingdan içkari kir, dilga kirgil,
Na bordir jon va tandan taşqarida?
Vatan içra safarlar ayla, ey dil,
Vatan bölmas Vatandan taşqarida.
Agar şoir sifatida bir rost sözimni aytadigan bölsam sözim uşbudir: Bunday şeʼrlar yozilmaydi, bunday şeʼrlar Ollohdan beriladi. Nimaning evaziga beriladi? Kimlarning evaziga beriladi?
Vatanni bir farzand kabi seviş evaziga beriladi!
Surxondaryodan, Sariosiyodagi çekka qişloğidan hatto Toşkentga kelib faroğat oğuşida yaşaşdan xijolat böladigan, joynomozdan boş kötarmay el tinçligini, bolasining soğligini söraydigan şoirning 93 yoşli nuroniy onasi Xolbibi momo kabi onalarning duolari evaziga beriladi. Saraton boşidan 40 daraja issiq olovini soçib tursa-da qöllari kuyib non yopgan, tinçlikka şukronasi tildan tuşmagan munisu muhtaramalar evaziga beriladi. Oy nurida kaşta tikib Fuzuliydan, Bedildan ğazallar aytadigan, bolasi 60 yoşga kirganida ham unga Imom Termiziyning hikmatlari-yu Alpomişning mardlik dostonidan dalillar keltirib saboq berib turgan donişmand volidalar evaziga beriladi, Alhamdulillah!
Şoir yurtida keçayotgan ezgu evrilişlarning oynasidar.
Şunday qöşiqlar bor ularni kuylagan xalqning ruhidan ming yillik muzlar eriydi, asriy zanglar ketadi.
Yangi Özbekistoning baxtli şoiri, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning yangi kitobi – baxtning, zafariyatning ovozi barçamizga muborak bölsin!
Asrlarning kaftiga kaft qöyganlar,
Har bir ğiştga kaft bilan taft qöyganlar,
Şaharlarni kaftida dast qöyganlar,
Davru zamon şiddatlarin burganlar,
Yangi davru, yangi zamon qurganlar.
Oqqan daryo oqqay, ofat yetmagay,
Şul zamonga bir talafot yetmagay.
Davlat berding, şavkat berding, Xudoyim,
Şu davronga ziyon-zahmat yetmagay.
Aytabersam, Jayhundaryo yetmagay,
Şu elimga kelgan davlat ketmagay.
To dunyo bor – şaʼnu şavkat ketmagay.
Zulfiya MÖMINOVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi, şoira
