Yana tong otadi

Muhayyo ÖROQOVA

 

Muallif haqida:

Muhayyo ÖROQOVA — 1980 yili Bekobod tumanida tuğilgan. 1999 yil Bekobod pedagogika bilim yurtini, 2021 yilda Çirçiq davlat pedagogika instituti (hozirda universitet)ni bitirgan. Bekobod tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabida boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlaydi. “Ezgulik daraxti” nomli ilk kitobi naşr etilgan.

 

Yana tong otadi

(Hikoya)

 

Erta tong. Ayol bolalarini uyğotib yuborişdan çöçib eşikni sekin oçdi. Eşik ölgur şu kunlarda ovoz çiqarib oçiladigan bölgan. Şunça avaylab oçsa ham, “ğiyq”, etgan ovoz tong jimligida xuddi baland çalingan ğijjak nolasidek eşitiladi.

Eri norozi tönğillaydi:

— Turganingni butun mahalla bildi. Taraq -turuq qilmasang bölmaydi.

Özini aybdorday sanagan ayol eşikni sal kötarib yopdi. Hali taşqari ğira-şira. Ayol yuz-qölini yuvib keldi. Soçiq uyda edi. Kirsa yana hammani bezovta qiladi. Yuzini köylagining etagiga artdi-da, paqirni olib molxona tomonga yurdi.

Sigir ham bilib qolgan. Ğira-şira tong otişi boşlagandan tinmay möraydi. Toki ayol borib soğib olmagunça töxtamaydi.

Molxonaning eşigini oçib, mollarning tagini supurdi. U yoqdan bu yoqqa dikonglayotgan buzoqni yeçib yubordi. Ozgina emgaç, buzoqni onasining yoniga boğlab, sigir soğişni boşladi. Bir zumda yarim çelak sut soğdi. Sigiri juda pişiq, hamişa buzoği yodida. Sut yarim çelak böldimi, qimirlayverib soğdirmay qöyadi. Çelakni çekkaga qöydi-da, buzoqni böşatib yubordi. Buzoq tumşuği bilan yelinni turtib-turtib yutoqib ema ketdi. Bir zumda buzoqning oğzi-burni oppoq köpik bilan qoplandi. Sigirning “asrab qöygan” suti buloq kabi toşayotgan edi. Biroq quyruğini xoda qilib tinmay öynatayotgan buzoq bundan-da köproq sut istar, betoqatlik bilan yelinni qattiqroq turtar, oğriqqa çiday olmagan sigir oyoğini kötarib-kötarib bolasini insofga çaqirar, joni qança oğrisa ham heç qayoqqa jilmas, buzoğining qorni töyişini toqat bilan kutar edi. Bu ham yetmaganday qayrilib buzoğiga mehr bilan qarab ham qöyardi. Közlarida şunçalar mehr, şunçalar şafqat bor ediki, “Ona-da baribir”, öyladi beixtiyor ayol. “Hamma onalar şu ekan-da, bolam derkan”.

Ayol ona-bolaning bu jannatiy munosabatlaridan taʼsirlanib ança uzoq turib qolganini sezib qoldi-da, birdan öziga keldi. “Övv, qança iş kutib turibdi uni hali!”. U şoşib sutni dokada suzib oldi-da, hovli supurişga tuşdi. Uylari hali bitmagani uçun hovli betartib edi. Hovli etagida qandaydir quriliş qoldiqlari, kalta-kulta yoğoç, taxta bölak­lari, turli xil temir-tersaklar uyilib yotibdi. Bular ayolning köziga tiqilgan çöpday bezovta qilardi. Hammayoqni çinniday tozalaydi, lekin şu uyumni esa heç narsa qilolmaydi. Neça marta eriga:

— Şularni olinglar biror joyga, — deb yozğirgan.

Eri ham öz bilganidan qolmaydi:

— Senga halal beryaptimi şular? Yo ustingda turibdimi? Javraşing töxtamaydi sening. Biror bahona topsang böldi, çaka­gingni tindirib bölmaydi. Yaqinda usta keladi, turaversin. Işlatişi oson böladi.

Usta eri uçun bir bahona. Ayol buni yaxşi biladi. Mana ikki yildan buyon usta keladi. Asli usta işlatiş uçun hamma narsa tökis bölişi kerak. Ungaça hali, eh-heye, qança vaqt bor. Axir bunga hazilakam pul kerakmi? Demak, bu uyum şu yerda hali uzoq yotadi.

Ayol nonuşta uçun sutni şopirib şoşilmay pişirdi. Hamma gap sutni pişirişda. Agar sut şoşilmay pişirilsa qaymoği yaxşi aralaşib, qatiği ham jigarday bölib uyuydi. Qatiq uyugan idişga qoşiqni sançib ters töntarsang ham na qoşiq tuşadi, na qatiq. Mazasini-ku qöyavering. Kesib-kesib yeysiz. Mazza!

Sut pişgaç har kimga bir piyola quyib, das­turxonda kim qayerda ötirsa şu yerga terib qöydi. Bolalarnikiga maydalab non ham töğradi. Ular yuz-qöllarini yuvib dasturxon boşiga kelgunça tayyor bölib turadi. Bolalari rohatlanib oşaydilar. Şu topda buzoğiga sutini tejab qolgan sigiri tuşdi yodiga. Ayol jilmayib qöydi öziça. Erining piyolasiga non töğramaydi. Yoqtirmaydi. Yoqtirmaganidan taşqari uning bolalari uçun non töğrab qö­yişlaridan ensasi qotadi. “Jaa, erkalatib yubormayapsanmi bularni? Heç bölmasa yutadigan nonlarini özlari çaynab yutişsin!” Ayol kişi bilmas xörsinadi. Erining feʼlini yaxşi biladi. U aslida xotinini ham, bolalarini ham öylayotgani yöq. Özini öylayapti. Xotini faqat uning atrofida parvona bölsa. Ovqatini ham çaynab oğziga tutsa. “Bu kişim bölsa qiynalmasdan “liq-liq” yutsalar-da, yana televizorini köriib yotsalar”. Yana xayolga berilib ketibdi. “Tavba, keyingi paytda sal xayolçanroq bölib qoldimmi?”

Bolalarni uyğotdi. Özi bölsa şoşa-pişa bir piyola çoy içdi-da, kiyinib maktab tomon otlandi. Maktabgaça ança bor. Yöl anhor yoqalab ketadi. Bora borgunça terakzor. Suv baʼzan şovullab, baʼzan sokin oqadi. “Umrga öxşaydi bu”, öylaydi ayol. U şu yöldan xayol surib ketişni yaxşi köradi. U söqmoqqa çiqişi bilan göyo boşqa olamga köçadi. Rözğor taşviş­lari ham, çala bitgan imoratlari ham, tumşaygan eri ham esidan çiqadi. U va yöl. U va terakzor. U va soy. U va goh sokin, goh şovullab oqquvçi suv. U va tiniq osmon. U va quşlar. U va iforlarga töyingan havo. Mana şular uning hamrohlari endi. Ular bilan inoq va baxtiyor.

Bahor faslini yaxşi köradi. Atrofdan barra ötlarning, nomini ham bilmaydigan gullarning şirin iforlari dimoğiga uriladi. Birdan yaşayotganini, hayotni his qiladi. “Hayot gözal”, öyladi u. Ota-onasi, aka-ukalari, singillari, betaşviş-u beğam bolaligi, bolalik hovlisi yodiga tuşadi. U ota hovlisi tomon intikib qarab qöydi. Ana, körinib turibdi! Uzoq emas, mana şunday qöl uzatsa ham yetadi. Öylab körsa ança vaqtdan beri ota uyi­­ga ham bormabdi. Hovliga kirib borganida uning yuziga, “tinçlikmikan?”, deb xavotirli boqquvçi otasining öyçan közlarini, onasining taşvişli yuzlarini esladi. “Bugun boraman”, qatʼiy qarorga keldi ayol. “Bugun albatta boraman!” Onasinikiga borişini öylar ekan uyida nimalarni taxlab ketişini xayolidan keçirdi. Albatta, hovlini bir sidra supirişi kerak, keçki ovqat, sigirni soğiş… ayolning yuragini yana yoqimsiz bir tuyğu ğijimladi. “Balki… ertaga borarman”. Qarorini yemirgan taşvişlarni xayolidan nari quvişga intildi. “Yaxşiyam iş bor”, dedi öziga. “Sal yozilib kelasan”.

Tuşlik vaqti işdan kelsa oşxona tözib yotibdi. Yuvuqsiz idişlar, dasturxon ustida non töğramlari. Içida bolalarni koyidi. “Heç bölmasa çoy içgan piyolasini çayib qöysa bölardi-ku”, — öyladi u şakari tagida qotib qolgan piyolaga suv solib qöyarkan. Keyin “Öğil bolalar-da”, deb qöydi yana.

Oşxonani saranjomlab bölgaç, tomorqaga çiqdi. Pomidor köçatlarini çopiq qiliş kerak, loviya ekiş kerak. U söriga eri uçun das­turxon yozdi. Çoyini damlab berdi. Tezgina “jağir-juğur” qilgan taomni ham çiqarib qöydi. Eri çoy içadigan piyolani yana bir marta yaxşilab artdi. Qoşiqni közdan keçirdi. Biror gard körsa ham erining asabi çiqib ketadi. Şuning uçun hamma narsani saranjomlab bergani yaxşi. Bölmasa çopiqdan qöyib ham, daladan oldirib hamma narsani könglidagiday qilgunça ustida turib tozalatadi. Özi işlamaydi ekinzorga çiqib. Oyoği oğriydi. Qöli ham. Doktorlar semirib ketganidan, deyişadi. Ammo eri, bugungi doktorlar heç baloni bilmaydi, mening dardim oğir, içim ham oğriydi, deydi.

Xullas, hamma işni saranjomlagaç, ketmonni olib pomidor puştasini çopa boş­ladi. Kun qizigandan qizidi. Bahor havosi şu-da, ötgan kun yomğir yoqqandi, bugun issiq. “Tinçlik bölsin işqilib”, öyladi ayol yonboş­lab çoy içayotgan eri tomonga sinovçan nazar taşlab. “Yöq, Xudoga şukur, tinçgina yotibdilar”.

Tomorqada işlari tugamay, keçki ovqat mahali böldi. Vaqtida ovqati tayyor bölmasa yana erining jahli çiqadi.

Osonroği palov damlab qöya qolaman, deb sabzi piyoz artişga tuşdi. Bugun ham ota-onasini körişga bormaganidan köngli oğriganday böldi. “Keça ham şunday edi, bugun ham şunday. Ertaga ham şunday böladi. Agar u kişi bir kungina bölsa ham çopiq-popiq qilib tursalar edi, ğizillab borib kelgan bölardim”. Keyin erining lapanglab egatlarga suv tarab­­mi, çopiqmi qilib yurganini köz oldiga keltirişga urinib kördi. “Yöq”, dedi u, “yaqin orada borolmasam kerak”.

Zirvak tayyor bölgaç, söriga körpaça töşadi.

Oşni damlab, salat tayyorlaşga tuşdi. Oşni qişin-yozin salatsiz yemaydilar.

— Nima ovqat pişirdingiz, tayyormi? — dedi qaylardadir sanğib kelgan öğli.

— Tayyor. Qölingni yuvib, dasturxonni yozgin, — dedi ayol.

— Uff!!! Doim şunday, hamma işni men qilişim kerak. Tayyor qilib, keyin çaqiring.

— Biram besabrsan-da, bolam. Tayyor das­turxonni solişga ham erinasan. Ayol qölidagi kökatni töğrab bölib, yana özi dasturxon soldi. Öğliga ovqat suzib berdi-da, özi haligina yuvib osgan kirlarini yiğiş uçun hovliga çiqdi.

Şom bölibdi. Yana bir kun nihoyasiga yetar arafasida. Uning esa işi hali-veri tugamaydi. Boğ tomonga, ota hovlisi tomonga yana bir marta qarab qöydi. “Ertaga albatta boraman”.

Keçki ovqatni hammadan keyin yedi. Sovub qolibdi, isitişga hafsalasi kelmadi. Dasturxonni yiğib, idiş-tovoqni yuvdi-da, kiyim dazmol qilişga ötirdi.

— Uxlasang bölmaydimi, şu aynan hozir zarilmi senga? — Ayol erining ğöldiroq tovuşidan çöçib tuşdi. – Salga çöçiysan, şunçayam qörqoqsan, — jahli çiqdi erning.

Asli eri uning tezroq körpaga kirişini istayapti. Ayolni qandaydir noxuş his çulğadi. Qiziq, bu his uning yuragi yoki miyasida emas, qornida, ikki kökragi ostida ğimirlaganday böldi.

— Xayol surib qolibman, – dedi ayol bu his uçun ham özini aybdor sanab. – Hozir tezgina tugatib olaman.

— Doim şusan, – tönğilladi er betoqat. – Heç bir işing vaqtida bölmagan, tavba.

Ayol indamay işini davom ettiraverdi. “Hali işim köööp”, demoqçi edi-yu, yana bir oğiz gapirsa, erining battar jahli çiqadi. Yaxşisi sukut saqlagan maʼqul.

Yotoqqa kirganda er allaqaçon xurrak otib yotardi. Ayol sekin boşqa xonaga çiqdi. Xontaxta ustidagi bir uyum kitobga közi tuşdi. Yuragi siqildi. Hademay imtihon. Tayyorlanişi zarur. Bu safar toifa olmasa bölmaydi. Maktabda dars taqsimoti toifaga boğliq. Kuzda bölgan attestatsiyaga yaxşi tayyorgarlik köra olmagani sabab öta olmagandi. Bu safar albatta ötişi kerak.

Qaysi fandan boşlaşga boşi qotdi. Yana matematikani qöliga oldi. Şu fandan ozroq qiynaladi. Öqiganlari esida qolişi uçun kerakli joylarini daftarga köçirib yozib qöydi.

Xöroz qiçqirdi. Demak, yana tong otmoqda. Buvisi rahmatlining, tong otgunça xöroz uç marta qiçqiradi, degan gapni esladi. Bular tun va kunning böliniş vaqtlari.

Endi biroz dam olmasa bölmasligini sezdi. Közlari allaqaçon yumulişni boşlagandi.

Uxladimi-yöqmi bilmaydi. Xöroz yana qiçqirdi. Ha, hademay tong otadi. Ayolning uyqu aralaş xayolidan esa bir öy keçdi: bugun albatta otasinikiga borib keladi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan