Ohlarim yetgaymikin senga borib?..
Özbekiston va Tojikiston xalq artisti Şerali Jörayevni yod etib
Negadir, xonandalardan “kumir”im – yöq. Ehtimol, bu aşula aytişga layoqatim kamligidandir. Çunki özim rubob yo dutor çalib, köproq zavq olsam kerak-da. Lekin Hoji Abdulaziz Rasulov, Halima Nosirova, Maʼmurjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Berta Davidova, Botir Zokirovlar ovozi va ijrosida ajib gözallik, heç kimnikiga öxşamagan öziga xoslik, balandparvoz ifoda deb hisoblamasangiz, ilohiy bir joziba borligini iç-içdan his qilaman. Ularning aşula yo qöşiqlarini eşitsam, baʼzan Allohning şunday qudratiga qoyil qolganimdan beixtiyor yiğlagim ham keladi.
Talabalik yillari afsonaviy xonanda, Şerali Jörayev haqida köp bahslaşardik. Uning sahnada özini haddan taşqari erkin tutişi, kutilmaganda öng qölini tordan böşatib, sozni çap qölida osiltirib olişi, musiqani xohlagança buzib, hatto, töxtatib qöyib, aşula örtasida deklamatsiyaga ham ötib ketişi mumkinligi va hokazolar yuzasidan köp tortişganmiz. Oçiği, kamina köpinça uning tanqidçilari safida bölar edim.
Yillar ötdi. Hofiz tinmay özini östirdi. Umr böyi xalqqa xizmat qildi. Töxtamay yangi-yangi yöllar, ğoyalar, ohanglar, usullar, uslublar izladi. El-ulusning köngliga kirdi. Şuni isbotladiki, har kim ham xonandalikda u erişgan yuksakdan-yuksak darajaga kötarila olmaydi.
Bugun esa bahs-munozaraga hojat yöq. Şunday buyuk sanʼatkorimiz oramizdan ketdi. Endi uning ijodiga yalpi holda baho beriş mumkin.
Xöş, u nimalar qildi?
Sözga oşufta edi. Xonandalikni musiqa va ovoz orqali elga fikr aytiş vositasi, deb hisoblar edi. Xonandani bevosita mafkuraviy soha vakili, deb bildi. Xalqqa musiqa va ovoz orqali ğoya berişni maqsad qildi. Ommani şu ğoyalari ortidan ergaştirdi. Axir u sözini tuşunmagan holda birorta ham qöşiq aytgani yöq. Şeʼrning sözini tuşuniş u yoqda tursin, hatto, sözini tuşuntirmasdan turib ham birorta aşula ijro etmadi.
Bu fikrimizni teranroq tuşunib oliş uçun mumtoz aşulalar ijro etadigan ayrim xonandalarni kuzating. Neça foizi şeʼrni tuşunib aytadi? Bir xonanda:
– Navoiyning “Qoşi yosinmu deyin…” deb boşlanadigan ğazalini sevib ijro etib kelyapman-u, lekin şu “mudeyin” degan sözni heç tuşunolmayman-da, – degan ekan.
Holbuki, eski özbek tilida “mudeyin” degan söz – mutlaqo yöq. Bundagi “-mu” hozir “-mi”ga aylangan söroq qöşimçasi, “desammikan” maʼnosidagi “deyin” esa – bugun ham tilimizda mavjud, hatto, baʼzi şevalarimizda juda faol qöllanadi ham.
Hofizning musiqani baʼzan “buziş”i, hatto, uni bir neça soniya töxtatib qöyib, deklamatsiyaga ötib ketişi zamirida ham, aslida, ana öşa sözni tinglovçiga obdon yetkazişga bölgan kuçlidan-kuçli ilinj yotadi.
Şeʼrni köp öqir edi. Çunki aşula uçun matnni özi tanlaşi kerak edi-da.
Baʼzi qöşiqçilarga şeʼr tutqazsangiz, bir öqigan böladi-da:
— Aka, buning sözlari qöşiqqa tuşmas ekan, — deb qölingizga qaytarib beradi. “Xöş-xöş?! — deyman içimda, – Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning “Özbegim” qasidasi-ku aruz vaznida, yaʼni qöşiqqa mos ohangda bitilgan, lekin Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning “Özbekiston” qasidasi qöşiq uçun yozilganmi? Şerali Jörayev şuni ham mumtoz bir qöşiqqa aylantirdi-ku!”.
Oçiği, bu ikki qöşiqni xalqimiz Özbekistonimiz öz mustaqilligiga erişganiga qadar xuddi bir milliy madhiya yangliğ qabul qildi.
Hofiz bilan köp körişmaganmiz. Lekin baʼzi xotiralarim yöq emas.
Şerali Jörayev qattiq qatağonga, taqiqqa uçragan kezlar. Kamina ham mehnat qiladigan “Tafakkur” jurnalida Alişer Navoiy hayoti va ijodiga bağişlangan davra suhbati taşkil etildi. Hofizdan ham material oldik. Maqsadimiz – şuni çiqarsag-u, sekin-sekin u kişiga yöl oçilsa. Qayoqda, senzura ötkazmadi.
Öşa kezlari Alişer Navoiy teatrida Toşkent şahri içki işlar boş boşqarmasi navoiyxonlik tadbirini ötkazdi. Navoiyşunoslardan Suyima Ğaniyeva bilan kamina qisqa-qisqa maʼruza qilgan böldik. Keyin Şerali Jörayev şoir ğazallaridan kuyladi. Zaldan öşa taqiq yillari yaratilib, el orasida juda-juda maşhur bölib ketgan “Gulbadan”ni iltimos qilişdi. Teatr sahnasidagi ijroçi töppa-töğri qiblaga qarab turadi. Töğrida esa davlatimizning eng katta idorasi joylaşgan. Hofiz:
Ohlarim yetgaymikin senga borib?.. –
degan satrni aytar ekan, qöllarini çözib, öşa katta idoraga işora qiladi-da, zimdan kaminaga qarab qöyadi.
Bugun yaşirmayman: öşanda iç-içdan u kişi uçun qattiq açinganman.
Har holda, kaminaning qatʼiy xulosasi şuki, ijodkorga “siyosatçi” deb qaramaslik, bu toifa kişilarning asosiy fazilati ularning erkinligi ekanini aslo unutmaslik kerak ekan.
Özi öşa tadbirga xonandani çaqirişdan maqsad ham axborotda uni körsatib yuboriş, şu tariqa “taqiq”ni oçib yuborişga yöl oçiş ilinji bölgan.
Birovga ortiqça rahm qilaversam, onam rahmatli urişib berar edilar: “Qöy, har kimning rahmini Xudo yesin, sen köp rahm qilaverma, Yaratganning qahri kelar ekan…” – derdilar.
Onam rost aytgan ekanlar: 2010 – 2016 yillar kaminaning özi ham şu hofizimiz köp zahrini totgan taqiqdan ozgina totib körişiga töğri keldi. Öşanda u kişini yana ham köproq tuşungan böldim.
Şukrki, 2016 yil oxirlaridan hofiz uçun keng yöl oçildi. Televideniyeda bir navoiyxonlik keçasi taşkil etildi. Unda navoiyşunos mutaxassis bir ğazalni qisqa şarhlaydi, keyin u ijro etiladi. Orada Şerali aka:
– Men otamga: “Nega menga “Alişer” deb ot qöymagansiz? Öşanda, ehtimol, Navoiyday maşhur bölib ketarmidim? – deganman, – dedi.
Şunda şart oldimizda turgan mikrofonni oldim-da:
– Musulmon Şarqi mumtoz badiiyatida “tardi aks” degan sanʼat – bor. Unda sözlarning örni özaro özgartirib qöllanadi. Masalan, şoir avval “Şerali” deydi, keyin “Şer” bilan “Ali” sözlarining örnini almaştirib işlatadi, “Alişer” böladi. Siz heç armon qilmang: “Şerali” – “Alişer”– dedim.
Bu lutf hofizga maʼqul tuşdi. Zaldagilar ham qarsak çalib yubordi.
Taqiqni har kim har xil qabul qiladi. Birov butunlay, birov vaqtinça Vatanni tark etadi. Birov darhol muxolifatga qöşilib, davlatni yomonlaşga ötib oladi. Boşqa birov tuşkun bölib, bor ijodini ham boy berib qöyadi. Şerali Jörayevning ijoddan töxtagani, iğvo-ğiybatlarga qöşilgani, siyosatni yomonlaganini eşitmadik. Oçiği, keyingi paytlarda unda öz taqdirini Allohning irodasi sifatida talqin etişga moyillik kuçaygan edi. Yaratgan uning könglida ajib bir söfiylik ham paydo qilgan edi. Bunga talay misollarim bor. Ammo hozir ularni aytişning örni emas.
Bir gal 14 fevralda uyida Navoiy va Bobur ruhini yodga olib, bir ehson davrasi taşkil etdi. Poytaxtimizning taniqli-taniqli ziyolilari yiğilgan edi. Kamina Navoiy ijodi, uning çiğatoy tilida yozilgani, dunyodagi turkiy tillar qarluq-çigil, qipçoq va öğuz guruhlariga bölinişi, lekin özbek xalqining ana şu uç katta guruh birligidan iboratligi haqida gapirdim. Keyin taniqli navoiyşunos Olimjon Davlatovdan hofizimizning 70 yoşliklarida yozilib, bir gazetada bosilgan şeʼrimni öqib berişini iltimos qildim. Olimjon şeʼrni avval akaga körsatib oldi.
– Menga noqulay, hozir çiqib ketaman, keyin öqib berasiz, – debdilar. Şunday qilindi ham.
…Mana, bugun Şerali Jörayev oramizda yöq. Işonsangiz ham, işonmasangiz ham, bir gapni aytaman: mahallamizda öşandan buyon har kuni yo u, yo bu hovlida ovoz kuçaytirgiçni eng baland nuqtasiga burab qöyilgan holda ana şu afsonaviy xonanda qöşiqlari yangrab turibdi.
Sanʼat ölmaydi! Haqiqiy sanʼatkor ham! Demakki, Özbekiston hamda Tojikiston xalq artisti Şerali Jörayev ham!
Keling, yaxşisi öşa hofiz xonadonida öqilgan şeʼrni siz ham bir öqib köring.
BADIHA
Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev tavalludining 70 yilligiga
Baxşilikning aybi şuki, dil dafʼatan
Şeʼr töqiydi şapir-şupur – badihatan.
Boşqarolmay qolar sözning yelganini,
Aytib taşlar şunda tilga kelganini.
Tinglang endi, baxşi köngil bir jöşdi-da,
Sözni sözga, gapni gapga bir qöşdi-da.
Qanday zamon boşlanganin bilmaganlar,
Uyğoninglar, bunga nazar qilmaganlar.
Ziyolini eldan tösib bölmas ekan,
Tösgan bilan çin ziyoli ölmas ekan.
Keçirdi Haq Havvo, Odam Atolarni,
Nima bölar keçirsak biz xatolarni?!
Piçoq sançib, uni butkul söymadilar,
Lek sahnaga çiqişga ham qöymadilar.
Qizğandilar elning mehru vafosidan,
Qörqmadilar bir dil çekkan jafosidan.
Soy böyida zilol suvga yetmadi-ku,
Boşqalardek yurtin taşlab ketmadi-ku.
Yo heç qaçon eliga toş otmadi-ku,
Sevgan ona Vatanini sotmadi-ku!
Çorak asr öksik yurak toza töydi,
Öz sabridan, qarang, buyuk haykal qöydi.
Xudo elga bir bağri keng daho berdi,
Niyatiga loyiq unga saxo berdi.
Bu hofizga yana sahna töri böldi,
Kuylagani aşulaning zöri böldi.
Sado qaytdi, yetib yurt har darasiga,
“Özbegim” deb tortgan asl naʼrasiga.
Taqiqlarning çorak asri ortda qolsin,
Yutqazgani yillarining haqqin olsin.
Balosini yoğdirmasin endi boşga,
Yetmişini hisoblaylik qirq beş yoşga.
2017.06.09.
Sultonmurod OLIM,
Toşkent amaliy fanlar
universiteti professori
