Döstlik va hamjihatlik riştalari
Qöqon şahrida Ozarbayjon hunarmandçiligiga oid milliy körgazma oçildi
Dunyoda tili, urf-odatlari, madaniyati, hatto taşqi körinişidan bir-biriga öxşab ketadigan millat va elatlar köp. Özbek va ozarbayjon xalqlarini ana şunday xalqlar qatoriga bemalol qöşa olamiz. Har ikki millat vakillari bir-birini tarjimasiz tuşuna oladi. Turmuş tarzimiz, anʼana va urf-odatlarimiz, xalq oğzaki ijodi va yozma adabiyotda muştarak jihatlarni köplab uçratiş mumkin.
Bu ikki buyuk xalqni asrlar, ming yillar mobaynida bir-biriga boğlab kelgan öxşaş jihatlar ham bor. Xalqlarimizning muştarak yodgorligi hisoblanmiş “Avesto” kitobi, şuningdek, xalq oğzaki ijodining ölmas durdonalari sanalgan “Göröğli”, “Oşiq Ğarib”, “Dada Qörqut” dostonlari ana şu azaliy qardoşlik, döstlik va birodarlikning yorqin isbotidir. Özbek musiqasining gultoji sanalgan nodir maqomlarimiz va betakror Ozarbayjon muğomlari orasidagi hamohanglik har ikki xalq örtasidagi yaqinlikni özida ifodalaydi.
Maʼlumki, qadim va navqiron Qöqon şahrida Xalqaro Hunarmandçilik festivali doirasida Xalqaro Hunarmandçilik muzeyi oçilgan edi.
Kuni keça esa Özbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining loyihasi bilan Qöqon şahridagi mazkur muzeyda Ozarbayjon milliy hunarmandçiligi, qöl mehnatiga doir namunalar joylaşgan doimiy burçagi — milliy stendining oçilişi ötkazildi. Madaniy tadbirda Farğona viloyati Qöqon şahar hokimligi, davlat va jamoat vakillari, ziyolilar, oliy taʼlim muassasasi talabalari va jurnalistlar iştirok etişdi.
Dastlab uni kiriş sözi bilan oçgan Qöqon şahar hokimi Maʼruf Usmonov Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi yuksak saviyali munosabatlar, sönggi yillarda yölga qöyilgan hamkorlik aloqalari haqida gapirdi. U Qöqon şahrining qadimiy tarixi, bu yerda hunarmandçilik, qöl mehnati sanʼatining keng rivojlanganini va har ikki yilda bir marta bu şaharda ötkaziladigan Xalqaro Hunarmandçilik festivali doirasida 70 dan ortiq ölka hunarmandlarining iştirok etganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Şuningdek, endilikda muzeyda Ozarbayjon hunarmandçiligiga oid eksponatlarning ham doimiy ravişda namoyiş qilinişi döstona munosabatlarning amaldagi tasdiği ekanini bildirdi.
— Davlatlarimiz örtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli yölga qöyilgani, madaniy aloqalarning kuçayişi borasida qilingan işlar haqida köp gapiriş mumkin, albatta. Qöqon şahrida yaratilgan muzeyda “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan Ozarbayjon qöl mehnatiga, hunarmandçiligiga oid qiziqarli eksponatlarning körgazmasi har yili bu şaharga taşrif buyuruvçi millionlab turistlarning va anʼanaviy tarzda ötkaziladigan festival iştirokçilarining orasida milliy madaniyatimizning keng tarğibotiga imkon yaratişi şubhasizdir, — dedi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining direktori Samir Abbosov.
Hunarmandçilik muzeyida yaratilgan Ozarbayjon burçagida 130 yillik tarixga ega Ozarbayjonning Qoraboğ gilami, xalqimizning kaştaçilikka mansub eng qadimiy turi – takalduz (kaştaçilik namunasi), ipakdan tikilgan ayollar boş kiyimi – kalağayilar (uzun römol turi), yoğoç öymakorligi asosida tayyorlangan tarixiy Içarişahar va Şuşa qalʼasining tasvirlari aks etgan portretlar, Ozarbayjon bayroği aks etgan xaritamiz, milliy kiyimdagi qöğirçoqlar, milliy naqşlar bilan bezatilgan va xalqimizning boy madaniyatini aks ettirgan eksponatlar, maxsus dizayn asosida misdan tayyorlangan qadimiy çiroqning maketi va boşqa eksponatlar örin olgan. Bundan taşqari milliy burçakda uluğ yölboşçi Haydar Aliyevning yoğoçga çizilgan rasmi va imzosi, Ozarbayjon milliy musiqa asboblari va raqslari, xalq öyinlari – kuraş sanʼati, gilam töqigan Ozarbayjon ayoli, muğom (maqom) ijro etgan uçlikni aks ettiruvçi yoğoç va plastmassadan tayyorlangan maxsus maketlar ham bor.
Körgazma doirasida Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi bilan özbek tiliga tarjima qilingan mumtoz adabiyot namoyandalari – Nizomiy Ganjaviy, Imomaddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Mulla Panoh Voqif, Xurşidbonu Notavon va boşqalarning asarlari ham taqdim etildi.
Ozarbayjon hunarmandçiligiga, qöl mehnatiga doir uşbu körgazma dunyodagi ozarbayjonliklarning birdamlik kuni va Yangi yil bayramiga qadar davom etadi. Körgazma tugagaç, undagi barça eksponatlar doimiy ravişda Hunarmandçilik muzeyi inventariga topşirilişi közda tutilgan.
Çindan ham, özbek xalqining ozar qardoşlarimizga bölgan ehtiromini juda köp misollar yordamida körişimiz mumkin. Bugungi kunda yurtimizdagi köplab köça va xiyobonlar, madaniy-maʼrifiy muassasalar ozarbayjon xalqining buyuk farzandlari nomi bilan ataladi. Xususan, poytaxtimizdagi köçalardan biriga ozar xalqining umummilliy yetakçisi Haydar Aliyevning nomi berilgan. Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan Ozarbayjon milliy madaniyat markazi binosi oldida buyuk davlat va siyosat arbobiga yodgorlik örnatilgan. Umuman, xalqlarimizni birlaştirib turgan yaqinlik, döstlik va hamjihatlik naqadar qadimiy bölsa, uning istiqboli ham şu qadar boqiydir.
Islom ASILBEKOV.
