Lazgi parijliklarni maftun etdi
Navröz şukuhi dunyo ahlini ham maftun etmoqda. Parijdagi maşhur madaniy maskanlaridan biri – “Theatre de la Ville” teatrida Navröz bayramiga bağişlangan konsert dasturi bölib ötdi.
Qayd etiş joizki, uşbu teatr har yili Fransiya poytaxti aholisi va mehmonlarini Navröz bayrami nişonlanadigan mamlakatlar madaniyati bilan taniştirib boradi. Bu yilgi tadbirda Özbekiston, Qozoğiston va Erondan kelgan sanʼatkorlar iştirok etdi.
Özbekiston sanʼat ustalari tomonidan taqdim etilgan “Xorazm oqşomi” dasturida Davlat filarmoniyasi solisti, “Nihol” mukofoti sohibi Dilnoza Ortiqova, Davlat “Lazgi” aşula va raqs ansambli xonandasi Dilmurod Otajonov, sozanda Sanʼatbek Şukurullayev va Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli sozandasi Tölqinbek Tojiyev tomonidan özbek milliy kuy va qöşiqlari ijro etildi.
Özbekistonlik qöşiqçilarning çiqişlari şu kuni “Theatre de la Ville” teatriga kelgan tomoşabinlarda iliq taassurot qoldirdi va ularning davomiy olqişlariga sazovor böldi.
Quvonarlisi, konsert yakunlanganidan söng, fransuz tomoşabinlarining taklifiga binoan “Theatre de la Ville” foyesida özbek sanʼat ustalari lazgini qaytadan ijro etişdi.
Tadbir doirasida Özbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat ansambli direktori Gulnora Musayeva va raqqosa Dilnoza Ortiqova tomonidan “Lazgi” raqsi böyiça mahorat darsi taşkil etildi. Fransuz raqs ixlosmandlari lazgining tarixi va turlari bilan tanişdilar, şuningdek, Dilnoza Ortiqova kömagida Xorazm raqsining baʼzi elementlari va plastikasini örgandilar.
Fransiyadagi Temuriylar tarixi va sanʼatini örganiş assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bressan:
— “Theatre de la Ville”da xorazmlik sanʼatkorlar iştirokidagi konsertga taşrif buyurganimdan juda xursandman. Lazgi raqsi juda ajoyib, ayniqsa, gözal raqqosa Dilnoza Ortiqovaning çiqişlari menda katta taassurot qoldirdi. Uşbu konsert parijliklar uçun Navröz bayramiga haqiqiy sovğa böldi. Özbekiston sanʼatkorlarining Fransiyaga gastrol safarini uyuştirganlarga minnatdorlik bildiraman.
Tomoşabin Jouve Vilar:
— Parijlikman, bugun Navröz bayrami munosabati bilan taşkil qilingan konsertni tomoşa qiliş uçun uşbu teatrga keldim. Özbek sanʼatkorlari ijrosidagi qöşiqlarni tinglaş, raqslarni tomoşa qiliş, özbek musiqa madaniyati bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölganimdan bağoyat xursandman. Bugungi konsert men uçun haqiqiy syurpriz böldi. Katta rahmat.
“Dunyo” AA,
Parij şahri.
