Ona yurtning oltin ovozi

Uni qöşiqlari orqali tanidim. Töğrisi, ijtimoiy tarmoqlarga unçalik işqiboz emas­man. Kun böyi telefonga tikilib ötirişga vaqtim ham yöq. Baʼzan tuğilgan kuni bahonasida bir-birini köklarga kötarib maqtaydiganlarga közim tuşsa, ensam qotadi. Ayrim manfaat dardidagilar maqtovni oşirib yuborganini körib asabim buzilgan paytlar köp bölgan. Baʼzilar ziyofati-yu, bir joyga borib, rohatlanib hordiq çiqarganining kimga keragi borligini bilmasa kerak.

Köpçilik internetda ötiriş madaniyatidan bebahra bölgani uçun kitob öqiş ham esdan çiqib ketayapti. Undan samarali foydalanilsa, yaxşi tomoni ham köpligi maʼlum. Qöşni yurtda bölgan bir tanlovga közim tuşib qoldi.

Katta zal. Hakamlar ötiribdi. Tanlov bahonasida öz sanʼatlarini körsatmoq va bellaşmoq maqsadida turli joylardan kelganlar birin-ketin sahnaga çiqişayapti. Öşa tanlovda iştirok etgan Özbekiston vakilining qöşiği qiziqtirib qoldi. Qaytarib qöydim. Tanişuv:

— Men — Adolat Ismoilova. Özbekistondanman. Maqsadim — bu loyihada qatnaşib, finalgaça boriş.

— Yaxşi, bizni nima bilan lol qoldirmoqçisiz?

— Men rep yo estrada qöşiqlari bilan heç kimni hayron qoldirmasam kerak. Unday kuylaydiganlar köp. Ammo bizning milliy boyligimiz bor. Özim yaxşi körgan milliy janrdagi qöşiqlardan aytsam, qiziqroq bölar.

— Qayerda işlaysiz?

— Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamb­lida.

— Orzularingiz?

— Juda köp.

— Agar siz tanlov uçun ajratilgan 250 ming rublni olsangiz nima qilasiz?

— Oilam, turmuş örtoğim va uç farzandim bilan sayohatga çiqardim.

— Sizga muvaffaqiyat tilaymiz. Qani bölmasa, hayratga soling bizni.

Katta zal. Jimjitlik. Qölda likopça bilan Adolatning bir özi mikrofon oldiga yaqinlaşadi. Hamma: “Bu qiz likop bilan nima karomat körsatarkan?” — deb hayron.

Banogoh… Avj pardaga çiqadi.

— Oh, qanday ovoz bu… — deb hayajonini bosolmaydi hakamlardan biri.

 

Banogoh uçradi ot öynatib

                                   bir dilrabo yolğiz…

“Oşiqlarim içra, vale sen ham asiru

                           mubtaloliğda judo yolğiz…”

Joooooooooon…

 

Bu noladan söng katta zaldagi tomoşabinlar olqişlab, qarsak çalib yubordi. Adolat töxtab qolsa kerak, deb öylagandim. Yöq, xotirjam. Qöşiq tugagaç, hakamlar tilga kirdi:

— Adolat, köplab davlatlardan kelgan sanʼatkorlarning qöşiqlarini eşitganmiz. Maqom aytib, gözal ovozingiz bilan ham yutib ketarkansiz.

Maqom — bu qalb musiqasi. Siz bugun qalbingizni oçdingiz. Rahmat!

— Adolat, ovozingiz odamni esankiratib qöyarkan. Heç qaçon maqom eşitmaganman. Bugun şunday ajoyib janr bilan taniştirganingiz uçun xursandman.

Hakamlardan biri Setora Farmonova:

— Bizning gözal qizlarimiz maqom ijro etganida, ularga musiqa asbobi kerak emas. Ularning ovozi — jonli musiqa. Haqiqiy alla. Sanʼatkor qizlar maqom aytganida ilohiy kuçga duç kelasiz. Iqtidor Allohdan. Bunday iqtidor egalari har doim ham tuğilavermaydi. Juda çiroyli ijro. Gözal çiqiş. Men örnimdan turib olqişlamoqçiman. Faxrlandim. Siz Özbekistonim sanʼatini juda çiroyli körsata oldingiz!

— Rahmat!

— Nega yiğlayapsiz?

— Xursandçilikdan…

Ular opa-singillardek quçoqlaşib, sahnada turibdi. Olqişlar, qarsaklar tinmadi. Zalda özbekning bir gözal qizi özi ijro etgan maqomi bilan barçani sehrlab qöyganday manzara…

Adolat bilan ana şunday tanişganman. Aslida, bu manzaraga “Tanişuv” deb nom bersa bölarkan.

Undan keyin Adolat “Ovoz” tanlovida ham iştirok etgani, yurtimiz sanʼatining maşhurlari qay darajada hayratlanganligini köpçilik körgan bölsa kerak.

 

Seni Layli-yu Raʼnodek,

Ajoyib dilrabo derlar.

Meni Majnunu şaydodek,

Köyingda bir gado derlar…

Borib sördim tabiblardan:

Bu dardga davo bormi?

Tabib aytar: Ey nodon,

Bu dardni bedavo derlar…

 

Abdulahat nay çalayapti. Nayning navosi bilan qöşiq birlaşib ketganday. Nayi bilan bir bölib, borliqni unutgan buyuk sozanda yiqilib tuşmasin-da, degan öyga boraman. Adolat kuylayapti.

Qani Layli, qani Majnun,

Qani Şirin ila Farhod?

Alar ötdi bu olamdin,

Bu olam bevafo derlar.

 

Ha, köz tegmasin. Öta şirali ovoz! Adolat bilan ana şunday nolasi baland qöşiqlari orqali tanişdim.

…Bundan bir neça yil avval özbek sanʼat olamida hozirgi osmonni töldirgan yulduzlardan keskin farq qiladigan bir yulduz paydo böldi. U ham Andijondan edi. Dilnura Qodirjonova. Uning qöşiqlari haqiqiy şinavandalarni hayratga solgandi. Tezda millionlarning nazariga tuşdi. Sarvqomat deganlari şunday bölsa kerak. Katta saroylardagi yakkaxon konsertlar. Ulkan sahnalardagi çiqiş­lari. Kamtarligi, öyçan holda odamlarni tinglaşi… Aynimadi. Baʼzilarga öxşab “yulduzlik kasali”ga çalinmadi. Öz sanʼatining zörligini bilsa-da, heç narsani bilmaganday yurgandi. Özbekning katta adibi, rahmatli Jamol KAMOL özbek sanʼati maydoniga noyob ovoz kirib kelganini hayajonlanib aytganlarini eşitganman. Ammo köz tegdi. Ölim deganlari ayirdi. “Qöşiqlardan izlang meni”, deganiça bu foniy dunyo bilan juda erta xayrlaşdi. Ölim oldida bandasi ojiz.

Şundan söng: “Uning örniga kim kelarkan?” — degan savollar ham paydo böldi. Axir özbek sanʼati — oqqan daryo…

Nihoyat, şirali ovozi bilan hozirça ming­larning nazariga tuşayotgan Adolat ismli qiz paydo böldi. Uning nafasi, ijro uslubi, nolalari, jarangdor ovozi… Dilnurani eslatmaydimi? Sahnada özini sirayam ayamay avj pardalarga çiqib ketişlari-çi? Maqom uçun tuğilgan bu sanʼatkorning paydo bölganligini köplar sezganday. Nega sezganday?..

Şu yerda Adolatxonni ozgina “tanqid” qilsam. Qozoğistondan keliboq, öşa hayajonli tasvirni nega mamlakatimizdagi barça davlat va nodavlat telekanallarga tarqatmagan? Öşa telekanallarda işlovçi masʼullar uni tuşunmaganmikan? Adolat tortingandir. Şunday bölgaç, özlari izlab topsalar, osmon uzilib yerga tuşarmidi? Yarq etgan haqiqiy iqtidor egasini yuzaga çiqariş, qöllab-quvvatlaşni qaçon örganamiz? Bunday maktab yaqin tariximizda bölganini köpçilik biladi. Adolatxon ham özini çetga olmasdan harakat qilişi kerakka öxşaydi. Baʼzan ijobiy maʼnodagi “nokamtarlik” ham zarur ekan-da. Özing uçun harakat qilmasang, loqayd tomoşabinlar köpayib ketişi mumkin. Buning ustiga körolmaslik dardiga yöliqqanlar ham yöq emas. Öşa dard millatimiz gullarini bevaqt söndirganidan qaçon xulosa çiqaramiz? Maqtanişni esa örni bölsa, bölmasa qotiramiz.

Şu yerda bir saboq. Gruzinlarda yorqin iqtidor egalari bölmiş uç qiz bor. Biri öta aqlli, şirali ovozga ega. Ikkinçisi şöx. Öynab ketaveradi, eşak yetaklab oladimi-yey. Gruzin qişloqlarida yurib xoniş qilganida, eçkiboqar kampir bilan birga qöşiq aytadi. Barça harakati tabiiy. Uçinçisi qölidagi musiqa asbobini qoyilmaqom qilib çaladi. Lekin öta bosiq. Qilpang-jilpang qilişmaydi. Jiddiyligiyam bor. Uçovlon bir ansambl. Birgalaşib, öz millati sanʼatini olamga olib çiqayapti, özga millat odamlari qalbini sanʼatning sehrli kuçi bilan zabt etayapti. Ana millatparvarlik, millat sanʼatini köz-köz qiliş, eʼzozlaş. Bu uç qiz gruzin millatining qadimiy durdonalarini töplab, özga millat vakillari haqiqiy sanʼatni yaxşi körib tinglaşi uçun til biliş şart emasligini ham isbotlab qöydi. Zeriksam, ularning qöşiğini eşitib, rohatlanaman. Bu erka qizlarning muxlisiga aylanganman. Bizning maqomda ham juda katta kuç bor.

Demak, bizning özgalardan örganişimiz kerak bölgan köp jihatlar borligini ham tan olmoğimiz kerak. Barça telekanallarda öz xalqining vakili bölmiş yarq etgan haqiqiy iqtidor egasini qöllovçilar bölganidami? Bizning yaqin tariximizda ana şunday odamlar bölgan. Adolatga öxşaganlar har kuni ham paydo bölavermaydi, tuğilmaydi. Ey, madaniyat vazirligidagi janoblar, tuşining!

Adolatxonga aytar yana bir gapim şuki, köp qirrali sanʼatkor böliş yomon emas. Dirkillab öynatadigan estradami yoki boşqa janrdagi qöşiqlarni aytiş qölingizdan kelarkan. Lekin siz qöşiq aytganda baʼzi hollarda uzr­­ku, yarim-yalanğoçlar öynab tursa… nimagadir bunisi yoqmaganday böldi. Qaraşlarim şaxsiy, albatta. Ayniqsa, Toşkentda “birrov” deganlari bor. Ketma-ket töyga borib, navbat kutib turiş sizga yaraşmaydi. Undaylardan balanddasiz! Ular aytaversin. Töylar orqali Töyçiboy va Töyçixonlar bölaversin. Maqom arabça söz bölib, “joy” degan maʼnoni beradi, degan satrlarga közim tuşgandi. Sizning joyingiz maqomda. Yoş bölsangiz ham sanʼat yölida köplardan yuqoriroqdasiz, şunday davom eting. Berta Davidovalarday buyuklar borligini unutmang!

Mamlakatimizda maqom sanʼati har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda. Bu borada Prezidentimizning eʼtiborlarini hamma körib turibdi. Axir sport qatori sanʼat ham millatini tanitişda katta qudratga ega. Şuning uçun ham keng yöl oçilayapti. Mana şu yölda erkin yuriş nasib etsin. Alloh bergan noyob ovozni asrang! Siz ötkinçi, karnay hofizalardan emassiz. Sahnaga çiqib avjini olganingizda, zalda ötirganlar “dod” devorganini, qarsak çalib öz qizining yutuğini körgan otaday samimiy tabriklaganlarini kuzatdim. Bular boşlanişi. Hali hammasi oldinda. Köp narsa özingizga ham boğliq. Tinimsiz ijod, öqiş, örganiş…

Adolatxonning olgan mukofotlari haqida yoziş niyatim yöq edi. Lekin bir quvonçli xuşxabar majbur qildi. Kuni keçagina Zominda bölib ötgan xalqaro maqom festivalida u “Yilning eng yaxşi maqom yönalişi xonandasi” nominatsiyasiga ega bölibdi. 2009 yil “Nihol” mukofotini olgan. Öşa yili “Şarq taronalari” xalqaro festivalida laureat bölgan. 2021 yil “Şuhrat” medali bilan taqdirlangandi. 2022 yili “Örta Osiyo ovozi” körik-tanlovida “Özbekistonning oltin ovozi” deb tan olingan.

Bu ayrimlar bir-ikki qöşiği bilan şinavandalar tanigan sanʼatkor qizni “Özbekistonning oltin ovozi” deb osmonga kötarib yuboribsiz, deydiganlarga javob… “Oltin ovoz” sözini ulardan köçirdim… Sal şubhaga boradiganlar Adolatning qöşiqlarini eşitsin. Bunday gözal ovoz, ajoyib iqtidor albatta, Özidan. Yaratganning inoyati bu. Şu yurtning bir farzandi sifatida ğururlandim, faxrlandim. Sevindim. Baribir Özbekiston — Alloh xuşlagan yurt-da. El qalbidan joy olguvçi iqtidorlarni beraverar ekan. Bunga Munojat Yölçiyeva, Dilnura Qodirjonovadan söng Adolat Ismoilovani tinglab, yana bir bora amin böldim.

Anvarjon ABDUVALIYEV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan