O'zbek jurnalistlari “Kaspiy mediaforumi”da

Joriy yilning 18-20 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida o'tkazilayotgan “Kaspiy mediaforumi”da o'nga yaqin mamlakatlarning jurnalistlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, media vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida OAV vakillari xorij mamlakatlariga malaka oshirish, stajirovka o'tash va nufuzli media tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborilishi belgilangan edi.

Shunga ko'ra, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan 2023-2024 yillarda 60 nafarga yaqin   jurnalist va tahririyat xodimlari chet davlatlarga tajriba almashish uchun jo'natilishi, xorijlik malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o'quv kurslari tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Bu yil sakkizinchi marotaba o'tkazilayotgan “Kaspiy mediaforumi”da mamlakatimizdan O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zolari — Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri Dilshod Jo'rayev, “Xalq so'zi” gazetasi muxbiri Ahmadali Shernazarov, “Dunyo” AA muxbiri Jobir Xo'jaqulov hamda Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori Bahriddin Mingboyev, teleoperatori Ilhomjon Abduraz­zoqov, “nuz.uz” internet nashri muxbiri Maqsad Djangirov qatnashmoqda.

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × 3 =