Ruhşan Iftixor xonim: “Boburiy malikalardan ilhomlanaman!”

Zahiriddin Muhammad Boburning Hind tomon yuriş qilişi keyinçalik bu yurtning tarixida köplab ijtimoiy-siyosiy burilişlarni bunyodga keltirdi. Mana şu tarixiy hodisalarni yoritiş borasida ikki yurt tarixçi olimlari qanday ilmiy mezonlarga tayanib iş körişmoqda. Mavzu doirasida pokistonlik boburşunos olima Ruxşon Iftixor xonim bilan suhbatlaşdik. Unda Hindiston va Pokis­ton davlatlari ajralgandan sönggi tarix darsliklarining yozilişi, ularda boburiylarga bölgan munosabat masalalariga ham töxtab ötildi.

Ruhşon Iftixor xonim – tarix fanlari doktori. Pokistonning Panjob universiteti Tarix fakultetida faoliyat olib boradi. Boburşunoslik sohasiga doir 50 dan ziyod maqolalari eʼlon qilingan. Olimaning “Hind feminizm tarixi” mavzusidagi monografiyasi 2016 yilda çop etilgan bölib, tadqiqotning yirik bölimi boburiy malikalarning siyosiy faoliyatiga bağişlanadi.

 

— Muhtarama Ruhşon   Iftixor xonim, bugungi kunda Pokiston va Özbekiston örtasidagi siyosiy-ijtimoiy aloqalar yangi bosqiçga kötarilmoqda. Şu jumladan, ikki davlat olimlari örtasida ilm-fan borasidagi aloqalarni yuqori darajaga çiqariş fursati keldi, degan fikrdamiz. Çunki bu davlatlarning ötmişi va madaniyati özaro kesişgan bölib, köplab tarixiy voqeliklar öziga xos jarayonni boşdan keçirgan. Bugungi kunda özingiz rahbarlik qilayotgan Pokistondagi Bobur markazining faoliyati haqida maʼlumot berib ötsangiz.

— Ha, siz haqsiz. Pokiston va Özbekiston munosabatlari yangi bosqiçga qadam qöymoqda. “Bobur merosi” markazi masalasiga kelsak, “Bobur merosi” markazi Zahiriddin Boburning nomini abadiylaştiriş borasida seminarlar, konferensiyalar va boşqa hamkorliklar orqali bu davlatlar munosabatlarini mustahkamlaşga öz hissasini qöşmoqda.

2021 yilda Panjob universitetida Zahiriddin Bobur merosi va uning Pokiston va Özbekiston örtasidagi zamonaviy ikki tomonlama munosabatlar aloqadorligiga bağiş­langan xalqaro konferensiya taşkil etildi. Unda Özbekistonning Pokistondagi elçisi janob   Oybek Usmonov iştirok qilgan edi. Özbekiston elçixonasi, şuningdek, 2022 yili Islomobod şahrida bir kunlik seminar taşkil qildi. Unda “Bobur merosi” markazi naşrlarining taqdimoti bölib ötdi. Unda elçixona Özbekiston olimlari va oliy mansabdor şaxs­lari bilan birma-bir uçraşuv ötkazişga öz hissasini qöşdi. Şu yil Panjob universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nişonladi. “Bobur – Pokiston va Özbekiston örtasidagi muştarak meros ramzi” deb nomlangan uşbu bir kunlik seminarda Angliya, Pokiston va Özbekiston olimlari özlarinig ilmiy maʼruzalari bilan qatnaşdilar.   2023 yil dekabr oyida biz “Pokistonda Bobur va boburiylar merosi” mavzusida yirik xalqaro konferensiya taşkil etişni rejalaştirganmiz. Uşbu anjuman materiallarini töplam şaklida naşr qilişni reja qilganmiz. Markaz direktori sifatida Özbekistonning ikki katta universiteti bilan doimiy aloqadaman va biz uşbu universitetlar bilan öqituvçilar, olimlar va talabalarning malaka oşiriş dasturlarini almaşiş böyiça memorandum imzolamoqçimiz.

— Ilmiy maqolalaringizda, boburiy malikalarning siyosatda tutgan örniga alohida eʼtibor bergansiz…

— Bobur oilasining ayollari siyosiy jihatdan juda faol edilar, ayniqsa, uning buvisi Eson Davlat Begim, opasi Xonzoda Begim, rafiqasi Mohim Begimlarni alohida aytiş joiz. Özim ham ayol sifatida bu ayollardan juda ilhomlanaman. Biz ularning faoliyati va buning siyosiy ahamiyatini alohida taʼkid­laşimiz kerak. Ularning hozirgi zamonga aloqadorligi şundaki, ayollarning gender tenglik asosidagi siyosiy iştiroki bugungi dunyo holatini yaxşiroq tomonga özgartirişi mumkin. Ayollar dunyo aholisining katta qismini taşkil qiladi; ular tengligining taʼminlanişi dunyoning har bir jamiyati uçun juda foydalidir. Agar murakkab tarixiy vaziyat XV-XVI asrlarda Boburiy malikalar siyo­sat bilan jiddiy şuğullangan bölsa, bugungi dunyo ayollari ham buni bemalol   uddalay oladi.

— Ğarbda, butun Yevropada Bobur asos solgan Boburiylar saltanatini, afsuski, “Buyuk möğullar” nomi bilan ataş urfga kirgan. Köplab boburşunos olimlar jumladan, Annetta Bevveredj xonim (Buyuk Britaniya), Viller Takston (AQŞ), Eyje Mano (Yaponiya), Magda Mahfuz (Misr) singari olimlar Bobur Mirzoning turkiy ekanligi va möğul   nomi bilan ataş xato tuşunçaligi haqida fikr bildirib ötganlar. Bobur Movarounnahrda temuriylar sulolasiga tegişli bölgan Farğona viloyatida tavallud topgan hamda u turkiy tilda ijod qilgan. Yirik nasriy asari “Boburnoma” ham turkiy tilda yozilgan. Jahon tarixşunosligida uning sulolasiga nisbatan Boburiylar nomini ommalaştiriş fursati kelmadimikan?

— Çiğatoy uruğiga daxldorlik boşqa temuriyzodalar kabi   Bobur uçun ham faxr edi. Zahiriddin Boburni örganişda uning   kimligini, şaxsiyatini alohida taʼkidlaş lozim. Zahiriddin Bobur hayotini ilmiy tadqiq qilişni boşlaş, uning hayotining turli qirralarini milliy va xalqaro miqyosda yoritiş bugungi davr talabidir. Öylaymanki, ikkala hukumat ham hamkorlik qilib, Bobur şaxsiyatiga urğu beriş uçun qöşma tadqiqot loyihalarini amalga oşiradi.

— Bugungi kun Pokiston maktab darslik­larida Boburiylar sulolasi haqida tarixiy maʼlumotlarga qançalik örin ajratilgan? Pokistonning 1950 yillarigaça bölgan tarixi Hindiston tarix darsliklaridagi maʼlumotlar bilan muştarakmi? Xususan, bugungi kunda Pokiston tarix darsliklarida Boburiylar sulolasining qaysi jihatlariga köproq eʼtibor qaratişadi?

— Pokistondagi darsliklarda notöğri talqin Boburga Hindistondagi Möğullar imperiyasining asosçisi sifatida joy ajratilgan. Bu borada tarixiy haqiqatni tiklaş öta muhim vazifa albatta. Pokistondagi örta taʼlimdan yuqori sinfgaça bölgan katta qismi Pokistondagi Muğullar sulolasiga bağişlangan. Şuningdek, bu sulolaning tarixi Pokis­tonda universitetlarining tarix yönalişida bitiruv va magistratura bosqiçida öqitiladi. Pokiston darsliklarida Boburning tarixiy-madaniy rivojlanişdagi hissasi ham qayd etilgan, albatta.

— Boburning xolavaççasi Haydar mirzo ham bir muddat Boburiylar nomi ostida Kaşmir şahrida hukmronlik qilgan edi. Aynan şu şaharda u özining (“Boburnoma” kabi ) maşhur “Tarixi Raşidiy” asarini yozgan. Bugungi kunda Kaşmirda, xususan, Hindiston va Pokistonda bu tarixiy siymoning merosi qay darajada örganilmoqda?

— Boburning xolavaççasi –   Mirzo Haydarning faoliyati juda muhim ahamiyatga ega bölib, u Markaziy Osiyo va Hindistonda Bobur hayotining eng muhim jihatlarini taʼkidlab ötadi. Kaşmir tarixi böyiça olib borilayotgan   tadqiqotlar bilan professor Muhammad Ishoq Xon şuğullanadi. U Kaşmir universitetining tarix fakultetiga biriktirilgan. Ayni kunlarda Kaşmir universitetida Markaziy Osiyo tadqiqotlari bölimi taşkil etilgan bölib, unda Markaziy Osiyo böyiça turli faoliyat va tadqiqot işlari olib borilmoqda.

— Bilasizmi, biz uçun juda muhim va qiziq. Pokistonda Boburning qaysi fazilatlariga köproq ahamiyat beriladi? Yoşlar auditoriyasiga, tarixga qiziquvçi talabalarga uning sohibqiron Amir Temur avlodi ekani, uning harbiy anʼanalarining davomçisi ekani haqida maʼlumot beriladimi?

— Albatta, talabalarimiz öz qiziqiş mavzusi doirasida Boburning buyuk imperiya asos­çisi ekanligi va uning jangçi sifatida Pokistonda bölgan paytlarini hamda Boburning Amir Temur avlodi va uning harbiy anʼanalarining davomçisi   sifatida eʼtirof etişadi.

— Boburning mumtoz ijodkor ekani, uning turkiy adabiyotda alohida örni bor ekani maʼlum. Pokistonda uning ijodi bilan boğliq filologik tadqiqotlar amalga oşirilganmi?

— Afsuski, Bobur hayotiga oid mustaqil filologik tadqiqotlar Pokistonda maʼlum emas. Hind va ğarb tarixçilari bu işni qisman amalga oşirgan bölib, Pokistonda   bu asarlarining urdu tiliga bir neçta tarjimalari mavjud.

— Bobur tuğilgan yurt Özbekiston haqida fikrlaringiz haqida örtoqlaşsangiz. Özbekistonning bugungi kunda taşqi siyosatda tutgan örni va olib borayotgan islohotlaridan qançalik xabardorsiz?

— Pokiston 1991 yilda Özbekistonni birinçilardan bölib tan olgan davlatlar qatoriga kirgan edi. Ikki davlat örtasida döstona munosabatlar mavjud va bu munosabatlar kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Ötgan yaqin vaqt içida   ular Temir yöl loyihasini imzoladilar. Ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi yil sayin ortib bormoqda. Ikki davlat örtasida töğridan-töğri reyslar 2018 yildan boşlangan edi. Lekin munosabatlar hali köp narsani talab qiladi. Öylaymanki, biz akademik tadqiqot olib boruvçi olimlar Pokiston va Özbekiston örtasidagi mus­tahkam aloqalarni rivojlantiriş va boş­­qa yönaliş­larda ham   hamkorlik qiliş uçun öz   rolimizni oşirib borişimiz mumkin.

— Kelgusida Bobur va boburiylar bilan boğliq qanday tadqiqotlarni amalga oşirmoqçisiz?

— Men Bobur hayoti, ayniqsa, Boburiylar sulolasining tarixini örganişda özaro hamkorlikda tadqiqot olib borişni taklif qilaman. Boburning boşqaruv maʼmuriyati, uning artilleriyasi va Hindistonda poroxdan foydalanişdagi mahorati, harbiy qömondon sifatidagi fazilatini çuqur örganiş darkor. Pokistondagi Bobur   madaniy merosining qiyofasi uning meʼmorlik qobiliyati yuksakligini anglatadi. Bular kamina tomonimdan tadqiqot uçun tavsiya qilinadigan mavzular sirasidan sanaladi.

— Mazmunli suhbatingiz uçun taşakkur. Sizni Özbekistonda kutib qolamiz. Umid qilamizki, ilmiy hamkorlik natijasida boburşunoslik sohasida   yangi çöqqilarni zabt etasiz.

— Sizga ham rahmat! Özbekistonda amalga oşirilayotgan Xalqaro boburşunoslik elektron platformasini yaratiş işlariga biz ham munosib hissa qöşişimizni bildirib qolaman.

 

Suhbatni Temuriylar tarixi davlat muzeyi

ilmiy xodimi, filologiya fanlari böyiça

(PhD) falsafa doktori

Elmira HAZRATQULOVA

yozib oldi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan