XUSUSIY OLIY TAʼLIM: Jadidlar orzusi amalga oşdimi?

2023 yilning 11 sentyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston – 2030” strategiyasi töğrisida”gi Farmoni, şuningdek,  “Özbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori imzolangan edi. Farmon “xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça xohiş-irodasini röyobga çiqariş, har bir fuqaroga öz salohiyatini rivojlantiriş uçun barça imkoniyatlarni yaratiş, soğlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalaş, global işlab çiqarişning muhim böğiniga aylangan kuçli iqtisodiyotni şakllantiriş, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlaş maqsadida” qabul qilindi. Unda taʼlim islohotlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Dunyo tajribasida taʼlim sohasiga sarflangan investitsiya heç qaçon kasodga uçramasligi köp karra isbotlangan. Keyingi yillarda mamlakatimizda taʼlim, jumladan, oliy taʼlim sohasini isloh qiliş jadal bosqiçga kirdi. Buning  samarasini hozirdanoq köra boşladik: bu yil oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun hujjat topşirgan abituriyentlarning 40 foizi öqişga qabul qilindi. Bu rekord natija hisoblanadi.  Yaqin yillarda bu körsatkiçni 60 foizga çiqariş közda tutilgan.

Bunda talay omillarning ahamiyati böldi, albatta. Şulardan eng muhimi – xususiy oliy taʼlimning joriy etilgani.

Biz xususiy asosda faoliyat yuritayotgan Toşkent amaliy fanlar universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Abdusalom Vohidoviç Umarov bilan şu borada suhbatlaşdik.

— Abdusalom Vohidoviç, Siz davlat byudjetidan taʼminlanadigan Namangan  davlat universitetiga ham köp yillar rahbarlik qilgansiz, mana, uçinçi öquv yilidirki, xususiy universitetni boşqaryapsiz. Bugun öquvçilarimizni davlat oliy taʼlim muassasasi (OTM)  bilan xususiy oliy taʼlim taşkiloti (OTT) örtasidagi öxşaş va farqli taraflar haqidagi maʼlumot köproq qiziqtiradi. Suhbatimizni şundan boşlasak.

 

— Masalani töğri qöydingiz. Avvalo, standartlar haqida fikr bildirsak. Standartni, tabiiyki, davlat belgilaydi. Davlat kadrlar tayyorlaş böyiça ikki xil standart belgilaşi mumkinmi? Yöq, albatta. Demak, oliy taʼlimning bu ikki turi ham jamiyatga bir xil umumiy talablar asosida mutaxassislar tayyorlaydi.

Soddaroq tuşunib olişimiz uçun bir misol keltiraman. OTMlarning köpi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiya­lar vazirligi tarkibida. Ammo bu vazirlik boşqa taşkilotlar huzuridagi OTMlar faoliyatini ham metodik jihatdan muvofiqlaştiradi. Xuddi şu qatʼiyat asosida har qanday  xususiy OTT ham Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarafidan metodik jihatdan nazorat qilinadi. Taʼlim dasturlari, mutaxassislar yönalişlariga talablar ham bir xil. Faqat xususiy OTT aynan qaysi yönalişlar böyiça talabalar tayyorlaş lozimligini nodavlat taʼlim xizmatlarini körsatiş fao­liyati uçun litsenziyadan kelib çiqib belgilaydi.

Asosiy farq – mablağda. OTM davlat byudjetidan va şartnoma asosidagi tölovlardan tuşgan mablağlardan foydalangan holda faoliyat olib borsa, xususiy OTT faqat homiylar kiritgan investitsiya va şartnoma asosidagi tölovlardan tuşgan mablağ asosida faoliyat olib boradi.

 

— Jadid bobolarimiz bevosita özlarining yoki öşa zamondagi saxovatpeşa va millatparvar boylarning mablaği evaziga maktablar oçgan edi. Mustaqillikka erişganimizdan keyin köp yillar ilğor ziyolilar şuni bot-bot eslatib, sarmoyadorlarimizni taʼlim sohasiga homiylikka daʼvat etib keldi. Ammo bundan heç qanday amaliy natija kelib çiqmadi. Xususiy asosda faoliyat olib boradigan OTTlarga izn berilişi esa bunga keng yöl oçdi. Aynan boylar xususiy OTTlar oçdi. Yaʼni, şu tariqa xususiy kapital oliy taʼlim sohasiga ham yönaltirildi. Şundan kelib çiqib: “Jadidlarimizning asriy orzusi uşaldi”, – deb ayta olamizmi?

 

—“Ayta olamizmi”gina emas, balki baralla aytamiz! Haqiqatan ham,  xususiy OTTlarga xususiy kapital kirib keldi. Homiylar taʼlimga sarflagan mablağidan imkon doirasida moddiy foyda köradi, albatta. Çunki biz, asosan, şartnoma asosida talaba öqitamiz. Biroq bundan xalq ham, tabiiyki, davlat ham yutadi. Çunki barça xususiy OTTlar ham, avvalo, şu mamlakat uçun kadr tayyorlab beradi.

Ötgan yillarda jadidlarni eslatib, boylarni himmat qilişga çorlaş quruq bir daʼvat, yaʼni oyoği yerdan uzilgan bir ğoya edi, xolos, nazarimda. Mana, endi yirik tadbirkorlar mablağini taʼlimga sarflaşining qonuniy yöli topildi. Ayni borada jahonda avvaldan mavjud bölgan tayyor mexanizm işga tuşirildi. Bundan tadbirkor ham yutadi, jamiyat ham.

 

— Jahonda  donği ketgan xususiy OTTlar köp. Masalan, Garvard, Stenford, Kembrij universitetlari, Massaçusets texnologiya instituti – juda maşhur. Sizningça, bizda ham xususiy OTTlar davlat OTMlari bilan teng tarzda raqobatlaşa oladimi?

 

— Köp yönalişlarda raqobatlaşiş yuz bera boş­ladi. Birinçidan, davlatniki böladimi, xususiymi, bundan qatʼi nazar, barça OTMlar va OTTlar örtasida, ayniqsa, bir yönalişdagi mutaxassislar tayyorlaş böyiça tabiiy ravişda raqobat yuzaga keladi. Ikkinçidan, davlat OTMlari bilan xususiy OTTlar raqobatlaşyapti. Çunki hamma bularni özaro soliştiradi-da. Uçinçidan, xususiy OTT bilan xususiy OTT örtasida ham musobaqa keçmoqda. Törtinçidan, OTTlarning köpa­yişi bilan zimdan ular örtasida mamlakatdagi yetuk mutaxassislarni, taniqli va mahoratli professor-öqituvçilarni işga jalb etiş uçun kuraş ham ketayotir. Axir, taʼlim sifatini oşirişda inson omili birlamçi ahamiyatga ega-ku. Raqobat esa – taraqqiyot omili. Ijobiy maʼnoda musobaqa taraflarni tirişişga, yanada samarali yöllarni izlaşga, mehnat qilişga, malakani oşirişga, bor hunarini körsatişga undaydi. Beşinçidan, keyingi yillarda hatto mamlakatda ilmiy daraja va unvonlar oliş harakati ham jadallaşib ketdi. Axir, dars beriş bilan birga, ilmiy tadqiqot ham olib borgan professor-öqituvçi özini tinimsiz östirib boradi. Oltinçidan (ehtimol, eng muhimi şudir), mamlakatda oliy taʼlimga qabul qilişdagi poraxörlikning tomiri qirqildi. Xususiy OTTlar köpayganidan öqişga qabul qiliş böyiça defitsit, yaʼni tanqislik barham topdi. Endi abituriyentning öqişga kirişi uçun pora berişning heç qanday hojati qolmadi.

— Xöş, şu raqobatda, yaʼni taʼlim bozorida  ötgan ikki yildan oşiqroq davr mobaynida Siz boşqarayotgan universitet qaysi jihatlardan muvaffaqiyatlarga erişdi? Yoki aytaylik, davlat standartida OTT­lardagi ilmiy salohiyat, yaʼni ilmiy darajasi bölgan professor-öqituvçilar  soni 35 foizdan kam bölmasligi kerak. Agar xususiy OTTda ayni körsatkiç bundan kam bölsa, davlat uning faoliyatini töxtatişga qaror qilişi ham mumkin. Şu maʼnoda bugungi kunda universitet professor-öqituvçilarining ilmiy salohiyati neça foizni taşkil etadi?

 

— Şu kunlarda universitetimizda 6 ta binoda 8000 dan oşiq talaba bir vaqtda tahsil olişi uçun eng qulay şaroit yaratilgan. Zamonaviy texnika va texnologik uskunalar (xorijiy laboratoriya qurilmalari) bilan jihozlangan, turli qulayliklarga ega bejirim çiroyga ega binolarda 451 nafar professor-öqituvçi (jumladan, 39 nafar fan doktori, professor, 119 nafar fan nomzodi, dotsent), 200 dan oşiq örindoş professor-öqituvçining 45 foizdan oşiği ilmiy darajaga ega. Ayrim kafedralarimizda ilmiy salohiyat 75 foizdan yuqori. Ammo bu körsatkiçlar bilan çegaralanib qolmoqçi emasmiz. Aytmoqçi, professor-öqituvçilarimizning bir qismi – real iqtisodiy sektorda (bank, soliq, suğurta, siyosiy partiyalar, işlab çiqariş tizimlarida) köp yillik tajribaga ega. Universitetimizda 200 dan oşiq yordamçi xodimlar ham faoliyat yurityapti. Ayni borada mamlakatdagi 65 xususiy OTT orasida birinçilar qatoridamiz. Hatto, ilmiy salohiyat va yaratilgan şaroitlar jihatidan yetakçi davlat OTMlari darajasiga yetib oldik.

 

— Ammo “Gap sonda emas, sifatda”, degan gap ham bor-da.

 

— Çin gap. Endi falsafada aytilganidek, miqdor özgarişlarining sifat özgarişlariga olib kelişiga erişiş lozim. Buning uçun esa köp-köp mehnat qilişga töğri keladi. Ayniqsa, bu borada universitetimiz professor-öqituvçilari va xodimlari oldiga sifat körsatkiçlari böyiça yuqori marralarga erişiş nuqtai nazaridan vazifalar belgilangan. Bunda malakali professor-öqituvçilarimiz bilan teng qatorda zamonaviy fikrlay oladigan yoş öqituvçilarimizning ham öz örni  bor. Yuqorida aytilganidek, hammaga öziga yaraşa vazifa topşirilgan. Masalan, taʼlim sifatini nazorat qiliş bu sohada köp yillik tajribaga ega Boysun Nazarov, maʼnaviy tarbiya köpçilik talabalar şaharçasining sobiq hokimi sifatida taniydigan Qahramon Şonazarov, rektor maslahatçisi vazifasi katta hayotiy taj­ribaga ega bölgan Ortiqbek Yusupovga yuklatilgan.

 

— Xususiy universitetning aynan qanday öziga xos   erkinliklari mavjud?

 

— Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Kons­titutsiyasining 51-moddasida, jumladan: “Oliy taʼlim taşkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, özini özi boşqariş, tadqiqotlar ötkaziş va öqitiş erkinligi huquqiga ega”,  deb qayd etilgan. Şu huquqdan foydalanib, biz: “Har kim öz işi bilan şuğullanişi kerak”, degan qoidani şior qilganmiz. Aytaylik,  rektor xöjalik işlari bilan şuğullanmasligi lozim. Biz professor va öqituvçilarni hatto talabalar bilimini baholaşdan ham ozod qildik. Ular savollar, testlarni şakllantiradi. Ammo baholaş bilan alohida bölim şuğullanadi. Bu bilan poraxörlikning ham tomiri qirqiladi. Niyatimiz – tört yilda talaba ham bilimga ega bölib, ham kirişimlilikni örganib çiqsin. Şuning uçun biz ikkinçi bosqiçdan boşlab talaba olti kunlik öqişining bir kunini korxona va taşkilotlarda amaliyot sifatida ötkazişini yölga qöydik. Lekin heç bir korxona yoki taşkilotga 3 nafardan ortiq talaba jönatmaymiz. Uç yil içida talaba jamoat bilan işlaş, sohaga kirişişni ham özlaştiradi. Öşa korxona va taşkilotga yoqsa, uni şu taşkilot yo korxona  işga qabul qilişi ham mumkin.

Universitetimiz nomida “amaliy fanlar”  borligi ham bejiz emas. OTTda olingan nazariy bilimlar hayot, real iqtisodiyot, işlab çiqariş bilan boğlanişi – şart. Keyin professor va öqituvçilar bilan talabalar örtasida yaqinlik bölişi, şöro zamonidan meros qolgan, taʼbir joiz tutilsa, “muallim diktaturasi”dan tamoman qutulişimiz, demokratik qadriyatlar asosida şogird özini qiziqtirgan har qanday masala yuzasidan xohlagan mahalda ustozdan söraş imkoniyatiga ega bölişi muhitini şakllantirişimiz lozim.

Bizda yönalişlar böyiça nisbatan kam fan öqitiladi. Çunki talabaning önta fanni çala bilganidan köra beşta fanni puxta örgangani afzal. Bu borada xorij tajribalariga suyanyapmiz. Nomi çiqqan xalqaro OTMlar (Estoniya amaliy fanlar universiteti, Litvaning Rezekne texnologiyalar akademiyasi, Finlyandiyaning Koreliya amaliy fanlar universiteti, Buyuk Britaniya, Germaniya va Xitoyning bir neçta universiteti) bilan hamkorlik şartnomalari ham imzolangan.

 

— Omma örtasida: “Davlat OTMlariga kiriş test­laridan yuqori ball töplaganlar, xususiy OTTlarga esa aksinça, aynan bali pastlar kiradi”, – degan gap yuradi. Şunga munosabatingizni bilmoqçi edim.

 

— Bu “Butunlay xato fikr”, deyişdan yiroqman. Qisman şunday, albatta. Lekin talabaning qança ball bilan öqişga kirgani birlamçi emas, balki uning qanday taʼlim olgani muhim. Yuqori ball bilan kirib, OTMdan yaxşi mutaxassis bölmay çiqqanlar ham, aksinça, past ball bilan kirib, yetuk mutaxassis sifatida öqişni tugatganlar bölgan, bölyapti, bölaveradi ham. Bu yoği  öşa OTTda işning qanday saviyada taşkil etilganiga bevosita boğliq, deb öylayman. Biz yetuk mutaxassislar tayyorlaşni özimizga şior qilib olganmiz. Birinçi qaldirğoç bakalavrlarimiz 2025 yili qöliga diplom oladi. Hozir ham kunduzgi, ham sirtqi bölimlarimiz bor. Kelajakda, albatta, magistratura ham oçamiz.

 

— Taʼlim sifati OTTning moddiy-texnikaviy bazasiga ham bevosita boğliq. Çunki zamonaviy talab­lar asosida dars ötiş uçun, avvalo, şaroit kerak.

 

— Oltita öquv binomiz bor. Hammasi yangi qurilgan. Garçi ular OTTga möljallab tiklanmagan bölsa ham, biz ularni taʼlimga moslaştirdik. Hamma auditoriyada informatsion texnologiya qurilmalari – “aqlli doska”,  katta formatdagi kompyuter, monoblok kompyuterlar, televizor, proyektor va boşqa dars ötiş uçun şaroitlar yaratilgan. Bu jihatdan köpgina boşqa OTMlar havas qilişi mumkin. Axir, bugun kompyuterday beminnatdan-beminnat axborot vositasi imkoniyatlaridan foydalanmay turib ham zamon talablariga töla javob bera oladigan kadr tayyorlaşning heç imkoni yöq-da.

 

— Davlat OTMlarining aksariyatida doktorantura bölimi bor. Ularga davlat granti asosida uç yil mobaynida byudjetdan stipendiya tölanadigan falsafa doktori dissertatsiyasi yoziş uçun tayanç doktorantlar, fan doktori dissertatsiyasi yoziş uçun esa dokto­rantlar, şuningdek, stipendiya olmaydigan mustaqil va erkin tadqiqotçilar  qabul qilinadi. Şu tariqa unda özi va boşqa OTMlar uçun ilmiy darajali yetuk kadrlar tayyorlanadi. Bu masala xususiy OTTlarda qay tarzda hal qilinadi? Umuman, xususiy OTTlarda mavzu tasdiqlatib, dissertatsiyalar yozişni taşkil etiş yöllari qay tarzda yölga qöyilgan? Yaʼni, xususiy OTT özida işlayotgan tadqiqotçini universitet mablaği hisobidan tayanç doktorantura va doktoranturaga çiqara oladimi? Mustaqil va erkin tadqiqotçilar şu yerda dissertatsiya mavzusini tasdiqlatib, iş boşlaşi mumkinmi?

 

— Bizda hozirça bakalavriatning uç bosqiçida taʼlim berilyapti. Bora-bora magistratura, doktorantura masalalarini ham hal etamiz. Bunga heç qanday tösiq yöq. Davlat OTMlarida doktorantlarga davlat granti asosida mablağ ajratiladi, biz bunga xususiy kapitalni yönaltiramiz. Yaʼni, xususiy OTT davlat OTMlaridagi miqdorda maoş tölab, ilmiy kadrlar tayyorlaş huquqiga ega. Ammo hozirdan universitetimizda mustaqil va erkin tadqiqotçilarning mavzularini tasdiqlab, iş yuritişini boşlab yuborganmiz.

 

— Köplar: “Xususiy OTTlarda davlat OTMlariga qaraganda yuqoriroq darajada maoş tölanadi, dars sifatli ötişini taʼminlaşning omili tarzida dars soatlari ham nisbatan kamroq qilib belgilanadi”, – deb öylaydi. Rostdan ham, şundaymi?

 

— Xuddi şunday. Biroq bu yerda aniq raqamlarni keltirib ötirmayman. Keling, bu sir bölib qöya qolsin.

 

— Mamlakatimizda uzoq davrlardan buyon faoliyat olib borayotgan davlat OTMlarining fakultetlari va ulardagi yönalişlarni köpçilik yaxşi biladi. Ularda yangi fakultet yoki yönalişlar oçilgani haqida xabar berilsa, bundan ham omma tez xabar topadi. Ammo odamlar xususiy OTTlar haqida unçalik katta maʼlumotlarga ega emas. Şu maʼnoda Siz boş­qarayotgan universitet fakultetlari va ulardagi yönalişlar haqida bilgimiz keladi.

 

— Pedagogika fakultetida boşlanğiç taʼlim, maktabgaça taʼlim, pedagogika; Iqtisodiyot fakultetida iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar böyiça), bank işi va audit, buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bö­yiça), moliya va moliyaviy texnologiyalar; Axborot texnolo­giyalari fakultetida kompyuter injiniringi, multimediya texnologiyalari, axborot xavfsizligi, matematika va informatika; Tarix va filologiya fakultetida tarix, xorijiy til va adabiyot (tillar böyiça), özbek tili va adabiyoti yönalişlari, jami 4  fakultetda 14 ta yönaliş böyiça mutaxassislar tayyorlanyapti. Kelajakda  Media fakulteti oçib, unda matbuot va internet jurnalistikasi, teleradio va fotojurnalistika, jamoatçilik bilan işlaş  yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaş niyatidamiz. Şuningdek, turizm yönalişini ham öylab körişimiz mumkin.

Jamiyatimizning maqsadi hayotni özgartiriş, boş­qaça aytganda, rivojlaniş. Hayotni özgartirişni taʼlimdan boşlaş kerak. Har qanday taraqqiyot şaxsni östiriş hosilasi sifatida yuzaga çiqadi. Axir, heç kim özini östirmay turib, yaʼni boşqalar hisobiga baxtli böla olmaydi-ku.

 

— Mazmunli suhbat uçun Sizga köp sonli öquvçilarimiz nomidan taşakkur.

 

Suhbatni Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Sultonmurod OLIM

olib bordi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan