Sirdaryolik musavvirning “Temurnoma”si

Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasining aʼzosi, “Şuhrat” medali sohibi, miniatyuraçi musavvir Bahodir Bobonazarov ijodida Amir Temur va uning avlodlari siymosini aks ettiriş borgan sari boyib, mukammallaşib bormoqda. Sirdaryolik musavvirni Sohibqiron obrazi qay tarzda öziga jalb etgan edi? Suhbatimizni mana şu savol bilan boşladik.

— Xabaringiz bor, buyuk davlat arbobi Amir Temur bobomizning davlatçilikni barpo etiş, fan, taʼlim va madaniyat taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasini hisobga olib, ­YUNESKO Boş konferensiyasi 1996 yilda Sohibqironning 660 yilligini jahon miqyosida keng nişonlaş böyiça qaror çiqargan edi, — deb sözini boşladi Bahodir Bobonazarov. — Mana şu jahoniy hujjatga tayanib, mamlakatimizda 1996 yilni “Amir Temur yili” deb eʼlon qilingandi. Uşbu ikki voqea menda Amir Temur siymosiga nisbatan qiziqiş uyğotdi. Qölimga Sohibqiron bobomizning “Temur tuzuklari” kitobini olib, hijjalab öqiy boşladim. Kitob qatlaridan har tomonlama yetuk inson qiyofasi manaman deb közga taşlanib turardi. Qölimga möyqalam olib çiza boşladim. Albatta, buyuk davlat arbobi, sarkarda, fan va madaniyat homiysining salobati bosdi. Biroq qöl qovuştirib ötirişning vaqti emasdi. Ana şu tariqa mening Sohibqiron haqidagi “Amir Temur tuzuklari” deb nomlangan dastlabki miniatyura asarim dunyo yuzini kördi.

Toleni qarangki, ilk qadamim qutluğ keldi. YUNESKO tomonidan taʼsis etilgan tanlovga asarimni yölladim. “Temur tuzuklari” işim ğoliblar safidan örin oldi. Sohibqiron bobomizning 660 yilligiga bağişlab YUNESKO tomonidan Parijda naşr etilgan “Temuriylar saltanati davri” albomida çop etildi. Ayni paytda bu miniatyuram Kamoliddin Behzod memorial boğ-muzeyida saqlanadi, — deb musavvir kitob javonidan öşa çiroyli, bir neça tillarda izohlari bilan bosilgan albomni körsatdi.

— Ilk muvaffaqiyat sizning öziga xos “Temurnoma” yaratişingizda turtki bölgan ekan-da?

— Ha, şunday. 1996 yili mamlakatimiz poytaxti Toşkentda Amir Temur muzeyining tamal toşi qöyildi. Hukumat tomonidan mamlakatimizning nomdor miniatyuraçi musavvirlari — Özbekiston sanʼat arbobi Xurşid Nazirov, Sodiq Qoraboyev, Ğayrat Kamolov, Toir Boltaboyevlardan iborat “Sanoyi nafis” guruhiga muzey devorlarini mahobatli miniatyuralar bilan bezaş vazifasi yuklatildi. Mana şu guruhga kamina ham jalb etildim. “Tarix hayrati” deb nomlangan triptixt (uçlik) asar yaratildi. Ustozlar yonida işlab, mahobatli miniatyura sanʼatining sir-asrorlarini yanada çuqurroq özlaştirdim.

— Amir Temur siymosi darj etilgan ilk mustaqil mahobatli asaringiz Sirdaryo bağrida tuğildi. Şundaymi?

— Töğri. 2002 yili Sirdaryo viloyati hokimligining taşabbusi bilan kaminaga viloyat “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”ning keng-möl foyesini monumental devoriy miniatyuralar bilan bezaş vazifasi işonib topşirildi. Bu bir devoriy rasmlardan iborat öziga xos turkum edi. 10 ta alohida-alohida miniatyura 65 kvadrat-metr joyni egallagandi. Ular orasida foyening qoq markazidagi Amir Temur siymosi aks etgan “Buyuk Sohibqiron” asarim özgaça salobat kasb etib turardi. Bu devoriy rasmlarni yaratişimda töplagan tajribalarim asqotdi, desam, mubolağa qilmagan bölaman.

— Bahodirbek, ayting-çi, Siz Sohibqiron Amir Temur bobomizning avlodlari siymosini yaratişga ham harakat qilganmisiz?

— Ijodiy işlarimiz Özbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyatiga maʼqul kelgan, şekilli, 2010 yili bizni Samarqanddagi Uluğbek muzeyini bezab berişga taklif etişdi. Uşbu muzey uçun şogirdlarim bilan Amir Temur avlodlari aks etgan 12 ta devoriy miniatyura işlab berdik. Ular orasida Sohibqiron bobomizning farzandi arjumandi Şohruh Mirzo siymosi ham bor.

Şu örinda esda qoladigan bir voqeani aytib ötaman. Badiiy akademiyaning öşa paytdagi raisi, Özbekiston xalq rassomi Tursunali Qöziyev qölimga Turkiyadan keltirilgan qalamda çizilgan hilvirab qolgan qoğozdagi bir rasmni tutqazdilar. “Bu juda qadimiy miniatyura. Mana şuni qayta işlab jon kiritasiz”, deya menga işonç bildirdilar. Ana şu tariqa “Mirzo Uluğbek va Ali Quşçi” miniatyurasi tuğildi. Kamina asarni yangiça talqinda tiriltirdim. Ayrim atributlarni qöşdim. Masalan, asliyatda miz yöq edi. Nazarimda, restavratorlik işim mutaxassislarga maʼqul keldi.

— “Temurnoma”ngizni yanada boyitiş haqida boş qotirayapsizmi?

— Sohibqiron siymosi musavvirlar uçun bitmas-tuganmas ilhom manbaidir. Albatta, tajriba töplaganim sari Amir Temur obraziga masʼuliyat bilan yondaşişni his etmoqdaman. Sohibqiron bobomiz siymosi darj etilgan asarlarim millatimizning uluğ farzandi oldidagi qarzimni ozgina bölsa-da uzişga xizmat qilsa, şoyad, degan taskin bor.

Suhbatdoş:

Muhammadali AHMAD.

 

Suratlarda musavvirning ijodiy işlari:

“Buyuk Sohibqiron”  va “Temur tuzuklari” miniatyuralari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan