Ibrohim Ğafurov: “Haqiqat şuki, mukofot bilan mohiyat özgarmaydi”
Özbek adabiyotida nega Nobel mukofotini olişga qodir yozuvçilar yöq? Nega badiiy adabiyotimiz dunyoga çiqişga oqsayapti? Fikr adabiyoti qanaqa böladi? Bugun biz şu kabi savollar bilan ustoz adib, mohir tarjimon, taniqli munaqqid, Özbekicton Qahramoni Ibrohim Ğafurov bilan suhbatlaşdik.
— Assalomu alaykum, ustoz! Bugungi adabiy jarayon haqidagi ayrim masalalarda fikr-mulohazalaringizni bilmoqçi edik.
Kuni keça xalqaro Nobel mukofoti taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda janubiy koreyalik yoş yozuvçi Xan Gan mukofotni qölga kiritdi. Bu borada özbek adabiyotida hali uşbu nufuzli mukofot olişga qodir yozuvçi-şoirlar yöqmi? Bunday uluğ kunlar bizga qaçon keladi, sizningça?
— Nobel nişondori bölganlar, iloho, qandini ursin. Jumladan, eng yangi nişondor, janubiy koreyalik yoş adib Xan Ganga ham bu mukofot muborak bölsin! Nobel mukofoti xalqaro miqyoslarda qançalar obröli va qançalar şarafli bölmasin, u hayotning va inson muvaffaqiyatlari, inson surur mezonining ölçovi bölolmaydi. Masalan, men uçun, mening adabiy-badiiy muhabbatim uçun Abdulla Oripov Nobel mukofotidan ortiqroq şoir, uning yonib-kuyib Vatan va xalqni sevganlari Brodskiy yoki Elliotdan heç bir kam emas. Balki, u ortiqroq otaş bilan suygandir, ortiqroq intiliş bilan intilgandir ozodlikka, madhiyaning har bir sözida har bir özbekning yuragida jöş urgan sözni aytgandir. Biz uçun bu har qanday yuksak mukofotdan ortiqroq qadr-qimmatga ega. Ötmişda olti martalab Lenin mukofoti olgan adiblar ötgan edi. Hozir kim öqiyapti ularni, kim el-yurtning maʼrakalarida eslayapti? Haqiqat şuki, mukofot bilan mohiyat va ahamiyat aslo özgarmaydi. Nobel mukofoti olmadik deb yozğiriş, menimça, töğri emas. Heç narsada yozğirmaylik, armon qilmaylik. Odam ekanmiz, odamça yaşaylik. Har sohada mehnatning zörini qilaylik. Şunda biz qölga kiritmagan mukofot, tortiq qolmaydi. Xudo yer yuzida heç bir xalqni iqtidor va isteʼdoddan qismagan.
— Bugun dunyo adabiyotida qaysi millat adabiyoti yetakçilik qilyapti, deb öylaysiz? Buning omillari nimada körinadi?
— Hozirgi dunyoda barça odamlar eng köp sözlaşayotgan, eng barakali va mahsuldor muloqot qilayotgan, eng köp örganilayotgan, eng yaxşi natijalarga erişilayotgan bu — ingliz tili. Ingliz tilini hozir taqdir şunday örin va mavqega olib çiqdi. Amerika, Angliya, Kanada, Avstraliya, Germaniya kitob yoziş, çiqariş, tarqatiş va şular orqali juda katta muvaffaqiyatlar, amaliy natijalarga erişmoqda. Bu mamlakatlarda har sohada yangidan-yangi kitoblarga bölgan talab nihoyatda kuçli. Talab kuçli bölgaç, yaʼni aholi olimlar, yozuvçilar, sanʼatkorlar, tadqiqotçilar, injenerlarni qistab turgaç, ösiş, özgariş ham şunga yaraşa şiddat bilan davom etadi-da. Ularda baʼzan kitob hali çiqmasdan obuna orqali sotilib, tarqalib ketadi. Mavzular hali qoğoz sahifalariga tuşmay reklama qilinib, ular atrofida ajiotaj (şov-şuv) boşlanadi. Jamiyat hamişa yangi fikr, yangi ğoyalar bilan yaşab nafas oladi.
— Bugungi özbek adabiyotining eng yaxşi asarlari dunyo tillariga ögirilmayotganligi, dunyo kitobxonlarining özbek adabiyoti bilan tanişligi köngildagidek emasligining boş sabablari nimada deb öylaysiz?
— Tadrijiy takomil degan tuşunça bor. Özbek hamma narsa öz vaqtida pişadi, deydi. Jamiyat izçil va real işlaganda, közlagan natijasiga erişadi. Bizning jamiyatimiz hozir şunday pallaga asta-sekin kirib bormoqda. Özbek adabiyotining eng yaxşi asarlari — Qodiriy, Çölpon, Fitrat, yangi zamon adabiyotining namoyandalari asarlari jahon tillariga ögirilmoqda. Xorijiy mamlakatlarda özbek tili, adabiyoti, sanʼati, madaniyatiga har tomonlama qiziqadigan, har tomonlama örganadigan va bularga öta masʼuliyat hamda muhabbat bilan yondaşadigan odamlar (ularni Özbekistonning çin döstlari, xayrixohlari deb ataylik) köpaygan sari madaniyatimiz namunalarini xorijiy tillarga adekvat tarjima qiliş rivojlanadi, mustahkam yölga tuşadi. Özbekistonning özida ham özbek tili va boşqa bir qança xorijiy tillarni adekvat tarjima qiliş layoqati tarbiyalangan, bu sohalarda asosi mustahkam bilimlarga ega mutaxassis darajasidagi kişilar yuzaga çiqib, faoliyat maydoni yaratganlarida badiiy va ilmiy tarjimalar özaro gullab yaşnaydi. Bunda, ayniqsa, bilimdon, kordon adabiy agentlarning yetişib çiqişi va faoliyat yöllarini oçişi juda katta ahamiyatga ega. Hozir şunday agentlarimiz yöq darajada yoki barmoq bilan sanarli oz. Yaxşi bilib olaylikki, madaniy Ğarbning adabiyot va sanʼat dunyosi adabiy agentlarsiz yaşamaydi, hatto buni tasavvur ham qilolmaydi. Ğarbda har bir professional adabiy agent mubolağa bölib tuyulmasinki, bitta Yozuvçilar uyuşmasining işini bir özi bajaradi. Yozuvçining asari qöliga kirgaç, u asarni baholaydi, tarjimon topadi, naşriyotlar bilan gaplaşadi, kelişadi, haq-huquq, qalam haqlarini kelişadi. Tarqatiş, xorijiy tillarga yoyiş çoralarini belgilaydi. Yaʼni hozirgi bizning yozuvçilarimiz heç imkon topmaydigan barça taşkiliy işlarni bajaradi. Bizga şunday iş usuli suv bilan havodek zarur. Şunda kitobning yangi rivojlaniş yöli, tendensiyalari boşlanadi. Rivojning boşqa yöli yöq.
— Suhbatlardan birida: “Fikr adabiyotini yaratmoqçiman”, degansiz. Bunga qançalik erişdingiz?
— “Mansura” degan yangi bir adabiy janrni yuzaga çiqarib, “fikr adabiyoti” degan bir yönalişni boşlagan böldim. Mansuralar Fitrat, Çölpon, Ayniy boşlagan va gözal namunalarini yaratgan ehtirosli, jangjö soçmalarning uzviy va çambarças davomi edi. Nazarimda, yangi davrda adabiy anʼanalar yangi qiyofa, yangi libos talab qilayotgandek bölaverdi. Kutilmagan fikr, kutilmagan ğoya şakl izlay boşladi. Men Fitratdan taşqari, Lubnonning uluğ şoiri Jubron Xalil Jubronning mansur şeʼrlarini qayta-qayta öqidim. Nazarimda, yangi zamon adabiyoti mana şunday lönda va öta ehtirosli namunalar yaratişi kerakday tuyuldi. Mansuralarning bir qança turkumlari yuzaga çiqqaç va matbuot yuzini körgaç, öqilgaç, zamon adabiyoti şunday şakllarni keng istifoda qilgandagina öquvçisi bilan juda mustahkam aloqaga ega böladi, degan fikrim mustahkamlandi. Viloyatlarda mansuraga qiziquvçi şoirlar paydo böldi. Ular mendan: “Mansuraning qoidasi qanday?” deb söraşdi. Men: “Bir misraga qança köp fikr joylay olsangiz va bu fikrlar kutilmagan tembrda jöş urib tursa, ana şu mansura böladi, bu “fikr adabiyoti”ning ibtidosi”, deb javob berdim. Şu-şu mansuralar — soçma ohangdor proza “fikr adabiyoti”ning timsoli bölib qoldi. Mansuralarim baʼzan şunday özlarini erkin tutişdiki, ular baʼzan öta lirik proza, baʼzan öta esse (badia), baʼzan lirik tanqid-mulohaza tusiga ham kirdi — özim ham bilmay qoldim. Ularni taqriz yoki maqola deb bölmasdi, baʼzan şunçalar şaxsiy öylarga öxşardi va oxiri mansura öz-özidan köpaya boşladi, şakllarini özgartiryapti, degan xulosaga keldim. “Sakson bilan töqson orasi” degan mansuralar turkumi qoğozga tuşdi. Lekin hamon uni öquvçilarimga taqdim qila olmayapman. Tuşunarli bölarmikin? Murakkablaşib ketmadimikin? Qariganda, yaşarişga uriniş bölib qolmasmikin? Keksayganda savollar iskanjasida qolasan… Savollaringga jöyali javob topişga urinib, yolğizlikni ham, kunlar, tunlar ötib ketayotganini ham bilmay qolasan…
— Asarlarni özbekçalaştirişda bugungi kunda dunyoning qaysi yozuvçisi sizni öziga köproq jalb qilmoqda va nima uçun?
— Umumjahon adabiyoti xazinalarida özbek tiliga hozir va kelajakda albatta ögirilişi zarur bölgan buyuk asarlar juda köp. Men misol uçun hozir tilimizga F.M.Dostoyevskiyning “Ösmir” romanini, Marsel Prust, Folknerning asarlarini jon-jon deb tarjima qilgan bölardim. Faqat ularning ustida uzoq va juda maşaqqatli mehnat qilişga töğri keladi. Qaniydi, hozir yoşim qirqda bölsaydi, deb ğayratim jöş urib ötiraman. Ammo haqiqiy ahvol boşqa… Realliklarning tazyiqlarini hisobga olişga töğri keladi…
— Özingiz kutilmaganda muvaffaqiyatli çiqqan tarjima asaringiz qaysi deb aytgan bölardingiz?
— Mehnatim, peşona terim singgan asarlarning barçasi özim uçun juda qimmatli. Ular mening hayot va uning hodisalari haqidagi tasavvurlarim, taassurotlarim. Hammasi hayot va inson borasidagi mening öz versiyalarim. Ularda, çamasi, takrorlanmas kayfiyatlar mujassamlaşgan. Ular kimlarnidir öz ortidan ergaştiradi, jozibasi, ohanrabosi bilan öziga tortib turadi. Agarda badiiy tarjima sohasida yaratgan asarlarimga kelsak, negadir Xemingueydan qilgan ilk tarjimalarim — “Çol va dengiz”, “Alvido, qurol!”, Mopassanning “Azizim”, “Beş muqaddas kitob”, “Ayyub nidosi”, Nitsşening “Zarduşt tavallosi”, Joysning “Uliss” epopeyasi ölmas fasohati bilan öziga doim magnitday tortib turadi. Umuman, barça badiiy tarjimalarim menga ğoyatda qadrli. Çunki ular bilan birga men xalqim uçun mangulikka oşno bölganman.
— Kitob dökonlarida bugun xilma-xil tarjima kitoblarni körişimiz mumkin. Ularning köpida ham mazmunan, ham imloviy jihatdan xatolarga yöl qöyilganiga guvoh bölamiz. Qiziği, bu manfaat ortida paydo bölgan taxlamalarning ham, afsuski, xaridori bor. Şu haqida fikrlaringiz.
— Menimça, ahvol siz savolingizda aytgançalik tuşkun va noçor emas. Hozir kitob naşr etiş borgan sayin köpayib boryapti. Rang-barang, juda qiziqarli ilmiy, adabiy-badiiy asarlar paydo bölmoqda. Badiiy tarjimalar, original asarlarning sifati, saviyasi, qiziqarli ekanligi turliça bölsa-da, köpinça, jönlik, siyqalik, yuzakilik, soxtalik yaqqol közga taşlanib qolayotgan esa-da, orada yorqin va gözal namunalar ham yuzaga çiqmoqda. Şarifjon Ahmad Borxes va Platonovni baland badiiy saviyada asliyatlardan özbek tiliga ögirdi. Miriqib öqiysiz. Tarjimon adib sifatida havas qilsa arziydigan mahorat kasb etayotganiga guvoh bölasiz. Hozir Rustam Jabbor, Risolat Haydarova kabi ijodkorlar halol va taʼsirçan tarjimalari bilan ajralib turadilar. Ilmiy-ommaviy adabiyotlarni ham qiyomiga keltirib özbek tiliga asliyatdan ögirayotgan bir qança salohiyatli qalamkaşlar maydonga çiqmoqda. Öqib, beixtiyor “barakalla!” deb yuborasiz. Şularga qarab yaqin kelajakda özbek adabiyotida iqtidorli va çin mutaxassis tarjimonlar tödasi, albatta, şakllanib yetişiga va badiiy tarjima ravnaqi boşlanişiga işongingiz keladi. Şunga intellektual tayyorlanayotgan ijodkorlar yetişmoqda.
— Kitob maʼnaviyatni östiriş uçun öqiladi, lekin baribir paydar-pay çiqayotgan ayrim tarjima asarlar uni öldirişga xizmat qilayotgandek. Balki tarjima jarayonida onlayn, ijtimoiy tarmoq yordamidan foydalaniş bunga sabab bölayotgandir? Bu jarayonlarni nazoratga oliş kerakmasmi?
— Buning uçun kitobxonlar va ayniqsa, naşriyotlar nazoratni emas, adabiy-badiiy talabçanlikni oşirişlari ayni muddao bölardi. Til madaniyati, nutq madaniyati, tahrir madaniyati hozir bizga suv bilan havoday zarur. Köpgina ijodkorlar, ayniqsa, şu uç sohada nihoyatda oqsamoqdalar. Har bir fuqaro özini tom maʼnoda “özbek xalqining vakili” deb anglamagunça va çin şunday vakilga aylanmagunça intellektual xomlik, ğörlik, tubanlik davom etaveradi. Bularni kötariş, yuqori saviyaga olib çiqiş uçun 200 dan ziyod universitet-institutlarimiz, ularning ona tili va adabiyot kafedralari, ilmiy tadqiqot institutlari, örta taʼlim va boşlanğiç maktablarni tilimizning aniq va izçil, puxta işlaydigan tayançlariga aylantirmoğimiz zarur. Tinmay mamnun bölib yurgandan köra, til va madaniyat islohotlarida faqat aniq-konkret işlarga ötiş zarur. Barça sohalarda özbek tili qanday qöllanayotganini kunma-kun, soatma-soat körikdan ötkazib borişga töğri keladi. Mamnuniyatbozlik faqat turğunlikka olib boradi. Xorijiy tillarni qiziqib örganayotganlarni ğoyatda qöllaymiz va yoqlaymiz. Ammo ularning ona tilini qançalar egallaganliklarini aniqlaştiriş zarur. Ona tilini aʼlo egallamagan mutaxassis xorijiy tillarni mukammal bilişi qiyin. Bu çala, biryoqlama biliş böladi.
— Tarjimon tarjima uçun asar tanlaşda nimalarga eʼtibor berişi kerak? Umuman, tarjima jarayonida qanday detallarga ahamiyat beriş lozim?
— Tarjima uçun asar tanlaş işning yarim muvaffaqiyatini belgilaydi. Avvalo, tarjima özbek kitobxoniga qançalar foydali, u özbek öquvçilarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyosini qançalar boyitadi, ruhoniy hayotimizga, tafakkurimizga qançalar yangiliklar — yangi ğoyalar, yangi qaraşlar olib kiradi, deganga öxşaş mezonlarga aniq javob topiş zarur. Men tarjima, avvalo, asliyatga töla adekvat bölişi tarafdoriman. Ikkinçidan, tarjima asarning badiiy nafosat xususiyatlarini töla aks ettirişi zarur. Şu ikki xususiyat yuzaga çiqarilgandagina badiiy tarjima haqida söz yuritiş mumkin. Aksinça, tarjima yöq yoki juda soxta va suyuq, ayniqsa, şeʼriy tarjimalarda suyuqlik va oltmiş foizgaça özidan qöşiş, töqib yuboriş, şakl va mundarijani vayron qilişlar tez-tez uçrab turadi.
— Bugungi kunda öziga xos uslubda ijod qilayotgan şoirlarimiz va yozuvçilarimizdan kimlarni eʼtirof qilgan bölardingiz?
— Hozir köp umidli iqtidor egalari adabiyotga kirib kelyapti. Ular içida, ayniqsa, Şuhrat Matkarimov, Maʼmura Zohidovaning qissa va romanlari öziga katta eʼtibor qaratmoqda. Ularni bemalol xorijiy tillarga tarjima qiliş mumkin. Bu asarlar bugungi özbek adabiyoti jarayonlari haqida yaxşi tasavvur uyğotadi. Ularni yangi renessans adabiyotimizning işonçli yorqin poydevori deb aytiş mumkin. Xoliyor Safarov, Jasur Kengboyev, Jontemir, Tillaniso singari yoşi öttiz beş-qirqlarga yaqinlaşib borayotganlar ijodida umidbaxş izlanişlar paydar-pay közga taşlanmoqda. Bular katta tölqin, katta adabiy oqimga aylanarmikin? Yaqin kelajak buni körsatadi.
— Odamlar orasida matbuot naşrlari haqida: “Obuna qimmat, buning puliga bir kamimni töldiraman” deb qarovçilar juda köp. Nahotki hayotdan maqsadlarimiz tobora maydalaşib boraversa? Ana şular haqida ham fikrlaringizni bilmoqçi edik.
— Gazeta-jurnallar turli yengil-yelpi yöl-yöriqlar, hiylai şarʼiylar qidirmasdan, sahifalarini qiziqarli, odamlar qidirib öqiydigan, ularni tamomila bezovta qilib qöyadigan materiallar bilan töldirib çiqarsalar, obunalari yuz ming nusxadan kam bölmaydi. “Yangi Özbekiston”, “Hurriyat”, “Jadid”, heç bölmaganda, “ Nyu-York tayms” bilan musobaqalaşsin, undan keyin köraylik obunalar haqidagi behosil gaplar, aslida, qanday tuyulişini. Gazetalar öz mavjudligi uçun yigitça bel boğlab kuraşmasa, atrofida kuçli jurnalistlar armiyasini yaratmasa, qaysidir “akaxon”dan nimalarnidir “umid” qilib kun ötkazsa, unda gazetaning gazetligi qayergaça boradi?.. Allakim öğlim suzişni örgansin deb, uni okeanga taşlab yuborgan ekan… Xöb hikmat-da…
— Qimmatli vaqtingizni ayamay, suhbatlaşganingiz, savollarimizga javob berganingizdan minnatdormiz. Ustoz, hamişa soğ böling.
Suhbatdoş:
Gulnora ŞERMATOVA
