Ehtiroslar olovi içra

ARZI HOL

 Men bu maqolani arzi hol tariqasida yozmoqçiman. Keça  – bugun qaysi va qanday kitoblar öqiyotganimning arzi holi. Arzi hol deganimda bu yerda men iqrorlarim va izhorlarimni nazarda tutaman. Şunda “men” deb öz nomimdan, öz şaxsim buyurganlarini bayon qilişim tabiiyroq çiqsa kerak deb öylayman. Men keça şoira va adiba Farida Afrözning tört yirik kitobdan iborat asarlarini birma-bir öqib çiqdim. Har bir kitobiga alohida-alohida nomlar berilgan: “Meni kuting…”,  “Özimni soğinib…”, “Ölimi yöq hayot…” va “Pardani oçaylik…”

Bu har bir nomdan keyin muallif atay uç nuqta qöyganiga eʼtibor berdim. Ular menga barça jild­larni birma-bir  öqib bölgaç, oddiy köp nuqtalarday bölib tuyulmadi. Bu uç nuqtalar orqasida muallifning köngli  tublarida saqlangan va juda sir tutilgan orzulari qulf urib turganday tuyuldi. Bular “köngil orzulari fido öşanga” degan qay bir maşhur misrada saqlanib qolgan va har eslanganda odamning yuragini be­zov­ta qilib, allaqayoqlarga boşlab ketadigan “köngil orzulari”. Yana bu uç nuqtalarda kitoblarning har birining alohida tizim va kompozitsiyaga egaligiga  nozik işora ham kiradi, yana bu uç nuqtalarga adabiyot va inson hissiyotlarining tubsizligi va öz rangu böylariga  oluda ekanligi ham, sukun va sukunat rahmati ham aks etadi. Skeptik öquvçim: “Obbo, şunçalar maʼnolarga boy ekanmi, bu köp nuqtalar? Ular qaysi kitobni oçsangiz, hammasida tölib-toşib yotibdi-ku, lekin biz ulardan şunday ekzistensial maʼnolar uqişimiz kerakmi, yopirim-yey, bu şartmi?” – dey­di, albatta. Lekin men barça köp nuqtalarning öz xos stilistik maʼnolari borligi va ular aslo bir-birlariga öxşamasligiga töla qanoat hosil qilganman. Bir sirni aytib ötay: “Köp nuqta” degan asar ham yozmoqçi bölganman. U köp nuqtalarning inson hayotida nihoyatda ramziy maʼnolarga töliqligi haqida yozilişi kerak edi. Lekin bu yerda hali ijodiy amalga kirmagan iş  haqida çözilib ötirişning örni emas. Köp nuqtalar dunyoning aytilmay kelayotgan barça maʼno-mazmunlarini ifoda etişiga  şak-şubha yöq… “Meni kutgil” degan dunyo şeʼriyatida juda maşhur  şeʼrni bilmagan, eşitmagan va undan hayajonga tuşmagan odam yöq bölsa kerak. Lekin mana, bizning zamondoş, safdoş (sal bölmasa, trafaret bölib qolgan “suyukli şoiramiz” deb yuboray debman) muallifimiz özining birinçi jildiga “Meni kuting…” deb nom qöygan va jildni xuddi mana şu nomdagi şeʼridan boşlagan:

Meni kuting,

Yengilib boryapman siz tomon,

Tobeman, taslimman, mağlubman.

Soğinçning laşkari beomon,

Soğinçning qölida

                                mahbusman.

Yopiray-yey! “Meni kuting…” nihoyatda oddiy va odmi qilib aytilgan sözdan söng (unda hatto öquvçi kutişi mumkin  bölgan iltijo, yolvoriş, noliş, vaʼdaning qatʼiyati ham yöq.

Muallif haqiqatan juda odmi qilib “Meni kuting…” deyapti. Ammo bu jöngina murojaatdan keyin kelayotgan satrlar  va har uçala band öta favqulodda, öta kutilmagan va öta heç tasavvurga siğmaydigan!

 Meni kuting,

Men nodon könglimga böysunmay,

Öyladim, aqlda xatar yöq.

Va bildim, bu jangda yöq maydon,

Bildimki, sevgida zafar yöq!

Yopiray-yey! Bandning uçinçi misrasidagi “bildim” bilan törtinçi yakunlovçi satrdagi “bildimki”ning farqi bormi, yöqmi? Heç farq yöqqa öxşaydi. Ammo juda  katta – çek  bilan çeksizlik  örtasidagi mavjud farqdan ortiqroq farq bor. Biz keyingi jildlardan örin olgan muallifning barça asarlarini eʼtibor bilan öqisak, u özini “biliş”ning “quli” darajasiga kötarganini köramiz. U “bilişni” siğiniş darajasida sevadi. “Biliş” falsafa va falsafiy hol. Yuzaga kelganidan beri barça falsafalar va barça faylasuflar “biliş”ni tuşuntirmoqçi böladi va barça çeksiz bahslarini unga bölgan qaraşlarning xilma-xilligi asosiga quradi. “Biliş”  haqida muhokama yuritmagan va bahs qilmagan faylasuf faylasuf emas. Şoirlar (misol uçun Abul Aʼlo al-Maaʼrriy) ularning dunyo tugagunça tugamaydigan bu bahslariga  istehzoli tabassum bilan qarab turadilar va “biliş” borasidagi tasavvurlari ulardan aslo kam emasligini lab burib işora qiladilar va “biliş”da ular bilan xufiyona raqobat qiladilar. Şoiramiz Farida Bötayeva ham öz asarlari barobarida şunday xufiya raqobatlar ruhida fikr-bahslar yuritadi: ayniqsa, ğalati bir nom bilan jamlangan, atalgan “tasbehlar” degan şeʼriy turkumlarida va yana, ayniqsa, tamomila erkin usulda yozilgan nasriy asarlarida. Muallif  asarlarida bu holning turli daraja va yoyilmalarini, ögirmalarini gözal va ehtirosli bir tarzda har tomonlama namoyon qilib boradi. “Biliş” odamzod taraqqiyotida qaçondan boşlangan, qayerda tamom böladi? U hali bölmasdan ming, balki million yillar ilgari ham bor edi-ku. Odamlar million yillar ilgari, ayniqsa, hindlar vaqtlarni bölaklar, ming yilliklarga bölib, xuddi xorazm­liklar kabi ularni “ovonlar” va yoki xuddi zarduştiylar kabi “qarnu  aqronlar” deb atagan ham edilar-ku. Bulardan bu yoğiga ming­lab yillar ötmasa, ular “aqron” va “ovonlar” bölarmidi? Fales, Pifagor, Orfeydan boşlangan deb yuramiz “biliş”, balki bu yozuv çiqqandagi ilk yozuvli “biliş”dir. Ilohiy bitiklarda haddi kamoliga yetganmi? Kantda tugaydimi, Şopengauerdami, Homerdami, Nitşedami, qayerda “biliş” tugaydi? Axir hamma narsaning boşi va oxiri bor-ku. Biliş – falsafaning, adabiyot va sanʼatning heç tugamaydigan ibtidosi va mana şu bugungi özbek şoirasining olovli hissiyotlarida  öquvçini lol qoldirib, davom etyapti. F.Bötayeva “biliş”ga aslo befarq emas. Aksinça barça badiiy muhokamalari, ehtiroslarini şu “biliş” asosiga quradi. Keça Zulfiyaning bilişi, Muzayyana Alaviyaning bilişi va köngil sirlariga töla işi bor edi  va mana bugun şu soat, şu daqiqalarda u Faridaning dunyo va odamlarga munosabatida davom etyapti va yangi oltin qirralarini namoyon qilyapti. Va bizni “sevgida zafar yöq”ligiga, “maydon” yöqligiga işontirib, qaysidir massaget qiroliçasi kabi dov bilan lol qilmoqçi, yopirim-yey, “Biliş” maʼrifati Faridaning barça asarlarini maʼrifatli bir nuqtaga olib çiqyapti, qaçonlardan beri yonimizda şunday haqiqiy maʼrifat egasi yonib-kuyib yurganligi va biz uning yonişlaridan goh xabardor, goh bexabar yurganligimizni maʼlum nişon  etyapti. Doim titrab, kuyib, işq va mehr bilan (özi aytmoqçi) yozganligini har bir sözida isbotini keltiryapti. Uning hayot kitoblari, donişmandlardan, xalq, turmuş içida yurib bilganlari unga bugun muallif sifatida çeki yöq xazinaday xizmat qilmoqda. Uning donişmandlardan bilgani:

Umr asli bir kundir,

Öşa kun – bugundir

(Muallifning punktuatsiyasini

saqladik – I.Ğ.)

Mana şu fikr, ehtimol, “bilişning” çöqqisidir (albatta, bilim va bilişda çöqqi bölmaydi, çöqqilar purviqor va ularga yetib boriş qiyin. Jomolungmaga borişni orzu qilamiz,  ammo borib köring-çi. Ammo “biliş” bu nonday aziz va odamzodga juda yaqin narsa, bilişsiz odamzod şunday behad ilm-fan, texnikaga erişarmidi, Oyga qadam ranjida qilarmidi, Mirrixning, Yupiterning sath suratlarini olarmidi! Yana bir çekkasi odamning purviqor  bilimsizligidan esa çöqqilarning muzlari erib ketyapti, azal qutblarimizda muz qatlamlari ozayib boryapti, ibo örnini ibosizlik egallayapti, odamzod ibtidoiy yalanğoç holiga omonsiz qaytyapti va eng muşkuli özini bunda haq va biz erkinmiz deb bilyapti. Faridaning:

Bolalikdan ketgim kelmadi,

Ulğayişdan bezillar yurak

– degani axir bu bir emas, ming emas, balki bugungi milliardlarning qörqinçli fojiasi-ku! Şunday fojiaga insoniyat yetib kelganligini şoira sodda, lekin Oyga uçgan Hindning raketasiday omonsiz qilib ifodalab beryapti. Zamona va zamon sözi şu-da özi. Faridaning fikri okeanlar tuğyonlarida, “biliş” teranliklarida misoli şoira ham emas, balki şoira-ğavvos. Uni okean, yaʼni hayot tubini bilişga misoli Iskandar payğom kabi havasi çeksiz, Yopirim-yey!

Faridaning barça asarlarida “biliş” va “öylov” dramatik, alamli mazmundorlik hamda hamohanglikka egadir. Bu ijodkorda juda qimmatli fazilatdir. Bu fazilat uning qahramoni, nasrdagi qahramonlariga va ayniqsa, Mirzakarim Norbekov, Alixontöra Soğuniy, Bahmanyor Soğuniy singari qahramonlariga ğoyatda tabiiy xos xislat. Va bulardan taşqari ham uning barça ğaroyib tole qutqularini yelkalab olgan qahramonlari (balki personajlardir, balki tarixiy iştirokçilar, balki drama-komediyalardagi kabi qatnaşuvçilardir) uçun ham fikr­laş dramasi xos xislat bölib körinadi (men atay xususiyat deb aytmayapman, şaxs­larning xislatlarini nazarda tutyapman). Lekin “boş qahramon” bu –  şoiraning özi! Boş qahramon barça hollarda Farida Bötayeva, u öziga Afröz deb taxallus ham olgan. “Qahramon” özi kim? U takrorlanmas qiyofaga ega. Unda teran xarakter şakllangan. Bu xarakterda davr, zamon  ifodalangan. U  universal yönaliş kasb etgan “biliş”, “öylov” muntazam badiiy ifodalanganiga köra! U özini qudratli deb sezadi, U özini benihoya kamtar deb his qiladi. Orfey bir  zamonlar olamning ibtidosi efir (havo!) va xaos (mutlaq böşliq!) deb taʼlim qoldirgan edi. Faridaning badiiy qahramonida mana şu efir va xaosning  birlaşişi natijasida dunyoga kelgan ehtiros va hissiyot  hukmfarmodir. Bu juda katta gapga öxşaydi. Ammo tört jilddagi asarlarni öqisangiz, aslo ğayritabiiy tuyulmaydi. U ötmişdan qolgan parçalar. Parçalarning parçalari. Atomlarning çeksiz körinmas bölaklarga bölingan zarralari. Şuning uçun u Navoiyga payrovlik qilib odamning aqlini şoşiradigan “mensizlik” haqida fikrlaganda, öz “mensizligini” “Men” deb ataganda va şu “Men” nomidan voqealarni harakatga keltirganda, allaqanday suggestiv bir nimalar sahifalarning oppoq betiga qalqib çiqaveradi va boş qahramonni biliş va öylovga tamomila ğarqu xarob qiladi. Yopirim-yey!

“Mensizlik”ni allakimlar hozirgi adabiyot arsenaliga olib kirişdi. Farida Bötayeva ham “mensizlik”ni töla badiiy istiloh sifatida qöllay boşladi. Biroq “Mensizlik” – oxir-oqibat tuşunça böloladimi! “Mensizlik” şaxsning yöqolişi, tugaşi emasmi! Ammo hozirgi adabiyotda çuqur öylar yöq. Kimlargadir şu tuşunça juda porom kelib qoldi va örni bölsa-bölmasa qöllab yubordi, öz “bilişi”ni namoyiş qildi. Ammo heç kim “mensizlik”ning falsafiy-sotsiologik asoslari, mohiyati ustida fikr yuritolmadi va tuşunça quruq tuşunçaligiça munğayib qoldi. Holbuki bu tuşunça postpostmodern yönalişida asos tuşunça… Navoiyda hatto “mensizim” degan qöllov ham bor-a! Yopirim-yey! F.Dostoyevskiy “Ösmir” romanida “Odam özi haqida uyalmasdan yozişi uçun özini özi haddan ortiq  pastarona yaxşi körişi kerak”, deb yozgan gap orasida. “Mensizlik” bilan “menmensiraş” örtasida yaqinlik yoki farq bormikin? Albatta, bölsa bordir. Lekin bular haqida öylaş va muhokama yuritiş keng falsafiy adabiy bilimlarni talab qiladi. Biz şunday bilimlar sari boramizmi? Misol uçun Farida Bötayevaning asarlarida? “Adabiyotçi öttiz yil yozadi va oxiri nima uçun şunça yillar yozganini bilmaydi” deydi yana şu romanida uluğ  adib. “Mensizlik” tufaylimi?” – degan savol tuğiladi xayolimda. Tuşunça haqida atrofliça tasavvur va bilimga ega bölmay turib uni şunçaki “bilimdonlik” uçun qöllaş hatto Vahob Rözimatov aytmoqçi, Sobakeviçga ham töğri kelmaydi. Misol uçun Faridaning şeʼrlarida “sevgiga yukin”, “sevgidan söyla”, “kimnidir sevgin”, “sevişni örgan”, “oddiy yaxşi kör” dey­di öziga ham va özi orqali öquvçisiga ham uqtirib, taʼkidlab. Lekin köngil işiga aralaşib böladimi, u öta intim iş. Taşqaridan aralaşiş va ögit eşitişni istamaydi. Ammo bu kabi ögitnamo gaplar biz hamon ötmiş asoratlarining million-million kişanlaridan qutulolmagan  öşa “mensizlik”ning  dağdağasi emasmikin? Özini bilmagan, yaʼni “mensiz” aslo özgani ham bilmaydi va bilolmaydi. Yurakka buyurib böladimi, degan özbekning gapi bor. Qolaversa, odam sevişni örgana oladimi? Farida Bötayeva ayrim asarlarida azaldan maʼlum gaplarni bir boşqaça, çiroyliroq qilib aytişning xöb maşqini ham olganligi közga taşlanadi. Ammo badiiy adabiyotda “biliş” bu oldingilarni mazmunan takrorlaş emas. Lekin “biliş” nima qilsin, özi takrorni, Çölponça aytganda, “takarrurni” yaxşi köradi. Yuqorida andak tahlil qilingan şeʼrning qahramoni, kördikki, kutiş maşaqqati va intizorligi oldida oçiq taslim böldi. Barça sabot-matonatning qurol-aslahalarini taş­ladi. Sevgi zafar qozoniş emas, taslim böliş, bor ixtiyorini sevgi ixtiyoriga topşiriş, bu esa çeksiz azob va lazzat vaʼdalari… Sizga bu yerlarda yana öşa “mensizlik” namoyon bölayotgandek körinmayaptimi?

* * *

Ikki jildni töla qamrab olgan şeʼrlarni öqib va uqişga harakat qilib borarkansiz, Farida Bötayeva qiyofasidagi qahramon öz-öziga tinimsiz iztiroblar, azobu alamlar yasab boradi, gullagan boğlarni huvillagan ovloq, xilvat boğlarga aylantiradi. Qasru saroylarda yaşab turib xarobazorlarni qömsaydi, mozorotlarni soğinadi, ularda ötgan, yodi muqaddas abo-ajdodlarning yodini öziga ohanrabodek tortadi. Özidan rozi bölmagan ruh töxtamay yöl bosib borayotganday, qadimiyat va qadimgilarning izlarini qidirayotganga öxşaydi. Ekzistensial hissiyotlar quyunlariga ğarq böladi. Çinqirib oqqan daryolarning girdoblariga özini otadi, halokatli muhitdan öziga najot qidiradi.

Bu faqat… şoirning köngli faqat… davosiz va notavon… najot qidiradi. Yuragi zor-intizor titraydi, najot örniga esa boş­­qa narsa topadi:

Dunyo safsataga tölganu, biroq,

Senga kerak sözni heç kim aytmaydi…

Şunda öz holi holatiga eng loyiq va ehtimol öziga eng manzur sözni tilga oladi:

Allohim, ming yilki

                               sörayman qaqşab,

Dunyo qaridimi, yo men qaridim?!

Bunday Faridada tez-tez qaytalab turguvçi holatlarni men “hol hayajonlari” deb atayman. Faridaning bari yozganlari hammasi bular – “hol hayajonlari”dir. Bu Farida faqat öz yuragi bilan maşğul degan yana bir xulosaga olib boradi. Töğrisiyam, şoir axir yana boşqa nima bilan maşğul bölsin?! Gap şu yerga kelgan ekan, endi qahramonning sirti va siyrati haqida gapiriş navbati kelganligini sezaman. Uning sirti siyratiga aslo öxşamaydi. Sirti siyratidan darak bermaydi. Balki u el közida boş­­qa va şoir könglida tamomila boşqadir. Sirti sokin, tölğin daryo, siyratida momaqaldiroq, bazmi nima bilan tugaşi nomaʼlum, xavotirga soladigan nohamvor osmondir balki. Surat va siyrat haqida garçi ança-munça gaplar yozilgandek körinsa-da, ular inson ruhiy hayotidan juda uzoq uzuq va yuluq parça-parça gaplardir. Zero, boyagi şeʼrdagi “qaqşamoq” suratda  kuzatilyapti, u qahramonning iç hayajonlariga ham organik köçib ötyapti: “dunyo  qaridimi, yo men qaridim?!” Bu öta ekspressiv  gap. Boya belgilab ötganimiz çin “hayajonli hol”. Faridaning şeʼrlarida ularning badiiy saviyasi qandayligidan qati nazar, “sovuq” satr uçramaydi. Unga kerak sözni boşqalar aytmasa, yoki aytmagan bölsa, heçqisi yöq, bu sözni uning özi aytadi. Unda bunga matonat va iqtidor yetadi. Va olamni töldirgan safsatalar ustidan çaqmoq soçib ötadi. Ammo çaqmoq yolqinlarini siyratda tutib turiş naqadar qiyin! Biroq Höqandi latifning Xonxöja qişloğida tuğilgan, şeʼrlarida eslov köp bölgan (ota-ona, tuğişganlar, qavmi qardoşlar, yoru birodarlar) köp ayriliq yozğirişlaridan yozadigan, nadomat va armon töfonlarini köp kötaradigan qizpoş­­şa ularni öz rasamadi bilan “mutmayin” tasvirlaş yöli va ep-tadorigini topadi. Biz surat va siyratu “hol hayajonlari”dan boyatdan beri söz oçib turibmiz.  Farida şeʼrlarida ular qaysi yoş pallasida yozilganini ajratib oliş qiyin, baʼzan faqat qirq yoşini eslaydi. Şoira oltmiş sakkiz yoşga çiqqanida xuddi ön sakkiz yoşga kirganday şeʼrini havolantirolmasa kerak deb öylayman. Psixologik tomondan olganda ham bunga na siyrat va surat yöl qöyadi. Ammo barça sir, barça toza tamiz, barça şaffoflik Navoiy aytib ötganiday, bolalik ğaroyibotlaridadir. Odamning ön ikki-ön tört yoşiga gözallik va daholikda heç narsa teng emas. Qolgani bari yolğon va rang-barang töqimalar! Rangparronlik!

Faridaning tört jild asarlarini öqib mana endi menga ham “yuqdi”, men ham “hol hayajonlari” bilan fikrlay boşladim. Yoşim taqozosiga köra men özimni bosiqlik va vazminlikka çaqiraman. Ammo azal ziddiyatni qarangkim, vazminlikni şeʼr kötarmaydi. Har qança uringani bilan adabiyot bosiqlikni kötarmaydi va hazm qilolmaydi. Unga doim ehtiroslar böronlari kerak. U böronlarda yaşagani maʼqul. Bunda aqlli amakimning peşvo ögitlari heç narsaga yaramaydi. Yonib yoz! – tamom vassalom! Va yana eng muhimi, qiziq qilib yoz!

HAYOT TAʼLIMI VA ŞOIR TOMIRNING URIŞI

Bu bobni boşlay turib xayolimga Faridani öqiş taʼsirida bölsa kerak, bir misra şeʼr keldi: Oqar suvning böyida suvga zor ösgan çeçagim. Şu, xolos, men xuddi şu sözlardan iborat misrani taqriban yigirmadan ortiq variantda ifodalaş mumkinligini öylab ötirdim. Faridaning şeʼrlarida usul borligini öyladim. Balki uning şeʼrlarining ritmlarida doira usullaridan (ufor, saqil va hokazo, juda köp) allanarsa ohanglar mujassamini topayotganga öxşaydi. Özbek ayollarining bayramu marosimlarda kiçkina doira çalib qöşiqlar, ölanlar, termalar kuylaşlari köz öngimga keladi. Men ularni tinglasam, yuragim toşib ketadi, közlarimdan duvillab yoş kela boşlaydi. Faridaning şeʼr ohanglarini ularga öxşataman. Urğulari, zarblari juda qoyilmaqom. Şu bilan birga u yozgan “birlik”, “uçlik”larning barçasining ortida jonli hayot navolari yangrayotganday tuyuladi. Hissiyotlar orqasida şu hissiyotlarni voqealarga aylantirgan behad rang-barang hayot bor. Hayajonli taʼsirlanişlar köp zamonlar, ovonlarni qamrab oladi. Alişer Navoiyning qomusiy luğatida keltirilişiça, Aziziddin Nasafiy  “Komil inson kitobi” asarida  işq, firoq haqida şunday gaplarni yozgan ekan: “Işq bir ötdirki, oşiq vujudiga tuşar; bu ötning makoni köngildir. Köngilga bu öt nazar yölidan kelar va köngilda vatan tutar… Bu ötning şuʼlasi barça aʼzolarga yetib, tadrijiy ravişda oşiqning içini kuydirib, pokiza va sof etadi.

KÖP NUQTALAR ORQASIDA…

Vaqtlar ötaveribdi, zamonlar özgaraveribdi, avlodlar almaşaveribdi, bir nasl ketidan boşqa rejali nasllar kelibdi. Közlari nurli, qalamqoş qizça – köhlik, tiyrak, aqli, farosati yetuk va pişiq Faridaga aylanibdi. Tarannumi şirin bir bulbul ne zamonlardan buyon adabiyotning mangu boğu böstonlarida xuşilhon qöşiqlar kuylar ekanu, biz ğofillar bexabarday yurar ekanmiz, yopiray-yey! Ölçovsiz hissiyotlar, taassurotlar oğuşida qoldim Faridaning asarlarini öqigaç. Boşdan oxir tizginsizlik. Erkin havolar, erkin naqllar, erkin navolar! Bu yaxşimi, yomonmi, ijodiy erkinlik. Şeʼrlari erkin yozilganday, nasri ham tamomila erkin, xohlagan joyidan odam va olam qoşiga borib hikoyalarini boşlab ketaveradi. U insonlar taqdirlari haqida juda erkin hikoya qiladi. Zamonlar, rang-barang taqdirlar köz öngingizda namoyon böladi. Maşhur tabobat olimi Mirzakarim Norbekovning şajarasini izlaydi. Nega u öz vatanida emas, özga yurtlarda şuhrat top­ganligining hayotiy sirlarini qadam-baqadam kuzatadi. Izlanişlarida juda ajoyib odamlar – ularning favqulodda taqdirlariga duç keladi.

Bu öta qorişiq voqealar sizni ham banogoh “junun vodiylariga”, maʼyus, kimsasiz mozorotlarga ergaştirib ketayotganday böladi. Farida qahramonlarini juda sevib va favqulodda juda qiziqarli qilib tasvirlaydi. U taqdir egalarining özlarini söylatadi. Ular siymosida tarix, zamonlar tilga kirganday böladi. Zamona sarmast, beşafqat galdirlik zamonasi, telba, rahmsiz zamona. Hammasi azobgirlar tomonidan hikoya qilinayotgan vahm voqealar, faryod. Nolalar va hammasini yozib olib birma-bir erkin tasviri va bayonini topib-topib yozayotgan Farida… Goh Mirzakarim, goh Soğuniy, goh uning nabirasi Bahmanyor tilga kiradi… Faryod, faryod! Farida! Men bularni öqirkanman, özimni tobora qölida singan sopol bilan xarobot içra kirib ketayotgan oşuftahol Navoiyni, uning behad mahzun sözlari va holatlarini tuşunib yetganday böldim. Oşuftahollik xayli meni tamomila qurşab oldi va bir oy davomida öz domidan çiqarmadi. Bu ekzaltatsiyalar, tub syurrealistik bayonlar oldida özimni oğir saqlab fikr yuritay desam, bu qölimdan kelmadi. Faridaning bayon oqimi meni öziga ergaştirib ketdi. Buning ustiga Faridaning bir jild jahon, Şarq adabiyotlaridan qilgan badiiy tarjimalari boşqa original tomlarning ekzaltatsiyalari va tamomila syurrealistik oqimlariga  oq daryo, kök daryolar qöşilganday qöşilib ketdi. Axmatovadan, Svetayeva, Doğlarjadan, Suhrob Sipehriydan ajib tarjimalar. U Suhrob Sipehriyni qay yurak bilan tarjima qilib çiqarganidan lol qoldim. Eron modern adabiyotlarining ohanrabo ovozlarini eşitganday taʼsirlandim. Bir kuni şoir Mirpölat Mirzayev Boris Pasternakdan tarjimalar qilib Erkin Vohidov bilan menga körsatdi. Söng fikrimni söradi. Men: ellik foiz dedim. U tuşunmay menga talmovsirab qarab turdi. Men: ellik foiz asliyatga yaqinlaşibsiz, ellik foiz undan butunlay uzoqlaşib ketibsiz, dedim.  Mirpölat işlayman, dedi. Lekin keyin işlagandan söng ham kördim. Hamon ellik foiz Pasternakdan uzoq edi. Faridaning tarjimalari xuddi uning öz original şeʼrlariga har tomonlama öxşaydi. Ayniqsa, Axmatova va Svetayevadan tarjimalar öşa ellik foiz öxşaşlik va ellik foiz öxşamaslik muammosi közga taşlanib turadi. Misollar keltirsam böladi. Lekin bu yerda joy tanqis. Farida tarjimalari bilan birga şeʼrlarning asl nusxalarini berib juda yaxşi qilgan. Qiyoslaş imkoni bor. Ammo Suhrobning asl nusxalari keltirilmagan, men juda tarjima bilan Suhrobning asliyatini soliştirişni xohlagan edim. Ammo bu “irfoniy” deb atalayotgan şoir asarlarini aslini körmasdan tuşuniş oğir, hatto mumkin bölmagan bir hol kabi körinadi. Şu qadar jumboq. Qaytaga bizning modern şoirlarimiz tuşunarliroq. Ammo tarjimalarni öqib dam suyundim, dam kuyundim va ilojsiz holda qoldim. Andak tahlillarimni şu yerda noiloj tugatsam bölar deb öyladim. Qozoq şoiri Omonjölning şeʼrida aytilmoqçi, oxir-oqibat “bilib-bilib gapirgan hurmatida turadi”. “Odatda, şoirdan hissiyot, samimiyat talab etiladi, şeʼrdan zavq, bilim kutiladi”, deb yozgan ekan maşhur olimamiz Muzayyana Alaviya. Bularning bari Farida Afröz jildlarida töla namoyondir. Men juda qiziqib öqidim va ketgan vaqtga açinmadim. Bir qiyomatlik döstim uluğ yoşning öziga xos sarhisoblarini töla anglolmay yurgan paytimda mening oşufta holimni körib, menga Farida Afröz jildlarini öqişni tavsiya qildi. Bular boyaroq aytganimday, juda qiziq kitoblar ekan. Xuşhol böldim. Farida Bötayeva nimani yozmasin, qanday mavzuni kötarmasin, erkin va qiziq qilib yozadi. Uyqusiragan odamning közi yalt etib oçilib ketadi, zerikib qolgan odamning şavqlari qayta uyğonadi, huşyor tortadi. Töğrisiyam, qiziq qilib yozmasa, adabiyotning maʼnosi qoladimi? Muallif öquvçisini öziga hayot yöllarida hamroz eta olsa, asl muddaosiga yetadi, mehr qozonadi. Zerikarli yozilgan kitoblarning yöl örtasida yotgan ­toşdan aslo farqi yöq. Hammani qoqiltiradi. Çalğitadi. Isrof­garçiliklarni aytmaysizmi? Zerikarli kitoblar vaqtni öğirlaydi. Hozir çalğitayotgan kitoblar köp, juda köp. Farida bir tomondan xöb qiziq qilib yozsa va öquvçi eʼtiborini doimiy uşlab tursa, ikkinçi tomondan, ayniqsa, muallif obrazi köz öngimizda yorqin qiyo­fasi, yetuk inson, odamiyligi, axloq-­odobi teranligi bilan ayriça maqomga kötariladi. Uning sözlarini eşitgan sari yana eşitgingiz keladi. Yopiray-yey! Xayrli va qutluğ bölsin!

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Qahramoni.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan