Munçoqdek kitob zavqi
Şaxsiyat va şeʼr
Har kişiga Yaratgan bir tabiat bergan. Kimdir hazilga moyilroq, boşqa birov — öta jiddiy. Baʼzi kimsalarga sözlarning maʼnosi köproq qiziq, boşqalarga — şakliy jihati ham.
Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidni ilk bor körgan kişi “öta jiddiy rahbar ekan” deb öylaşi mumkin. Unça-munçaga kulavermasligi bu fikrni yana ham quvvatlaydi. Holbuki, zohirda har qança jiddiy körinmasin, uning feʼlida hazilga moyillik ham kuçli, u sözlarning şakliga ham befarq emas.

Yaqinda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Boburnoma”ning italyan tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi. Unda şu kitobni çiqargan jahonga maşhur naşriyot uyining direktori Sandro Tetti ham iştirok etdi. Soçlari böliq, tikka-tikka; juda östirib yurar ekan. Sirojiddin Sayyid ham sözga çiqib, oxirida: “Ammo-lekin mehmonimizning soçlariga havasim keldi”, dedi. Butun zalda bir ajib kayfiyat paydo böldi. Çunki, şoirimizning soçlari tökilgan-da. Tabiatida hazilga moyillik bor odam özini ham ayamas ekan-da…
Ana şu ikki xususiyat, yaʼni hazilga moyillik va sözlarning şakliy jihatlari, ohangdoşligiga kuçli qiziqiş, ulardan mahorat bilan foydalaniş bu şoir ijodida ham tez-tez namoyon bölib turadi. Biroq, uning “Sözmunçoq” nomli kitobçasi tamoman şunday hazilomuz va lisoniy gözalliklar asosiga qurilgan şeʼrlardan taşkil topgan, desam, işonavering.
“Kiçkina” demang bizni
Munçoqdekkina “Sözmunçoq” kitobçasini qayta-qayta öqidim. Lekin koptokni taʼriflaşdan köra munçoqni taʼriflaş qiyinroq ekanini endi bildim.
Kitobçada birorta katta şeʼr yöq. Eng katta şeʼr — “Köngil”. U 19 qator. Ammo, uning birinçi qatori 1, ikkinçi qatori 3, qolgan satrlari 2 sözdangina iborat. Jami 39 tagina söz, xolos. Bitta 12, bitta 11, bitta 8, ikkita 6 misrali, öttiz uçta 2 misrali şeʼr ham bor. Qolgan bari törtlik. Ular jami 64 ta.
Axir köp asrlik mumtoz şeʼriyatimizda fard yoki ruboiy kabi kiçik şeʼrlar ham bor-ku.
“Kostyumingiz” demay, köylagingiz çöntagiga ham siğib ketaveradigan bu jajji kitobçadan jami 114 şeʼr örin olgan. “Muallifdan” deb bitilgan sözboşi ham hajman şu şeʼrçalarga mos ixçamgina. Unda şoir bu bitiklarining yaraliş tarixini kitobxondan sir tutmaydi.
Söz yasaş iştiyoqi
Tilni xalq yaratgan. Qalam ahli yangi-yangi sözlar qöllayveradi. Xalq tarafidan qabul bölganlari yaşab qoladi ham.
“YouTube”da söz yasalişi (lotinça “derivatsiya”) böyiça yirik mutaxassis bölgan bir rus professorining çiqişini körib qoldim. “Har qanday tilda söz yasalişining tappa-tayyor qoliplari böladi. Şunga asoslanib, yangi-yangi sözlar yasayveriş kerak. Til şu tariqa boyib boradi”, dedi u.
“Sözmunçoq” muallifi bu töplamga kirgan aksar şeʼrlarida şu yölni mahkam tutgan. Köplab yangi sözlar ixtiro qilgan. Mayli-da. Bu ham bir ijodkorlik emasmi? Şoir könglida hamma vaqt söz yasaş iştiyoqi jöş urib turişi lozim.
Ehhe, Navoiy bobomiz qança yangi söz yasadi ekan? Buni qaysidir bir fidoyi tadqiqotçi uning ijodini özidan oldingi adabiy manbalarga qiyosan maxsus örganib, aniqlab berişi zarur.
Gap faqat “sözmunçoq” kalimasi ustida ketmayotganini payqagan bölsangiz kerak. Töplamdagi şeʼrlarda uçraydigan “zarlagaç” (B. 21), “tuşxabar” (B. 36) kabi sözlar ham şunday yasalgan.
Tilimizda “gazeta” degan söz bor, lekin “gaz-gaz eta” qöşma sözi şoirning ixtirosi:
Butun dunyo kundalikdir,
Voqealar — gazeta.
Biz gazeta çiqargaymiz —
Dunyoni gaz-gaz eta (“Gazetaçilik”. B. 50).
Bir qaraşda yengilgina, hazilnamo şeʼrga öxşaydi. Ammo, bu yerda zimdan gazetalarda hayotning aççiq-aççiq haqiqatlari, turmuşning yeçimini kutayotgan dolzarb muammolari kötarilişi zarurligi taʼkidlanmayaptimi?
Ilgirlik
“Muallifdan” deb berilgan, şeʼrlarning özidek ixçam sözboşida: “Turli vaqtda, turli holat va kayfiyatda köngilga kelgan-u, şu alfozda baʼzilari badiha tarzida qoralab qöyilgan, ayrimlari yoddan ham çiqib ketgan, har xil daftar va daftarçalar, qoğoz va qoğoz bölaklari aro parişon kunlarim va tunlarim misol soçilib yotgan bu sözmunçoqlarni bir joyga jamlab-çamalab qarasam, dardçil va ğaroyib manzara hosil böldi” (B. 5).
Ana şu dardçillik öqiganlarga yuqadi.
Sözboşining yana bir nozik joyi bor. “…Turkumdagi köp hikmatnamo gaplar va maqollarni volidam aytganlar. Xudoyim umrlarini uzaytirsin”, — deydi şoir (B. 7-8). Beixtiyor Özbekiston xalq yozuvçisi Neʼmat Aminovning otalaridan qolgan naqllar asosida yaratgan “Bir asr hikoyati” degan ajoyib kitoblari yodga tuşadi.
Lekin şoir-yozuvçilarning “otamning gapi” yoki “onamning gapi” deganiga köp ham işonavermang. Çunki, ehtimol, öşa ota yoki onaning gapi hali xomaşyo, yaʼni adabiy materialdir, xolos. Siz öqigan asarda esa otasi yoki onasi yonida mohir qalam sohibi bölgan öğil turibdi-da. Axir otasi yo onasidan dono gaplar eşitib ulğaygan odam kammi bu olamda? Ammo, ularni ilğab, qoğozga tuşirib, ommaga aytiş uçun bilgirlikning özi kamlik qiladi, ilgir ham böliş kerak.
Tajnisiylik
Agar kimdir: “Bu şeʼrçalarda qaysi badiiy sanʼat eng köp qöllangan?” deb sörasa, heç ikkilanmasdan: “Tajnis”, deb aytişga töğri keladi. Çunki, tajnisiylik töplamning boşidan-oxirigaça sizga “şerikçilik” qiladi.
Mana, qarang, “Adabiyot” törtligidagi “abadiy yod” va “adabiyot” sözlari örtasidagi ohangdoşlik şoirga bir muhim hayotiy haqiqatni aytiş imkonini bergan:
Inson bu dunyoda abadiy yoddir,
Goho oboddir-u, goho barboddir.
Goho xasdan ham past, goh toğday baland,
Şularning barçasi Adabiyotdir (B. 9).
Şeʼrlar orasida “qayd qil, qayd, adir” — “qaydadir” (B. 13), “ştab aylab” — “şitob aylab” (B. 14), “tandir” — “tan — tandir” (B. 20), “buldirçin” — “buldir çin” (B. 52) kabi tajnislar bisyor.
Tuyuq ruhi
Navoiy bor-yöği 13 tagina tuyuq bitgan. Ular “Xazoyin ul-maoniy”ning “Badoyeʼ ul-vasat” devoniga kiritilgan. Tuyuq, bilasiz, şakldoş sözlarni qofiyaga oliş orqali bitiladi. Bu janr namunasini yaratiş uçun tildagi mavjud şakldoş sözlar — omonimlarga suyanişning özi kamlik qiladi. Sunʼiy ravişda bölsa ham, bir neça söz iştirokida bölsa ham, tajnis hosil qiliş şart. Masalan, uluğ bobomiz “yo labdurur”ga “yolabdurur”ni, “yoqilur”ga “yo qilur”ni, “gulgunasiz”ga “gulguna siz”ni, “bu tun”ga “butun”ni, “öt çaqilğusi”ga “ötça qilğusi”ni qofiya qilganlar.
Şuni ham eslatib ötaylikki, tuyuq faqat turkiy şeʼriyatda mavjud janr. Çunki, turkiy tilning tajnis yaratiş imkoniyati juda keng. Zabonimizning ayni şu jihati Sirojiddin Sayyidga ayriça ilhom bağişlagan.
Şoir anʼanaviy tuyuq yozmagan. Çunki, bu janrning muhim talablaridan biri — uning faqat ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur), yaʼni “foilotun foilotun foilun” (yoki foilon) vaznida bitilişi şartligi. Lekin bu töplamdagi asarlarning aksari tuyuqnamo şeʼrlar.
Garçi janrning mumtoz şeʼriyatimizdagi vazniy talabiga javob bermasa ham, kitobçaga tuyuqni yodga soladigan bir neçta tajnisiy törtlik kiritilgan:
Bolalik çoğlarga qaytgil, qayt, adir,
U moviy damlarni qayd qil, qayd, adir.
Qaytmas onlarimga meni qaytargil,
Bolalik qaydadir, yoşlik qaydadir? (“Soğinç”, B. 13).
Qator mijgonlaring xatida surma,
Mana, surma senga, közingga sur, ma.
Közu qoşlaringga yondoş yaşayin,
Meni mijgonlaring qatidan surma (“Surma”, B. 21).
Avval yazuv, keyin yozuv, yaziqdir,
Yaziq bölib olam kezgaç — yazikdir.
“Yazik” desa, ular tilin körsatur,
Bizda esa manglaydagi yoziqdir (“Til va yozuv”, B. 22).
Bor joming olib, Jomboyga bor,
bor, Jomiga borgil,
Jomboy bila Jom nomida bir jom bor,
bor, Jomiga borgil.
Jomboy bila Jom jomlari ham
jomi dilingni
Töldirmasa, bor joming olib bor,
“Borjomi”ga borgil (“Jom” va “Borjom”, B. 27).
Har satringga dil ötidan ol mayoq,
Ul mayoqni Vaqt sendan olmayoq (“Yoş şoirga”, B. 28).
Ohu közlar yiğilsalar —
ohuzor bölgay,
Oşiqlarning yuragida
ohu zor bölgay (B. 43).
Köngil köngilga muştariy,
obunadir,
Bu qandayin obunadir,
o, bu nadir? (“Mavsum”, B. 48).
Kitobçadan bunday misollarni köplab keltiriş mumkin.
Tardi aks
Musulmon Şarqi mumtoz adabiyotşunosligida “tardi aks” degan badiiy sanʼat bor. Bunda kamida ikki örinda sözlar yo ifodalarning joyini özaro almaştirib işlatiş orqali badiiy gözallik barpo qilinadi. Şu tariqa öquvçiga tabʼiy (estetik) zavq ulaşiladi.
Hozirgi özbek şeʼriyatida bu badiiy vositaga unçalar eʼtibor berilmay qöygan. Bölsa ham, juda kam işlatiladi. Lekin tahlil etilayotgan töplamda mazkur sanʼatning gözal namunalarini uçratamiz:
Davru zamon yuraklarga
Öz naqşini solgaydir —
Biz tarixda qolmasak ham,
Tarix bizda qolgaydir (“Davr”, B. 32).
Bu yerda “biz” va “tarix” sözlarining örin almaşişi tardi aksni yuzaga çiqargan.
Qoşi yosi yodga kelsa,
Osiyosi esga tuşar.
Osiyosi yodga kelsa,
Qoşi yosi esga tuşar (“Osiyobonu”, B. 50).
Bu yerda “qoşi yosi” bilan “Osiyosi” özaro joy almaştirilgan holda işlatilgan.
Inson faqat bir bor tuşar nazarga,
Tuşsa, faqat bir bor nazardan tuşar (“Inson”, B. 17).
Törtlikning bu sönggi ikki satridagi “tuşar nazarga” bilan “nazardan tuşar” sözlariga qurilgan tardi aks dono bir hikmatni bayon etişga xizmat qilgan.
Şeʼr öquvçiga maʼno-mazmunni tabʼiy (estetik) zavq bağişlaydigan darajada yetkazişi zarur. Badiiy sanʼatlar şunga xizmat qiladi.
Özmunçoq
Mitti sözboşisi oxirida şoir kamtarlik bilan: “Xullas, közmunçoqlarim sözmunçoqqa aylandi. Maqtangulik joyim yöq. Bularni men “şeʼr” deb aytolmayman. Lekin, yillarki, jismu jonimda qadalib, madda boylab yotgan, kipriklarni xuddi tikonlarday, zirapçalar misol yurak-yuraklarimdan zirqiratib suğurib olganlarim, har qalay, rost bölsa kerak”, deb yozadi (B. 8).
Agar “rost bölsa”, demak, bu jajji şeʼrlar közmunçoq ham, sözmunçoq ham emas — ÖZMUNÇOQ!
“Izlaniş” şeʼrida bunga işora ham bordek:
Qidir doim. Izlayvergin.
Harakat qil. Axtaraver.
Bu dunyoda, heç bölmasa,
Öz sözingni topgaysan.
Öz qalbingni keça-kunduz
Qatlam-qatlam ağdaraver.
Qatlam-qatlam qalb qaʼridan
Sen özingni topgaysan (B. 45).
Şunday!
Bu jajji şeʼrlarda şoirning özi — şaxsiyati börtib turibdi.
Sultonmurod OLIM,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
