Suvning suvrati
yoki “Özbekgidroenergo” AJ faoliyatidan kiçik lavha
Sariosiyo toğlari orasida joylaşgan “Töpolang” gidroelektrostansiyasi hududi mitti şahar körinişiga ega ekan. Biz, poytaxtdan kelgan bir guruh jurnalistlar zamonaviy tipda qurilgan “Anjumanlar uyi”ga yiğilişib ötiribmiz. Kamina “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi Abduğani Sanginov ikki-uç yordamçisi hamrohligida uzun stollar atrofida örnaşsa kerak, deya xayol qilardim. Köz öngimda galstuk taqqan şamoyili gavdalandi. Yöq, unday bölmadi. Oddiygina iş kiyimida A.Sanginovning bir özi keldi. “Kursi opkenglar, jurnalistlarga yaqinroq ötiray, jurnalistlar — hayot közgusi”, — deya mutoyiba ham qildi.
— Yöl-yölakay körgan bölsalaring kerak, toşlarni teşib, köçatlar ekkanmiz, — dedi u suhbat orasida. — Kelajak avlodlar bularni körib ruhlansinlar, bizdan köra yaxşiroq işlasinlar!
Darhaqiqat, toğu toş içkarisidan “möralayotgan” zumrad yaproqlar şodasini tomoşa aylab zavqlanganimiz rost.
Töpolang daryosi, GESi, suv ombori töğrisida köp va xöb eşitgan edim. Ammo eşitgan boşqa, körgan boşqa.
… Yangiliksevar jurnalistlar bilan “içini töldirgan” mikroavtobus burama yöldan tepalikka kötarila boşladi; sal yuradi — yana buriladi… Yöl yuzasiga qaramasangiz, samolyotda uçayotgan kabi bölar ekansiz. Arçalari, mevalari asnosida közlarni quvontirayotgan stansiya boği pastlarda qolib ketdi; çöqqilar sari qarasak, u joylarda ham dov-daraxtlar…
Manzilga “qöndik”. Çamasi, ikki yuz metrlar kötarildigov öziyam. Oçiq çehrali bir kişi: “Töpolang suv ombori” rahbari Hamroyev Saidvaqqosman”, dedi. Tepalikda yoqimli şabada esa boşladi.
Romantikaning xuddi özi! Yuksaklikda jimirlayotgan suv… Moviy zaxira. Olisdan şişadek tiniq tortib körinadi. Xuddi mohir rassom çizgan diltortar kartina yangliğ.
— Suv omborining uzunligi 996 metr, eni 410 metr. Bu inşootning qurilişiga 1969 yildagi sel sababçi bölgan. Selni bilasiz… Asov. Bir jabha olsa, heç kimning kuçi yetmaydi. Qançadan- qança xuşmanzara qişloqlarni vayron qilgan şu sel. Xöş, nima qilmoq kerak edi? Körib turibsiz çora topilganini. Yuqoridan sira pastga tuşgisi kelmayotgandek. Şirin baliqlariyam bor — şirmoyi va gulmoyi. Marinka baliqlar-da!
Töğri, baliq deyilganda goho oğizdan suv oqadi. Ammo-lekin köpçiligimiz romantika asnosida suvning suvratini körayotganimizni tusmollaş mumkin edi.
* * *
Rasmiy manbalarda qayd etilişiça, 1940 yillarda serquyoş Özbekistonimiz aholisi olti million atrofida bölgan. Suğoriladigan ekin-tikin maydoni ikki yarim million gektarni taşkil etgan. Binobarin, aholi jon boşiga 0,40 gektar töğri kelgani oydinlaşadi. Bugun-çi? Bugun yurtimiz aholisi öttiz olti millionga yaqinlaşmoqda. Ularning rizqi-rözi dalalarga soçilgani ayon. Dalalar esa suv söraydi. Suv tanqisligi voqelikka köçsa, dala-tuz toşdek qotadi. Oqibatda el-ulus boşqa mintaqalarga köçişga majbur böladi.
Ayni davrda Surxondaryo çegarasida yerlari boşlanadigan Afğonistonning aholisi bizdan sal köproq. Neça yillardan beri uruş-janjaldan boşi çiqmayotgan afğon xalqi endi sokinlaşdi. Qöştepa kanalini qazib, özlarining hududidan oqayotgan Amudaryodan möl-köl suv olib, ekin-tikinlarini jonlantiriş harakatidalar.
Daryo suvi kamayib borsa, eng avvalo, Surxon vohasi jabr tortadi. Ötgan asr boşlarida yuz ming nafarning nari-berisidagi aholi umrguzaronlik qiladigan Surxondaryo el-ulusi hozirda uç million bösağasida.
Vohaning hayot-mamoti Amudaryo bilan çambarças boğliq. Qadimda Jayhun nomi ostida jabha olgan Markaziy Osiyoning eng sersuv daryosi Tojikistondan boşlanib, Afğon yurtidan aylanib keladi. Turkmaniston yerlari ham şu daryoga muştoq.
Texnika tobora rivojlangan hozirgi zamonda nima bölişini tusmollaş amrimahol. Bir mahallar Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri rutbasida “javlon urgan” davlat arbobi Marks Jumaniyozov qalamiga mansub “Esimda qolgan onlar” nomli kitobda mazkur satrlarni öqigandim: “…Ilgarilari Amudaryodan, Tojikistonni hisoblamaganda, Xorazm vohasidan boşqa joylar suv içolmagan. Çunki, u vaqtlarda hozirgidek suv çiqazadigan nasoslar bölmagan. Amudaryo butun voha orqali qadimda Kaspiy dengiziga, keyin esa Orol dengiziga oqqan. Bu asov daryoni jilovlaş qiyin bölgan. Xorazm tuproqlari qumoq bölgani sababli daryo özani tez-tez özgarib turgan” (Marks Jumaniyozov. “Esimda qolgan onlar”. 2008. 11-bet).
Haq gap. Jayhun özanini keskin özgartirgani oqibatida Urganç (Xorazmning avvalgi poytaxti, ayni vaqtda osori-atiqalari Turkmaniston Respublikasining Köhna Urganç viloyatida qad rostlab turibdi) tevaragidagi unumdor yerlar qaqrab, ekin-tikinga yaramay qolgani tarixdan maʼlum. Oqibatda poytaxt Xivaga köçirilgan.
Tasavvur qilib köring. Obrazli zaylda aytsak, qadimda Jayhun yölbars yangliğ tajovuzkor edi, endilikda muşukday yuvvoş tortganki, uni har köyga solmoq mumkin. Çunonçi, ayni davrda Amu suviga Tojikiston ham, Afğonistonu Turkmaniston ham birdek daʼvogar bölmoği mumkin. Ha-da, texnika jadal taraqqiy etayotgan zamonda şundoqqina yoningdan ötayotgan suvni tomoşa aylaş asnosi ila kifoyalaniş loqaydlarning amali. Ustiga-ustak, el-ulus yeyman, içaman deb tursa?!
Xöş, nima qilmoq kerak? Uddaburon ulus iborasi bilan aytganda, paypaslab işning közini topmoq joiz. Yaponiyada yer kam ekan — suvning ustiga taxta örnatib, tuproq soçib şu joyga uruğ qadar emişlar. Şunga qiyosan aytganda, bizda imkoniyatning köp turlari mavjud. Eng çöqqisi — suv omborlarini köpaytirib, zaxirani möl-köl qilişdir. Suv jamğariş oltin yiğişdan ham aʼlo amal.
Şu onda Abduğani Sanginov — suvçilarning piri aytgan gaplari yodga tuşadi. “Xitoydan ibrat olaylik. Şunça sonli aholisini suvga ham, elektr energiyasiga ham zoriqtirmayapti. Xitoyda olti mingdan oşiq yirik elektrostansiyalar mavjudligini bilasizlarmi?”, degan edi u. Xullasi kalom, maşoyixlar aytganidek, qalovini topsang qor yonur.
* * *
“Töpolonçi” (darvoqe, Amuni “Jayhun” deganlar) daryoga doxil inşootlarni körib, tomoşa aylab kelganimizga ham yarim yil bölibdi. Ayni paytda dekabr — sarhisob oyi röparasidamiz. “Özbekgidroenergo” AJ 2023 yil yakunlari böyiça kuni keça katta matbuot anjumanini ötkazdi. Mazkur taşkilot Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi 5044-son Farmoniga asosan taşkil etilgan. Sönggi olti yil içida serquyoş Özbekistonda GESlarning umumiy soni 2017 yildagi 35 tadan 58 taga hamda örnatilgan quvvati 1 856 MVt. dan hozirgi 2 233 MVt.ga yetkazilib, qöşimça ravişda qariyb 400 MVt. quvvatlar voqelikka köçirildi. Uşbu natija MDH davlatlari orasida ham katta körsatkiçlardan biri ekanligi qayd etilgan.
Hozirgi kunda Investitsiya dasturiga muvofiq jami quvvati 749 MVt.ga teng bölgan 13 ta investitsiya loyihasi doirasida quriliş-montaj işlari amalga oşirilmoqda ekan. Hisobotda taʼkidlanişiça, 2023 yilda Toşkent, Andijon, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 190 MVt.ga teng 8 ta GES, şu jumladan, 3 ta yirik GES va 5 ta mikroGES işga tuşirilgan. Toşkent viloyatidagi Ispaysoy mikro GES, Andijonda Zavroq, Xonobod mikro GESlari, Samarqanddagi Şaudar va PK 102 + 00 GES, Surxondaryodagi Töpolang GES va Isfara-1 mikro GES loyihalari şular jumlasiga mansubdir.
Yaqindagina Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida “Isfara mikroGES-1”ning oçiliş marosimi bölib ötgani mamlakat suv inşootlari yilnomasiga zarhal harflar ila yozildi, deyişimiz mumkin. Bularning hammasi suv surati-da axir!
Eski kitoblarda naql etilişiça, suv, avvalo, yulduzlarda yaralib, söng pastga engan. Bu tusmollarda jon bordek. Negaki, suvning “yulduzi” odamlarning “yulduzlari”ga monand kelib turibdi.
Taʼkidlaş joizki, butun mamlakatimiz aholisini toza içimlik suvi bilan, uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlaşdek zalvorli yumuşlarga Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev boş rahnamo, ğamxör, taşabbuskordir. Bunday ezgu amallarni röyobga çiqariş uçun esa respublikamizda “Özbekgidroenergo” AJ va uning tizimlari, aytiş mumkinki, tinim bilmay izlanişda, harakatdalar.
Bahrom RÖZIMUHAMMAD,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
