BIR-BIRIGA INTILGAN XALQLAR
Şu yilning 1-4 avgust kunlari Ozarbayjonda bölib ötgan “Özbekiston madaniyati kunlari” hayajonli lahzalarga boy va haqiqiy maʼnaviy bayramga aylandi
Bolaligimdan Ozarbayjon haqida köp eşitganman. Şu sababdan bölsa kerak, özimda bu yurt madaniyatiga nisbatan ruhiy yaqinlikni his qilaman. Balki bu yana hamişa sevib tomoşa qilgan “Arşin mal alan”, “Axmed qayerda” kabi ozarbayjon kinofilmlarining taʼsiridandir…
Madaniyat vazirligi vakillari Boku şahrida ötişi rejalaştirilgan “Özbekiston madaniyati kunlari”ga taklif qilişganida birdan meni öşa bolalikdan hamroh bölgan taniş hislar çulğadi. Avval ham bu yurtda bölgan esam–da, yana borgim va qardoş Ozarbayjon xalqining buguni bilan yaqindan tanişgim keldi.
Safarga otlanarkanman, taşkilotçilar mustaqillik yillarida ozar elida “Özbekiston madaniyati kunlari” ilk bor bölib ötayotganini va bu tadbirlar sönggi 40 yil içida taşkillanayotgan keng kölamli madaniy voqea ekanini bildirişdi.
Bu maʼlumot hayajonimni yanada oşirdi. Özbek va Ozarbayjon xalqlarining tarixi, madaniyati, adabiyoti, tili, qadriyatlari öxşaş va uyğun ekanligi haqida köp gapirilgan, xöb yozilgan, albatta. Aslida ham şunday – xalqlarimiz asrlar davomida yaqin aloqalar va muştarak hayot tarzi bilan özaro boğlanib kelgan, doim bir-biriga intilib yaşagan.
Şu sababdan mustaqil yurtimizning ötgan 32 yillik davrida Ozarbayjonda “Özbekiston madaniyati kunlari” ötkazilmagani haqidagi gap oçiği, taajjubga soldi. Yanada şuni teranroq angladimki, oxirgi yillarda Özbekiston va Ozarbayjon munosabatlarida yangi sahifalarning oçilgani, eng avvalo, ikki mamlakat rahbarlari siyosiy irodasi va döstona aloqalarining amaliy mahsulidir.
Özbekiston-Ozarbayjon örtasidagi hamkorlikning barqaror rivoji xalqlarimiz örtasidagi özaro tarixiy boğliqlikni, madaniy yaqinlikni yanada mustahkamlamoqda. Yaqinda bölib ötgan Boku şahridagi “Özbekiston madaniyati kunlari” ham şu yöldagi muhim tarixiy voqea böldi, desak xato bölmas.
Töğrisi, delegatsiya tarkibi katta ekanini bilmasdim. Tadbirlarga yurtimizdan 250 dan ortiq vakillar jalb qilinibdi. Ularning katta qismi sanʼatkorlar, sozandalar, raqqosalar, ijodkorlar, aktyorlardan iborat edi. Qöyingki, Özbekiston madaniyati va sanʼatining eng sara vakillari!
Aeroportda ularni körib şunday kayfiyat paydo böldiki, göyoki hamma yölovçi Bokuga uçayotgandek edi.
Çunki kutiş zallari maşhur insonlar bilan liq töla edi…
“Soğinçlarimiz sezildi”
Boku xalqaro aeroportida bizni juda iliq qarşi olişdi. Bizga peşvoz çiqqan ozarbayjonliklarning kayfiyati nihoyatda kötarinki edi. Delegatsiyamiz aʼzolarida şunday kayfiyatni his qildim. Heç kim özini xorijdagidek his qilmayotgandi. Menda göyoki ular köpdan taniş va yaqin bölgan insonlari bilan uçraşayotgandek taassurot uyğotdi.
Şahar tomon yöl olamiz. Boku şahri sezilarli özgaribdi. 2005 va 2017 yillarda ham bu şaharda safarda bölganman. Öşa xotiralarni tiklaşga urinardim. Şuning asnosida taniş va qadrdon şahar qiyofasidagi yangilanişlarni ilğayman. Bokuda yangidan-yangi muhtaşam binolar, saroylar qad rostlabdi, şahar infratuzilmasi yanada zamonaviylaşgan.
Tadbirlar esa Ozarbayjon xalqining tarixiy xotirasiga ehtirom bilan boşlandi. Dastlab, Boku şahridagi Faxriy xiyobon va Şahidlar xiyobonida bölinib, ozar xalqining uluğ farzandlari yodga olindi. Ularning qabriga gullar qöyildi.
Haydar Aliyev nomidagi saroyda Özbekiston davlat simfonik orkestri iştirokida bölib ötgan katta konsert dasturi bilan “Özbekiston madaniyati kunlari” rasman oçildi. Marosimda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Odil Kerimli sözga çiqişdi.
— Özbek va Ozarbayjon xalqlari azaldan bir-birining sanʼatiga, adabiyotiga muxlis bölib, doim bir-birini olqişlab yaşagan, — dedi Ozodbek Nazarbekov. — Bugungi tadbirlarimiz şuni namoyon etmoqdaki, biz bir-birimizni soğinibmiz. Şu lahzalarda soğinçlarimiz yaqqol sezilmoqda. Ikki davlat yetakçilarining döstona munosabatlari mahsuli ölaroq, biz özbekistonlik madaniyat vakillari Bokuga qardoşlarimiz bilan diydorlaşgani keldik.
Madaniyat vazirligi vakillarining qayd etişiça, vazirlik tomonidan yaqin yillarda xorijda bunday katta kölamli tadbirlar taşkil qilinmagan yoki bunday katta delegatsiya bilan borib iştirok etilmagan.
Konsert namoyişi boşlandi. Mamlakatimizning eng sara ijroçilari sahnaga çiqişdi. Özbekiston xalq artistlari Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov, Abduhoşim Ismoilov, Gulsanam Mamazoitova, Özbekistonda xizmat körsagan artist Yulduz Turdiyeva kabi sanʼatimiz yulduzlarining çiqişlari olqişlar bilan kutib olindi. Özbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov ozar elining buyuk farzandi Muslim Magomayevning “Dengiz” (“More”) qöşiğini ijro etganida butun zal örnidan turib birga kuyladi va uzoq vaqtgaça qarsaklar töxtamadi.
Konsert davomida bunday hol köp bora takrorlandi. Ayniqsa, Kamoliddin Örinboyev rahbarligidagi Özbekiston davlat simfonik orkestrining ijrolari dasturga özgaça fayz va kötarinkilik bağişladi.
Saroyda şunday ruh hukmron ediki, hamma bu elda uzoq kutilgandek tuyulardi. Har bir olqişning zamirida ozarbayjon xalqining özbek sanʼatiga bölgan kuçli mehrini va ehtiromini his qildim. Bir ijodkor sifatida bundan faxrlandim.
— Ötgan asrning 80-yillarida Ozarbayjonga kelib sanʼatimizni namoyiş etgan edik, — dedi Özbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva. — Meni hayron qoldirgani, bugun ayrim muxlislar kelib öşa kunlarni yodimga solişdi. Ayrimlari öşa davrda tarqatilgan plastinkalarimizni olib kelişib, dastxat söraşdi. Rosti, buni körib qattiq hayajonga tuşdim. Ozarbayjonliklar — juda sanʼatsevar xalq. Ular, ayniqsa, özbek sanʼatini qattiq sevişadi. Buning yaqqol isbotini bugungi konsertimizni töldirib ötirgan va tinmay olqişlagan insonlar misolida ham körişimiz mumkin.
Konsertdan keyin deyarli hammada şunday hayajonni seziş qiyin emas edi. Çunki heç kimning konsert saroyini tark etgisi kelmasdi. Xalqlarimiz bir-birini çindan soğinibdi!
“Qodiriyning nabirasi qani?”
“Madaniyat kunlari” doirasida qator madaniy-adabiy tadbirlar ham ötkazildi. Jumladan, Ozarbayjon Milliy kutubxonasida “Özbek adabiyoti va sanʼati” burçagi oçildi. Muhtaşam kutubxonaning eng körinarli joyiga özbek adabiyoti namoyandalarining asarlari, sanʼatimiz tarixi va bugunini aks ettiradigan eksponatlar joylaştirildi. Bu özbek madaniyatining xorijdagi tarğiboti yölidagi muhim voqea böldi.
Quvonarlisi, Milliy kutubxonada özbek romançiligining asosçisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Ötkan kunlar” romanining ozarbayjon tilidagi tarjimasi yangi naşrining taqdimoti bölib ötdi. Unda Özbekiston va Ozarbayjon madaniyat vazirlari, şoir-yozuvçilar, adabiyotşunoslar va kitobxonlar iştirok etdi.
—“Ötkan kunlar” romani yozilganidan keyin ilk bor 1928-1929 yillarda Xolid Saidxöjayev tomonidan ozarbayjon tiliga ögirilgan, — dedi hayajon bilan filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim. – Yaʼni, ozarbayjonliklar “Ötkan kunlar”ning dunyo xalqlari orasidagi eng birinçi xorijiy öquvçisi bölgan. Ötgan yillar davomida bu tarjima köp marta naşr qilindi. Bu galgi kitobning dunyo yuzini körişida özbek adabiyotining katta dösti, ozarbayjonlik adabiyotşunos olima Olmos Ulvi Binnatovaning xizmatlari beqiyos. Yangi naşrdan romandan taşqari uluğ yozuvçilar Muxtor Avezov, Jalol Ikromiy, adabiyotşunos Yevgeniy Bertelsning “Ötkan kunlar” haqidagi fikrlari, şuningdek, tarjimon va asar yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqidagi maʼlumotlar örin olgan. Şu maʼnoda kitob adabiyotimiz uçun ham, ozarbayjon öquvçisi uçun ham katta maʼnaviy tuhfadir.
Tadbirlarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasidan vakillarning qatnaşgani har jihatdan samarali böldi. Özbek va ozarbayjon ijodkorlarining muloqoti adabiy aloqalarning rivojiga xizmat qilişi, şubhasiz.
Şoir Akif Azalp Bokuda turib özbek jurnallari va gazetalarini öqib borişini va ijodkorlarning çiqişlarini kuzatib borayotganini aytganida, rosti, hayratga tuşdim. Hatto menga yuzlanib “Sizning ijodingiz bilan ham tanişman. “Şarq yulduzi”da öqiganman”, — dedi. Bunday eʼtibordan xursand bölmay böladimi?!
Ozarbayjon Milliy kutubxonasi yölaklarini kezarkanmiz, bir guruh kitobxonlarning “Qodiriyning nabirasi qani?” deb u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurganining guvohi böldik. Baʼzilari kelib mendan ham söraşdi. Buyuk adibning nabirasi Xondamir Qodiriy bilan uçraşib ozarbayjon öquvçilarining quvonganini körsangiz edi…
Şundan yaqqol amin böliş mumkin ediki, Ozarbayjon xalqi sanʼatsevargina emas, adabiyotsevar ham ekan. Bokuda har yili Abdulla Qodiriyning tavallud kuni qizğin nişonlanişi bunga işonçimizni yanada oşirdi.
Safarimiz davomida bir guruh sanʼatkorlar Ozarbayjon davlat mukofotlari bilan taqdirlangani eʼlon qilindi. Özbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “Ozarbayjon xalq artisti” faxriy unvoni bilan, Özbekiston xalq artisti Abduhoşim Ismoilov va Özbekiston davlat simfonik orkestri boş dirijyori Kamoliddin Örinboyev “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Taqdirlaş marosimida qatnaşib, sanʼatkorlarimizni xalqaro eʼtirof bilan birinçilar qatorida qutladik.
Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatr jamoasi “Ötkan kunlar” spektaklini va Ozarbayjon dramaturgi Majid Şamxalovning asari asosida tayyorlangan “Qaynona” spektaklini namoyiş etdi. Ozarbayjon davlat musiqali teatrining muhtaşam sahnasidagi bu çiqişlar ham muxlislarning olqişlariga sazovor böldi.
Bir söz bilan aytganda, Bokuda ötgan “Özbekiston madaniyati kunlari” hayajonli lahzalarga boy çinakam maʼnaviy bayram böldi. Eng muhimi, şuning vositasida azaldan döst bölib, bir-biriga intilib, bir-birini soğinib yaşab kelayotgan qardoş xalqlarning madaniy yaqinligi yanada mustahkamlandi.
Şubha yöq, bu muhim madaniy voqea ikki davlat rahbarlari Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevlar siyosiy irodasi natijasida yangi bosqiçga çiqib, şiddat bilan rivojlanayotgan Özbekiston va Ozarbayjon munosabatlarida ham yangi sahifalar oçadi.
Şuhrat ORIF,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir.
Toşkent – Boku – Toşkent.
