Aslida, soğinç yoşlari emas edi…
Tarixning köhna sahifalarini varaqlamay turib, bobo-buvilarimiz, ota-onalarimiz, qişloqdoşlarimiz xarakterlaridagi çizgilar ifodasida biz şunday xalq, biz şunday millat ekanligimizni angladim.
Yaʼniki, özi yemay, mehmoniga tökin dasturxon yozadigan, yillab dalada işlab, ipak qurti boqib, kolxozdan yillik pulini olganda töylar qiladigan, uyining gapini taşqariga çiqarmay sabr qiladigan, boş yorilsa römol tagida, qöl sinsa yeng içida, er degan uradi-da, deb oilasini saqlab qoladigan, ajraşişni fojia deb biladigan, qorni oç bölsa-da, qölidagi nonini qöşnisiga ilinadigan, qişloqdoş qizning şaʼnini opa-singlisidek himoya qila oladigan, kim nima desa işonadigan ana şunday sodda xalqmiz, sodda millatmiz.
Yaralmişimizda yaratilgan tuproğimiz şunaqa oq-qora, pok-nopok bölgani bois, yaxşilar bilan bir qatorda yomonlar ham bölişi tabiiy hol-da. Demak, oramizda pixini yorgan muğombirlar, firibgarlar, xalqning hisobidan tekinga yaşab, “boyman”, deb xamirdek şişib yuradiganlar, noçorning noçorligidan foydalanib tegirmonini yuritadiganlar, köpning haqi, bolaning haqidan uyalmaydiganlar, sotqinlar, poraxörlar, vijdonsizlar… qöyingki, özining kimligini unutib… parast bölib ketganlar son mingta, hatto undan ham köp…
Lekin biz özligimizni, özbekligimizni unutmasligimiz ŞART! Ajdodlar oldida ham, avlodlar oldida ham qarzdorligimiz, burçimiz ham şu mezonda ölçanadi. Ijtimoiy tarmoqdagi muloqotlar, munosabatlar, mulohazalar, taklif, baʼzan tavsiyalar yutuqlarimizniyam, kamçilik va nuqsonimiz, oğriq joylarimizniyam körsatib turibdi. Bundan köz yumişning heç imkoni yöq. Taʼlim, huquq, oila, vatan, maʼnaviyat, siyosat, ijtimoiy hayot, iqtisod, qaysi sohada bölmasin, bahslaşişlar, kuçi yetsa-yetmasa izohlar orqali tortişuvlar, hayo, odob çegaralarini buzib ötib, uyatsiz gaplarni bemalol yozayotgan erkaklarimiz, qizlarimiz, hatto yoşlari uluğ ayollarimiz uçrab turgani ham rost! Sahifalarni, postlarni kuzatsangiz, biror mavzu qolmaydi hisob. Hammasidan ötib tuşayotgani — tuppa-tuzuk oliy maʼlumotli kişilarning postlarini öqib turib, ilm olibdi-yu, farosatga kelganida… biroz oqsabdi-da, deymiz…
Xususan, maktab partasida sevişganlar, muallimni kaltaklayotganlar, öz bolasini sotayotganlar, yuz timdalab, soç yulayotganlar, kundoş izlayotgan-u, dollardan köylak kiyib özini köz-köz qilayotganlar ham özimizdan ekanligi oğriqli bölsayam haqiqat…
Ota-onasini qadrlab haj safariga yuborayotgan, keksayib qolgan ustozini yöqlab borayotgan, ehtiyojmand hamqişloğiga saxovat körsatayotgan, el-yurt taşvişiga yelka tutayotgan, topingani yaxşilik, tutingani savob bölgan ezgu amali bilan elning nazariga tuşayotganlar ham özimizdan axir! Faqat bir çimdim farosat, tiniq tafakkur, toza idrok bilan oltin oraliqni topiş özimizga boğliq. Biz Alloh nazari tuşgan, heç bir mubolağasiz jannatmakon yurtning farzandlarimiz. Ming yillar avval ham şunday bölgan, yana neça ming yillar ham şunday bölib qoladigan millat vakillarimiz. Baxtimiz şunda!
Bor bölsin internet! Şu media maydon tufayli xorijda yaşayotgan hamyurtlarimiz hayotini ham kuzataman. Havas qilaman. Xorijni emas, Ona Özbekistondan qöymasin. Ammo xorijda yaşayotgan, u yerda faoliyat olib borayotgan özbeklarning milliy maʼnaviyatimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni asrab-avaylaşlarini, qadrlaşlarini körib havas qilaman. Vatan qadrini anglaganlarini köring. Özbekiston desa, ularning nigohidagi hayajonda jismu joni sadoqat nuriga yöğrilişini his qilaman.
Şu yerda bir voqeani eslayman. Çunki özim ham baʼzan bunday xatolarga yöl qöyaman-da. Beayb parvardigor. Nyu-Yorkda yaşaydigan bir dugonamiz Buxoroda qizlariga “sallabandon” maʼrakasini ötkazadigan böldi (sallabandon — ayollik, onalik saltanati sohibasi bölgan kelinlar uçun ötkaziladigan kiçik marosim). Telefon qildi dugonam. “Albatta, kel, kutaman”, dedi.
15-20 yil AQŞda yaşagan, özgarib ketgan bölsa kerak. Men-çi?! Darrov gözallik saloniga bordim.
— Qizlar, Amerikadan dugonam kelgan. Meni umuman özgartiring. Dugonamning oldida xijolat bölib qolmay, — dedim.
Qizlar şunaqa bezaşdiki, özim özimni körib hayron qoldim. Mana, bölarkan-ku, dedim. Çunki bezaniş, yasan-tusanlarga unça xuşim, hafsalam ham yöqroqman. Bu kamçiligimni tan olaman.
Aytilgan restoranga yetib bordim. Meni kutib olişga quçoq oçib çiqqan dugonamni körib, qotib qoldim. Çunki u bundan 15-20 yil ilgari urfda bölgan yahudiy xonatlas — özbekça tikilgan köylak-lozimda, boşida yaltiroq sim ötgan, yoşligimizda sevib boğlagan römol bilan edi… Xijolat bölganimdanmi, uyalganimdanmi, bilmayman, boşim aylanib ketdi… Hurmat körsatib söz berişganida, şu ahvolimni izohlab: “Vatan, millat soğinçini his qilgan, qadrlagan dugonamga taʼzim qilaman”, dedim-u yiğlab yubordim… Kimdir köz yoşimni “soğinç yoşlari”, dedi. Aslida, unday emas edi…
Mohira ŞAKAROVA.
