Mehribonlik

“Oilaviy hangomalar” turkumidan

Bahrom AKBAROV

Muallif haqida:
Bahrom AKBAROV — 1961 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. Uning bolalargaatalgan “Möʼjizalar olamiga sayo­hat” nomli ilk kitobi 1997 yilda naşr etilgan. “Mitti botir” nomli ertak kitobi rus va nemis tillarida dunyo yuzini körgan. Bolalarga atalgan “Kiçkintoylar kitobi” (1,2,3), “Husnixatim çiroyli”, “Xayolimdagi hikoyalar”, “Ğalati sinov”, “Bibiqjonning jasorati” (özbek va rus tillarida) nomli kitob­lari esa yoş kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangan.
2009 yilda “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari aʼzosi.

 

“AYOLGA IŞONMA, XOTINGA IŞON …”

Gazetada beriladigan “Donolar bisotidan” ruknidagi kiçik hikoyatlarni öqib ötirgandim, xotinim tikayotgan körpaçasini qöydi-da, sörab qoldi:
— Ha, dadasi, nimadan bunçalik kallangizni likillatib, maza qilib ötiribsiz?
— Özim, şunçaki…
— Voy-bö! Namunça endi? Ja şunçalik maxfiy narsa ekanmi, xotiningizga ham aytmasangiz…
Xotin tixirlik qilaverganidan söng aytişga majbur böldim:
— Mana, eşit, bölmasa! Luqmoni Hakim şunday degan ekanlar: “Ayolga işonma va unga siringni aytma”.
— U odam hozir bormi? – söradi xotinim ajablangança menga qarab.
— Yöq. Ölib ketgan… Nimaydi?
— Ölgan bölsa, joyi jannatda bölsin. Özim ham bu gapni hozirgi zamon erkagi aytmaganini biluvdim. Aslida, u töğri aytibdi. Ayolga işonmaslik kerak.
Xotinimning bu gapi meni juda hayron qoldirdi. Çunki u unça-munça gapni töğri demasdi-da!
— Nega gapimga hayron bölib qarayapsiz? Öşa odamingiz ayolga işonma debdi-ku, xotinga demagan-ku! Keça qöşnimiz haqida aytmoqçi bölgan siringizni bemalol aytavering!

ÇIROYLI JAVOB

Keçki oqşom odatim böyiça kitob öqirkanman, qadimgi olimu fuzalolar, mutafakkiru adabiyot ahli qançalar oqil hamda dono bölganiga qoyil qolib, öz-özimga kulib qöyardim.
— Ha, – dedi xotinim holatimni körib, — sizga nima bunça taʼsir qilyapti? Boyadan beri özingizça zavqlanib ötiribsiz?
— Bunaqa sermazmun gaplarni tuşunmaysan, xotin! Şu bois senga gapirganning foydasi yöq!
— Nega endi?! – deya aççiqlandi u. — Faqat siz hamma narsani tuşunasizmi?
— Ha, men! – deya biroz maqtandim. — Mana, işonmasang eşit: “Öğri hayoting va hamyoning örtasidagi tanlovga imkon beradi, xotin esa ikkovini talab qiladi”. Sen bunday çuqur maʼnoli fikrni tuşunarmiding?!
Xotin miq etolmay qolganini körib, ketma-ket hujumga ötdim-da, ğalaba naşidasini surmoqçi böldim:
— Kördingmi?! Senda javob yöq! Indayolmaysan. Töğrimi?!
Xotinim yana biroz sukut saqladi-da, dedi:
— Odamlar çiroyli gaplarini gapiraversinlar, sen çiroyli sukut saqla! deganlar. Xöş, bunga nima deysiz?!
— A?!

YANGI OVQAT

Uyga kirib ulgurmasimdanoq yölakda turgan xotinim töpponçadan otgandek öqini ayamasdan ota boşladi:
— Ha, kelişingiz boşqaça? Oylik oldingizmi, deyman?
— Nimaydi? – dedim uning salom-alik qilmasdan aytgan gaplaridan jahlim çiqib.
— Mundoq rözğorga u-bu narsa kötarib kelmaganingizga yaraşa, rözğorda nima bor, deb söramaysiz ham.
— Rözğorda nima bor? – dedim jörttaga ovozimni baland kötarib.
— Heç vaqo! – dedi u jahl bilan.
— Ana öşani qozonga solib, ovqatingni pişiraver, – dedim böş kelmay.
— Yaxşimi? Yesa böladimi?
— Juda şirin. Maza qilib yeysan!
— Şundaymi?! – dedi u zarda bilan va oşxona tomon yönaldi.
Kiyimlarimni almaştirib oşxonaga kirsam, xotinim heç narsa bölmagandek minğirlab aşula aytayapti.
— Nima ovqat qilding? – dedim hayron bölgança unga qarab. — Qorin oçib ketdi-ku!
— Siz aytgan ovqatni qildim, — deya xirgoyisida davom etdi u. — Yaxşi ovqat ekan, bir zumda pişdi, – dedi-da, oldimga böm-böş kosani qöydi.
— Nima bu? — ajablanib qaradim unga.
— Siz yaxşi körgan, juda şirin ovqat: heç vaqo! – dedi u jilmayib.

ÇAQMAÇAQAR

Işdan kelsam, öğlim xafa bölib ötiribdi. Har doim quvnoq yuradigan nuridiydamning uşbu holati ğalati tuyuldi.
— Nima gap, öğlim? Nega xomuşsan?
Öğlim boşini yerga eggança sukut saqlardi. Yana söradim. Takroriy söroğimdan söng menga qarab turdi-da, söradi:
— Ada, çaqmaçaqarlik yaxşimi? Siz nima deysiz?
Töğrisini aytsam, bunday savolni kutmagandim. Öylanib qoldim:
— Çaqmaçaqarlik yaxşi emas. Ikkita odamni uriştirişdan nima foyda? Bir odam bekorga zulm köradi. Şuning uçun men çaqmaçaqarlarni juda yomon köraman.
Öğlimning çehrasi yorişdi va birdaniga dilidagi gapni aytdi.
— Unda onamga ayting! Çaqmaçaqarlik qilmasinlar. Yaxşi xotin bölib yursinlar.
— Onang nima dedi?
— Hali otang kelsin, qöşnining olmasidan söramasdan olganingni aytaman, – dedilar.
— Ha, onang töğri aytibdi. Nega söramasdan birovning olmasini olding? – dedim öğlimga döq urib.
— Ana, aytganingiz bölyapti, dada, – dedi öğlim biroz yiğlamsirab, – ikkita yaxşi odam bekorga urişayapti… Bittasi zulm köryapti…
— Ha, öğlingiz nima deb şikoyat qilyapti? — dedi şu payt xotinim qölida kapgiri bilan oşxonadan çiqib.
— Heç narsa! Öğling seni maqtayapti, xotin, – dedim jiddiy ohangda. – Onamdaqa ayol dunyoda yöq, deyapti.
Bu gapni eşitgan öğlim yiğidan töxtadi. Yuziga biroz tabassum yugurdi. Çunki çaqmaçaqarlik yaxşi emasligini u yaxşi bilib olgandi…

ÖSMAYDIGAN ER

Yangi taʼmirlangan uyga kiyimlarni taxlab qöyiş uçun uçta tortmali şkaf sotib oldim.
Keçki payt işdan kelsam, xotinim ust-boş­larimni tortmalarga joylayotgan ekan.
— Mana, dadasi, sizning kiyimlaringizni tortmaning eng yuqorisiga taxladim. Qadringiz va qaddingiz hamişa baland bölsin, dedim. Ikkinçi tortmaga özimniki, uçinçi tortmaga öğlingizning kiyimlarini taxladim.
Xotinimning yodlab olgan otaşin sözlari qalbimning nozik torlarini çertib ötdi. Unga bölgan mehrim yana jöşdi.
— Rahmat, onasi! Şunçalik qadrim hamişa baland bölişini öylab tortmaning eng yuqorisiga kiyimlarimni joylaganing uçun taşakkur. Lekin ayt-çi, nima uçun öğlingning kiyimlarini eng pastiga – tortmaning eng katta bölagiga qöyding?
Xotinim şu savolni avvaldan kutgandek, jilmayib qaradi-da, dedi:
— Endi, dadasi, öğlingiz ösadigan bola. Şuning uçun unga katta tortmani ajratdim. Uning kiyimlari köp böladi.
— Men-çi, men ösmaymanmi? – dedim biroz jahlim çiqib.
— Sizmi? Siz ösib bölgansiz. Kiyimlaringiz ham köp bölmaydi, – dedi u topgan javobidan öziça quvonib.

VAZIFA

Keçki payt xotinim moşxörda qilmoqçi bölib, kosaga bir piyola moş soldi. Tabiiyki, moş içida toş bölmasligi uçun tozalaş kerak. Öğlim bilağonlik qilib kosani qöliga oldi-da, moşni közdan keçira boşladi. Jiz-bizni boşlab yuborgan xotinim öğlining qilayotgan işini körib, hayron qoldi.
— Nima qilayapsan, öğlim?
— Köryapsiz-ku, moşda toş bölmasin, deb tozalayapman.
— Voy-voy-voy! Bu nima qilganing?! Bu işni öğil bolalar qilmaydi. Uyat böladi-ya! Ana, adangga ber. U kişi tozalasin, baribir bekor ötiribdi.
— Öğil bola moş tozalamaydi, deb hozir özing aytding-ku! Bu nima degan gap? – dedim errayimlik bilan.
— Töğri! Öğil bola moş tozalab ötirişi uyat. Siz kap-katta kişisiz, sizga mumkin, – dedi xotinim pinagini buzmay.

“SAZANGIZ ÖLMASIN…”

— Adasi, bugun işdan neççilarda qaytasiz? – dedi xotinim yalinçoqroq ohangda telefon qilib.
— Har doimgi vaqtda qaytaman. Nimaydi?
— Öğlingiz bilan özingizga biron yegulik olib kelasizmi, demoqçiydim. Uy işlari bilan ovvora bölib, ovqat qilolmadim.
Öylanib qoldim. Keçki payt oşxonalardan nima ham olaman? Xayolimga kelgan fikrdan quvonib ketdim-da:
— Dökondan mol göştidan tayyorlangan tuşyonka olib qöya qolaman. Maza qilib yeymiz! Nima deysan? – dedim topgan fikrimga maqtov kutib.
— Voy, dadasi, öylab gapiryapsizmi? Aytayotgan narsangiz qaçon tayyorlangan, Xudo biladi. Öğlingizning oşqozoni oğrib qolmasin tağin. “Milliy taom”lar keçki payt ham işlaydi. Yangi tayyorlangan mazali ovqatlari böladi. Öşandan norin ola qoling. Şörvasi esingizdan çiqmasin.
— Tuşyonkaning nimasi yoqmayapti? Yaxşi-ku! – dedim taklifim ötmaganiga eʼtiroz bildirib.
— Mayli, ja tuşyonka yegingiz kelayotgan ekan, özingiz uçun ola qoling. Lekin öğlingizga yangi tayyorlangan ovqat oling, xöpmi?

BERMURD UÇBURÇAGI

Keçki oqşom xotinim va öğlim çoy içib suhbatlaşardi. Qölimda gazeta bilan ularning yoniga borib ötirdim.
— Nima gap? – deya söroqqa tutdi xotinim. — Juda hayajondasiz?
— “Hurriyat”da hikoyalarim çiqibdi. Şunga, — dedim quvonç bilan.
— Ha, öylabmanki, vaʼda qilgan pitssangizni obkebsizmi, deb.
— U ham bölib qolar, xotin. Eng qiziği, bir yozuvçi oğaynim hikoyalarimni öqib, qahramonlar “Bermurd uçburçagi”ni eslatadi, dey­di. Kördingmi, yozgan narsalarimni xalq öqiyapti…
— Öqisa, öqir. Menga nima? E… şoşmang, şoşmang, “Bermurd uçburçagi” nima degani?
— Umi? – deya suhbatga qöşildi öğlim. — Halokatli joy. Köpçilik u yerda çökib öladi.
— Vahima qilaverma, – dedim öğlimga. — Hikoyamda uç kişi — ota, öğil, xotin iştirok etadi. Şunga örtoğim bu gapni majoziy maʼnoda aytdi.
— Ular çökadimi? – dedi xotinim közlarini katta-katta oçib.
Unga qarab kulgim qistadi-da:
— Ha, – dedim. — Kim suzişni bilmasa, çökadi-da.
— Bu gapingiz bilan meni qörqitolmaysiz. Men ötda yonmas, suvda çökmasman, – dedi u ğururlanib.
— Sendaqa maqtançoq suzişni bilmaydiganlar darrov çökadi. Heç kim seni qutqarmaydi, töğrimi, öğlim?! – dedim hazilda davom etib.
Öğlim anqaygança jimgina ötirardi.
Ertalab tursam, xotinim mendan oldin maşinaga çiqib olibdi, qölida katta sumka.
— Ha, yöl bölsin?
— Basseynga. Suzişni örganmasam bölmaydi, şekilli, tağin çökib ketmay.
— Sen ötda yonmas, suvda çökmas eding-ku!
— Ho… Niyatingizni sezib qoldim. Uy-joyim şunday bölganda, uni boşqaga taşlab ketamanmi? Berib böpman! Undan köra suzişni örganganim yaxşi. Qani, haydang maşinani.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan