Barmoq uçidagi ruhlar qözğoloni

yoki döstim, Qoraqalpoğiston xalq şoiri Rustam Musurmonga xat

Baxtiyor GENJAMUROD,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi

Rustam, sizga yozilayotgan xatni tört qator şeʼringiz bilan boşlamoqçiman:

 

Yölovçi suv izlab, buloqni topar,

Zulmatda nur izlab, çiroqni topar.

Kamondan çiqqan öq topar nişonni,

Yurakdan çiqqan söz yurakni topar.

 

Söz qadri bölmagan joyda heç kimning, heç narsaning qadri bölmaydi. U qadrsiz joyda tuğişganning, döstning, ona yurtning qadri yöq. Sözni tuşunib, öqib va uqib qabul qiladigan yuraklar bölmagan yurtda qadrli insonlarni, hatto Vatanni ğanimlarga sotiş boşlanişi mumkin. Yaratgan asrasin!

Ha, sizning şeʼrlaringizda yuragingiz, jigaringiz körinib turadi… Öpkangiz-da (kimlargadir)… Şuning uçun ham mening ölçamim bilan baholaydigan bölsak, har misra va satr­laringizdagi ötli sözlaringiz şeʼriyatni qalbi bilan anglovçi har bir özbek va qoraqalpoqning yurak töridan joy olmoqda, tomir yoymoqda va mevalari möl savlatli daraxtga aylanmoqda.

Burungi yillardagi “Meni tuşunsaydi odamlar” degan şeʼringizda lirik qahramon kitobning monologi orqali poetik sözning qadr-qimmati haqidagi tölğonişlarini:

 

Men kitobman,

                      maşhur nomimni, afsus,

Qarovsiz yillarning çanglari bosgan.

Men piçoqman,

                    keskir damimni nafsiz,

Yaroqsiz qöllarning zanglari bosgan.

Meni tuşunsaydi odamlar —

Titiliii-ib ketsaydim…

Katiliii-ib ketsaydim…

 

Har kun darsxonada gözal toliba

Qoldirmay öqisa varaqlarimni.

Har kun oşxonada gözal sohiba

Bildirmay töğrasa yuraklarini —

Titiliii-ib ketsaydim…

Katiliii-ib ketsaydim…

 

Meni tuşunsaydi odamlar… —

deb tökib taşlagan edi. Har qanday lirik şeʼrdagi dardlar — kuyuniş va suyuniş­lar muallifning umr va taqdir mazmunidan suv içayotganini aytadigan bölsak, bu şeʼrda şoir Rustam Musurmonning poetik konsepsiya­­si öz aksini topgan, desam yanglişmayman. Sababi, bu şeʼringizdagi kitob monologi orqali berilgan lirik qahramonning poetik armonlarida bölajak şoirga katta masʼuliyatlar yuklaş bor edi. Albatta, har qanday poe­ziya töplami kunduz va tunlarda ham söz qadrini biladigan kitobsevarlar tomonidan “katilii-iib ketadigan, titilii-iib ketadigan…” darajada öqiladigan bölsa, şoirga bundan ortiq baxt bormi?!

Hozirgi davrda özining “kitobsevar”larini özi sotib olib, köpçilikka bepul tarqatib yurgan “yozuvçi va şoir”lar ajriqday köpayib ketgan. Sizning bu badiiy asaringiz şunday salbiy jarayonlarga noroziligingiz ifodasi edi. Bunday isteʼdodsizlarga internet tarmoqlari — super inkubator xizmatlarini bajaryapti, endi ularga yöl oçilib qoldi, kitob çiqarib yurmaydi. Internet saytlari antipoetik “koronavirus”larni tarqatguvçi gigant laboratoriyalarga aylanib bormoqda… Qoraqalpoqda: “Böladigan bola beş yoşidan maʼlum”, degan maqol bor. Haydar kokilingizni şamol hilpiratib, Kitob, yaʼni ikkita ob — (yoki suv) orasida barmoğingiz uçida bozbarakni osmonda aylantirib öynagan fariştaday bolalik yillaringizda qalbingizda bir nurli qözğolon uyğongan ekan. Öşa ruhiy uyğoniş ijodingizning dastlabki daqiqalaridayoq öz öquvçilarini “Men Rustam Musurmonman, Men Rustam Musurmonman!” deb qiyqirib çaqirib turgani bilan ajoyib:

Inson yer şarini kötarolmasmiş,

Tayanç nuqtasini topmasmiş…

                                                   Biroq

mening bir qölimda zamin çirpirak,

barmoğim uçida aylanar falak —

Bozbarak, bozbarak, bozbarak…

 

Uşbu şeʼringizdagi lirik qahramon dastlab ğuborsiz, heç kimga qattiq gapirmaydigan norasta boladay taassurot qoldiradi, kelasi satrlarda esa aytganini qilmay qöymaydigan, qaysarlik qonida tölib-toşgan kuraşçan, öjar bola tarzida namoyon böladi:

 

Men esa şamolning ikki betiga

Tortib yuborganman ikki şapaloq —

Bozbarak, bozbarak, bozbarak…

 

Öğlonning öz hukmiga könmayotgan şamolning ikki betiga bir-bir şapaloq urib yuborişi, bir qaraganda, ğalati bölib körinsa-da, bunda teran maʼno — lirik qahramonning baʼzi jamiyat qusurlariga qarşiligi, ularni rad etişi, maʼnaviy jazolaşi tasvirlanganday. Albatta, poeziyaning gözal qoidalariga tayanadigan bölsak, inson qalbidagi nozik keçinmalarni lirik ifodalaş aql bovar qilmas tasvirlar bilan amalga oşadi… Ana, şunday bölganligi uçun lirik qahramon:

 

Mening oyoğimda tolmas qanot bor,

Mening oyoğimga joylangan yurak —

Qamişday böynimga qöngan ninaçi,

Gulday hayotimdan uçgan kapalak —

Bozbarak, bozbarak, bozbarak… —

 

deb olamga jar solişga haqli edi. Şuni aytişim kerakki, bu şeʼrning taʼsir kuçi natijasida mening tasavvurimda “Bu qaşqadaryolik şoir balo-ku!” degan bir çaqmoq yalt etgan edi.

Döstim, yodingizdadir, temir panjali qattol totalitar sovet tuzumi çirigan va har kim öz taqdiri bilan özi ovora bölib yotgan mus­taqillikning dastlabki ön yilligida bir guruh yozuvçi va şoirlar Toşkentdan Nukusga keldi. Ularning orasida Ikrom Otamurod, Şoyim Bötayev va siz ham bor edingiz. Jiydali Boysundagi hali töliq tiklanib bitmagan uyimizda sizlarga kiçkina dasturxon yozdim, mehmonim böldingiz. Uyimizning oldi betartib tözğib yotgan, tomining yarmidan ham ozi xomaki şifer bilan çala-çulpa yopilgan, kiriş eşikning örniga qamiş erganak örnatilgan, ikkita xonaning poli bölgani bilan, şiftlariga faner bilan qoplangan çiylarning orasidan somonlar şalvirab turgan, devorlarda poxol suvoq — abgor holatda edi. Oğir yillar edi. Qalblarning boyligi baridan ustun kelib, öşa kuni keçqurun boşlangan özgaça adabiy muşoira ertalab quyoş uyğongunça avjiga çiqdi. Ustozimiz Tölepbergan Qayipbergenov bu maşvaratga körk bağişladi. Şeʼrlaringizni şunda özingizdan eşitdim. Yozganlaringizni özgaça uslubda, özgaça ovozda, baland musiqali lafzda öqir ekansiz.

 

Uzumzor orasinda

Tun-u kun poylab yotdim.

Yurakni palaxmonga

Toş qilib joylab otdim.

Hoy gala-gala, hoy gala-aaa…

(“Qöriqçi” şeʼringizdan)

 

Sizning “Qöriqçi” şeʼringizni jöşib öqigan paytingizda qoraqalpoq botir erlarida uçraguvçi “…hala-hala”larni eslatguvçi satr­laringiz qadimiy “Öğuzdaryo” (Amudaryo) va Qattiqoqar kanali orasida joylaşgan bizning Jiydali Boysun ovuli osmonida yangrab qanot qoqdi.

 

Bir, ikki… beşoyoqq,

Örmalaydi beşoyoqq,

Törtoyoqqa eşoyoqq,

Beşoyoqda peşoyoqq…

Ha, toy-toy!

Ha, toy-toy!

— Çölpp…

(“Öğil suyiş” şeʼringizdan)

 

Ota bölmoq baxtiga muyassar bölgan yigitning tönğiç öğil farzandi gohi emaklab, gohi endi qadam bosgan kunlarida qalbidagi tölib-toşgan quvoniş hislarini şundoqqina yetkazib bera olgansiz. Bu zurriyotga bölgan mehrning özgaça poetik tasvirlanişi edi.

Poeziyangizning boşqalardan keskin farq qiladigan belgilaridan biri satrlaridagi söz öyini, ayniqsa, ovozlarning, tovuşlarning öyini (raqsi) ekan. Bu ustoz Ikrom Otamurodga bağişlangan “Ruhimning dovuşi” nomli şeʼringizda yaqqol seziladi. Çolğu asboblaridan çiqqan ovozlarni taʼriflaş orqali siz didi nozik kitobsevarlarga öz poeziyangizni uqtirgingiz, qalbingizdagi jon qiyqiriğini tuşuntirgingiz keladi:

 

Toki nafas olmoqda çolğu:

Hayotining şartidir navo.

Kuy barhayot, musiqa mangu,

Men — nay nafas olayotgan havo:

– I-fu-u-uvv…

– I-fu-u-uvv…

– I-fu-u-uvv…

 

Ulkan bir musiqali orkestr Tangridan özga heç kimni tan olmaydigan va ilohiy jazavaga tuşib, közga körinmay öynayotgan darveş uçun soz çertayotganday:

 

– Ih-ha-a-aaa…

– Ih-ha-a-aaa…

– Ih-ha-a-aaa…

 

“Vatanim”, “Ovutiş”, “Bu tun”, “Oy töldi, Oy töldi”, “Umr tasviri”, “Sovçi”, “Kelinçak”, “Gul ekarman jahoo-ona”, “Tölğoq”, “Gul bazmi”, “Yor kelar yölga qarab” şeʼrlaringizda, “Ruh nasibasi” dostoningizda va boşqa lirik asarlaringizda teran maʼnoga ega fonemalar va tovuşlar öyini yetakçilik qiladi. Poeziyadagi ovozni, şeʼr yozişdagi va öqilişidagi mahoratni uluğlaysiz. Qoraqalpoğiston xalq şoiri Xalila Davlatnazarovga bağişlangan şeʼringizda sözdagi tovuşlarning poetik mazmuni körkam tasvirlangan:

 

Şeʼrni öqiş — ibodat,

Yaratganga munojot.

 

Xalillo, Xalillo,

Dovuşdan ojiz imlo,

Tilsiz qalam va qoğoz

Ovoz bölolmas, ovoz.

 

Ha. “Şeʼrni öqiş — ibodat”, şeʼr yoziş munojotday! Qoğozni, qalamni, imloni yaratuvçi bu — ovoz! Barçasining ijodkori Ruh-ku! Xususan, “Ruh nasibasi” dostoningizda bölsa, uşbu yuqoridagi aytilgan uluğ neʼmatlarning kuç-qudratini yonib-kuyib kuylagansiz:

 

Dözaxdan

Jannatga qadar,

Azob-uqubatdan

Rohatga qadar,

Oddiy fuqarodan

Davlatga qadar,

Saodatga,

Baxt-u iqbolga qadar

Kenja botir yangliğ

Alarga qorovul,

Alarga masʼul.

Soddadillar rizqi —

Ruh nasibasi…

 

…“Qozonni osamiz

Osmonga.

Ostiga

Quyoşni qalaymiz.

Könglimni

Tööldirib qozonga,

Qaynatib…

Sumalak yalaymiz…”

 

Söz yuritilayotgan lirik dostoningizda qarama-qarşiliklarga töla tabiat va jamiyatdagi insonlarning örni, musofir tirikçiligi, taqdiri, qalbi, kuyuniş va suyunişlari töla dardlaringiz toğlar zilzilasidan otilgan vulqonday tölib-toşib, özaniga siğmay şarqirab saçrab oqayotganday… Albatta, sizning poeziyangiz uluğ özbek klassik badiiy asarlar çöqqilaridan boşlanadi, lirikangizning tomirlari dunyo xalqlari adabiyoti daryolaridan suv içgan. Köpçilik adabiyotşunoslar şeʼrlaringizda xalq oğzaki ijodi ohanglari ustunligiga diqqat qilişadi. Mening nazarimda, asarlaringizda modernizm çizmalari ham köriniş berib turganday. Ayniqsa, heç kimga öxşamagan rus futurist şoiri Velimir Xlebnikovning kuçli taʼsiri borday…

Gözal asarlaringizga tutday tökilib mehr beriş sizning qoraqalpoq adabiyotini özbek tiliga tarjima qiliş mahoratingizga xos xususiyat bölib kelmoqda. Ne uçun bunday bölayotir? Siz özingiz tuşuntirib bera olasizmi? Yöq, bu vazifangiz emas. Buni özbek adabiyotşunoslari qanday baholaydi, bu ularning kasb vazifasi… Lekin qalamingizga mansub asarlaringizni va tarjimalaringizni öqib va uqib payqaganim öşa: köplar “ana u-mana u” deb sovunning köpigiday “urra-urra”lar yozib yurgan davrlarda boşqaça va töğri yölni tanladingiz.

Ha, özbek poeziyasi rivojlanişiga hissa qöşmoqdasiz.

Rustam döstim! Ha, şunday!

Biroq özbek tuğişganlar meni keçirsin, oğa-ini millat özbek xalqiga qaraganda köproq bizlar uçun — qoraqalpoq xalqi adabiyotining rivoji uçun ter tökdingiz, köz nuringiz köproq quyildi (kimlarning asarlarini tarjima qilganingizni sanab ötirmayman, u uzun röyxat!). Bir jaydari qoraqalpoq bölib, Qoraqalpoğiston tasvirlaridan şeʼrlar yozdingiz. Hattoki:

 

Özbek elim yerinda gard, tuproqman,

Ulli şoirlar içinda urpoqman.

Minjir, saroy, kenagasga aymoqman,

Zotim çuyut, men ham qoraqalpoqman, —

 

deb katildingiz, titildingiz — köksingizni oçib, qovurğalaringiz orasidagi yuragingizni va jigaringizni qoraqalpoqçalab körsatdingiz. Şuning uçun ham qoraqalpoq xalqi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qoraqalpoğis­ton Jöqorği Kengesi, Qoraqalpoğis­ton ijodiy jamoasi Rustam Musurmonga — Sizga Qoraqalpoğiston xalq şoiri degan davlat unvonini berdi.

Bilasiz, Özbekiston xalq şoiri Aleksandr Faynberg ikkovimizga ham ustoz, ham oğa, ham döst edi. Hammasidan ham aʼlosi — uluğ inson edi. Uning örnida Toşkentda bizlar bilan sirlaşguday rusiyzabon ijodkorlardan kim bor endi?! Siz uning özbekçaga özingiz tarjima qilgan şeʼrlarini öqib berganingizda Saşa oğadan-da köproq Inna yangamiz quvonganlari-çi… Oh… Endi u davrlar qaytib kelmaydi!..

Saşa oğa ustoz Abdulla oğa bilan qadrdon döst edi…

Rustam! Slavyan xalqlaridan, turk xalqlaridan, dunyo poeziyasidan şirali asarlarni özbek tiliga tarjima qildingiz. Qalbi poetik şirali bölmagan inson özga xalqning, millatning, dini va fikrlaşi özga insonlarning asarlarini, takrorlanmas şeʼrlarini öz ona tiliga olib kela olmaydi, kuçi yetmaydi. Major xalqining klassik şoiri Şandor Petyofining poeziyasini özbek tiliga ögirganingiz, menimça, butun Markaziy Osiyo madaniyati va adabiyotida ulkan yutuqlardan biri böldi.

Qadrli döstim!

Uluğ ustoz Abdulla oğaning: “Bulbul haşamatli saroylarda emas, kengliklar tegrasidagi tikonli butalar orasida tuğiladi… Bunday talantlarni avaylab-asraşimiz zarur… Rustam, Baxtiyorni senga topşirdim. Seni Xudoga topşirdim! Ikkovingiz bir-biringizdan aslo ayrilmanglar…” — degan köngil gapi mangu yuragimda qolgan. Bir piyola çoy ustida yo men, yoki özingiz uşbu sözlarni ötirib esga olamiz… Ha, kam sonli xalqlar va millatlarga xavf tuğdirayotgan hozirgi globalizatsiya zamonida “Kimga işonib yaşaş zarur?” degan savol har bitta insonning qalbini yeçimi yöq taşvişlarga solayotgani sir emas.

Bir tomçi köz yoşda butun ummonning mazmuni bor. Bir şeʼrda köngilning, köngilda insonning, insonda esa çeksiz osmonning, kosmosning maʼnosi bor. Köngildan çiqqan şoir sözi tinglanişni, yozilişni, insonlarning öqişini istaydi, qalamni izlaydi. Bolalik davrida osmonni, olamni barmoq uçida aylantirgan BOLAning qölida bugun QALAM bor. Öşa qalam uşlagan barmoq va qöl falakni, samoni boylab qöyibdi:

 

Varrak uçmoqda.

Osmonni qöliga boğlab

Öynaydi bola.

 

Şoir qalamida — dunyoni jamlamoqçi, pok­lantirmoqçi bölgan ruh qözğolonlari qanot qoqmoqda…

 

Qoraqalpoq tilidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Rohilabonu ĞÖÇÇIYEVA özbek tiliga ögirdi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan