Oqköngil odamning olami
Taniqli va isteʼdodli xalqaro jurnalist, diplomat, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, mamlakatimizning Hindiston, Germaniya va Xitoy singari davlatlardagi elçixonalarida press-attaşe vazifasida işlagan, yaʼni mazkur diplomatiya vakolatxonalarida “Jahon” (hozirgi “Dunyo”) axborot agentligining muxbirlik punktlariga mudirlik qilgan Şuhrat Umirov 60 yoşga töldi.
Qoramağizdan kelgan, közlari doim sergak boqadigan, ixçam, serğayrat va quvnoq, mohir va iqtidorli, jahongaşta, sanʼatning haqiqiy şaydosi bölgan bu betakror jurnalist bilan muloqot qilar ekansiz, har bir masala yuzasidan öz şaxsiy fikriga egaligini, tabiatan zakiy va çin vatanparvar ekanini darrov anglaysiz. Suhbat qizib ketsa, undan yaşab turgan olamimizning sir-sinoatga tölaligi, özi körgan, istiqomat qilgan mamlakatlar xalqlarining öziga xos ajoyibotlari, global siyosat özani qaysi tomonga yuz burayotgani, odam bolalari bilişi lozim bölgan ne-ne hikmatu ögitlar haqida köplab juda qiziqarli maʼlumotlarni olişingiz mumkin. Diqqattortar muloqotidan aslo zerikmaysiz.
Rus, fors va ingliz tillarida erkin sözlaşa oladigan, dolzarb xalqaro mavzularni puxta tahlil qiliş salohiyatiga ega Şuhrat akaning men uçun ham alohida qadrli insonligi şundaki, 2006 yilda Özbekiston Milliy axborot agentligidan “Jahon” axborot agentligiga ötişimga u kişi asosiy sababçi bölganini, bu sohaga bölgan iştiyoqni kuçaytirgani va rağbatlantirgani, söngra xalqaro şarhlarni tayyorlaşda eʼtibor qaratiş zarur bölgan eng nozik qirralarni, talqinda milliy manfaatlarning ustuvorliklariga ahamiyat beriş yöllari singari turli köz ilğamas, lekin murakkab jihatlarni qunt bilan örgatganini sira yodimdan çiqmaydi.
Ustozning mutaxassis sifatida hurmatga loyiq fazilatlaridan yana biri şunda ediki, qalami bor köpgina jurnalistlarimizning til bilmaslik kasali oyoğimizdan çalayotgani, tajriba almaşiş uçun xorijiy mamlakatlarga tez-tez çiqiş imkoniyati çeklangani, obunaçilarga faqat sip-silliq, bir qolipdagi axborotlarni beriş bilan çeklanib qolmasdan, öquvçini fikrlaşga undaydigan, aqlini çarxlaydigan, qalbiga taʼsir körsatadigan va mavzular çuqur tahlil qilingan materiallar yetişmayotgani singari qusurlarni heç tortinmasdan jamoa rahbarlariga ham, vazirlik “kattakonlari”ga ham ayta olardi. U tarjima qilingan har bir söz ustida erinmay, sinçiklab işlar, aslini topib taqqoslab-soliştirar, mabodo xato bölsa, azbaroyi masʼuliyat kuçliligidan peşonasidagi ajinlari tirişar va kun böyi juda diqqat bölib, asabiylaşib yurardi.
Qolaversa, agentlikka işga kelgan kezlarimda Şuhrat aka Taşqi işlar vazirining (öşa yillari olijanob inson, taniqli diplomat Vladimir Norov vazir edi) asosiy nutqlarini yozadigan spiçrayter sifatida ham közga taşlangan edi. Taşqi siyosat mahkamasining faoliyatiga doir muhim maʼlumotlarni qisqa va lönda şaklda umumlaştiriş asnosida Özbekistonning taşqi siyosatidagi ustuvorliklarning çuqur mohiyatini oçib beriş uçun juda katta mahorat talab etilişini barçamiz yaxşi tuşunar edik.
2008 yilning yanvar oyida Şuhrat aka Germaniyaga uzoq muddatli xizmat safariga ketganidan söng bu zalvorli, şu bilan birga, nozik va masʼuliyatli vazifani bajarişga aynan “atak-çeçak” qilib turgan meni tavsiya etganini va bu yuksak işonç keyinçalik faoliyatimga amaliy jihatdan jiddiy taʼsir qilganini ham minnatdorlik bilan eslab yuraman.
* * *
Şuhrat Umirovning jurnalistika kasbiga bölgan orzu-havasi sevimli amakisi (padari buzrukvori — Tölqin Umirovning akasi), taniqli adabiyotşunos olim, munaqqid va publitsist, Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalarining aʼzosi, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Saydi Umirov şaxsi bilan bevosita boğliq bölib, amakisi uning taqdirida öçmas iz qoldirgan ideali hamdir. Ha, Şuhrat aka milliy jurnalistikamizning baquvvat ustunlaridan biri, özidan boy maʼnaviy-ilmiy meros qoldirgan bu benazir adib va pedagog siymosida kasb tanlagan.
U tuğilib ösgan Payariq tumanidagi Jöraboy qişloğida qarindoş-uruğlar, mahalladoşlarning Saydi aka Toşkentda dissertatsiya yoqlagani, kitobi çop etilgani, gazeta yoki jurnalda salmoqli maqolalari eʼlon qilingani, baodob yuriş-turişi haqidagi gurunglari öspirin yigitning bot-bot quloğiga çalinar ekan, bu yoş Şuhratning bolalarga xos tasavvuriga jiddiy taʼsir qilmay qolmagan. Bu haqidagi xotiralarni Şuhrat aka şunday yodga oladi:
“Hamon yaxşi eslayman: qişloq maktabida öqiyotgan 12-13 yoşli öspirin bola edim. Öşa kezlardayoq “Saydi amakimdek odam bölib yetişsam edi”, degan ezgu niyatni dilimga tukkan edim. Çunki amakimning ilmli, kamtarin inson sifatida çor-atrofda qozongan ulkan hurmat-eʼtibori men uçun qöl yetmas toğlardek edi. Teran idrok qilolmasam ham amakim siymosi bilan boğliq içimdagi ötli havas tobora kuçayib borar va hayot yölimda mayoq böla boşlagan edi”.
Maktab öquvçisining qalbida niş otgan bu tuyğu sabab u kitob mutolaasiga şönğib ketdi. Öşa vaqtlari kolxoz klubining şundoqqina biqinida joylaşgan, rang-barang adabiyotlarga boy bölgan kutubxona uning sevimli oşyoniga aylanib qolgan edi. Mutolaaga juda berilib ketganda hatto tunlari bilan mijja qoqmay öqir, xayolan kitoblar dunyosi içida yaşar edi.
Iştiyoqi baland yigitning ilk ijodiy maşqi oltinçi sinfligidayoq tuman gazetasi yuzini kördi. “Maroqli ötdi” sarlavhali birinçi xabari maktabning aʼloçi öquvçilar guruhining Farğona vodiysidagi diqqatga sazovor maskanlar böylab qiziqarli sayohati tafsilotlari haqida böldi. Öşanda pokdil va tirişqoq öquvçining bu muvaffaqiyati butun oila uçun katta bayramga aylanganini, onasi Hafiza ayaning quvonçdan köziga yoş qalqqanini hamon eslaydi u.
Şu tariqa jurnalistika sohasi Şuhrat Umirov uçun asosiy hayot mazmuniga aylanib qolgan edi.
ÖzA ijod qozonida pişgan boş muharrir
Şuhrat Umirov 1986 yili Toşkent davlat universitetining (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlab, özbek va rus tillarida çop etiladigan “Qişloq haqiqati” — “Selskaya pravda” gazetasi tahririyatiga işga kirdi.
Poytaxtda qoliş qiyin, uy-joy, “propiska” muammosi köndalang bölib turardi. Ammo qançalik oğir bölmasin, Toşkentda qolib, butun borliği bilan işga, ijodga şönğidi.
Keyinçalik Özbekiston televideniyesining Yoşlar va bolalar dasturlari ijodiy birlaşmasi muharriri (1990 yil), “Xalq sözi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida katta muxbir (1990-1993 yillar), Mehnat vazirligi muassisligida naşr qilingan “Mehnat” gazetasida masʼul kotib (1993 yil) bölib işladi. Bu dargohlar xabar-maqolalar yoziş texnikasini takomillaştiriş, ularni tahrir qiliş, ijtimoiy-siyosiy bilimlarni oşiriş nuqtai nazaridan katta tajriba maktabi böldi.
Ammo Şuhratjonni xalqaro mavzular öziga ohanrabodek tortar edi. Şu bois fors tilini örganiş uçun garçi dorilfununning jurnalistika fakultetida 5 yil tahsil olgan bölsa-da, Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning şarqşunoslik fakultetidagi keçki şarq tillari öquv kurslariga qatnadi.
1993 yildan to 2000 yilga qadar Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) muxbiri, yetakçi şarhlovçisi, Boş direktor yordamçisi, Xalqaro axborot tahririyati boş muharriri vazifalarida mehnat qildi.
Hukumat tasarrufidagi asosiy axborot agentligining Xalqaro axborotlar tahririyati rahbari sifatida u birinçi Prezidentimizning xorijiy yurtlarga davlat, rasmiy va amaliy taşriflaridan tortib, biron-bir çet mamlakat hayotiga oid yangiliklaru xabar-maqolalarni tayyorlaş, ularni taşkil etiş va agentlikning obunaçilari bölgan ommaviy axborot vositalariga uzatilişiga bevosita masʼul edi. Şu jihatdan butun respublika miqyosidagi yirik rasmiy axborot agentligida işlaydigan ijodiy xodimlarning masʼuliyati qançalik katta ekanligini anglaş qiyin emas, albatta.
Şuhrat aka 1993 yili birinçi marta ÖzA muxbiri sifatida ilk bor Pokiston Boş vaziri Benazir Bxuttoning mamlakatimizga rasmiy taşrifini yoritganini, bu haqdagi salmoqli maqola uning imzosi bilan markaziy gazetalar sahifalarida özbek va rus tillarida çop etilganini eslar ekan, bundan juda sevinganini aytgani esimda:
“Bu menga juda katta rağbat bağişlagandi. Biz — Xalqaro axborotlar tahririyatining boş muharrir örinbosari Anvar Boboyev, Amerika mamlakatlari bölimi boşliği Farhod Arziyev (hozirda Özbekistonning Xitoydagi elçisi), MDH mamlakatlari bölimi boşliği Musulmon Namozov va ijodiy jamoamizning boşqa qator aʼzolari bilan turli davlatlar prezidentlari va hukumatlar rahbarlari — Ali Akbar Hoşimiy Rafsanjoniy, Tansu Çiller, Leonid Kuçma, Boris Yelsin, Roman Hersog, Fransua Mitteran, Mirça Snegur va boşqa rasmiylarning mamlakatimizga safarlarini juda qizğin tayyorgarlik asosida atrofliça yoritganmiz”.
“Oğriqli” tajribalar
“Xabar yönalişida işlaydigan jurnalistlar kuniga önlab xabarlarni ketma-ket tayyorlaşadi, tahrir qilişadi va obunaçilarga töxtovsiz, şiddatli tarzda jönatib turişadi. Lekin ular eʼlon qilinişi bilanoq axborotning yangiligi tugaydi, qimmati ham yöqoladi. Bu janr materiallari tez eskiradigan mahsulotday gap. Şuning uçun bölsa kerak, xabarçilarning mehnati köpam közga körinavermaydi”, degandi Şuhrat aka axborot janrining öziga xosliklari haqida sözlab.
Ustoz ÖzAga işga kirişidan avval uşbu agentlikda bölib ötgan qiziq bir voqeani aytib bergandilar. Turkiya Prezidenti Turğut Özolning Özbekistonga taşrifi nihoyasiga yetganidan söng oliy martabali mehmonning Toşkent aeroportida rasmiy kuzatilişini yoritişga çiqqan ÖzA muxbiri agentlikka qaytib kelib, bu haqdagi xabarni yozadi va u mamlakat böylab barça obunaçilarga tarqatiladi. Xabar oliy martabali mehmon Toşkentdan öz vataniga jönab ketdi, mazmunidagi jumla bilan yakunlangan böladi. Holbuki, Turkiya Prezidenti ona vataniga emas, balki mintaqa böylab turnesini davom ettiriş uçun bizga qöşni bölgan davlatlardan biriga jönab ketgan ekan.
Körayapsizmi, muxbir buni bilmagan. Taşrif yoritilişiga masʼul bölgan yuqori idoralardagi mutasaddilar ham bu haqda agentlikni xabardor qilişmagan. Natijada bu möʼjazgina xabar ertasiga katta dilxiraliklarga sabab bölgani, kimlar tuşuntiriş xati yozgan, kimlargadir hayfsan eʼlon qilingan ekan.
“Bu bizda zamonaviy xalqaro jurnalistika maktabi ilgari bölmaganini, uşbu yönaliş mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan keyin ravnaq topa boşlaganini va tabiiyki, “oğriqli” tajribalar asosida şakllanib borganini yaqqol tasdiqlaydigan voqealardan bittasi, xolos”, deydi Şuhrat aka.
Şu tariqa u uşbu qutluğ dargohda ustozlari bilan, ularning izidan borib mustaqil davlatning xalqaro jurnalistikasiga tamal toşi qöyilişiga munosib hissa qöşdi. ÖzAda butun yurtimiz öquvçilariga yaxşi taniş bölgan taniqli qalam ahli vakillari — Mamatqul Hazratqulov, Maşrab Boboyev, Erkin Aʼzamov, Nasriddin Muhammadiyev, Qulman Oçilov, Ahmad Toşxöjayev, Amirqul Karimov, Ğulom Mirzayev va Anvar Boboyev singari isteʼdodli qalamkaşlar bilan yelkama-yelka turib mehnat qildi.
Ammo Şuhrat aka hamon özidan köngli tölmas edi. Şu sababdan çet tillarni örganişni, takomillaştirişni davom ettirdi. 90-yillarning oxiriga kelib, ingliz tilini puxta özlaştirib olgan edi…
“Jahon”da jahonni topdi”…
Şuhrat Umirov 1999-2000 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasining (hozirgi Davlat boşqaruvi akademiyasi) Davlatlararo munosabatlar va taşqi iqtisodiy aloqalar fakultetida öqib, xalqaro munosabatlar magistri darajasini oldi. Şundan keyin Taşqi işlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligiga işga taklif etildi. Qisqa muddat oraliğida agentlik direktori, taniqli jurnalist va diplomat, uzoq yillar Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsuli bölib işlagan, sönggi yillar davomida xalqaro mavzuda juda faol va sermahsul qalam tebratayotgan Abror Ğulomov rahbarligida özbek tilida xalqaro mavzudagi pişiq-puxta axborotlar uzatiladigan zamonaviy tizim yaratildi. Bunda ustoz Şuhrat Umirovning hissasi katta böldi.
Öz-özidan ayonki, taşqi siyosat mahkamasi qoşidagi axborot agentligida işlaş xalqaro jurnalistika yönalişidagi faoliyatni diplomatiya bilan birga özaro uyğunlikda olib borişni taqozo qiladi. Şuhrat aka uşbu agentlikda yigirma uç yil işladi. Mamlakatimizning Hindiston (2002-2005 yillar), Germaniya (2008-2011 yillar), Xitoydagi (2018-2021 yillar) elçixonalarida matbuot attaşesi, muxbirlik punkti mudiri vazifalarida faoliyat körsatdi.
Özbekistonning muhim strategik şeriklari sanaladigan uşbu davlatlarning yetakçi ommaviy axborot vositalarida yurtimizdagi özgarişlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid yuzlab turli xabar-maqolalarni eʼlon qildi. Şu bilan birga, mamlakatimiz markaziy televideniyesi va rasmiy davriy naşrlari uçun elçixonalarimizning çet eldagi qizğin faoliyatini aks ettiradigan rang-barang körsatuv va xabar-maqolalarni tayyorladi. Ular “oynai jahon”da, turli gazetalar sahifalarida muntazam ravişda yoritilar edi.
Şuhrat aka birgina Xitoyning özida “Jenmin Jibao”, “Çayna Deyli”, “Global Times” singari eng nufuzli gazetalar, “Çayna treyd”, “Çayna investment”, “Diplomat megezin”, “Kitay” singari jurnallar sahifalarida, “Sinxua” axborot agentligi, “CGTN” telekanali va boşqa qator matbaa naşrlari, elektron ommaviy axborot vositalarida keng qamrovli va uzoq muddatli özaro hamkorligimizning turli qirralarini özida aks ettirgan juda köplab xabar-maqolalar, maxsus reportajlar yoritilişiga erişgan zabardast jurnalistdir.
Albatta, xalqaro jurnalist böliş uçun faqat qalamning ötkirligi yoki çet tillarini bilişning özi kifoya qilmaydi. Şuhrat aka timsolida köz oldimizda çorak asr davomida öz mamlakatining içki va taşqi siyosatini atrofliça bilgan, xalqaro siyosatning eng ustuvor yönalişlari va global kuç markazlari örtasidagi ziddiyatlar, xalqaro munosabatlarning zamonaviy tamoyillari, hatto taşqi siyosatning yozilmagan qoida va tartiblarini puxta özlaştirgan barkamol tahlilçi gavdalanadi.
“Men yoşligimda dunyoni körsam, deb orzu qilardim. Niyatda gap köp ekan. Taqdir taqozosi bilan ÖzA va “Jahon” (hozirgi “Dunyo”) axborot agentliklarining ijodiy vakili sifatida dunyoning yigirmadan ortiq mamlakatida joylaşgan yuzga yaqin şaharlarda böldim”, dedi u axborot agentliklarida ötgan yillarini iliq xotiralar bilan yodga oliş asnosida, niyat pok bölsa, albatta, röyobga çiqar ekan.
Kim axborotga ega bölsa…
Şuhrat aka mamlakatimizda xalqaro jurnalistikaning bugungi ahvoli talab darajasida emas, deb hisoblaydi. Jurnalist kadrlar öqitiladigan oliy taʼlim muassasalari soni köpaygani, bu yönalişda malakali kadrlar tayyorlanayotgani bilan oxir-oqibat ularni iş bilan taʼminlaş va taşqi xurujlar oqimi kun sayin ortib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatlar tölqinida milliy manfaatlarimizni himoya qiladigan çinakam ijod kişilarini yetiştiriş masalasi hamon oğriqli bölib qolayotganidan afsuslanadi.
Nomi çiqqan tele- va radiokanallar, gazeta va internet naşrlari tahririyatlarida xalqaro hayotga doir materiallarni yoritiş işlari köngildagidek deb bölmaydi. Bu yönalişda baʼzan bir, kamdan-kam hollarda ikki nafargina jurnalist masʼul etib biriktirilgan naşrlarda xalqaro axborotlar, asosan, xorijiy OAVdan köçirib tarjima qilib berilmoqda.
“Britaniyalik maşhur bankir Natan Rotşild tomonidan ”Kim axborotga ega bölsa, u dunyoga egalik qiladi”, deb aytilgan fikrni keyinçalik maşhur siyosatçi va davlat arbobi Uinston Çerçill bekorga takrorlamaganini ham tuşuniş qiyin emas. Darhaqiqat, işonçli axborotga ega böliş afzallikdir va birlamçi axborot zamonaviy dunyomizda allaqaçon asosiy qadriyatlardan biriga aylanib bölgan”, deydi kuyunçaklik bilan Şuhrat Umirov.
Albatta, jurnalistika va diplomatiyani uyğun holatda olib borayotgan “Dunyo” axborot agentligining imkoniyatlari bilan bugungi juda katta böşliqni töliq yopiş mumkin emas. Allaqaçon boşqa yirik ommaviy axborot vositalarimizning xorijda muxbirlik punktlari bölişi zarur. OAV byudjetiga kattagina yuk bölsa-da, bu muhim işni boşlaş vaqti allaqaçon yetgan.
Qudratli davlatlarning öz mafkurasini ötkazişga qaratilgan xuruju qutqulari, özlarining katta geosiyosiy maqsadlarini “yaltiroq qoğoz”larga örab tuşuntirişga intilişlari tobora kuçayib borayotgan hozirgi davrda hatto kiçik bir xabarga qöşilgan, mafkuraviy işlov berilgan oddiy söz yoki jumla ham vaziyat haqida öquvçi ongida ijobiy yoki salbiy fikrni tez şakllantiradi. Şu maʼnoda axborotni “birinçi qöl”dan oliş, taʼbir joiz bölsa, hayot-mamot masalasi bölib qolmoqda…
Botiniy xotirjamlik — ulkan saodat
Qutluğ yoşni qarşilagan Şuhrat Umirov — mehribon oila yetakçisi, uç nafar farzandning otasi, beş nevaraning suyukli bobosi. Bir-birlariga köngil qöyib turmuş qurgan rafiqasi Halovat opa Sultonova ham kursdoşi, ham çinakam umr yöldoşi böldi. Halovat opa bir neça yillar davomida gazeta tahririyatlarida, söngra naşriyotda muharrir sifatida, keyinroq esa Mehribonlik uyida tarbiyaçi bölib mehnat qildi. Köngli öksik yetimlarning boşini silagan bu fidoyi ayol Şuhrat aka bilan farzandlari oldidagi asosiy qarzlarini töliq ado etişdi, deyiş mumkin. Ularning hammasi hozirda öqimişli, uyli-joyli.
Toşkent davlat şarqşunoslik universitetini tamomlagan tönğiç öğli Şavkatjon ayni paytda respublikamizdagi yirik aksiyadorlik jamiyatida guruh rahbari bölib işlamoqda.
Qizi Barnoxon ham oliy maʼlumotli — jahon tillari universitetini tamomlagan. U respublikamizdagi nufuzli suğurta kompaniyasining boş mutaxassisidir.
Kenja farzand – Dilşodjon esa Erfurt (Germaniya) universitetining iqtisodiyot yönalişi böyiça bakalavri, Frankfurt-Mayndagi Xalqaro amaliy fanlar universitetining Biznes boşqaruvi magistri diplomlari sohibi. U hozirgi kunda Frankfurt-Mayn şahrida joylaşgan yirik xalqaro konsalting kompaniyasida katta maslahatçi bölib işlaydi.
Şuhrat aka bilan kasbimizdan taşqari, hayot, insoniy qadriyatlar, odamning zohiriy va botiniy olami singari masalalarda ham köp suhbatlaşamiz. Ustozning ayrim purmaʼno fikrlari eʼtiborga molikdir:
“Kamtarlikni kasb qilgan odamlarni yaxşi köraman. Samimiyatni, döstlikka sadoqatni qadrlayman. Tilyoğlamalik, soxta mulozamat qilolmayman — nimani öylasam, şuni gapiraman. Buning uçun jabr çekkan hollarim bölgan. Hayot azaldan şunday”.
“Hayotdagi şiorim — har bir söz, özaro munosabat soxta yoki nosamimiy ekan, u hurmatga loyiq emas”.
“Töğrisözlikni birov fazilat hisoblasa, birov qusur deb biladi. Lavozimi, egnidagi libosi yoki maşinasining arzon-qimmatligiga qarab muomala qiladigan odamlardan özimni çetga olişga harakat qilaman. Kibrli, öziga bino qöygan, tilida boşqa-yu, dilida bölak, amalda esa tamoman özga işni qiladigan odamlarning yoniga oyoğim tortmaydi”.
“Inson birovdan qoçib qutulişi mumkin, lekin vijdonidan sira qoçib qutula olmaydi”.
“Ilmli, odobli, oqköngil, dunyoqaraşi keng, samimiy insonlar suhbatiga doim talpinaman. Bunday fazilatlarga ega odamlarga hamişa taʼzimdaman. Çunki bizning ötkinçi dunyomizda hamma narsa nisbiy, vaqtinça. Insonni ilm va odob naqadar uluğlaşini, şaraflaşini bilamiz. Odam botiniy xotirjamlikka erişganiga, dunyoda özidan faqat ezgu işlar, yaxşi nomni qoldirganga nima yetsin…”
Bunday fikrlar, şubhasiz, aql-idrok, botin va zohir uyğunligiga intiladigan insonning maʼnaviy olami qanday ekanligidan darak beradi. Şuhrat Umirov hozir umri davomida özi guvoh bölgan hayratlanarli voqealar jamlangan alohida kitob ustida qizğin iş olib borayapti.
Biz yetuk inson, zahmatkaş ijodkor Şuhrat Umirovga mustahkam sihat-salomatlik, ijodiy işlarida yangi zafarlar tilaymiz.
Laziz RAHMATOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi,
siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori.
