Zukko va zakiy olim
yoki millat va adabiyot fidoyisi Zuhriddin ISOMIDDINOV haqida söz
2011 yilning sönggi oyi. Öşa yilgaça salkam öttiz yil Toşkent şahri Matbuotçilar köçasining öttiz ikkinçi uyida respublikamizning turli markaziy gazetalarida musahhihlikdan boş muharrirlikkaça bölgan lavozimlarda işladim. Taqdir taqozosi şu böldiki, bir tasodif bilan idorasi Alişer Navoiy köçasi 30-uyda joylaşgan uyuşmaga işga keldim. Uşbu binoda naşriyoti joylaşgan kursdoşim Akbarali Nurmatov bilan topişib qoldik. Uning olim, yozuvçi, şoir, jurnalist, tarjimon, iqtisodçi va huquqşunoslardan jamlangan döstlar davrasi bor ekan. Bu davra jonimga malham böldi.
Har çorşanba kuni ular bilan birga tuşlik qila boşladim. Ijodiy va maʼrifiy suhbatlar öziga torta boşladi. Taniqli şoirlar Anvar Obidjon, Tursunboy Adaşboyev, Mirpölat Mirzo, adabiyotşunos olimlar Ibrohim Ğafurov, Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov va yana bir qança ijodkorlar jamlangan fayzli izdihomdagilar bilan tezda til topişib ketdim. Bu davrani bir paytlar Said Ahmadning içakuzdi gurunglari, Erkin Vohidovning hikmatona şeʼrlari bezab kelgan ekan.
Endi anglab yetdimki, ziyo va samimiyat, mehr va oqibat, oqillik va ijodiyot nafasi kelib turadigan bu davraga qöşilişim — men uçun Yaratgan egamning marhamati bölgan ekan. Saksoninçi yillarni eslatib turadigan oşxonadagi çorşanbalik davramizni garçi kiçik bölsa-da, qalam ahlining ijodiy muloqotlari, adabiyot xususidagi tahliliy va tanqidiy turfa xil qaraşlar, gazeta va jurnallarda eʼlon qilingan sara maqolalarning ahamiyati va mohiyati haqidagi jöşqin suhbatlarimizni katta ijod maktabiga qiyoslayman.
Foniy dunyo böstonidagi gulzor içra qaysidir bir gul özining çiroyi bilan, yana biri ifori bilan ajralib turadi. Quvvai hofizasi kuçliligi, zukkoligi va zakiyligi bilan ajralib, davramizga ziynat bağişlab turadigan taniqli adabiyotşunos olim Zuhriddin Isomiddinovdir. U haqda yozişni ançadan buyon niyat qilib yurardim.
Rahmatli şoir Talʼat Soliyev “Aravonim” deb nomlangan şeʼrida:
Habibday tuğilib Qirğizistonda,
Uluğlab ötaman Özbekistonni! —
deb yozgandi. Men ham ilm-fan olamiga Habib Abdullayevdek buyuk allomani bergan yurtdan kelib, şunday muqaddas Vatan — Özbekistonda yaşab ijod qilişdek baxtga muyassar etgani uçun Allohga beadad şukur qilaman.
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinovning Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, Taşqi işlar vazirligida birinçi kotib, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida direktor, Respublika Milliy kitob palatasi rahbari, Özbekiston-Qirğiziston Döstlik jamiyatida rais bölib işlagan davrlaridagi ibratli işlari haqida alohida-alohida yoziş mumkin. Bugun esa uning insoniylik xislatlari va özim guvoh bölgan ibratli voqealar xususida yozmoq uçun qölimga qalam oldim.
Ijodiy faoliyatim davomida köplab olimu ulamolar, fozilu fuzalolar, şayxu qorilar davrasida ularning ilm buloqlaridan bahramand böldim. Alloh ilmini ziyoda qilib bergan şunday olimlardan biri Zuhriddin Isomiddinov kabi adabiyot va tarixni köp öqigan, dinimiz va tilimizni yaxşi biladigan iqtidor egalari suhbatida böliş juda maroqli. Özbekiston Qahramoni, adabiyotşunoslar ustozi Ibrohim Ğafurov, taniqli yozuvçi va jamoat arbobi, fan doktori, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xurşid Döstmuhammad va boşqa bir qança aql közi oçiq ilm sohiblarini allomalar deb eʼzozlaymiz. Zuhriddin akani ham heç ikkilanmay zamonamiz allomasi deya olamiz. Negaki, qaysi mavzuda söz oçilsa yoxud savol tuğilib qolsa, Zuhriddin aka söraganlarimizga qanoatlantirib javob bera oladi. Sözining jozibasi şu qadar sehrliki, u bor davra odamni öziga ohanrabodek tortib turaveradi. Undan ibrat oladigan hikoyalar, aql örgangudek hikmatli sözlar eşitasiz. Bunday iqtidor tanlanganlar içidan tanlanganiga nasib etadigan ilohiy neʼmat bölsa kerak!
Ashoblariga sadoqatli böliş islom ahliga Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan merosdir. Döstlarga sodiqlik bobida ham Zuhriddin akadan köp narsa örgansa böladi. Rahmatli Tursunboy Adaşboyev, Mehmonqul Islomqulov, Yoqubjon Xöjamberdiyevlar bilan köp suhbatlar qurardik. Zuhriddin aka ularga boşqaça mehr bilan, avaylab munosabat qilardi. Ular olamdan ötganlarida Zuhriddin aka judayam qattiq qayğuga tuşdi. Taʼziya maʼrakalarida marhumlarning tuğişganlari qatorida turdi. Ularning ruhlari şod bölişi uçun infoq-ehsonlar uyuştirdi. Va hozirgaça döstlarining oila aʼzolari holidan xabar olib turadi.
Bir neça yil avval bolajonlarimizning sevimli şoiri Tursunboy Adaşboyevning 80 yilligi xotira keçalarini ötkaziş munosabati bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Ğayrat Majid rahbarligida Ahmadjon Meliboyev, Anvar Obidjon, Erkin Malik, Yoqubjon Xöjamberdiyev, Zuhriddin Isomiddinov va boşqa ijodkorlar birgalikda Öş şahriga borgandik. Özbekistonlik mehmonlarga Tursunboy akaning öğli Murodjon mehmonxona hozirlab qöyganiga qaramay, bir guruh mehmonlarni Zuhriddin aka qöyarda-qöymay ukasi Ahmadjon hojining hovlisiga olib ketdi. Öşlik özbeklar juda mehmondöst bölişadi. Erkin Malik, Yoqubjon Xöjamberdiyev, Zuhriddin aka va men uç kun şu fayzli xonadonning mehmoni böldik. Töğrisini aytsam, yurt kezib, yurtlar kezib, köp döstlarimiznikida mehmon bölganman, ammo bunday odamoxun oila aʼzolarini körmagan ekanman. Biz öşanda xonadon sohiblarining islomiy tavoze va iltifotlari, özbekça mehmonnavozligi va joyiga qöyilgan mezbonlik madaniyati qarşisida lol qolgandik. Dillarimiz yayragandi. Toşkentdan to Öşga qadar yöl azoblari-yu çegara maskanidagi baʼzi bir noqulayliklar, jalada ust-boşlarimiz şalobbo bölganlarimiz-u sovuq qotib qolganlarimiz — hamma-hammasi mezbonlarning mehr töla nigohlari qarşisida bir zumda unut bölgandi.
Töğrisini aytsam, men uçun amallari ezgulik bölgan Zuhriddin akadek yoşi uluğ, nazari baland, ğurur ğoyalarini taʼmaga almaşmaydigan, ilmi orifona va döstlariga xayrixoh insonning yelkasiga yelkamni qöyib dardlaşişning özi bir baxt, özi bir saodat.
Zuhriddin aka irodasi kuçli, fikriga qatʼiyatli, odamlar orasida umrining öziga ayon sahifalarini oçavermaydigan ğururli odam. Men esa qahramonlarimning köngliga yöl topib, ularning pinhon tutib yurgan dardlariga şerik bölişni istardim. Kunlardan bir kuni Zuhriddin aka bilan ham şunday böldi. Uning “umr dasturxoni” oçildi.
— Öşanda öttiz uç yoşda edim, — deya u maʼyusgina hikoyasini boşladi. — Toşkentning Öqçi mahallasida yaşardik. Ikki nafar farzandli bölib, baxtimizdan şodon kulib yurgan kunlarimiz edi. Kasal bölib kasalxonada yotardim. Farzandlarimning onasi ovqat kötarib meni körgani kasalxonaga kelayotganida avtohalokatga uçraydi. Uning vafot etgani haqidagi mudhiş xabarni eşitib, dunyo közimga qoronği bölib ketdi. Bunday qaro kunda yuragimning bir parçasi yulib olib taşlangandek edi. Eslasam, hozir ham yomon bölib qolaman. Inson hammasiga çidar ekan. Hayotimning eng oğir kunlaridan biri — öşa kun böldi.
— Odamlar orasida şunday gap bor, — deya uning dardiga şerik bölişga harakat qilaman va qayerdadir eşitgan gapimni aytaman. — Erkak kişiga ikki marta qiyomat qoyim böliş mumkin ekan. Biri Alloh taolo tomonidan belgilangan qiyomat kuni bölsa, ikkinçisi kimningki, Xudo körsatmasin, mabodo suyukli ahli ayoli özidan oldin vafot etsa.
— Juda topib aytilgan ekan, — dedi u.
— Iloho, joylari jannatda bölsin, umr yöldoşimdan qolgan omonatlarni asrab-avaylab tarbiya qildim, el-yurtga qöşdim, — dedi Zuhriddin aka. — Mana, salkam qirq yildirki, hayot imtihonlaridan goh ötib, goh qoqilib yaşab kelyapman…
Oraga sukunat çökadi.
Zuhriddin Isomiddinov. U juda ham barakali ijodkor. Şunçalik köp öqişga va köp yozişga qanday imkon topar ekan-a, deb hayron qolaman. Alohida kitob va töplamlarda, markaziy gazeta va jurnallarda adabiyot, tarjima, ona tilimiz, ijtimoiy hayot, maʼnaviyat, milliy va diniy qadriyatlar kabi mavzularda uç yuzdan ortiq maqolalari bosilgan. Bir qança badiiy hamda ilmiy tarjimalari naşr etilgan. Televideniye va radio orqali har hafta çiqiş qilib turadi. Yana bir katta xizmati — köplab qirğiz yozuvçi-şoirlari asarlarini özbek tiliga ögirib çop ettirganligidir. Xalqaro Çingiz Aytmatov akademiyasi akademikligiga saylangan.
2017 yili Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarovga sovğa qilgan “Manas” eposini ham Zuhriddin Isomiddinov qirğiz tilidan özbek tiliga tarjima qilgan edi. Şuningdek, “Qirğiz xalq ertaklari”ni ham özbekçaga ögirgan.
Mirzakalon Ismoiliy, Izzat Sulton, Ğaybullo Salomov kabi ustozlarini otasidek uluğlab, ular haqida yozgan hikoyalarining ibrati ham, hikmati ham bor. Yaqinda öşlik allomalar turkumidan “Adabiyotimizning izzatli otaxoni” deb nomlangan risolasida özbek adabiyotşunosligining atoqli namoyandasi, milliy dramaturgiya rivojiga katta hissa qöşgan ijodkor, özbek filologiya fanining taşkilotçilaridan biri, akademik Izzat Sulton haqida faxr-iftixor bilan samimiy xotiralarini yozdi.
Agarda Zuhriddin Isomiddinov haqida gap ketsa ziyoli yurtdoşlarimizning, hamkasblarimizning çehrasi birdan yorişib ketadi, samimiyat bilan öz dil sözlarini aytadilar:
Ahmadjon MELIBOYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri:
— Zuhriddin Isomiddinov, Suvonqul Meliyev va kaminaning ustozi Ğaybullo Salomov edi. Ikkovlari ham ilm yölidan ketib, katta olim bölib yetişdi. Men esa jurnalistikani tanladim. Ayniqsa, Zuhriddin adabiy jarayondagi voqealar, mavhumliklar, xatoliklar, söz va iboralarni işlatişdagi çalkaşliklarni körib, juda köp maqolalar yozdi. Özbek tilimiz haqidagi yozgan maqolalarining özi bitta kitob böladi. U til va alifbo haqida bahs avjiga çiqqanida radio, televideniye, gazeta va jurnallarda katta çiqişlar qildi. Oddiy öquvçilar, jamoatçilik olqişladi, ammo tilçilar uning takliflariga eʼtibor bermadi. Öşa paytlari Erkin Vohidov: “Mening til haqidagi maqolamni tilçilardan boşqa hamma öqibdi-ya!” degan edi.
Zuhriddin Isomiddinov qaysi mavzuni kötarib çiqsa, katta şov-şuvli bahs-munozaraga sabab böladi, aks-sado beradi. Masalan, bugungi Özbekistonda energiya tanqisligi va tabiiy resurslardan qanday foydalanişimiz kerakligi xususidagi “Şamolga sovurilgan şamol” nomli maqolasini olaylik. Sarlavhaning özi katta maqola desa böladi. Bekobod şamoli, Qöqon şamoli esib yotibdi, foydalanmadik, deb masala mohiyatini çiroyli qilib oçib beradi.
Kitobxonlik haqidagi maqolalarini öqib, kitobga, adabiyotga judayam muhabbatli inson ekaniga amin bölamiz. Kitobxonlikning bugungi ahvolidan qoniqmay, qattiq taşvişga tuşadi. Tinimsiz işlaydi, töxtamay işlaydi, kuyunçaklik bilan işlaydi, kamçiliklarga toqatsiz.
Özbekiston bilan Qirğiziston ijodkorlari örtasidagi adabiy va madaniy aloqalar rivojiga rahmatli ustozimiz Tursunboy Adaşboyevdan keyin Zuhriddin Isomiddinov katta taʼsir körsatib kelmoqda. Qirğiz adabiyotidan köp narsalarni yuzaga çiqardi. Qirğizistonda maʼruzalar öqiydi. Öş haqida katta kitob yozdi. Töxtağulni Turkiyada kitob qilib çiqardi. Men ham qirğiz adabiyotini amaliy tilda yaxşi bilaman, lekin Zuhriddinning bilişi ilmiy nuqtai nazardan ustunroq. Biror sözni tuşunmay qolsam, telefon qilaman, tezda aytib beradi. Yaqinda taniqli qirğiz yozuvçisi Sulton Rayev romanini Zuhriddin, hikoyalarini men özbekçaga tarjima qildik.
U yaxşi döst, yaxşi suhbatdoş, yaxşi suxandon, yaxşi hamroh. Yaqinda birga Andijonga bordik. Törtta universitetda maʼruza öqidik. Maʼruzalarni dalillari, faktlari va aniq manbalari bilan işonçli, keng ilmiy muşohada qilib öqiydi.
Juda ham quvonganim, hassos ijodkor döstimizning Alişer Navoiy ğazallarini öziga xos yondaşib şarhlagan “Şavqi navo” degan kitobini çiqargani böldi.
Bu vazifalar bitta olimga juda köplik qiladi. Zuhriddin sabr-bardoş bilan bunday işlar zarurligini bilib, kimdir qilişi kerak-ku, deydi-da, özi bel boğlaydi. Özbek-qirğiz, özbek-qozoq, özbek-turk kabi turkiy davlatlar, millatlar örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaşda Zuhriddin Isomiddinovning munosib uluşi bor.
U özi tanlagan yölga sadoqatli, millat va adabiyotga fidoyi olim.
Xurşid DÖSTMUHAMMAD,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, yozuvçi:
— Mazmunan qariyb bir xil maʼnoni anglatadigan “ziyo”, “ziyoli”, “ziyolilik” sözlaridan xayolga tolganda beixtiyor yodimga tuşadigan, özimga taniş insonlardan biri — Zuhriddin Isomiddinov. Gap Toşkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini oldinma-ketin bitirganimizda emas, balki ötgan asrning 70-yillari yarmidan to hozirga dovur, tasavvur qilaylik, 50 yillik umr mazmuni haqida bormoqda. 50 yildirki, Zuhriddin millatimizning ilğor, yetuk va jonfido ziyolisi sifatida fikr yuritmoqda. Ha, ziyoli insonning butun nomai aʼmoli uning fikrida, tafakkurida mujassam. Uning aytar sözi — tafakkur, mulohazasi — tafakkur, amali — tafakkur.
Zuhriddin faoliyatini olimlikdan boşladi. Olimona tadqiqotga moyillik uning barça mavzudagi maqola, risola va kitoblariga köçib ötdi. Xususan, Vatanimiz mustaqilligi yillarida döstimizning ijodi tom maʼnoda gullab-yaşnadi. U munosabat bildirmagan, uning eʼtiboridan çetda qolgan dolzarb mavzu-muammo yöq hisobi. Davlat tili, xalq taʼlimi, oliy taʼlim, yoşlar tarbiyasi, darsliklar, maʼnaviy olam… qay birini aytasiz!
Muhimi, Zuhriddin qaysi mavzuda söz aytmasin, öz fikrini aytdi, masalaga xolis yondaşdi. Munozara odobini saqlagan holda murosasizlik yölini maʼqul köradi.
Zuhriddin ajoyib suhbatdoş. U iştirok etgan gurung jozibali muşoiraga, mubohasaga, munozaraga aylanadi. Köp va xöp öqigan hamda xotirasi mustahqam inson sifatida atrofliça va miqyosli mulohazalari har qanday suhbatdoşning qaraşlarini boyitadi, kengaytiradi.
Zuhriddin Isomiddinovning qalbi ayqirib, oşib-toşib oqayotgan daryoga öxşaydi. Bu daryoning hayotbaxş suvi millatimizning ardoqli, eʼzozli va qadrli hayotbaxş suvi bölib qolişini juda-juda istaydi köngil.
Minhojiddin MIRZO,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari:
— Zuhriddin Isomiddinov zör olim, u haqgöy, jonkuyar, örni kelganda sözi keskir, adabiyotni, demakki, millatning özligi, tili, qadri, nomusini hamişa himoya qilişga tayyor posbonga öxşaydi. Men Öşda, ularning xonadonida, ota-onalarining suhbatlarida bölib, duolarini olganman. Mehrning, özbekona qalbning surati qanday böladi, deb sörasangiz, men çin yurakdan öşa ikki zotni körsatardim. Zuhriddin aka — şaxsiyati baland, qatʼiyatli, fikrlaş doirasi keng, zahmatkaş, adabiy haqiqatlar borasida jurʼati çekiniş bilmaydigan, juda katta olim. Yana Zuhriddin akaning olimligi odamiyligi, odamiyligi olimligi bilan uyğundir. Bu juda muhim jihat. Negaki, baland, uyğoq söz aytgan olimlarning hammasi ham odamiy bölavermaydi.
* * *
Uluğ pirlardan bölmiş Abduxoliq Ğijduvoniyning şogirdlaridan biri Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy şunday hikmatni ajdodlariga meros qoldirgan: “Ilm oling, ilmni örgating, har ilmniki örganibsiz, unga amal qiling, har amalni sidqu ixlos bilan ado eting”. Ha, Zuhriddin Isomiddinov şu aqidaga sodiq qolgan orif ustozlardandir.
Ilmingiz bundan-da ziyoda, umringiz bundan-da barokatli bölsin, aziz ustoz!
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
publitsist.
