Olimning nurli yuzi ilmdandir

Inson yil fasllarining ob-havosiga qarab kiyinadi, işlarini şunga yaraşa rejalaştiradi. Aks holda, u pand yeydi. Bu talab inson uçun ham tegişli. Demoqçimanki, yoşiga munosib yaşagan odamgina hayotda halovatga erişadi. Bundaylarni köpinça zamonasining odami, deymiz. Men  taniqli olim, fidoyi nuroniy Suyun Karimovni ana şu toifaga mansub fidoyi zot, deb bilaman.

Suyun hoji darhaqiqat omadli inson. Ammo omad insonga öz-özidan kelavermaydi. Allomalar kitoblaridan öqib, uqdimki, bolaligida ota-onadan ibrat ololgan, ösmirligida ilm olişga iştiyoq qöya olgan, yigitligida mukammal kasb egasi bölgan, keksayganda esa nasihat berişga  munosib yaşagan odamlarga omad yor bölar ekan. Bu inson ana şunday baxtli yurtdoşlarimizdan biridir.

Nuroboddagi Ulus qişloğining old odami, taniqli çorvador Amir aka oilasiga hamma  havas qilardi: bu xonadonda hovli tozaligidan to mehmon kutişdagi xizmatlar, dars tayyorlaşlaru, sport bilan şuğullanişgaça qatʼiy intizom bilan bajarilardi. Suyun Karimov ana şu oilada kamol topdi.

Ota-onadan olgan tarbiyasi örta maktabda, söng Samarqand davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetida öqiganda ham, harbiy xizmatda ham, maktabda öqituvçilik qilganda ham, tuman ijroqömida işlaganida ham unga asqotdi. Şuning uçun öziga saboq bergan domlalar uni saflariga çorlaşdi.

Universitet tahrir-naşriyotida işlab, ilmiy tadqiqot bilan şuğullandi. Şu iştiyoqi tufayli 4 yil viloyat partiya qömitasida faoliyat körsatdi va bugungi kunda elimizning obröli ziyolisi sifatida safda turibdi.

Albatta,  har kim ham avvalo, öz kasbini puxta egallasagina obrö-eʼtibor topadi. Bu aqida qahramonimizning vujudiga ota-onasining tarbiyasi, ustozlarining ibrati orqali singib ketgan. U özining “Yuragimga yaqin odamlar”  kitobida “Taqdir meni siyladi. Niyatlarimga yetdim. Alloh meni Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, professor, Samarqand stilistika maktabi asosçisi Rahmatulla aka Qönğurov va taniqli adabiyotşunos olim Rahmonqul aka Orzibekov singari olijanob insonlarga duç qildi. Hayotda qanday yutuqlarga erişgan bölsam, ota-onam qatorida ana şu uluğ insonlardan minnatdorman va ana şu qatʼiy gaplarimni farzandlarim va şogirdlariiga meros qilib qoldiraman”, deb yozadi.

Bunday ruhiyat bilan mehnat qiliş, tabiiyki, inson faoliyatiga baraka keltiradi. Suyun domla nomzodlik, doktorlik işlarini köp qatori yoqlagan bölsa-da, tilşunoslik ilmida öziga xos maktab yarata oldi. Zulfiya, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon kabi adiblar asarlari til stilistikasini örganiş uslubi böyiça adabiy tadqiqotlar yaratdi.

Şuning barobarida ustozi R.Qönğurovning hayoti, ibratli ilmiy pedagogik faoliyati haqida “Bölub ilmi hikmatda ustodi fan” nomli kitob  yozdi. Darvoqe, domlaning rahbarligida olimlik darajasiga yetgan Azamat Pardayev, Şavkat Mahmadiyev, Baxtiyor Xolmuhammedov, Dilbar Örinboyeva, Svetlana Umirova, Orzubonu Yusupova kabi şogirdlari ayni paytda bu kişi bilan bir safda tilşunoslik fanidan saboq bermoqda.

Olimning yutuği şundaki, u ilm-fanni inson hayotini tabarruk qilguvçi jarayon sifatida  tuşunadi. Nafaqat şogirdlari balki mahalla-köy oldida ham tilimizning latofati, adiblarning mahorati haqida gapirişdan erinmaydi. Ilmiy-adabiy davralarda ham doimo faol, ilm kişilarini eʼzozlaydi, şogirdlarini ham şunga daʼvat etadi. Ayniqsa, boşqa mintaqada yaşasa-da, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim, hofiz va olim Nazirjon Nazarov, adib va olim Siddiq Mömin, professor rahmatli Omonulla Madayev, Yormat Tojiyev singari ziyolilar bilan muntazam muloqotda bölganligi bu insonning yuksak maʼnaviyatidan darak.

Suyun hoji hayoti davomida boyligu mansabga intilmadi, 30 dan ziyod ilmiy töplamlarga muharrirlik qildi, 40 dan ortiq kitoblar yozdi. Ustozlari boşlagan işni davom ettirib, “Özbek tilining çappa luğati”, “Samarqandlik tilşunoslar” kitobini naşr ettirdi. Umuman bu inson ziyolilarning eng yaqin maslahatçisiga aylangan, şogirdlarini izlab topadi, ularga qölidan kelgança yordam beradi. Davralarda biror kişining xatosini gapirganini eşitmaganman. Aksinça, suhbatdoşlarini bir-biriga nisbatan mehr-muhabbatli bölişga çorlaydi. Yoşlarga esa yomon sözlarga mayl qilmaslikni, fitnalarga aralaşib qolmaslikni tayinlaydi. Ehtimol şuning uçundir u kişi bilan suhbat quruvçilar juda köp.

U bilan qariyb qirq yillik birodarman. Hatto Haj safariga ham birga borib keldik. Bu yillar mobaynida qança suvlar oqib ketdi, bu boşlar hayot yöli deb atalgan söqmoqlarda nelarni körmadi, ne sinovlarga duç kelmadi deysiz! Ana şu oson bölmagan dolğali yillarda undagi iroda, toqat, şukronalik, nafsni tiya biliş xislati, bundan taşqari otadan meros ötgan intizomlilik, mulohazalilik hayot sinovlaridan öta oliş imkoniyatini berdi. “Sabrning tagi sariq oltin” deganlaridek, u sabr qilib oltindan qimmat şuhrat topdi. Hozirda köksini “Şuhrat” medali bezab turibdi. Bu yil Prezidentimiz Farmoni bilan Suyun Karimov “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi” yuksak unvoni bilan taqdirlandi.

2010 yili Samarqand davlat universiteti professor Suyun Karimov 60 yilligi şarafiga ilmiy-nazariy konferensiya ötkazdi. Tantanali anjumanda taniqli olimlar taşrif buyurib, tilimizning ahamiyati va nazokati haqida maʼruzalar qilişgandi. Şunda Suyun hoji köplab ustozlari qatori ukasi, huquqşunos Egamberdiga ham tön yopdi. Kimlargadir eriş tuyulgan bu holatga men havas qildim. Çunki uning davralarda “Allomalarimiz seni yaxşi-yomon kunda ham birdek yaxşi köradigan qavmu qarindoşlarning hurmatini joyiga qöy”, degan gapini köp bor eşitganman. Vo dariğki, bir-ikki yil ötgaç ukasining tösatdan vafot etganida Suyun domla öşanda naqadar oqilona yöl tutganini anglab yetdim. Aytganday, u “Ukajonim – jigarbandim Egamberdi” degan kitob ham yozgan.

Bir kuni şogirdlari Suyun domladan kamtarlik, oddiylikning manbai nimadir, deb söraşgan. Şunda u kişi “Ukalarim, inson qalbining halovati, hayotining faroğati, ilmining kamoloti, muddaosining adolati, eng avvalo, uning samimiyatidadir” deb javob bergan. Şu kunlarda özining 75 yilligini kutib olayotgan aziz birodarimizga, mustahkam soğlik, omad hamişa eş bölsin!

Abduşukur MUHAMMADQULOV,

mehnat faxriysi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan