Eng zör bayram
yoxud jurnalistika sohasini tanlagan yoşlarga dilimdagi gaplar
Taqdir taqozosi bilan salkam bir oy kasalxonada yotişimga töğri keldi. Kundalik naşrlarni mutolaa qilişga örganib qolganim uçunmi, davlat va nodavlat telekanallarining bölar-bölmas matohlarini körib, asabimni buzgim kelmas, obuna bölgan gazetalarimni olib keltirişga bir-ikki soat vaqt ketişini öylab, öğlimni bezovta qilişni istamasdim. Goh-gohida şeriklarim öqiyotgan “sariq matbuot”ni közdan keçirar, biroq unga sarflagan vaqtimga açinar edim. Bunday paytda davlat va nodavlat naşrlari bilan bir qatorda hayotimning ajralmas qismiga aylangan “Hurriyat”, “Jamiyat”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetalari nigohimdan ketmas, tezroq soğayib, ular bilan diydorlaşişni, miriqib gurunglaşişni istardim.
Baʼzan şiftga tikilib yotganimda, xayollar talabalik yillarimga çorlar, öşa paytda respublikamiz poytaxtida çiqadigan kundalik naşrlar köz oldimda namoyon bölar, biz ularni gazeta-jurnal kioskalarida navbatda turib xarid qilar va qiziqib mutolaa qilardik. Bu biz uçun bayramdek edi. Öşa paytdagi markaziy naşrlarda Maqsud Qoriyev, Saʼdulla Karomatov, Odil Yoqubov, Ibrohim Rahim, Said Ahmad, Xudoyberdi Töxtaboyev singari mohir va tajribali jurnalistlar, taniqli yozuvçi va şoirlar işlardi. Ularning dolzarb muammolarga bağişlangan maqolalarini, reportaj, oçerk va felyetonlarini öqimay qolmasdik. Bu zabardast adiblarning mahorat sirlarini professor-öqituvçilarimizdan eşitar, özimiz ham öşa ustozlarga öxşab yozişga harakat qilardik. Kiçikroq bölsa-da maqola yoki lavhamiz birorta naşrda çiqib qolsa, döppimizni osmonga otar edik.
Keyinroq bildimki, hozirgi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida bizga tahsil bergan Oçil Toğayev, Rasul Muhammadiyev, Begali Qosimov, Laziz Qayumov, Muxtor Xudoyqulov, Tohir Pidayev kabi qator ustozlarimiz gazeta öqişga, uning materiallarini tahlil qilişga va albatta, öqiganlarimizdan xulosa çiqarib olişga mehr uyğotgan ekanlar. Bu mehr köpçilik kursdoşlarim qatori meni ham bugunga qadar gazetalarni (badiiy adabiyotlardan taşqari) muntazam öqib borişga, örganişga, izlanişga, yozişdan töxtamaslikka undab kelayotganligi bilan faxrlanaman. Ana şunday mehrni ongu şuurimga singdirgan ustozlarimni hamişa hurmat bilan yodga olaman, asarlarini öqiganimda, joylari jannatda bölsin, deb duo qilaman.
Buni qarangki, ötgan asrning 80-90-yillari nafaqat gazeta va jurnallarning, balki televideniye va radioning ham saviyasi juda baland edi. Xalqimiz gazeta va jurnallarni qançalik mehr bilan öqisa, telekörsatuvlarni ham şunçalik qiziqiş bilan tomoşa qilar, radioeşittirişlarni ham berilib tinglardi. Bu qutluğ dargohlarda işlaydigan ijodkorlarni çin dildan hurmat qilar va qadrlar edi. Öşa paytlarda Özbekiston televideniyesining texnik imkoniyatlari yerda bölsa, ijodiy mahsulotlari osmonda yulduzlar misol çaraqlab, millionlab tomoşabinlarni öziga mahliyo etib turardi. Bugun bu katta dargohning texnik imkoniyatlari osmonda, ijodiy mahsulotlari esa… Bugun unga havas qiladigan million-million tomoşabin qayerda? Bunday fikrni öz vaqtida maşhur bölgan “Toşkent oqşomi” singari bir qator gazetalarimiz misolida ham körişimiz mumkin. Iqtisodiy tanglik tufayli allaqaçon öz faoliyatiga nuqta qöygan köpgina şahar va tuman gazetalari haqida gapirmasak ham böladi. Xöş, azal-azaldan tarğibotçi, taşkilotçi, ilhomlantiruvçi, ziyo ulaşuvçi, tarbiya qiluvçi va himoyaçi vazifalarini şaraf bilan bajarib kelgan ommaviy axborot vositalari yanada yuksaliş örniga nega orqaga keta boşladi? Nega köpgina gazetalarimizning adadi hatto 1500 ta ham emas? Nega odamlar avvalgidek u yoki bu gazetani izlamay qoldilar? Umuman, bugun xalqimizning neça foizi gazeta öqiyapti? Qaysi gazetalar eng köp öqilayapti deb ayta olamiz? Qaysi naşrlarimiz davlat bilan jamiyat örtasida mustahkam köprik sifatida mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etişda jasorat körsatib işlayapti? Nega “Hurriyat” va “Jamiyat” kabi öktam gazetalarimizda bosilayotgan dolzarb mavzulardagi tanqidiy maqolalarga soha rahbarlari öz munosabatlarini bildirmayaptilar? Bu nafaqat ularning, ular rahbarlik qilayotgan taşkilot matbuot kotiblari ham gazeta öqimasligining isboti emasmi? Bir vaqtlar poytaxt Toşkentning har bir xonadoniga kirib borgan “Toşkent oqşomi” gazetasining 500 nusxada nomigagina çiqayotganligini şahar hokimligi mutasaddilari qanday izohlar ekanlar? Olamaro maşhur bölgan şunday katta şaharga yaraşadigan işmi bu? Menimça, ular “Postda” gazetasini ellik mingdan ziyod nusxada çop etayotgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligidan ibrat olsalar, koni savob bölur edi.
Töğri, bugun internet zamoni, ijtimoiy tarmoqlar gurkirab rivojlangan. Bir qaraganda, hamma gap, bor haqiqatlar — şu yerda. Çunki dardi, muammosi borlarga ham, şunçaki işining tayini yöq “zerikkanlar” uçun ham minbar tappa-tayyor! Qölingdagi şapaloqdek telefonni ol-u, xayolingga nima kelsa, yozaver! Hatto videomurojaatlar ham qilişing çöt emas. Ammo, lekin, biroq… Bular hali haqiqiy matbuot degani ham emas! Bejizga özini hurmat qilgan, özini tanigan odam matbuotga murojaat qilmaydi.
Lekin bugungi matbuot ana şunday haqiqiylikka, el-yurt işonadigan, tayanadigan minbarga aylanişi bu endi boşqa masala. Oçiq aytganda, şunday masalaki, OAV vakillari xolis va haqqoniylikda, jasorat va jömardlikda özlarini körsatadigan vaqt keldi. Axir söz va matbuot erkinligi berilgan bölsa, mamlakat rahbari — Özbekiston Prezidenti jurnalistlarni qöllab-quvvatlayotgan, ğamxörlik körsatayotgan bölsa, yana yonib ijod qiliş uçun, odamlar orasiga kirib, ularning dardu taşvişlariga şerik böliş uçun yana nima kerak?!
Albatta, fidoyilik, jasorat va öz kasbiga çuqur mehr kerak!
Xayolimda ana şunday öylar çarx urib turganda, fikr bildirişimni sörab, talabamning telefonimga yöllagan ikki-uç materiali kelib qoldi. Darhol öqidim. Ular maqoladan köra, köproq mitti adabiy lavhalarga öxşardi. Talabamning ijodiy işiga fikrimni bildirib, takliflarimni yuborgaç, hademay diplomli böladigan bölajak jurnalistlarimizning matbuotdagi iştiroki sustligining sabablariga javob izlaşga urinaman. Yuqori bosqiç talabalarining gazeta, televideniye va radio tahririyatlarida amaliyot jarayonida nimalarni örganganliklari haqida söraganimda, heç qaysi birlaridan ijobiy javob eşitmadim. Bölajak jurnalistlar qalamini köproq nufuzli gazeta va jurnallarimiz tahririyatlarida qayraganlari durust deb öylayman. Çunki jurnalist çuqur fikrlaşni, qalamni çarxlaşni aynan bosma naşrlarda köproq oladi. Bunga butun dunyo jurnalistika maktabi, tarixi misol böla oladi. Yöqsa, aks holda, jurnalistikaning qattiq noni har qanday yoş ijodkorning tişlarini “sindirib” qöyişi mumkin.
Yodimdan çiqmaydi. Bundan yigirma-yigirma beş yillar muqaddam paxta bilan ğalla masalasi şörolar davridagidek xöjalik rahbarlarigagina emas, lavozim kursisida ötirgan borki, birontasiga tinim bermas edi. Ayniqsa, respublika, viloyat va tumanlarning köpçilik rahbarlari hamon totalitar tuzum siyosati ruhi bilan ğödayib yurar, uning qamçisini uloqtirib yuborgisi kelmasdi. Paxta va ğalla yetiştiruvçilarga boş bölganlar qanday bölmasin, davlatga şartnomada körsatilgan hajmdagi mahsulotni topşirişi şart edi. Şu bois hosildorligi past bölgan xöjaliklar rahbarlari azbaroyi qamalib ketmaslik uçun qanday bölmasin, paxta yoki ğalla sotib olib, rejasini bajarardi. Bajarmaganlari tegişli jazodan qoçib qutulolmasdi.
Yaxşi eslayman, viloyat davlatga paxta sotiş yillik rejasini bajarişiga bor-yöği uç foiz qolgan. Yetti yoşdan yetmiş yoşgaça hamma paxta dalasida. Afsuski, dalalar allaqaçon böşab bölgan, ğözapoyalarda yilt etgan tola körinmaydi. Talabalar ertadan-keçgaça dalama-dala yurib, uç-beş kilo paxta terar, uning ham yarmidan köpi xaşak bölardi. Ana şunday kunlarning birida tun yarmidan oqqanda viloyat rahbari meni huzuriga çorladi. Kirdim. Qovoqlaridan qor yoğib turgan kattakon söradi:
— Rektorlaringiz qayerda?
— Paxtada!
— Nega terim surʼati kundan-kunga tuşib ketayapti?
— Çöl hududida umuman paxta qolmagan, — dedim qatʼiy qilib. — Yilt etgan tola yöq. Ularni paxtasi bor tumanga köçirgan maʼqul.
— Menga bahona kerak emas, tuşunayapsizmi, tonna kerak, tonna! Qum torttiradimi, toş torttiradimi, tonna bölsin!..
Bu gaplar menga sira-sira botmas, jurnalist bölganim uçunmi, nafratimni qözğar, ammo alamimni içga yutişdan özga ilojim yöq edi. Çunki öşa kezlardagi xizmat vazifam şuni taqozo etardi. Viloyat va tumanlarning asosiy vazifasi davlatga ğalla va paxta sotiş rejasini oşirib bajariş bölgani uçun rahbarlar heç narsadan tap tortmas, xöjalik rahbaridan tortib, paxta zavodi direktorigaça qöşib yozişga majbur qilardi. Bundan boxabar bölgan tegişli idoralar lom-mim demas, çunki paxta uçun ular ham javob berardi. Kim yaxşi, ğalla bilan paxta rejasini bajargan tuman rahbari yaxşi edi. Keyinroq bu qinğir işlar boşqa sohalarda ham quloç yozdi. Natijada davlat mol-mulki va yerini talon-toroj qiliş, hatto hosildor paxta maydonlarini bölib-bölib sotiş poygasi boşlandi. Şu bois yuzlab korxonalar yerga kirdimi, osmonga uçib ketdimi, yöq böldi. Korrupsiya avj oldi. Uyalmay-netmay, diyonatsizlarça aldaş va yolğon gapiriş oddiy hol bölib qoldi. Men bu misollarni nega keltirdim? Çunki bularning hammasi qonunga, xalq va davlat manfaatlariga mutlaqo zid bölib, borib turgan jinoyat edi. Afsuski, öşa paytda bularni foş qiladigan jurnalistlar viloyatda ham, poytaxtda ham köp emas edi. Borlari ham jurʼat etişolmasdi. Ne-ne oğir kunlarni, ne-ne jabru jafolarni körgan, sabr-toqatli bağri keng xalqimiz esa hammasini körib-bilib tursa-da, “Özimdan çiqqan baloga, qayga boray davoga?” deya qora qozoni qaynab turganiga şukur qilgança tilini tişlab ötiraverdi. Biz bugun dunyo bilan muloqot qilayapmiz, dunyo bilan hamkorlik riştalarini boğlayapmiz. Xalqimiz va davlatimizning tinçligi, farovonligi barqaror bölişi uçun yangi ğoyalar, ezgu maqsadlar bilan yaşayapmiz. Demakki, jamiyatimizda adolat va halollik tamoyillari har qadamda böy körsatib turmoği lozim. Bu esa bizning har birimizdan fidoyilikni, taşabbuskorlik va tadbirkorlikni, adolat uçun kuraşişni talab etadi. Bölajak jurnalistlar ötmişdan xulosa çiqarib, hayotning içiga çuqurroq kirib borib, aytib ötilgan muammolar haqida ötkir tahliliy maqolalar yozsalar, nur ustiga nur bölur edi. Bu özidan-özi bölmaydi. “Jon çekmasang jonona qayda, toqqa çiqmasang dölona qayda?” deganlaridek, haqiqiy jurnalist bölmoqçiman degan talaba mobil telefonini bir çetga qöyib, Abdulla Qodiriydan Fitratgaça, Abdulla Qahhordan Ötkir Hoşimovgaça bölgan taniqli jurnalist va adiblarimiz publitsistikasini qayta-qayta öqişi, mağzini çaqib, mohiyatini tuşunib olişi, özini tahlil va tahrirga örgatişi kerak. Haqiqiy jurnalist bölişni maqsad qilgan talaba kuzatuvçan, sinçkov, yangilikni hammadan oldin ilğaydigan, öz fikrini himoya qila oladigan, jurʼatli va qatʼiyatli, zamon bilan hamnafas qadam taşlamoği şart. Haqiqiy jurnalist bölaman degan talaba tilga alohida eʼtibor berişi, har bir sözni örnida işlatişni bilişi, har kuni nimadir yozişi, uni qayta-qayta işlaşi, sayqal berişi, öz işidan ğururlanib ketmasligi, bildirilgan takliflardan ranjimasligi, aksinça, xursand bölişi lozim. Ayni paytda tilga tuşgan gazeta va jurnallarni tanqidiy köz bilan öqişni odat qilişi, öz yölini topişi uçun izlanişdan töxtamasligi, tanqid eşitganda köngli ham, qöli ham sovimay, buyuk adibimiz Said Ahmaddek qalamni tindirmasligi kerak!
Davlatimiz rahbari ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlab, yordamini ayamayotgan bir paytda bölajak jurnalistlarimiz “biz hali talabamiz” deb, qöl qovuştirib ötirmay, hayot qozonida biqirlab qaynaşlari, yaratiş va yaşnatiş işqi bilan yonib yaşaşlari davr talabi ekanligini unutmasliklari, özbek milliy jurnalistikasining yangi-yangi sahifalarini bitiş uçun yana bir bor aytamanki, öqiş va örganişni özlari uçun bayram deb bilişlari kerak!
* * *
…Xudoga şukur, tunov kuni kasalxonadan çiqdim. Qadrdon uyimga kirişim bilan stol ustida taxlab qöyilgan bir quçoq gazetaga közim tuşib quvonib ketdim. Bu mening poçtada yiğilib qolgan bir oylik gazetalarim: “Yangi Özbekiston”, “Xalq sözi”, “Hurriyat”, “Jamiyat”, “Argumentы i faktы”, “Milliy tiklaniş” va “XXI asr”, şuningdek, “Tafakkur”, “Şarq yulduzi”, “Jahon adabiyoti” jurnallari edi. Nafasimni rostlab olgaç, öğlimga rahmat aytib, özim ham mutolaa bayramini boşlab yubordim. Çunki mutolaa men uçun — eng zör bayram!
Nuriddin OÇILOV,
Özbekiston Milliy universitetining
jurnalistika fakulteti öqituvçisi.
