LIBOS NIQOB BELGISI EMAS!

Yoxud imon-eʼtiqod insonning qalbida, siyratida böladi

Katta restoran. Nikoh töyi. Mezbonlar xizmatda, mehmonlar izzatda. Koşonaning tör qismidagi bezatilgan stol kelin-kuyov  uçun. Noz-neʼmatu gul-bezaklar muhayyo. Musiqa jarangladi, taniqli xonanda  şöx taronani boşladi. Yoş-yalang davrani töldirdi. Ular kuyga monand raqsga tuşardilar. Mayli, bu öz yöliga. Mening diqqat-eʼtiborimni  hijobga örangan ikki juvon tortdi. Ular  kelin-kuyovning stoliga yaqin maydonçada şu qadar berilib, şunçalik  jazavaga tuşib öynardiki, butun zal har ikkisiga hayrat bilan qarab turardi. Juvonlar bel, kökrak, qöl, oyoq, xullas, tanasining har bir aʼzosini kuyga monand  muqomga solar, yuz-közidan tabassum yiğilmasdi. Baʼzi erkaklarga ularning xatti-harakatlari  juda yoqqanidan huştak çalar, qiyqirar, pul qistirardi. Köp qatori  öyinçi ayollarning xatti-harakatlaridan  köz uzolmay ötirsam-da, içimni  boşqa öy kemirardi: “Bularning örangani nimasi? Libosiga harakati mosmi? Nahotki, erlari  bunga ruxsat bersa!”

Nima ham deysiz, insonning erki, xohiş-irodasi öz qölida. Birovning hayotiga, taqdiriga, qilayotgan  işiga  heç kim aralaşolmaydi. Şovqin-suron, baqir-çaqir davom etayotgan zalda  xayolga toldim…

Libos havasga aylanyapti(mi?)

“Ommaviy madaniyat”ning turliça körinişlari keng  tarqalgan  asrda yaşayapmiz.  Nutqimizda  köp işlatiladigan bu ibora zamirida, aslida, ommaviy madaniyatsizlik ğoyalari yotadi. Maʼlumotlarga köra, “ommaviy madaniyat” XIX  asr oxiri va    XX  asr boşlaridan şakllaniş bosqiçiga kirgaç, aholining funksional bilimlarida kötariliş, madaniyati va maʼnaviyatida “ommaviy element”larga  qul böliş kayfiyati  vujudga keladi.

Eʼtibor berayotgandirsiz, yurtimizning barça hududlarida, xususan, Toşkent şahrida rosa öranib çirmangan xotin-qizlarga har qadamda duç kelamiz. Taʼbir joiz bölsa, öranmagan ayollar kamroq  qolib, öranganlari haddan ziyod köpaydi. Töğri, xotin-qizlarning oçiq-soçiq, tor, kalta-kulta kiyimdan köra  keng, uzun, möl-köl qilib tikilgan libosda yurişi xalqimiz mentalitetiga xos va mos. Ammo  öranib olgan opa-singillarimizning iymon-eʼtiqodlari, diniy va dunyoviy tuşunçalari  qay darajada? Yopiq kiyim ularning iymoni  butligidan dalolat beradimi?

Özbekiston huquqiy-demokratik davlat quriş  yölidan ketmoqda. Öz mus­taqilligini  32 yil avval  qölga kiritgan mamlakatda  qançadan-qança  maʼmuriy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy islohotlar  ötkazildi. Xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oşiriş, yaşaş va mehnat qiliş şaroitlarini yaxşilaş,  gender tenglikni taʼminlaş, onalik va bolalik muhofazasi, ularni turli zöravonliklardan himoya qiliş, muayyan imtiyoz va yengilliklar beriş, tadbirkorlik ğoyalarini  qöllab-quvvatlaş böyiça  köplab işlar  qilinmoqda.  Xususan, Oila va xotin-qizlar qömitasi  rahbariyati, masʼul xodimlari tomonidan opa-singillarimizning kiyiniş madaniyatini töğri belgilaşi, maʼnaviy dunyoqaraşini  kengaytirişi böyiça muayyan işlar qilinmoqda.

— Kiyiniş har bir xalqning qadim-qadimdan yaşab kelayotgan mintaqasi, şart-şaroiti, turmuş tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan çambarças boğliq bölib, uning içki olami, milliy madaniyatini belgilaydi, — deya hikoya qiladi mazkur qömita  boşqarma boşliği Mavluda Nizomova. — Özbek ayollari, qizlari şoyi, atlas, adras, beqasam, böz, çit, satin, ştapel kabi tabiiy matolardan turli liboslar tikkan va kiygan. Ota-bobo, momolarimiz farzandlari, nabiralariga hamişa toza, ozoda, yaraşiqli, çiroyli kiyim kiyişni uqtirgan. Biroq bugungi kun ki­yimlari turfa holatdaligi juda ajab­lanarli hol. Baʼzi xotin-qizlarimiz xorijiy liboslarga öç. Tizzadan tepada turuvçi kalta-kulta kiyimlar közimizga ğalati körinadi. Ayrim ayol va yoş qizlar boşdan-oyoq qoraga burkanib olişadi. Har bir libosning kiyadigan mavridi bor, nahot ular şuni bilişmasa! Ayniqsa, hijobga kiriş ommaviy tus oldi. Xotin-qizlarning hayo, iboga intilişi, yuksak axloq yölini tanlaşi, hayotini iymon-eʼtiqod asosiga qurmoqçi bölgani yaxşi. Ammo libosni havasga aylantiriş, urf qiliş kerakmi? Boş­dan-oyoq qora kiyimda yuriş millatimizga mosmi? Momolarimiz “Qora rang qoronğulik çaqiradi”, der edilar. Hatto azada ham bu rangdagi kiyimni ehtiyot bölib, ming bir ölçab, öylab kiydirişardi. Islom tarixida hijob ortiqça közga taşlanmaslik vositasi bölgan. Bugun hijobga öranib olgan qiz-juvonlar qaytaga köproq nazarga tuşmoqdalar. Demak, bu libos maqsad qilinganidek, öz vazifasini ado etayapti, deb öylaş töğrimikan?

Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan muntazam ravişda “Nafosat”, “Xonatlas”, “Liboslarda qadriyat aksi”, “Libos — inson ziynati”, “Milliy liboslar —  millatimiz közgusi”, “Milliy libos — millat qiyofasi” şiorlari ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar – davra suhbati, körgazma, körik-tanlov ötkazib borilmoqda. Milliy libos — ğurur, orimiz. Respublika miqyosida ötkazilgan “Xonatlas”  festivalida 9 milliondan ziyod xotin-qiz iştirok etib, milliy matolar tarixi, sifati haqida tuşunçaga ega böldilar. Barça  viloyatlarda “Milliy liboslar” markazi oçilgan. Markazga kirgan kişi milliy matolardan tikilgan turliça dizayndagi liboslarni körib, hayratlanadi.

Özbekiston — sayyohlar yurti. Har yili qançadan-qança xorijliklar  taşrif buyuradi. Ularda  adras, atlas, beqasam kabi matolarimizga qiziqiş juda katta. Syurtuk, tonika, köylak, xalatlar singari turli liboslarni qiziqib sotib olişadi. Popop, zardözlik, kaştaçilik  mahsulotlari ham xaridorgir. Tön, çopon, döppini kiyib, şarfimizni öragan çet elliklarni körsak, qançalik  sevinamiz, ğururlanamiz? “Baribir özimizning liboslarga yetadigani yöq-da!” deb qöyamiz beixtiyor. Xöş, özga davlat fuqarosi kiyganida faxrlangan liboslarimizni nega özimiz kiymaymiz? Atlas, adras, kimxob, duxoba, şoyiga naqşlangan zardözlik, popop va kaştaçilik sanʼati namunalari xorijliklardan köra qoş-közi munçoqdek, buğdoyrang yuzida kulgiçi bölgan özbek qiz-ayollariga köproq yaraşadi-ku! Qolaversa, tanaga havo ötkazuvçi paxta mato liboslari salomatlikni asraşda foydali emasmi?

Muqaddas islom dinining körsatmasi qanday?

Islom dinida ayol zotiga hurmat-ehtiromning çeki-çegarasi yöq. Hadisi şarifda  “Jannat – onalar oyoği  ostidadir” degan fikr keltirilganki, bu barçamizga yod bölib ketgan. Muqaddas kitob – Qurʼoni karimning “Niso” (“Ayollar”) deb nomlangan  surasi,  asosan, ularga bağişlangan. Baʼzi şarʼiy istisnolarni hisobga olmaganda, ayol kişi erkaklar bilan  bab-baravar dinga amal qiladi. U ham namoz öqiydi, röza tutadi, boy bölsa, zakot beradi, imkonini topsa, haj ibodatiga boradi.  Xöş, islomda  ayolning kiyinişi xususida nima deyilgan?

— Dinimizdagi möʼtadillik haqida gap ketgudek bölsa, mömin-musulmonlarning kiyiniş madaniyati haqida ham töxtalib ötiş lozim, — dedi Toşkent şahridagi Kulol qörğon jomʼye masjidi imom-noibi Bahodir Muhammadiyev. — Islomda erkak uçun ham, ayol uçun ham maxsus diniy libos joriy qilinmagan. Faqat har ikki jins vakili ham şariatda avrat, yaʼni uyat va nojoiz hisoblangan aʼzolarini berkitib yurişlari buyurilgan. Bundagi meʼyor – avratni oçib yuriş ham, barçaning eʼtiborini tortadigan noodatiy şaklda kiyiniş ham maʼqul emas. Baʼzi ulamolar ayol kişi satri avratda bölişi uçun yuzini yopib yurişi şart, deydi. Yuz yopilmasa, satri avrat hosil bölmaydi deb, doim niqob taqişga buyuradilar. Vaholanki, ayolning satr qilişi lozim bölgan aʼzolari haqida “Muxtasarul-Quduriy”ning şarhida “Ozod ayolning yuzi va ikki kaftlari hamda ikki qadamidan taşqari barça badani avratdir” (“Al-Lubob fiy şarhil kitob”) deyilgan.

Alloh taolo öz kalomida şunday buyuradi: “Möminalarga ham ayting, közlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda körinib turadiganidan boşqa ziynat (avratlarini) körsatmasinlar” (“Nur” surasi, 31-oyat). Mufassirlar oyatdagi “körinib turadiganidan boşqa” degan sözdan yuz, kaft va qadamlari nazarda tutilgan, deb tafsir qilganlar. Demak, ayol kişi öranganida ikki qöli kafti va yuzini oçib yurişi mumkindir. Bunga quyidagi hadis ham dalolat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam (sahobiya ayollardan biri Asmo bint Abu Bakr roziyallohu anhoga qarata): “Ey Asmo, ayol kişi voyaga yetganda undan mana bu va mana bu joylaridan boşqa aʼzosi körinişi mumkin emas”, deb yuz va qöllariga işora qildilar” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Har bir inson – jamiyatning bir bölagi

Kişilik jamiyati paydo bölibdiki, kiyiniş inson hayotining asosiy omillaridan biri bölib kelmoqda. Davr, zamon, tuzum, fasl, jamiyatga qarab, ki­yim-keçaklarning ham öziga xos şakli-şamoyili paydo bölgan. Qaysi davr, hudud bölmasin, ayol zoti tabiatan kiyim-keçak, zeb-ziynatga öçligi bilan erkaklardan ajralib turadi.

— Hozirgi davrda kim nimani xohlasa, şuni  kiymoqda, — dedi Özbekis­ton Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nazira Toşpölatova. — Ayollarning öranib olişi tipik hodisaga, qandaydir tendensiyaga aylandi. Universitetimizda tahsil olayotgan köpçilik talaba qizlarning öranib olganini qöllab-quvvatlaş kerakmi yoki aksinça, öylab qolaman. Nega? Sababi, hijobga kirgan talaba qizlarning haddan ziyod pardoz-andoz qilişi, labini botoks qildirişi, qoşu köziga böyoqni çap­lab olişi  yon-atrofdagilarning diqqat- eʼtiborini köproq tortmoqda. Mayli, dinimiz talablariga köra, ular töğri libos tanlabdi, deylik. Lekin ularning yuriş-turişi, odob-axloqi, sözlaşiş madaniyatida, jilla qursa, solihalikning  yigirma-öttiz foizi  mujassammi, islom  ahkomlaridan ular qay darajada xabardor? Surat muhimmi, siyrat? Afsuski, baʼzi örangan  qizlar jamoatçilik orasida baqirib-çaqirişi, şallaqilik qilişi, turtinib-surtinib, kattalarga yöl bermasligi, hiring-hiring kulişi, telefonda ğiybat qilişi bilan yon-atrofdagilarda salbiy taassurot  qoldirmoqda. Töğri, ularning orasida haqiqiy möminalari ham yöq emas. Maʼruza öqiyotgan paytimda, talaba qizning  telefonda öynab ötirganini sezib qoldim va unga tanbeh berdim. Ammo u közini löq qilib, “Yöq, domlajon, man telefondan foydalanmadim”, deya meni xijolatga qöydi. Köryapsizmi, örangan qizning öz qilgan xatosini tan olmasligi öqituvçisini behurmat  qilişgaça borib yetdi. Oçiqda yurgan viloyatlik qizlardan biri hijobda darsga keldi. “Muborak bölsin, qizim. Endi libosingizga munosib böling, bu masalada onangiz bilan maslahatlaşdingizmi?” deb söradim. “Yöq, buning hojati bormi?”, dedi u ösmoqçilab. Ğalati bölib ketdim. Bu qanday özboşimçalik? May oylarida örangan bu qiz sentyabrda yana oçiq-soçiq holda öqişga keldi. Taajjublanib söradim: “Iye, nima böldi, örangandingiz-ku?”. Qizning onasi bu işga qarşi bölganini, öraniş emas, bilim oliş  muhimroq ekanini  aytib, römolini yeçdiribdi. Köryapsizmi, har xil holat, har xil  munosabatlar… Baʼzi onalar öranmagan, qizlari yopiq libosda. Suhbatlaşib qolsak, “Hozir hamma örandi. Man oçiqda yuramanmi?” deb buning  asl mohiyatini bilib-bilmasdan iş qilmoqda”, deydi onalari. Öylab qolasan kişi, hijobga kiriş şunçaki havasmi, “ommaviy madaniyat”mi yoki özini sipo, hayoli, iboli körsatişning vositasimi? Nazarimda, bu  tobora urfga kirib borayotgan  “madaniyat”ning turiga aylanib qoldi. Eng açinarlisi, hali ona suti oğzidan ketmagan  qizçalarga ham baʼzi oilalarda hijob kiydirilmoqda. Şunaqa oilalardan biriga borsam, 40-45 daraja issiqda 4-5 yoşlardagi qizaloq örab-çirmab qöyilgan, u yoqqa ağanab, bu yoqqa ağanab, uxlolmayapti. Bola terlab-pişib ketgan, şartta böynini siqib turgan römolni   yeçib taşladim. “Bolangizni qiynamang, hali u gödak-ku”,  dedim onasiga.

Darvoqe, iymon-eʼtiqodni, tafakkur­­ni, dunyoqaraşni nima belgilaydi? Avvalo, bilim, ilm, maʼrifat, odob-axloq va yana bir qança omillar insonni  komillik çöqqisiga olib çiqadi. Ongli ravişda kiyiniş madaniyatini töğri egallaş, yaraşganini tanlaş ana şu omillardan biridir. Yuqoridagi fikr-mulohaza va kuzatişlarga asoslangan holda, xotin-qizlarimiz öranişi şart yoki öranmasin, degan xulosa bermoqçi emasmiz. Iymon-eʼtiqod – insonning könglida, siyratida köproq aks etadi. Libosni niqobga aylantirib, iymon-eʼtiqodli, taqvodor bölaman, deyiş, yuriş-turiş, xatti-harakatda  islom  dini talablariga mos kelmaydigan holatda köriniş  na diniy, na dunyoviy talablarga töğri keladi. Qisqasi, özbek ayoli, özbek qizlarining egnidagi libosi öziga, jismiga, qalbiga yaraşiqli  bölsin.

Hulkar TÖYMANOVA,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan