UY-MUZEYLARNING “BEGONA”SI YÖQ!
Davlatimiz rahbari maʼnaviyat va maʼrifat sohasiga qançalar eʼtibor qaratayotgan, ğamxörlik körsatayotgan bir pallada, oçiği, ayrim soha mutassaddilari özlaridan bilib heç taşabbus, jonkuyarlik qilmasligi kuydiradi, öyga soladi.
Keyingi yillarda Prezidentimiz taşabbusi bilan özbekning uluğ adibi Abdulla Qodiriy uy-muzeyi taşkil qilindi. Bundan qança ğururlansak arziydi. Ammo bugun uy-muzeylar borasida yiğilib qolgan ayrim muammolar ham yöq emas. Aslida nafaqat yurtdoşlarimiz, yoşlarimiz uçun, balki xorijdan keladigan ming-minglab sayyohlar, mehmonlar uçun ham uluğ zotlar yaşab ijod qilgan qadamjolarga eʼtibor yanada kuçaytirilsa, bu faqat ezgulikka xizmat qiladi.
Quyidagi mulohazalarimiz aynan şu haqda.
Avvalo, poytaxtimiz Toşkentda neçta uy-muzey bor? Respublikamizda-çi? Ular kimlarning uy-muzeylari? Davlat tasarrufiga olingan bu uy-muzeylarning zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan? Ularning maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-ilmiy, boringki, ijtimoiy hayotimizda tutgan örni qanday? Ajdodlarimiz merosini örganişda, xalqimizni va ayniqsa, yoşlarimizni tariximizga, adabiyot va sanʼatimizga hurmat va muhabbat, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga sadoqat ruhida elparvaru yurtparvar insonlar qilib tarbiyalaşda uy-muzeylar qanday ahamiyat kasb etmoqda? Nega ommaviy axborot vositalari uy-muzeylar faoliyati haqida deyarli oğiz oçmaydilar? Nega bu muzeylarga göyoki “oldingdan oqqan suvning qadri yöq” qabilida qarab kelyapmiz?
Xizmat yuzasidan har gal Özbekiston xalq yozuvçisi, atoqli adib Abdulla Qahhor uy-muzeyiga yöl olganimda, xayolimda ana şunday savollar çarx ura boşlar, men esa mutaxassislar javobi bilan çeklanib qolmasligim kerak degan fikrda töxtab, bu qutluğ dargoh işi bilan çuqurroq tanişişga, savollarimga töla javob olişga harakat qilardim.
Avvaldan aytib qöyay, kamina muzeyşunos mutaxassis emasman, jurnalistman. Ammo ikki yil davomida bir neça uy-muzeylarda bölib, ularning işi, şart-şaroiti bilan tanişib, rahbar va xodimlari bilan muloqotda bölib, bitgan uşbu maqolamda bayon etilgan muammolar, taklif va istaklarni “Hurriyat” gazetasi orqali mutasaddilarga yetkazişni lozim topdim. Şu bois özbek va tojik adabiyotining yirik namoyandasi, akademik yozuvçi Sadriddin Ayniy uy-muzeyiga öxşab, “nomi bor-u, özi yöq” bölmasligi uçun, aççiq bölsa-da, oçiq gapirişga töğri keladi.
Maʼlum bölişiça, uy-muzeylar yaqin-yaqinga qadar Madaniyat vazirligiga qaragan ekan. Vazirlikdagilar kerak bölganda topşiriq berib, kerak bölganda hisobot söraşdan nari ötmagan. Şu sababli uy-muzeylarning qanday muammolari borligi va nima yordam kerakligi xususida lom-mim deyilmagan. Vazirlik lavozimlarini egallab ötirgan rahbarlarning hammasi ham esa bir-ikki soat vaqt ajratib, uy-muzeylarni öz közlari bilan körib, taşviş va quvonçlari bilan qiziqib körişgan deb aytiş qiyin. Aksinça, katta-kiçik yiğinlarda ham bu masala çetlab ötilgan. Bu esa uy-muzeylarning öz yoğiga özi qovurilib ötirişiga olib kelgan. Muzey muammosi-yu kam-köstini hal etiş, zarur narsalarni sotib oliş yoki nimanidir taʼmirlaşga byudjetdan mablağ ajratiş közda tutilmagani uçun direktor öz yonidan sarflaşga majbur bölarkan. Boşqa bir uy-muzeyning ekspozitsiya zallarida bittadan kiçkina lampoçka qizarib turganligi, ikkinçisida ilmiy xodim örnida talaba işlayotgani, uçinçisida kuzatuvçi yetişmasligi, yana birida barça iş mutaxassis bölmagan yoş xodim zimmasiga yuklatilganligi fikrimning dalilidir.
Taqdir taqozosi bilan uy-muzeylar Turizm va madaniy meros vazirligi tasarrufiga ötkazilganida, köpçilik endi özgariş bölsa kerak, deb öylagan ekan. Afsuski, vazirlik maqomi özgarib, uy-muzeylar yana kimning etagini uşlaşni bilmay, kunning kulib boqişini kutişibdi. Nihoyat, ğöradan halvo pişib, uy-muzeylarga ega topilibdi. Yangi taşkil etilgan Madaniy meros agentligini “otam ham siz, onam ham siz” deydigan bölişibdi. Qolgan gap agentlikda. Begonalik qilmay, uy-muzeylarni bağriga olsa, olam guliston. Buni vaqt körsatadi, albatta.
Abdulla Qahhor uy-muzeyida ham bir qaraşda hamma narsa risoladagidek. Ikki qavatli uydan iborat möʼjazgina hovli şinam, toza-ozoda. Bahordan keç kuzgaça atirgul va rayhonlar közingizni yaşnatadi. Quloçlarini tört tomonga yozgan katta xurmo daraxti qiyğos gullab, hovliga özgaça bir çiroy baxş etganligidan dilingiz yayraydi. Meni iliq kutib olgan muzey direktori Sanobarxon Matlubova maqsadimni bilgaç, avval xodimlari bilan taniştirdi, söng muzeyni tomoşa qildirib, meni adib hayoti va ijodiga yanayam qiziqtirib qöydi. Şu-şu bir oyoğim işda bölsa, bir oyoğim muzeyda böldi. Oylar ötişi bilan men mehmondan – mezbonga aylandim. Direktor va xodimlarning samimiy, xuşmuomala, kamtar va işçanligini körib, yoşlardan iborat bu ahil jamoaga havasim kelar, muloqotlarimizdan xursand bölar edim. Lekin ikki yil davomida na direktordan, na xodimlardan biron-bir şikoyat yoki noliş eşitmadim. Nazarimda, ular yetar-yetmaslik haqida söz oçişdan uyalar, bunday fikr xayollariga ham kelmas edi çoği. Ammo muzey binosi bunyod etilgandan buyon mehr bilan taʼmirlanmaganligini devorlarining darz ketib, qorayib qolganligi, pol va jihozlarining rangi öçib, ayrim joylari lopillab turganligidan biliş qiyin emas edi. Buning ustiga, xizmat körsatiş vositalari ham allaqaçon burçini ötab bölgandi. Yana şuni ham bildimki, közda tutilmagan xarajatlarning bari direktorning böynida ekan. Iltimos, maoşi katta bölsa kerak-da, deb öylamang! Ilmiy xodimning oyligi salkam ikki million söm bölganda, undan bir poğona baland turadigan direktorning oladigan maoşi ot bilan tuya bölarmidi? Nazoratçi qança maoş olişini aytmasam ham böladi. Arzimagan maoşga noilojlikdan işlayotgan xodim maoşi köproq iş topilib qolgan kuniyoq böşab ketarkan. Nahotki uy-muzeylarning bunday muammolarini quloğining paxtasini olib qöyib eşitadigan biron-bir oliyjanob odam topilmayotgan bölsa, degan xayolga borib, öylanib qoldim.
Vazirlik rahbarlari özlariga qaraşli bölgan uy-muzeylardan bir yilda bir marta xabar olmasa, “hali uni qil, hali buni qil”dan nariga ötmagan bölsa, hokimiyat kattalari öz hududidagi muzeyga qadam bosmasa (hokim va uning muovinlari öz tumanida uy-muzeylar borligini bilarmikan?), muzey direktori boşini qaysi devorga ursin?! Kimdan umid qilsin? Yon qöşni bölgan mahalladanmi?! Muammosini hal etiş uçun qaysi boyvaççaga yalinib-yolvorsin? Eşitişimga qaraganda, muzeyni taʼmirlaş va bir donagina kompyuterga ega böliş uçun kazo-kazolar nomiga iltimos xati yozilib, taqillatilmagan eşik qolmabdi. Mening özim adib uy-muzeyini taʼmirlatiş uçun ikki yil yugurib, nihoyat niyatimga yetganimda, direktorga oson emasligini aniq-tiniq tasavvur qildim. Arzimagan ön dona qalam-u ön dona oddiy ruçkani ham birja orqali (ularni körib, tanlab oliş imkoni yöq, buyoği berganning betiga qarama ekan) xarid qilib oliş şart bölgandan keyin boşqasini gapirmoqqa na hojat?
Yaxşiyamki, poytaxtda yigirma-öttizta emas, bor-yöği ön bitta uy-muzey bor ekan. Şu ön bir uy-muzeyni körsa körgulik qilib, içki turizm yöl xaritasiga kiritilsa, zarar böladimi? Nahotki uy-muzeylar xuddi ögayga öxşab qolganligi na tegişli vazirlikdagi, na tuman hokimiyatidagi rahbarlarning xayoliga kelmayotgan bölsa? Axir uy-muzeylar ham ilm, maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari-ku! Nega ularni körib körmaganlikka, bilib bilmaganlikka olamiz? Bundan kimga foyda-yu, kimga zarar? Yoki ular “madaniy meros”ning qolipiga siğmaydimi? Balki uy-muzeylarni madaniy meros röyxatiga kiritiş uçun hukumat qarori kerakdir? Balki “oğrimagan boşimni oğritib nima qilaman?” degan janoblarga uy-muzey tarixning bir parçasi, qadriyat, maʼnaviyat va maʼrifat öçoği, ilmiy maskan ekanligini, yoşlarimizni öz xalqining maşhur kişilari hayoti va el-yurt ravnaqi yölidagi ibratli işlari bilan yaqindan taniştirişda tariximiz va qadriyatlarimizning maʼlum bir qirralarini yodga solib turguvçi qutluğ bir dargoh ekanligini yotiği bilan tuşuntirmoq kerakdir?!
Özbek milliy musiqa sanʼati allomasi, akademik Yunus Rajabiy bilan buyuk adib Abdulla Qahhor uy-muzeylari şaharning qoq belida (Yakkasaroy tumaniga qaraşli) yonma-yon joylaşgan. Bu ikki qadrdon döstning biri milliy musiqamiz sanʼati, biri milliy hikoyaçiligimiz dovruğini dunyoga doston qilgan uluğ insonlar edi. Ularning muzeylaridagi kişini hayratga soluvçi aşyolar vositasida bosib ötgan hayot yöllari, yaratgan betakror asarlari haqida maroqli hikoyalar tinglaş yoşlarimizning milliy musiqamiz va adabiyotimizga bölgan qiziqiş va mehrini oşirişga, keng dunyoqaraşli bölişlariga xizmat qilmaydimi?! Özining ötmişiga, adabiyot va sanʼatiga hurmat va muhabbat bilan qaraşga undamaydimi?! Oldiga qöygan maqsadiga yetiş uçun izlanişga, yangilikka intilişga, yaratişga daʼvat etmaydimi?! Menimça, masalaga şu nuqtai nazardan qaralsa, maqsadga muvofiq bölur edi.
Abdulla Qahhor uy-muzeyi haqida gap ketganda, eng avvalo, şuni aytiş kerakki, adibning rafiqasi — taniqli tarjimon Kibriyo Qahhorova (adib vafotidan keyin) ayol boşi bilan yelib-yugurib, boşini yuz bir eşikka urib, ne-ne maşaqqatlar bilan öttiz beş yil muqaddam uyini muzeyga aylantirgan ekan. Yaxşiyamki, bu muzeyning Sanobarxondek tinib-tinçimas, fidoyi va jonkuyar direktori bor ekanki, u va fidoyi insonlarning taşabbuslari-yu saʼy-harakatlari bilan Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Toşkent şahridagi Turon kutubxonasi bilan Abdulla Qahhor nomli mahallada, şuningdek, uning özi yaşagan qutluğ xonadonda yozuvçi va şoirlar, adabiyotşunos olimlaru jamoatçilik vakillari iştirokida adib tavalludining 115 yilligiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-ilmiy tadbirlar ötkazilib, Abdulla Qahhor umri boqiy asarlari bilan millionlab kitobxonlarning qalbida yaşab kelayotgani, hikoyalari, qissa va romanlari, sahna asarlari-yu, bugun ham dolzarb hisoblangan maqolalari ijod ahli uçun bundan keyin ham namuna maktabi bölib qolişi, yoşlarni mehnatsevar, haqgöy, adolatparvar, adabiyotga mehr-muhabbatli qilib kamol toptirişda alohida örin tutişi faxru iftixor ila bot-bot eʼtirof etildi. Bu adolatparvar yozuvçi — Abdulla Qahhor hamişa biz bilan ekanligini, zamon nafasi ufurib turgan qator-qator asarlari sevib öqilayotganligini anglatmaydimi?!
Köpçilik uy-muzeylarda ilmiy xodimlar borligini bilmasa kerak. Töğri, ular bekorçi emas. Işlari boşlaridan oşib-toşib yotganligini ham kördim. Biroq “bola yiğlamasa…” deganlaridek, men keyingi yillarda respublika gazetalarida uy-muzeylar ilmiy xodimlarining (taqdir taqozosi bilan körmay qolgan bölsam, uzr) u yoki bu mavzuga bağişlangan maqolasini öqiganim yöq (balki, ilmiy xodim nomi bor-u, özi yöqdir). Vaholanki, uy-muzey va uning arxividagi xazinani ilmiy xodimdan yaxşi biladigan kişi bölmasligi kerak. Ilmiy tadqiqot institutlari va oliy öquv yurtlaridan kelganlar “işim bitgunça, eşagim suvdan ötgunça” qabilida iş bitirib ketaveradilar. Ammo közga körinib turgan yangilik yoki muammo haqida uy-muzey ilmiy xodimi bilan hamkorlikda maqola yozib, matbuotda eʼlon qilişni ep körmaydilar, şekilli (ehtimol, buning ular uçun qiziği yöqdir). Yana bir gap. Uy-muzey arxivi materiallaridan samarali foydalangan tadqiqotçilarning xorijdagi qaysi bir ilmiy jurnalda (dissertatsiya şarti uçun) çiqqan maqolasidan bizga neçoğli foyda? Xabarga öxşagan öşa ilmiy maqolaning fanimiz ravnaqiga yoki biron-bir sohaning ösişiga ahamiyati bormikan? Bölsa, nega uning ilm-fandagi yoki işlab çiqarişdagi samarasi xususida gapirmaymiz? Tadqiqotçi öşa ilmiy maqolasiga sarflaydigan pulini özida qoldirib, ilmiy ijod mahsulini özimizdagi soha jurnallarida eʼlon qilgani maʼqul emasmi?! Umuman, dissertatsiya himoyasi uçun xorijiy ilmiy naşrlarda maqola eʼlon qilişda bugungi kun nuqtai nazaridan yondaşadigan vaqt kelmadimi?! Axir iqtisodiyot, texnika, tibbiyot, tarix, qişloq xöjaligi va boşqa sohalar böyiça yoqlangan neça yuzlab dissertatsiyalar xorij uçun emas, bizning özimizga, davlatimiz ravnaqiga kerak-ku! Demak, uy-muzeylar ilmiy xodimlari (ularning ilmiy tadqiqot bilan şuğullanişi muzeyga kelganlarga teşa tegmagan fikrlarni taqdim etişda, şuningdek, mavjud materiallarni boyitiş va tarğib etişda muhim ahamiyatga ega) faoliyatini aniq maqsadga yönaltiriş, buning uçun ularning şart-şaroitlarini yaxşilaş va moddiy manfaatdorligini ilmiy muassasalar tadqiqotçilari darajasiga tenglaştiriş masalasi ham borki, uning hal etilişi ilm-fan, adabiyot va sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat rivoji uçun juda-juda zarur. Ikkinçidan, uy-muzey atrofida maktab, oliy öquv yurti va qator-qator taşkilotlar bölsa-da, ularning rahbarlari yonlaridagi ana şu bebaho xazinadan bahramand bölib, maʼnaviy ozuqa olişni unutib qöyganga öxşaydilar. Bu borada tuman hokimligi va uning maʼnaviyat va maʼrifat bölimi boş-qoş bölsa, xayrli bölur edi. Yana bir muhim masala. Uy-muzeylar (ayniqsa, ekskursiya ötuvçilar. Aslida, ular mutaxassis bölgani maʼqul) xodimlarining malakasini (bilimdonligini) muntazam oşirib boriş lozim. Agar ekskursovod “ötlab” ketsa (şunaqasi ham bölib turadi), bilingki, u bugun bölmasa, ertaga uyaltirib qöyişi heç gap emas. Eng muhimi, uy-muzeylardagi iş örinlari soni ham nari-berisi bilan öttiz yildan buyon özgarmaganga öxşaydi. Ayrim uy-muzeylarda oliy öquv yurtini bitirgan muzeyşunos mutaxassisni uçratmaysiz. Ular yetarli bölsa-da, maoşi kamligi uçun uy-muzeylarga qayrilib ham boqmas ekanlar. Iş kölami tobora ortib borayotgan bir paytda xodimlar soni ham talabga muvofiq bölsa, işning sifat va samaradorligi ortmay qolmaydi. Şuni ham aytiş kerakki, uy-muzeylarga sayohat bepul qilib qöyilgan. Demak, bu ularni davlat tomonidan moliyaviy qöllab-quvvatlaşni taqozo etadi. Bularning bari uy-muzeylarning bundan buyon ham maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol iştirok etişlari, izlanişlarni izçil olib borib, muzeyni yanada boyitişlarida yangi-yangi imkoniyatlar eşiklarini oçib berişi şubhasiz. Bu esa uy-muzeylarning taşqi dunyo bilan ilmiy-ijodiy hamkorlik riştalarini boğlaşlarida ham asqatadi degan umiddamiz. Xullas, maʼnaviyat va maʼrifat har birimiz uçun suv va havodek zarurligini, hayotimizda tutgan örni beqiyos ekanligini teran anglagan inson borki, uy-muzeyga quçoq oçişdan, uning serqirra faoliyatini yanada yuksaltiriş yölidagi savob işdan özini çetga tortmasligiga astoydil işongimiz keladi.
Nuriddin OÇILOV,
Özbekiston Milliy universiteti
jurnalistika fakulteti
öqituvçisi.
