“Göri Amir qayerda?!”

Albatta, tariximizga hurmat körsatilayotgani, buyuk ajdodlarimiz haqida ommaviy axborot vositalari orqali rang-barang maʼlumotlar tarqatilayotgani tahsinga loyiq. Ammo masalaning bir jihati borki, buni doimo yodda tutişga töğri keladi, deb öylaymiz. Avvalo, köp maʼlumotlar birinçi marta jamoatçiligimizga maʼlum qilinayotir. Şuning uçun ularning tasdiqlangan, ilmiy dalillangan nusxalari tilga olinişi yoki eʼlon qilinişi lozim.

Negaki, biror dalil, hatto şaxs yoki joy nomi notöğri muomalaga kiritilsa, uni töğrilaş ança muşkul böladi.

Misol uçun, Samarqand şahridagi Sohibqiron Amir Temur hazratlari dafn etilgan maqbara nimagadir baralla “Göri Amir” deb atalmoqda va şunday yozilmoqda. Birinçidan, meʼmoriy inşootning bunday atalişi kişida sovuq kayfiyat paydo qiladi. Ikkinçidan, bu maqbaraning nomi, aslida, “Görimir” bölib, uning öziga xos tarixi bor. Hozirgi bu majmua madrasaga möljallab, bino qilina boşlangan. Unda yuqori tabaqa harbiy laşkarboşilar (zamonaviy tilda aytganda, “generalitet”) tayyorlanişi lozim bölgan va u Muhammad Sulton ixtiyoriga berilgan. Ammo quriliş işlari poyoniga yetmay turib, Muhammad Sultonning ustozlaridan biri Sayyid Mir Umar (Sohibqironning pirlaridan biri Sayyid Mir Kulolning farzandi) vafot etadi va u şu hududda dafn etiladi (eʼtibor bergan bölsangiz, maqbaraning şimoli-ğarb tarafida devordan tuğ osilib turibdi). Şundan keyin bu joy “Görimir” deb yuritila boşlaydi.

Taqdirning şafqatsiz hukmini qarangki, oradan köp ötmay, Muhammad Sulton ham vafot etadi va özi qurdira boşlagan madrasa tarhi özgartirilib, maqbaraga aylantiriladi. Keyinçalik So­hibqironning özi va boşqa öğillari, Mir Sayyid Baraka ham şu joydan sönggi makon topadilar. Şunday qilib, bu dahma “Görimir” degan nom bilan atalib ketadi va tarix kitoblarida şunday darj etiladi.

Keyinçalik şöro tarixçilari bu nomni öz lafzlariga moslaştirib, “Gör-emir” tarzida yozadilar. Bizning tarixçilarimiz bu atamani yana “tarjima qilib”, “Göri Amir” deb yozişni boşlaydilar. Hatto 1996 yilda çop etilgan “Amir Temur jahon tarixida” albomida, undan keyingi boşqa kitoblarda ham şu tarzda yoziş boşlanib ketadi. Endi mulohaza qilib körsak, qaysi nusxada tarixiy adolat mujassam?! Har holda, milliy iftixorimiz sifatida uluğlanayotgan bobolarimizning sönggi mas­kanini yoqimliroq söz bilan, eng muhimi, öz nomi bilan ataşga majolimiz yetsa kerak! Yoki bizni yoqtirmaganlar, tariximizni ğorat qilganlarning qiliqlarini tak­ror­­lab, hamon tabarruk ziyoratgohni özga tildagi sovuq bir ibora bilan ataş davom etaveradimi? Agar özini hurmat qiladigan, tarixi bilan faxrlanadigan olimmi, oddiy muxlismi, adaşib yurgan bölsa, töğri qaror qabul qiladi, degan umiddamiz.

Ikkinçi mulohaza şuki, buyuk zotlar haqida söz yuritganda, ozgina mulohaza bilan bisotimizdagi ardoqli söz va iboralarni qöllab gapirsak, heç kimning asakasi ketmasa kerak. Axir heç vaqtda aytaylik, padari buzrukvor haqida söz aytib: “Şonazar meni yaxşi köradi”, deyilmaydi, “Otajonim meni yaxşi köradi”, deyiladi-ku! Yaqin kişilarimizni oldida emas, orqasidan ham “siz”lab gapiriş, dilga yaqin iboralar (“faxrli ajdodimiz”, “tariximizdagi buyuk şaxs”, heç bölmaganda, “bobomiz”) bilan gapiriş tinglovçilarda ham mehr paydo qiladi, ham özimizning vorislik burçimizni bajargan bölamiz. Rosti, “Temur davlati”, “Temur farzandlari”, “Temurning özi boş bölib…” singari iboralar kişiga singmaydi. Nima bölibdi, avvalo, “Temur” emas, “Amir Temur” deyiş oddiy odob. Bundan taşqari, “Sohibqiron”, “Temurbek” singari sözlar, “buyuk davlat arbobi”, “Jahongir”, “sarkarda va yölboşçi” singari köplab sifatlaşlardan ham foydalaniş mumkin. Gap orasida “kallasini olib taşladi”, “öldirdi”, “jonini oldi” singari yalanğoç iboralarni muttasil qöllaş ham tinglovçilarni tarixga qiziqtirmaydi, balki undan sovitadi…

Har holda, ötmişimizga hurmat körsatib, uni maʼnaviy boyligimizga aylantirişga kirişdikmi, igna bilan bitadigan işga belkurak olib çopmaslik tarafdorimiz. Eʼzoz va ardoqlaş nazokatli, beğaraz, madaniyat bilan va şukuhimizga mos bölişi ayni muddao.

Netongki, bugungi kunda davlatu nodavlat telekanallar, radiokanallarning deyarli barçasida tarixiy va madaniy merosimiz haqida söz yuritilar ekan, Samarqanddagi uşbu muborak maqbara haqida “Göri Amir” deya aytilayotganiga heç kim, ha, biror vallomat “e, bu notöğri-ku” deb ham qöymaydi…

Hakim SATTORIY.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan