Bolalarni qanday öqitayapmiz?

Qöliga qalam olgan odam borki, öz dunyoqaraşidan kelib çiqib özining fikrini yozişga harakat qiladi. Uşbu maqola ham mening şaxsiy mulohazalarim bayoni. Kimdir hamfikr bölsa, yana kimdir fikrimga eʼtiroz bildirsa, tabiiy hol bu, albatta.

Hozirgi kunda olimlarning hisob-kitobiga köra, dunyoda 7 mingga yaqin til bor. Ularning ayrimlarida milliardlab odamlar sözlaşsa, ayrimlarida bor-yöği 2-3 ming odam sözlaşar ekan. Şu tillar içida özbek tilining öziga xos nufuzi bor. Unda 70 milliondan ziyod odam muloqot qiladi.

Bugun adiblarimiz, tilşunos olimlarimizning fikriça, tilimizning rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar oçilgan. Qança-qança gazeta-jurnallar, badiiy kitoblar çop qilinmoqda. Qolaversa, tilimizda yozilayotgan va çop qilinayotgan asarlar boşqa xalqlarnikidan aslo kam emas. Ammo gap bunda ham emas. Gap tilimizga bugun amalda özimiz bildirayotgan munosabatda. Maktab­larga, boğçalarga kirasiz, özga tilda biyron-biyron sözlaşayotgan qaqajonlarni körib közingiz yaşnaydi, quvonasiz. Endi bir zum öylab köring. Dunyo tamadduniga bir boqing.

1945 yil Yaponiya Ikkinçi jahon uruşida yengildi. Mamlakatning bor-budi ittifoqçi ğoliblar tomonidan talon-toroj qilib taşib ketildi. Yapon xalqi dahşatli oçlikni boşidan keçira boşladi. Ana şu davrda yapon hukumati borini maorifga va tibbiyotga sarflay boşladi. Mamlakatni oyoqqa turğizişning yagona yöli şu deb bildilar. Xöş, ular maorif sohasida qanday yöl tutişdi? Avvalo, öqituvçilar tayyorlandi. Öqituvçi yo şeʼr yozişi, yo biron yapon milliy çolğu asbobini çala bilişi, yo rasm çiziş mahoratiga ega bölişi şart edi. Yapon bolasiga to 12 yoşga yetgunça ajnabiy tilni örgatiş qatʼiy taqiqlandi. Buning sababi, bolaning ongida öz ona tili söz boyligini şakllantiriş, bolani fikrlaşga örgatiş edi. Odam özga tilni qançalik mukammal bilmasin, baribir, öz ona tilida fikrlaydi. Kaşfiyotlar odam miyasida sözlar vositasida namoyon böladi.

Şuningdek, Germaniyada ham şu tartib hozirgi kungaça amalda. Nemis bolasi ham öz ona tilining söz boyligini özlaştirib boradi. Bola öz tilining rangli qirralarini mukammal örganib olgandan keyingina özga tilni örganadi. Germaniyada işlab kelgan bir tanişimning aytişiça, köçada çet tilida sözlaşgan odamlarga ham jarima solinar ekan. Ana tilga hurmat, ana öz qadrini biliş.

Şu yerda aytmoqçimanki, yuqorida aytib ötganimizdek, yer yuzidagi odamlar 7 mingga yaqin tilda sözlaşarkan. Butun borliqni yaratib, hamma narsani tartib bilan harakatini belgilab qöygan oliy zot — Alloh agarda istasa, butun insoniyatni bitta tilda sözlaşadigan qilib qöyişi mumkin edi. Lekin nega tillarni turliça qilib qöydi? Çunki Parvardigori olam özi  xohlagan xalqqa ilm beradi, xohlamaganiga yöq. Qaysiki xalqqa ilm berişni istasa, öşa xalqning  tilini ham  sözga boy qilib qöyar ekan.

Yaratganga şukurlar bölsinki, ona tilimiz boy va gözal. Qonimizda esa uluğ ajdodlarimizning isteʼdod qoni oqmoqda. Lekin ana şu isteʼdodni ona tilimiz bilan röyobga çiqarişni hanuz töliq anglamayapmiz.

Tilşunoslarning aytişlariça, tilimizda 100-130 ming söz bor. Biz şundan, nari borsa, 10 mingidan foydalanar ekanmiz, xolos. Bordi-yu, tilimizdagi sözlarning 30-40 mingini yod bilganimizda, isteʼmolda qöllaganimizda edi, bizning taraqqiyotimiz ham bugun yaponlarnikidan kam bölmasdi.

Öz tilimizni örganişimiz va örgatişimiz zarur. Biz esa… öz tilimizning hurmatini hamon joyiga qöyolmaymiz. Ajnabiy tillarni örganişning ziyoni yöq. Hatto koni foydadir. Ammo faqat bolalarga, avvalo, öz tilimizni örgatişimiz zarurdir. Qaçonki bola öz tilining “kamsitilişini” körmasin. Ha, ha, kamsitilişini körmasin. Axir maktablarda ona tili fanidan dars ötayotgan öqituvçi bir sinfda 30 nafar bolaga dars ötadi va bir stavkaga, aytaylik, 3800000 söm maoş oladi. Ajnabiy tilni öqitayotgan öqituvçi sinfni bölib öqitadi, yaʼni 15 nafar bolaga dars beradi va 5800000 söm maoş oladi. Buni öquvçi ham, öqituvçi ham körib turibdi. Öz tilining qadri ança past ekanligini anglayapti. Bu qançalik salbiy taʼsir etişini bilamizmi?

Mamlakatni yana heç bölmaganda 20-30 yildan keyin rivojlangan davlatga aylantiriş, baland poğonalarga kötariş uçun bolani xuddi yaponlardek öqitişimiz kerak. Bola boğça yoşida özga tilni örganmasin. Endigina rivojlanayotgan ­miyaga ajnabiy sözlarni tiqiştirib alağay-çalağay qilib qöymayapmizmikin?! Öz tilimizdagi aşula, şeʼr, musiqa bilan bolaning ongini töldirib olaylik, keyin sal es tanigandan keyin boşqa tillarni örgansin. Şuningdek, oliy öquv yurtlariga kirişda inşo yozişni joriy qiliş, inşodan ötgan abituriyentlargagina boşqa imtihonlarni topşirişga ruxsat beriş kerak. Bugun oliy öquv yurtlarini bitirgan mutaxassislarning judayam köpi öz fikrini qoğozga yozib bayon qilib berolmaydi. Yanada oçiqroq aytsak, savod masalasi juda ğariblaşib bormoqda. Şuning uçun ham maktab bitiruvçilarini qöya turaylik, hatto oliy taʼlim öquv yurtlarini tamomlaganlarning orasida öz ism-şarifini töğri yozolmaydiganlar ham kam emas.

Taklifim, yuqoridagi fikrlar amalga oşirilsa, ham tilimiz rivojlanadi, ham mamlakat rivojlanadi, ham işlab çiqarişga yetuk kadrlar yetkazib beriladi. Axir kelajakka fikrlovçi, ilmli, ixtiroçi mutaxassislar kerak-ku!

Yana bitta gap. Bugun maktablarimizda deyarli gazeta-jurnal öqişmayapti. Çunki “majburiy obuna”, deb bolalar tugul, öqituvçi, ustoz-murabbiylar ham maʼnaviyat sarçaşmasidan mosuvo qilindi. Öylab köring, butun boşli ming nafar öquvçi öqiydigan taʼlim öçoğiga aqalli bir nusxa “Gulxan”, “Ğunça” yoki “Tong yulduzi” kabi bolalar naşrlari bormaydi. Savodsizlik şu tarzda avj olib bormoqda. Mamlakatning nufuzli naşrlarini ham öqituvçilar olmaydi, hisobi. Bu axir juda açinarli hol-ku!

Bu mening şaxsiy fikrlarim. Siz-çi, siz nima deysiz, vatandoş?

Sobirjon HAKIMOV,

Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslaşgan

davlat umumtaʼlim maktab-internatining

ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan