Pulingiz köpaysa ham…
yoki milliy valyutamizga hurmatsizlik qilişga
heç kimning haqqi yöq!
Pul har bir davlatning tili, Konstitutsiyasi, madhiyasi, bayroği kabi uning muhim qadriyati va obrösini belgilovçi omillardan hisoblanadi. Qomuslarda pulga şunday taʼrif berilgan: “Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboşlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boşqa barça tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul öz tabiatiga köra, uç xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboşlanadigan muhim xarid vositasi; boylik timsoli; mehnatni qiymat şaklida ölçab beradigan vosita”.
Şuningdek, pul ayirboşlaş, tölov, qiymat ölçovi, jamğariş (boylik töplaş) kabi vazifalarni bajaradi: qiymat ölçovi — tovarlar qiymati miqdori pul orqali ölçanadi. U boşqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboşlaş vositasi. Pul vositasida tovarlar oldi-sotdi qilinadi; jamğariş vositasi — pul özida mehnatni gavdalantirgani uçun boylikning umumiy şakliga aylanadi va hokazo.
Şunday ekan, boşqa milliy qadriyatlar singari millatning obrösi, imiji sifatida pul ham qadrlanişi kerak.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda pul haqidagi bir voqea tafsiloti, yaʼni Xitoyda qimmatbaho maşina egasi yoqilği quyilganidan keyin pulni xodimga beriş örniga, uni yerga taşlab yuborgani aks etgan videolavha köp aylandi.
Maʼlumotlarga köra, uşbu video çiqqandan söng, Xitoyning barça yoqilği quyiş şoxobçalari egalari uşbu avtomobilga yoqilği quymaslikka qaror qilişibdi.
Demak, xitoyliklar pulining qadrini biladi, hurmat qilgan holda, şunday yöl tutişgan. Beixtiyor qoyil deysan. Qani endi hamma ham xitoyliklardek öz pulini şunday eʼzozlasa, obrösini kötarsa.
Şularni könglingizdan ötkazar ekansiz, “bizda-çi, bizda pulimizga nisbatan qaraşlar qanday ?” degan haqli savol tuğilişi tabiiy. Bu savolga birdaniga javob topiş qiyin. Çunki bizda pulga muomala, vosita sifatida qaraladi, xolos. Töğri, pul muomala, vositasi, ammo bu şunçaki oddiy vosita sifatida qabul qilinişi kerak emas-da. Nazarimizda, qonunçilikda milliy pulning qadrini kötaradigan yana qandaydir bandlar qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bölar edi.
Keyingi yillarda milliy kino, teleseriallar, hatto körsatuvlarda kino qahramonlari yoki boşlovçilarning nuqul “köki” haqida gapirib, “köki” bilan muomala qilişlari urfga kirdi. Masalan, “ZO’R TV”dagi “Öğirlangan niqob” körsatuvini körganlar bordir. Öyin qoidasi şunday: agar sanʼatkor, aktyorlardan iborat ekspertlar sahnaga turli köriniş va niqoblarda çiqib kelgan qahramon kimligini topişsa, boşlovçi yutuq sifatida falon million söm berişga vaʼda beradi. Ammo jarayonda dollar bilan muomala qilinadi. Ha, heç bir öylab ötirmasdan, andişa qilmasdan. Öylab qolasiz, milliy pulimizning qadri qayerda qoldi?
Pulimizga nisbatan hurmatsizlikning yana baʼzi unsurlarini körganda, könglingiz hijil tortadi. Yaʼni, qoğoz pullarning çekka qismlarida telefon raqamlari, baʼzida hisob-kitobning umumiy summasi yozilgan böladi. Bu bir tomondan pulga mensimasdan, oddiy qoğozdek qaraş, qolaversa, undan foydalanilganda, qölingizga siyoh unnab qoladi, uni ketkaziş esa, oson keçmaydi.
Yanada taassufli holat, pul topib, aql topmagan ayrim hamyurtlarimizning töylarda qoplab (!) pul soçayotgani, milliy valyutamiz töyxonalarda oyoqlar ostiga xazonlar kabi tepkilanayotganini körib nima deyişni ham bilmaysan. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday holatlarga kun-kunora guvoh böliş mumkin. Bittasi puldan gulçambar yasab kuyovining böyniga ilsa, yana bir kimsa valyutadan kastyum tikib, kuyoviga kiygizadi.
Bizning pul (söm) asosan, mamlakat hududida amalda böladigan milliy muomila vositasi hisoblanadi. Şunday ekan, boşqa mamlakatlar pullarini köklarga kötarib, har kuni muomalada böladigan özimizning pulni kamsitmasligimiz, aksinça, qadriga yetişimiz kerak.
Yusuf HAMDAMOV
