Matbuot bong urmoqda, lekin… (yoxud rahbarlar gazeta   öqiyaptimi?)

Fransuz yozuvçisi Deni Didroning “Odamlar kitob öqişdan töxtasalar, fikrlaşdan ham töxtaydilar” degan oqilona fik­rini köpçiligimiz gazeta-jurnallar sahifalarida öqigan bölsak, köpçiligimiz kitobxonlikka bağişlangan suhbatlarda bot-bot eşitganmiz. Hayot haqiqati barq urib turgan bu hikmatning mohiyatini yanada teranroq anglaydigan bölsak, kitobku kitob, hatto biron-bir gazeta yoki jurnalni muntazam mutolaa qilmaydigan odamning fikrlaşi-yu, dunyoqaraşi haminqadar ekanligini tasavvur qilişimiz qiyin bölmaydi. Demak, kim köp öqisa, köp biladi. Köp öqigan odamning fikr yuritişi, muomala madaniyati, yuriş-turişidan tortib, mehnat faoliyatigaça, lönda qilib aytganda maʼnaviyati bilan özgalardan ajralib turadi. Bunday odam oilada ham, jamoada ham boşqalarga ibrat böladi. Agar, u rahbar bölsa, boşqarişni ham, iş yuritişni ham köpçilikning manfaatiga, işning sifat va samaradorligiga qaratadi.

Afsuski, oramizda şunday odamlar borki, ular gazeta-jurnal yoki kitob öqişdan yiroq bölsalar-da, hamma joyda özlarini öta bilağon qilib körsatişga tirişadilar, birovga söz bermaydilar. Bahsda darrov qizişib, janjallaşişdan ham toymaydilar. Bunday “daholar” deyarli hamma sohada bor. Ular “aytganim aytgan…” deganday, töğri bölsa-bölmasa, faqat özlarinikini maʼqullaydilar. Özgalarning fikrini eşitiş, qadr­laş, haqiqatni tan olişdan or qiladilar. Şunday odamlar orasida katta-kiçik rahbarlik lavozimida işlayotganlar ham yöq emas.

Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida olib borilayotgan xalqçil islohotlarning bittasi — jamiyatda söz va matbuot erkinligini taʼminlaş ekan, qaçonki davlat rahbari öz çiqişlarida, suhbatlarida matbuot va OAV vakillarini qöllab-quvvatlab joylardagi muammolarni, kamçilik­larni xolis yoritib, asos­­li tanqid qilişga daʼvat etar ekan, baʼzi rahbarlarning ana şu munosabatga beparvolik, loqaydlik bilan “javob qaytarayotgani”ni oqlab böladimi?

Zero, iş kunini kundalik naşrlar bilan tanişib çiqişdan boşlaydigan rahbar gazetalarni xöjakörsinga öqimaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotdan, yangiligu özgarişlardan voqif böladi, maʼnaviy ozuqa oladi. Maʼqul bölgan taklifu taşabbuslarni jamoasida tat­biq etadi. Bunday rahbar izlanuvçan, birinçilar qatorida bölişga intiluvçan böladi. Bilim insonni tar­biyalaşini, yuksaklarga kö­tarişini, qadr-qimmatli, obrö-eʼtiborli qilişini bilgan rahbar atrofidagilarni ham öqişga undaydi. Talabga javob beradigan şart-şaroit yaratib beradi. Kutubxonani davriy naşrlar, badiiy va boşqa zarur adabiyotlar bilan taʼminlab qöyadi.

Bu şubhasizki, jamoada samimiylik, poklik, adolat, izzat-hurmat, mehr-oqibat singari tuyğularni qaror toptirişda muhim ahamiyatga ega. Buni xayoliga keltirmaydigan yoki istamaydigan rahbar esa zamoni ötgan döq-pöpisa bilan özini körsatmoqçi böladi. Örganişni, odamlar qalbiga yöl topib işlaşni, ularni taşabbuskorligu tadbirkorlik sari çorlaşni, hayoti va şart-şaroiti bilan qiziqişni, qadr-qimmatini yuksak tutişni, har qanday pastkaşlikdan baland turişni, bir söz bilan aytganda özidan yaxşi nom qoldirişni hatto tuşida ham körmaydigan, özim bölay degan man-man kimsa tez orada kalavasining uçini yöqotib qöyadi. Rahbarlikka munosib emasligi oşkor bölib, el oldida uyalib qoladi. Agar vij­doni bölsa, darhol etagini yiğib oladi. Vijdoniga öt tuşgan bölsa, yo zarning, yo zörning soyasida sudralib yuraveradi. U rahbarlik qilayotgan jamoada esa parokandalik, özibölarçilik, işonçsizlik, taniş-bilişçilik, yulğiçlik singari illatlar ildiz ota boşlaydi.

Ne ajabki, turli idoralarda mutolaadan uzoq bölgan ança-munça rahbarlarni körayapmiz. Ular bayram dasturxonlari va boşqa daromadli işlar uçun qança mablağ kerak bölsa, şunça sarflaşga tayyor. Bundan nimadir tomsa kerak-da! Lekin kitob xarid qiliş va davriy naşrlarga obuna bölişga kelganda, ming bir bahona rökaç qilinadi. Izlagan Makkani topibdi deganlaridek, hatto obunadan manfaatdor bölayotgan rahbarlar ham yöq emas. Bu alohida dolzarb   mavzu. Vaqti-soati kelganda nasib etsa, aytadiganimizni aytamiz, albatta.

Xöş, bugun rahbar bölib işlayotganlarning neça foizi gazeta–jurnal öqiyapti? Nimalarni öqiyapti? Naşrlarning qaysi biri maʼqul-u, qaysi biridan qoniqmayapti? Qanday takliflari bor? Bunday savollar bilan qaysi bir vazirlik yoki qaysi bir hokimlikka murojaat qilmang, işonavering, oladigan javobingiz siz kutgandan yuz çandon ziyoda bölişi aniq. Aslida-çi? Aslida boşqaçaroq. Keling, yaxşisi bu savolga javobni ayrim sohalarning rahbarlari bizdan eşitsinlar!

Xabaringiz bor, şu yilning fevral oyida Turkiyada röy bergan yer silkinişlarida neça yuzlab köp qavatli uylar vayronaga aylanib, bir neça ming kişi hayotdan köz yumdi. Bundan butun dunyo ahli sarosimaga tuşdi. Keyinroq yer bilan bitta bölgan köp qavatli uylar sifatsiz, buning ustiga zilzilabardoş qilib qurilmaganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu gap bizning ham yuragimizga ğulğula solmay qolmadi. Nega? Çunki, bizning mamlakatimizda bunyod etilayotgan köp qavatli turarjoy binolarining hammasini ham quriliş-meʼmorçilik talablariga töla javob beradi deb ayta olamizmi? Şu bois ijtimoiy tarmoqlarda bong urilib, bu boradagi kamçiliklar töğrisida ança-munça tanqidiy fikr­lar aytildi. Keyin nima böldi? Heç nima?! Çunki biron-bir rahbar va mutaxassis lom-mim demadi. Göyoki poytaxtimiz Toşkentda ham, undan taşqaridagi şahar va qişloqlarimizda ham bunyod etilgan köp qavatli uylarda zarraça nuqson yöqdek. Göyoki şu keça-kunduzda köp qavatli turarjoy binolari bir neça asr tiq etmay xizmat qiladigandek. Ammo soha mutasaddilari öylagançalik yopiğlik qozon yopiğligiça qolmadi.

“Hurriyat” gazetasining 2023 yil 1 mart sonidagi “Boylar ham yiğlaydimi? yoxud quriliş-meʼmorçilik sohasida bizni öylantirayotgan ayrim muammolar xususida” nomli maqolada mavjud bölgan jiddiy kamçiliklar qatorida 50-60 yillik köp qavatli turarjoy binolarining birinçi qavat xonadonlari sotib olinib, ularning içki qismi butunlay buzib taşlanib, dorixona, oşxona, kafe va dökonlarga moslaştirilayotganligi, bu esa binoning umumiy holatiga jiddiy zarar yetkazişi mumkinligi aytilib, aloqador vazirlik va idoralar hukmiga havola qilingan edi. Buni qarangki, quriliş-meʼmorçilik sohasining kazo-kazolari u yoqda tursin, hatto sohaga tegişli bölgan nazorat idoralarining biron-bir rahbari “miq” etmadi-ya. Muloyimgina qilib, 4121 nusxada çop etilgan bu gazeta quriliş mutasaddisiga yetib bormagan bölsa kerak, desak töğri bölarmikan?.. Yöq, bölmaydi! Bunday deyişga vijdonimiz yöl bermaydi. Çunki, katta bir sohani boşqarayotgan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining bir nusxa “Hurriyat”dek nufuzli gazetaga obuna bölişga qurbi yetmaganligi, şu bois öziga bevosita aloqador bölgan tanqidiy maqoladan bexabar qolganligi kimga zarar?! Jurnalistgami? “Hurriyat”gami? Vazirlikkami? Yöq! Hammamizga! Çunki sifatsiz qurilgan yoki moslaştirilgan köp qavatli uylarda biron koru-hol röy bersa, eng avvalo, zararni öşa uydagi odamlar köradilar. Biz esa tomoşabin bölib turolmaymizku. Heç bölmasa zarar körgan beçoralarga açinamizku, axir! Vazirlik rahbarlari maqolani atrofliça örganib çiqib, ana şular haqida çuqurroq mulohaza yuritganlarida turgan gapki, qator taklif va talablar ilgari surilgan, xullas, köp narsa oydinlaşgan bölur edi. Aks holda quriliş işlari böyiça vazir örinbosarining hamkasbimiz Islom Asilbekov maqolasidagi (“Hurriyat”, 2023 yil 24 may, “Uylarimiz haqida öylarimiz”) “Men öttiz olti million aholi uçun “garantiya” bera olmayman” degan mantiqqa zid javobi köpçilikni jiddiy öylantirib qöymas edi. Vazir örinbosarining javobi şu bölsa, quriliş-meʼmorçilik sohasining boşqa rahbarlaridan nima kutiş mumkin?! Yo tavba, qurilayotgan ayrim köp qavatli uylarning sifatsizligidan tortib, qator-qator boşqa muammolarigaça jurnalistlarimiz kuyib-pişib bong urganda, soha mutasaddilari oğziga talqon solib, közini kör, quloğini kar qilib ötirganiga nima deysiz? Bundan sohaning egasi yöq ekanda degan xulosa çiqmaydimi?!..

Ming afsus ila aytiş kerakki, bugun turli vazirlik va idoralarda, hokimliklarda, respub­lika darajasidagi banklar, universitet va ins­titutlar, qöyingki, katta-kiçik boşqa taşkilotlarda oylik maoşi fan doktorinikidan kam bölmagan, ha, balki har qanday professordan köra ança yuqori maoş oladigan “axborot xizmati”, “matbuot xizmati” deb ataluvçi xodimlar nima karomat körsatyapti? Oçiği, ularning aksariyati na tuzukroq yozuv-çizuvni eplaşadi, na matbuotdan xabari bor!

Demak, bugun taşkilotlardagi “axborot xizmati” vakillarining hammalari ham özlariga biriktirilgan vazifani uddalay olişyapti deb bölmaydi. Şunçaki, rahbarining “yugurdagi”ga, zarur bölganda haqiqiy ahvoldan bong uradigan, xolis axborot taqdim qiladigan matbuot vakili emas, balki nima bölganda ham ölib-tirilib rahbarini himoya qiladigan, yuz bergan vaziyatni xaspöşlaydigan maʼnaviy mardikorga aylanişgan desak xato bölmasa kerak. Töğri, axborot xizmati yoki matbuot xizmatida işlayotganlarning barçasi şunday ahvolda demoqçi emasmiz. Ular orasida imkon qadar xolis mehnat qilayotganlari ham topiladi.

Endi yana aytmoqçi bölgan mulohazamizning asosiy mavzusiga qaytsak. Allohga şukrlar bölsinkim, yozga ham yetib keldik. Biroq bu yilgi qişda körgan azoblarimiz hali yodimizdan çiqqani yöq. Çiqmaydi ham. Köp qavatli uylarda issiqlik quvvati butun qiş böyi muammo böldi. Tizimda ojizlik mavjudligi yaqqol körindi. Gazning pasayib ketişi asosiy sabab qilib körsatildi. Aslida-çi? Masala poytaxtning Mirobod tumanida örganib çiqilgaç, “Jamiyat” gazetasining 2023 yil 26 yanvar sonida “Loqaydlik balosi” nomli tanqidiy-tahliliy maqola eʼlon qilindi. Oradan beş oy ötib borayotganiga qaramay, sohaning biron-bir rahbaridan na telefon orqali, na yozma javob olinmabdi. Demak, bu soha rahbarlari ham gazeta öqişni allaqaçon yiğiştirib qöygan şekilli. Ammo ular bu bilan suvdan quruq çiqa olmaydilar. Özlariga özlari muammo tuğdiradilar, iş orttiradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga qaraganda tizim mutaxassislari şu keça-kunduzda joylarda issiq suvni uzib qöyib, hali u yerni, hali bu yerni yamaş bilan ovora. Yil davomida tugamaydigan bu iş bilan tizim joyiga tuşarmikan? Asosiy muammo – xonadon va taşkilotlarga issiqlik yetkazib beriş hal bölarmikan? Ha, bu sohani endigina körayotganimiz yöq. Bugungi saʼy­-harakat bilan yana eski tos-u, eski hammomga qarab qolişimiz heç gap emas. Çunki, ana-mana degunça yana qiş kelib qoladi. Bu yilgidek sovuq bölsa, nima qilamiz? Bu masalada soha rahbarlari aniq va işonçli gap aytadigan vaqt kelmadimikan?! Erta bir kun yana “bor otang­­ga, bor onang­­ga” bölib, öz yoğimizga özimiz qovrilib ötirmaymizmi?!

“Jamiyat” haftanomasining 2023 yil 19 yanvar sonida Toşkent şahar hokimligi tomonidan poytaxt dehqon bozorlarida taşkil etilgan “Arzonlaştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlari” yarmarkasi peştaxtalarida sabzi-piyozdan tortib kartoşkagaça xöjakörsinga toza va çiroyli terib qöyilgani, xaridorga esa pastdan aralaş-quralaş qilib tortib berilayotgani, saralab qöyilganining narxi olib-sotarlarnikidan farq qilmasligi, şu bois bahosi yozib qöyilmagani, bu qinğir işni bozor maʼmuriyati körib körmaganlikka olayotganligi tanqid ostiga olingan edi. Mana olti oydirki, dehqon bozorlari rahbarlari ham, ularning tepasida turganlar ham jim. Har bir dehqon bozori hududida matbuot naşrlari kioskasi işlab turgan bölsa-da, özini xöjayinman deb gerdayib yurganlar unga qayrilib ham qaramaydilar. Gazeta öqimagandan keyin unga qayrilib qaraş zarur kelibdimi? Bozor maʼmuriyatining pul sanaşdan ortmasligini yaxşi bilgan hokimiyatdagilarçi? Ularning ham gazeta öqişga vaqtlari yöqmikan? “Jamiyat”dagi maqolani öqiganlarida sabr-toqat bilan olti oy sukut saqlab ötirarmidilar? Ammo hokimiyat rahbarlarini dehqon bozorlaridagi közböyamaçilikdan mutlaqo bexabar deb bölmaydi. Ular har zamon- har zamon nufuzli komissiya bölib, bozor aylanadilar. Biroq jiddiy “kamçilik” topa olmaydilar. Çunki, bozor toza-ozoda. Savdo-sotiq işlari risoladagidek. Xaridorlar arzon narxda sifatli mahsulot sotib olayotganlaridan mamnun. Bozor işçi-xizmatçilari peştaxtalar oralab gir aylanib turgan, hatto, bularning hammasini butun mamlakatga namoyiş etiş uçun televideniye xodimlari tasvirga olayotgan böladi. Bor mahorat işga solinib, taşkil etilgan bu “tomoşa” nari borsa bir soat davom etadi. Keyin bu “bayram” örnini yana “rang kör, hol sör” egallaydi. Agar, tekşiruvçilar bozor maʼmuriyatini ogoh etmay, başang kiyinmay, şov-şuvsiz oddiy xaridor sifatida iş tutganlarida sohada allaqaçon insof ham, vijdon ham, halollik ham qaddini baland tutib, yarq etib turgan bölur edi. Buning uçun eng avvalo, nafs degan baloni jilovlaş kerak! Kimlarning nafsini tiyiş şartligini “nufuzli komissiya” yaxşi biladi. Bu iş qilinmas ekan, bizning orzuimiz orzuligiça qolaveradi.

Xuddi şu gazetaning 2023 yil 8 mart sonida eʼlon qilingan “Donaga sotilmaydigan kiyimlar yoxud ularning közga körinmas egalari” nomli maqolada Çilonzor savdo majmuasidagi qator dökonlar xotin-qizlar kiyimlarini kötarasiga olib-sotarlarga arzon narxda berayotganligi, ular bu kiyimlarni özlarining telegramm kanallarida maqtab, 110-130 ming sömlik qizlar kiyim-keçagini 250-280 ming sömdan pullayotganligi, buning ustiga soliqqa tortilmaganligi haqida fikr yuritilgan edi. Bu kiyimni xarid qilmoqçi bölgan kişi uni körib-bilib oliş imkoniga ega emas. Sotuvçi qabul qilib olgan buyurtmasi ustiga 30 ming söm yöl haqini ham qöşib, mahsulotni xaridorga yetkazib berişdan boşqa heç nimaga kafolat bermaydi. Eng muhimi, kiyim xaridorga töğri keliş-kelmasligi-yu, nuqsoni bor-yöqligi ham uni qiziqtirmaydi. Şu bois pulni oldindan plastik kartasiga köçirib berişni talab qiladi. Puliga kuyib qolganlar ham yöq emas ekan. Şu kiyimlar dökonning özida sotilganida yuzlab, balki minglab opa-singillarimizu qizlarimiz kiyim izlab sarson-sargardon bölarmidi?!.. Puliga kuyib, boşini qaysi devorga urişni bilmay ötirarmidi? Nahotki, bu sohani ham xalqning ğamini yeydigan, muşkulini oson qilişni öylaydigan rahbarlari bölmasa? Soliqçilarçi? Ular bundan bexabarmikan? Afsuski, bexabar bölsalar kerak deyişga til bormaydi. Lekin bu hali hammasi emas. Bunday misollar taʼlim, tibbiyot, madaniyat, sanʼat va boşqa sohalarda ham ğij-ğij. “Jamiyat” gazetasida ana şu sohalardagi kamçiliklaru muammolarga bağişlangan oxirgi paytlarda eʼlon qilingan öndan ortiq maqola bilan tanişar ekansiz, ularning birontasiga ham rahbarman degan zotning munosabati bildirilmaganligi taşvişga soladi.   Demak, rahbarlarimizning hammasini ham gazeta öqiyapti deb aytolmaymiz. Tilga olingan sohalar rahbarlari gazeta öqiganlarida özlari haqidagi tanqidiy maqolani jamoada muhokama qilib, aytilgan kamçiliklarni bartaraf etiş çoralarini körgan va albatta gazetaga javob xati yöllagan bölardilar. Matbuotni “törtinçi hokimiyat” sifatida qadrlaydigan öqimişli rahbar şunday yöl tutadi. Çunki, u tanqid ğarazli maqsadda emas, balki öşa sohani qusurlardan tozalaş, eng muhimi, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qiliş uçun yozilişini yaxşi biladi. Afsuski, bunday rahbarlar tobora kamayib bormoqda. Gazeta öqimaydigan, suyançiqlariga işonib tanqidga parvo qilmaydigan, jurnalistlarga past nazar bilan qaraydigan, hatto alamiga çiday olmay tahdid qilişgaça boradigan rahbaru rahbarçalar buzoqning yugurgani somonxonagaça ekanligini unutmasliklari kerak! Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ayt­gan “halollik vaksinasi” bugun bölmasa, ertaga ularni ham topib borişiga şubha yöq.

Nuriddin OÇILOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan