Özlik ğoyasi nega ön qadam oldinda yurişi kerak?

Keça Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişi tarixiy bir anjuman böldi desak xato qilmagan bölamiz. Negaki, unda Davlatimiz rahbarining sözlagan nutqi har bir uyğoq qalbli yurtdoşlarimizning qalbini tölqinlantirib yubordi.

Albatta, sönggi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda juda katta işlar amalga oşirilmoqda. Ijod ahli hamişa qöllab-quvvatlanmoqda. Madaniyat va sanʼat sohasi uçun birgina yakunlanib borayotgan 2023 yilda 712 milliard sömdan ortiq mablağ yönaltirilgani fikrimizning yorqin dalilidir.

Yangi Özbekistonda “Maqom”, “Baxşiçilik”, “Hunarmandçilik”, “Lazgi” kabi yönaliş­larda xalqaro festivallar ötkaziş anʼanaga aylanib ulgurdi. Poytaxtimizda Adib­lar xiyoboni taşkil etilgani, Yozuvçilar uyuşmasining muhtaşam binosi qurib berilgani, ijodkor adiblarga imtiyozli asosda uy-joylar berilgani… bularning bari maʼnaviyat ahliga yuksak eʼtibor namunasi, albatta.

Yurtboşimiz uzoq yillar aytilmay kelgan jadidlar merosini öqib-örganişga, maʼrifatparvar bobolarimizning jasoratini qalblarga singdirişga daʼvat etib kelmoqda. Şu yölda yaqinda poytaxtimizda ötkazilgan “Jadid­lar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusidagi konferensiya butunjahon jamoatçiligi örtasida katta qiziqiş va eʼtibor uyğotgani bejiz emas. Çunki, maʼrifatparvar bobolarimiz xalqimizning ozod va hur yaşaşi uçun jonlarini tikkan zotlar edilar. Ular ğoyalari hurlik istagan dunyodagi barça xalqlar uçun ham katta eʼtiborga ega edi.

Prezident nutqidan maʼlum böldiki, yurtimizda “Jadid” nomli yangi gazeta taşkil etiladigan böldi. Demak, adolatparvar, elparvar bobolarimizning asarlarini öqib va uqib olişimiz yölida yana bir xayr­­li taşabbus röyobga çiqadigan böldi.

Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining yiğilişida Prezidentimiz bugun dunyoda keçayotgan tahlikali vaziyatga eʼtibor qaratar ekan, uzoqda turib milliy özligimizga, taraqqiyotimizga, hur va erkinligimizga toş otayotgan kimsalar, turli siyosiy kuçlar ham yöq emasligini, bu borada birinçi navbatda har bir ziyolidan, maʼrifat ahlidan ogoh bölişni, Vatan taqdiri uçun befarq bölmasdan hamişa öz sözimizni ayta biliş lozimligini taʼkid­ladi.

– Tarixdan maʼlum: Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuçaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyğoq qalbli ziyolilar, şoir va adiblar, sanʼat namoyandalari, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga çiqqanlar. Mamlakatimiz öz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqiçiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi Ğarb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Özbek tilini öqitiş, kerak bölsa, bu yölda rağbatlantiriş masalalari ham örtaga taşlandi. Ona tilimizga bölgan eʼtibor, jonkuyarlikni Prezidentimizdan örganmoq, ulgu olmoq lozim. Dunyo minbarlarida turib özbekça gapirayotgan yurtboşimiz xalqimizning ziyoli qatlamiga özbek tilining qadrini yanada oşirişga daʼvat etdi.

Şuning uçun ham, “Bugun maʼnaviyat boşqa sohalardan ön qadam oldinda yurişi, maʼnaviyat yangi kuçga, yangi harakatga aylanişi” kerakligini bildirdi.

Darhaqiqat, inson maʼnaviy barkamol bölsa, yurtini, xalqini, milliy qadriyatlarini eʼzozlasa, özligini tanisa, qolgan barça narsalarni qölga kiritişi mumkin. Özini tanimagan, özligining qadriga yetmagandan heç narsa kutib bölmaydi. Mana, eng uluğ ğoya, oliy maqsad qayerda!

Özbekistonda maʼnaviyat va maʼrifat masalasi birinçi darajaga kötarilmoqda. Hatto iqtisodiyotdan ham muhimroq narsa bu maʼnaviyat va maʼrifatdir, dedi davlatimiz rahbari. Şuning uçun ham kitobxonlikka, teatrga, musiqa va sanʼat maktablariga, ommaviy axborot vositalariga eʼtibor yanada oşirilişi xususida bildirgan fikrlari, taşab­buslari qalblarimizni tölqinlantirib yubordi.

Islom EGAMBERDI öğli.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan