Maʼnaviyat masalasiga barçamiz masʼul

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan majlisida taʼkidlaganidek, keyingi paytlarda dunyoda geosiyosiy vaziyat nihoyatda murakkablaşib, ziddiyatli jarayonlar keskinlaşib bormoqda. Turli siyosiy “öyinlar” jiddiy tus olib, kutilmagan holatlar yuz bermoqda, manfaatlar töqnaşmoqda.

Yiğilişda Davlatimiz rahbari alohida qayd etganidek, Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuçaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyğoq qalbli ziyolilar, şoir va adiblar, sanʼat namoyandalari, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi xodimlari hamişa jasorat bilan maydonga çiqqanlar. Bugun ham şoir va yozuvçilar, madaniyat va sanʼat ahli,  jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillari – jurnalistlar yurtimizga, xalqimizga, millatimizga yot ğoyalar, turli böhtonlar, noxolis fikrlarga qarşi elu yurtimiz manfaatidan kelib çiqqan holda öz vaqtida xalqçil munosabatlarini bildirişlari ularning burçi hisoblanadi.

XX asr boşlarida xalqimizni ozodlik va ilm-maʼrifat uçun kuraşga çorlagan jadid bobolarimiz haqida söz yuritgan Prezidentimiz Yozuvçilar uyuşmasi, Fanlar akademiyasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, “Şahidlar xotirasi” jamğarmasi hamda jamoatçilik vakillarining  “Jadid” nomli yangi gazeta va uning elektron versiyasini taşkil etiş haqidagi taşabbusini qöllab-quvvatlaşini maʼlum qildi. Albatta, uşbu naşr jurnalistlarimiz uçun yana bir öziga xos yangi ijod maydoniga aylanişiga şubha yöq.

Majlisda ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uçun ustuvor masala ekani aytib ötildi. Şu örinda taʼkidlaş joiz, maʼnaviyat, birinçi navbatda, yaxşi tarbiya, yaxşi xulq, bilim demakdir. Halollik va poklik, insoniy fazilatlar demakdir. Ha, hayotda şunday insonlar ham uçraydi, yaʼni bolalarining taʼlim-tarbiyasi, yaxşi bilimli va xulqli bölmasligiga faqatgina maktabni, taʼlim muassasalarini aybdor deb biladilar.

Töğri, farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasida ilm dargohlari yölçi yulduz vazifasini ötaşi kerak. Lekin uyda-çi, ota-ona burçi, vazifasi nimadan iborat unda? Axir, xalqimiz bejiz: “Quş uyasida körganini qiladi”, deb aytmaydi.

Şunday ekan, maʼnaviyat masalasiga barça masʼul bölmoği lozim. Darhaqiqat, heç qaçon va heç qaysi zamonda komil inson tarbiyasi masalasi qaysidir bir taşkilot yoki muassasaninggina işi deb qaralmagan.

Yaxşi bilamiz, xalqimiz azal-azaldan bir bolaga yetti mahalla ota-ona degan naqlga amal qilgan. Afsuski, bugun köpçilik noraso holatni, hatto qöşnisining bolasi biror nojöya iş qilayotganini körsa: “Menga nima, nima qilaman aralaşib?” deyişgaça bormoqda. Eng yomoni, ayrim bolalarning kattalarni behurmat qiliş holatlari uçrayapti.

Yiğilişda maʼnaviyat, maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijod sohalarida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.  Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş alohida taʼkidlab ötildi.

Davlatimiz rahbari kitobxonlik madaniyatini oşiriş, olimlarni adiblar va noşirlar bilan hamkorlikda bolalar uçun qiziqarli va sermazmun kitoblar yaratişga çaqirdi.

Şu örinda taʼkidlaş joizki, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi yakuniga yetayotgan yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan davlat ijtimoiy buyurtmalari uçun tanlovda “Aholi, ayniqsa, yoş avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltiriş, barkamol şaxs­­ni tarbiyalaşda kitobxonlik madaniyatini oşiriş” loyihasi bilan iştirok etib  ğolib böldi.  Bir milliard 300 million sömlik mazkur loyiha 2023 yil dekabr oyidan boşlab 2024 yil oxirigaça amalga oşiriladi.

Uşbu loyiha doirasida bolalar va ösmirlar uçun 10 nomdagi (bolalar yoş toifasiga qarab) kitoblar naşr etiladi, ularning elektron variantlari yaratiladi. Şuningdek, ayni kunda işlab çiqilayotgan reja asosida Qoraqalpoğiston Res­publikasi, viloyatlar va Toşkent şahri tuman va şaharlarida, boşqaça aytganda, 200dan ortiq manzilda “Kitobsevar millat” şiori ostida maʼrifiy tadbirlar ötkaziladi.  Bulardan közlangan asosiy maqsad öquvçi-yoşlar orasida kitobxonlik darajasi oşişiga hissa qöşiş, ularni özbek va jahon adabiyotining eng yaxşi namunalari bilan yaqindan taniştirişdan iboratdir.

Loyihada elektron ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar samaralarini xolis, haqqoniy yoritib kelayotgan jurnalist va blogerlarni ham rağbatlantirib boriş, ular örtasida tanlov ötkaziş közda tutilgan.

Maʼnaviyat, kitobxonlik, öğil-qizlarimiz taʼlim-tarbiyasi haqida söz borganda aytiş joiz, köpçiligimiz yoşlarning zamonaviy texnologiyalardan, xususan, telefon va internetdan haddan oşiq köp foydalanişi, turli saytlarga kirişi natijasida ularning tarbiyasi buzilayotgani, turli yot ğoya­lar taʼsiriga tuşib qolişi mumkinligi haqida köp gapiramiz. Ammo bunga qarşi samarali iş olib bormayotganimizni tan olgimiz kelmaydi. Aksariyatimiz: “Men bolamni töğri tarbiyalayapman, doimiy nazorat qilayapman”, deb öylaymiz. Ammo hamişa ham, hammada ham unday emasligini könglimiz sezgandek bölsa-da, har doim ham farzandimiz uçun vaqt ajratmaymiz, yetarliça mehr bermaymiz, töğrisini aytganda, uni uzluksiz nazorat qilişga erinamiz. Ehtiyojimiz katta. Unga yetiş uçun tinim bilmaymiz. Orzu-havas, deb eng muhim bölgan farzand tarbiyasiga bilib-bilmay eʼtibor qaratmaymiz.

Vaholanki, hozir ota-ona öz telefoni orqali farzandining qaysi saytlarga kirayotgani, qayerda yurganini bilsa böladigan, uning yoşiga töğri kelmaydigan ijtimoiy tarmoqlarga taqiq qöyadigan maxsus dasturlar çiqqan. Buni köpçilik biladi, foydalanmoqda ham. Qisqasi, izlagan imkon topadi. Faqat hafsala bölişi kerak. Beparvolik va loqaydlik eng katta xavfdir.

Bir yiğilişda Davlatimiz rahbari maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşirişda ommaviy axborot vositalari katta kuç ekaniga alohida eʼtibor qaratgan edi. Hozirgi kunda mamlakatimiz media sohasida olti ming nafarga yaqin ijodiy xodim faoliyat olib bormoqda. Bu şubhasiz, katta kuç. Har bir jurnalist, öz navbatida,  maʼnaviyat tarğibotçisi hamdir. Faqat maʼnaviyat tarğibotçisining, eng avvalo, maʼnaviyati yuksak bölişi kerak.

Kezi kelganda taʼkidlaş lozim, ayni kunda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi qoşida maʼnaviy-maʼrifiy kengaş taşkil etişni,  har bir ustoz­­ga beş nafardan yoş jurnalistlarni biriktiriş orqali “Ustoz-şogird” anʼanasini rivojlantirişni rejalaştirayapmiz. Uyuşmamiz “Maʼnaviyat xonasi”da taşkil etilgan kutubxonani adabiyotlar bilan yanada boyitib boriş niyatidamiz. Uzoq yillik tarixga ega Uyuşma muzeyini oçişni ham rejalaştirganmiz.

Yakunlanib borayotgan joriy yilda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan dastur ijrosi doirasida Özbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanişi böyiça Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining I milliy maʼruzasi tayyorlanib, uç tilda eʼlon qilindi, risola holida naşr qilindi. Şuningdek, har yili bir marta çiqariladigan “Oltin qalam” jurnali çop etildi. “Özbekiston jurnalistlari”, “Özbek jurnalistikasi antologiyasi” kitoblarini naşrga tayyorlaş işlari yakuniga yetkazildi. 2024 yilning birinçi çoragida uşbu kitob­lar naşr etiladi.

Albatta, bugun bitta noxolis axborot jamiyatga qançalik maʼnaviy zarar yetkazişi mumkinligini tasavvur qiliş qiyin emas. Ana şunday holatlarni nazarda tutgan holda, noxolis xabar tarqatiş, sohamizga doir qonun, farmon va qarorlar, şuning­dek, Özbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi qoidalari buzilişining oldini oliş,  söz va matbuot erkinligidan töğri foydalanişga qaratilgan faoliyatimizni jonlantiriş böyiça reja tayyorlanayapti.

Ayni paytda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonini keng yoritişga kömaklaşiş, uşbu yönaliş böyiça samarali ijod qilayotgan jurnalistlarni, OAV vakillarini rağbatlantiriş, ularga taklif va tavsiyalar beriş, faoliyatini tahlil qiliş, özaro hamkorlikda mediaturlar taşkil etiş böyiça kelişuvga erişiş maqsadida  Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Madaniyat vazirligi masʼullari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Şubhasiz, maʼnaviyat masalasiga barçamiz birdek masʼulmiz. Bu masala xalq va millatning jonkuyarlari bölmiş barça ziyolilar, jurnalistlar uçun yanada muhim. Qolaversa, bu boradagi işlar ijod ahlining şu yurt farzandi sifatida vazifasi hamdir. Şunday ekan, mazkur yönaliş böyiça ham faol böliş har bir ijodkor, jumladan, har bir jurnalist, qolaversa, uyuşmamiz zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Zero, maʼnaviy hayotimizda yangi islohotlar davri boşlanmoqda.

Xolmurod SALIMOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi raisi v.b.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan