Ijod uçun tuğilgan ISTEʼDOD
Şunday insonlar böladiki, ular bilan suhbatlaşganingda, emin-erkin gapirolmaysan. Ulardagi salobatmi, jiddiylikmi yoki “aura” deb ataluvçi biomaydonmi, işqilib, nimadir sizni uning bilan kirişib ketişdan tiyib turadi. Gulnoza bilan hamsuhbat bölganda men aynan şu narsani sezaman. Yaqinlari ham undan “hayiqib” turadigandek tuyuladi. Bu balki, işdagi talabçanligi, qattiqqölligidandir. Ammo xarakteridagi jonkuyarlik va saxiylik kabi fazilatlar talabçanlik bilan uyğunlaşib, unga özgaça bir salobat bağişlab turadi.
Gulnozaning “Oynai jahon”ga kirib kelişi “Özbekiston” telekanalida yangi bir davrni boşlab berdi. Bu zamonaviy tilda “Şoular davri” deb yuritilsa kerak, adaşmasam. U televideniyeda studiyadan jonli efirga uzatiladigan dasturlarning “qiroliça”si sifatida öz fikri, ğoyasi va qaraşlariga ega böliş bilan birga, buni talabçanlik bilan amalga oşirişni ham uddalaydi. Gulnoza har bir dasturni tayyorlaşga kirişişdan oldin, avvalo, öz ijodiy jamoasini tuzib oladi, har bir xodimga keragida opalarça mehribonlik qilsa, örni kelganda, şafqatsiz bölişga ham jurʼati yetadi. Tasvirçilar undan hayiqib, öz işiga masʼuliyat bilan yondaşişlarini körganim uçun şunday fikrdaman. Studiya — uning nazdida juda keng maydon. Şu maydonning egasi, hokimi — rejissyor. Çunki u bu yerda jonlanadigan jarayonlarga masʼul. Gulnoza Davlanova baqir-çaqir qilmasdan, zimdan atrofga öz hukmini ötkazib, efirni jonlantiradi. Uning haqiqatgöyligi, töğri narsani talab qilayotgani hammani böysunişga va bajarişga undaydi. U boş bölgan körsatuvlarni yozib oliş yoki efirga uzatiş jarayonida studiyada salobat, rasmiylik va öziga xos sokinlik közga taşlanadi.
…Öşanda 2021 yilning sentyabr oyi boşlari edi. Özbekiston xalq yozuvçisi Isajon Sulton bilan “Oydin hayot” körsatuvida çiqadigan böldik. Şunda efir oldidan Isajon Sultonning şunday degani esimda:
— Men köp jonli efirlarda iştirok etganman. Ayniqsa, xalq yozuvçisi unvonini olganimdan keyin bunday körsatuvlarga köp çaqirişdi. Lekin bugun… bu yerda vaziyat boşqaçaroq ekan.
— Qanday? — qiziqiş bilan söradim.
U atrofga öylanib boqib, şunday degandi:
— Salobatliroq, jiddiyroq, balandroq… Oddiygina emas-da…
Men doimgidek öz fikrimni aytib qöya qoldim.
— Anuv ayolni körayapsizmi? — dedim Gulnoza Davlanovani körsatib. — Bu şu ayolning işi. U kişi bor joyda hamma özini risoladagidek tutişga urinadi.
— Ha, şunday deng…
— Bu, sizningça, yaxşimi-yomonmi? Yaʼni, siz aytgandek, salobatliroq bölgani, demoqçiman-da, — ösmoqçilab söradim xalq yozuvçisining fikrini bilib oliş maqsadida.
Isajon Sulton şunday javob qaytardi:
— Yaxşi-da! Axir bu respublika telekanali bölsa, şunga munosib bölişi kerak-ku!
Yana bir misol: yaqinda Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “Gulxan atrofida”, “Tutaş taqdirlar”, “Opa-singillar” kabi milliy seriallarning rejissyori va hammuallifi Zamira Begimqulova bilan suhbatlaşib qoldim.
—Gulnozani katta mukofotlarga loyiq deb hisoblayman. Çunki uning öz uslubi, yönalişi bor. Jonkuyar, fidoyi, studiyada tayyorlanadigan körsatuvlarning ustasi. Masalan, men studiyada işlaşni unçalik bilmayman. Şuning uçun Gulnozani öz işini yaxşi biladigan professional rejissyor sifatida hurmat qilaman.
Bu bir taniqli rejissyorning öz hamkasbi haqida xolisona aytgan sözlari edi.
Gulnozaning yana bir yutuği borki, bundan yoşlar ibrat olsa arziydi. Muharrir bilan birga körsatuvning boşidan masʼuliyatni böyniga oladi. Javobgarlik tuyğusi uni tark etmaydi. Unda nafaqat ijodkorlik, balki işbilarmonlik ham mujassamki, buni birga işlaydigan hamkasblari juda yaxşi bilişadi. U har bir körsatuvni tayyorlab efirga berişdan oldin şu dasturni tayyorlovçi jamoasini tuzib, gonorar masalasini hal qiladi hamda dasturning har hafta muqim vaqtda efirga uzatilişi tartibini ham yölga qöyişga ulguradi. Şu bois Gulnoza boşçiligida tayyorlangan “Oltin toj”, “Oydin hayot”, “Özingni angla” körsatuvlarining efir vaqti, muharrir va rejissyorlaridan taşqari, tasvirçi, montajçi-yu boşlovçilari har doim aniq böladi va ular öz vaqtida yetib kelib, tayyor turişadi. Masalan, “Oltin toj” nomli bolalarga möljallangan körsatuv har yakşanba kuni efirga uzatilardi. “Oydin hayot” dasturi haftaning beş kunida jonli tarzda, yaʼni töğridan-töğri beriladi. Gulnoza esa har kuni işga vaqtida kelib, vaqtida ketişga odatlangan. U körsatuvga puxta tayyorlanadi va aniq rejalaştirib, işga kirişadi.
Albatta, Gulnoza Davlanovadek mohir rejissyor bölişni orzu qilganlar köp. Lekin buni eplaş oson emas. Uni yaxşi bilgan hamkasb sifatida aytişim mumkinki, Gulnozadek böliş uçun köp narsadan voz keçişga töğri keladi. Örni kelganda işni birinçi öringa qöya oliş jurʼati hamma ayollarga ham xos emas. Gulnoza bu borada kasbining aşaddiy şaydosi desa böladi.
Aytgança, ijodiga qiziqqanim bois, Gulnoza Davlanova töğrisida körsatuv tayyorlaş niyatim bor edi. Bu haqda uning öziga aytganimda, rad javobini oldim.
— Men ekranga, maşhurlikka qiziqmayman. Şart emas deb öylayman,–dedi u.
Töğrisi, televideniyega kelgan köpçilik xodimlar aynan ekranga çiqib taniliş kabi orzularni köngliga tugadi. Buni dilidan tiliga çiqarmay içida saqlab yurganlar qança?! Özim ham şu orzu yoşlikdan qalbimning tub-tubida yaşaganini yaşirolmayman.
Gulnoza agar istasa, bemalol körsatuv olib borişi, ekranda boşlovçilik qilişi ham mumkin edi. Çunki uning tasvir ortidan öqigan matnlarini eşitganimda, şunga işonç hosil qilganman. Ammo u bor mahoratini rejissyor sifatida yuzaga çiqariş yölini tanladi.
Körsatuv nima uçun tayyorlanadi? Teletomoşabinga nima uçun havola etiladi? Bu savollarga bir vaqtlar ustozimiz Omonulla Madayev bilan suhbatimiz jarayonida javob topganday bölganman.
Jurnalist şunçaki yangilik haqida xabar berişi emas, balki körsatuv orqali tomoşabinga FIKR berişi kerak. Buning uçun öşa boşlovçida çuqur bilim va teran fikrlaş qobiliyati bölişi lozim. Nima uçun köp körsatuvlarni odamlar körsa-da, heç narsa yodida qolmaydi? Çunki unda fikr yetişmaydi, muşohada közga taşlanmaydi. Şu nuqtai nazardan qaraganda, men Gulnozada fikr borligini köp kuzatganman. U bilan bir jamoa bölib işlamagan bölsam-da, guvoh sifatida ayta olaman.
Bilasizmi, qaysidir yili yoş sportçilar haqida yangi körsatuv tayyorlaydigan böldik. Şunda uning eʼtibor bilan işlaşiga qoyil qolganman. “Qaysi sportçini tanladim-u, nima demoqçi böldim? Oxiridagi xulosa odamlarga nima bera oladi?” Öziga şu savollarni berib, kerak bölsa, matndagi har bir söz ustida boş qotirişini körib, hayratlanganim rost. Çunki hamma rejissyorlar ham öz işiga bu darajada çuqur yondaşmaydi. Muharrir olib kelgan narsani tasvir bilan yopib, “işni döndirdim” deb juftakni rostlaydiganlar ham yöq emas.
Köpinça: “Televideniyeda rejissyorning örni birinçi bölişi kerak. Bizda buning aksi seziladi. Notöğri yöldamiz…” — degan sözlar quloqqa çalinadi. Şunday fikrlovçilar, aslida, bunga özlari va ularga öxşaganlar aybdor ekanini xayollariga ham keltirişmaydi. Agar Gulnoza Davlanovadek işga jiddiy yondaşsangiz, siz ham muharrirdan ustun bölardingiz, degim keladi. Ayni paytda “Özbekiston” telekanalining “Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam oliş dasturlari” boş muharririyatining boş muharrir örinbosari vazifasida faoliyat yuritayotgan Gulnoza Davlanovaning maqomi buning yaqqol isbotidir. Çunki bugun unga nafaqat rejissyorlar, balki muharrirlar ham böysunadi. U şunga loyiq işlaydi.
Umuman, Gulnozadagi bilimdonlik, topqirlik, işbilarmonlik, taşkilotçilik, jonkuyarlik bilan birga, insoniylik, odamlarni tuşuniş va keragida yordam beriş, qöllab-quvvatlaş kabi fazilatlar barça televideniye xodimlari uçun ibrat namunasi böla oladi.
Özim havas qiladigan va hamişa hurmat bilan qaraydigan ayolning televideniye tarixida, uning rivojida öz örni bor. Buni köpçilik tan oladi. Televideniyeda Gulnoza Davlanova maktabining davomçilari köp yillar yana yangi-yangi dasturlar ustida işlab, telejurnalistikamiz rivojiga hissa qöşadilar. Öşanda, albatta, bu işlarning boşida Gulnoza Davlanova turadi. Uning ustozlik mahoratini haqiqiy sanʼat darajasiga olib çiqa olgan mutaxassis ekaniga şubha yöq.
Televideniyeda: “Ustoz şogirdning qölidan yetaklab yurmaydi. Uning özi ustozga ergaşib, yetib oladi”, degan gap bor. Gulnoza esa, kerak bölsa, qölidan yetaklab, köp yoşlarni yetuk mutaxassislik poğonasiga olib çiqa oldi. Şu bois Özbekiston televideniyesida uning öz örni bor. Jonli efir vaqtida studiyaning jonkuyari sifatida sokin, xotirjam, çaqqon va sezgirlik ila namuna bölayotgan Gulnoza Davlanova göyo şu iş uçun, ijod uçun tuğilgan isteʼdodga öxşaydi. Iş vaqtida unga xalal berişga heç kimning jurʼati yetmaydi. Öziga işongan, işini yaxşi biladigan öz kasbining fidoyisi odilona siyosat yurgizib efirni boşqaradiki, bu hammaga xuş yoqadi.
Saodat ÖRMONOVA.
