Uzangidoşlarim
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi 10 “A” xöjaligini Özbekiston jurnalistlarining katta avlodi yaxşi bilişadi.
Öşanda 1973 yilning paxta terimi payti edi.
Kuratorimiz Muxtor aka Xudoyqulovning saʼy-harakati bilan super elita, yaʼni oqlab-köklangan dala şiyponidan bizga — Toşkent Davlat universitetining birinçi kurs talabalariga alohida joy tegdi. 12 qiz şiyponning yarim metrlik taxta söri kötarilgan qismida oq surpdan parda tutib yotişadi. Şiyponning ikkinçi tomonini 12 yigit yiğma karavotlardan rasta tuzib, bugungi şevada aytganda, “xotel” qilib olganmiz. Kursimizning ön uçinçi yigiti Rajabboy Raupov (Ha, töğri topdingiz – bugungi kunda qator qissayu romanlari bilan elga tanilgan taniqli yozuvçi Rajabboy Raupovning ayni özi) bolaligidan qolgan qandaydir kasallikning asorati tufayli paxta terimidan ozod qilinib, Toşkentda qolgan edi.
Ertalabki menyu bir krujka issiq çoy, buxanka non va uç-tört çaqmoq oq qand bölgani uçun nonuştani şu şiyponda amallaymiz va qator tizilib, “jurfak”ning yuzga yaqin ikkinçi, uçinçi va törtinçi kurs talabalari yotgan dalaning narigi çetidagi asosiy şiyponga boramiz. Tuşlik va keçki ovqatimiz “ştab” deb ataladigan şu şiyponda keçadi.
Respublikaning barça viloyatlaridan öqişga kelgan yigit-qizlarning bir-birlarini anglab olişida ikki-uç oygaça çöziladigan paxta terimi muhim maktab vazifasini bajargan. Masalan, men qoraqalpoğistonlik kursdoşim Nuriddin Oqnazarovni paxta terimi davrida yaqindan tanib olgan edim.
Nuriddin şoirlik va yozuvçilik daʼvosi bilan yurgan boşqa kursdoşlarimizga nisbatan kamsuqum-kamtarligi va öşa maşhurlardan paxtani köp terişi bilan ajralib turar edi.
Bir kuni keçki ovqatdan söng yigirma tört kursdoş dala şiyponi yonidagi asosiy hosili yiğiştirilib, sapça-tuynaklari taşlab ketilgan polizda oşqovoqlar ustida ötirib dildan suhbat qurdik. Oydinli oqşom. Çigirtka-yu çirildoqlar maşşoqlik qilib turibdi. Avvaliga har birimiz öz viloyatimizga xos latifalardan aytib beradigan böldik.
Bugun Nukus Davlat universitetining professori bölib ketgan kursdoşimiz Malika Jumamuratovaning “Umrbek laqqi” turkumidagi noşud sartaroşning mijozi boşiga “paxta ekişi” va Nuriddinning minoradan tuşolmay qolgan muazzinning holati mutoyiba qilingan hangomalari esimda qolgan.
Talabalikning oltin davriga xos ana şunday zavqli oqşomlarning birida yigirma tört kursdoş kelişdik: kelinglar, şu oydin oqşom hurmati rostini aytaylik – kim öqişga qanday kirgan? Maʼlum bölişiça, 16 talaba öz kuçi bilan imtihonlardan ötgan. Qolgan 9 talabaga tankalari “qaraşib yuborişgan”. Öz kuçi bilan öqişga kirgan talabalar orasida Nuriddin ham bor edi.
Paxtadan keyin Nuriddin bilan ijara hovlida birga turdik. U paxtani qanday yaxşi tersa, öqiş-ijodda ham şunday tirişqoq edi.
Beş yillik studentlikning oltin davri xuddi tuş körganday juda tez ötib ketdi. Öqişni tugatib, hammamiz har yoqqa tarqalib ketdik. Men Toşkentda qoldim. Nuriddin öz yurtiga qaytib, tuman gazetasida iş boşladi.
Yillar ötib, hayot bizni yana uçraştirdi: Respublika Boş prokuraturasining “Qonun himoyasida” jurnali va “Huquq” gazetasiga muxbir izlayotganimizda Qoraqalpoğistondan Nuriddin Oqnazarovni tavsiya etişdi. Jurnalistlik qilgan, turli masʼul vazifalarda yaxşi işlagani uçun u prokuraturaning öziga xos içki tekşiruvlarida muvaffaqiyatli ötib, “maʼqul” deb topildi. Ön yil birga işladik. Men boşqa işga ötganimdan keyin ham bir muddat Nuriddin şu gazetada muxbirlik vazifasida işlab yurdi.
Joylardagi “öz muxbir” markaziy naşrning yuz-közi hisoblanadi. Öquvçilar uning qadam olişi va iş tutumiga qarab mazkur gazeta yoki ommaviy axborot vositasining qiyofasini tanib oladilar.
Nuriddin tahririyatning faol muxbirlaridan edi. Uning Taxtaköpir tuman “Taxtaköpir” şirkat xöjaligi raisi, Özbekiston qahramoni Ağitoy oğa Adilov haqidagi oçerki ijtimoiy-siyosiy talab jihatidan hozir ham öz ahamiyatini yöqotmagan. Axir Nuriddin bundan yigirma yil oldin kötargan işsizlikni bartaraf etiş, kam taʼminlanganlarni qöllab-quvvatlaş, uysizlarga kömaklaşiş muammosi hozir ham dolzarbligiça qolmoqda. Ağitoy oğalar öz davrida öz qişloği miqyosida bu masalani yeçiş uçun ança yaxşi işlar qilişgan. Ikkinçi jahon uruşi fronti orti qahramoni Xadiça momo Qosimbetova kabi köplab muhtoj fuqarolarning uyini taʼmirlab bergan, şlang tortib qişloq-ovullarni içimlik suvi bilan taʼminlagan. Maktab, boğça va QVPlarning yaxşi işlaşiga kömaklaşib kelgan.
Rayijroqöm, partkom, yoşlar taşkilotidagi masʼul lavozimlarda işlab, bevosita şu muammolarni hal etiş bilan şuğullanib yurgani uçun Nuriddin bu kabi ijtimoiy muammolarni jurnalist közi bilan tiniq tahlil etar edi.
Respublika radiosida işlab yurgan paytimda men ham Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Ibroyim Yusupov xonadonida bölib, u kişi bilan suhbatni magnit tasmasiga muhrlagan edim. Lekin Nuriddinning “qoraqalpoq elining eng old şoiri” (Asqad Muxtor iborasi) Ibroyim oğa bilan suhbati öziga xosligi bilan qoyil qoldirgan. Unvonu amallari bilan “sovet şoiri” bölgan yetuk ziyoli mustaqillik davri ruhini qanday yaşayotgani juda qiziq dramatizmni yuzaga çiqaradi.
Madaniyat fondimiz fonotekasi “yaşasin, bor bölsin hamişa sovet davroni” ruhidagi qöşiqlardan tozalanayotgan 1992 yilning köklami edi. Mustaqillikning 1 yilligi tantanasida ozodligimizni tarannum etuvçi qöşiqlar kuylanişi haqida topşiriq böldi. 1991 yilning 1 sentyabridan 1992 yilning köklamigaça bölgan oraliqdagi otaxon gazeta-jurnallarni varaqlab çiqdim. Gran-pri olib beradigan şeʼr topolmay, Abdulla Oripovning “Onajonim” kitobidagi “Men neçun sevaman Özbekistonni?” qasidasini bayram tadbirining musiqiy rahbari bölgan bastakor Anor aka Nazarovning qöliga tutqazdim. Haqiqatan ham Özbekiston Mustaqilligining bir yillik bayramida Kozim Qayumov va Kumuş Razzoqova ijrosidagi bu qöşiq bayroqni olib ketdi.
Ibroyim oğaning Nuriddinga aytgan gaplaridan tuşunganim şu böldiki, biz bu onlarni uzoq kutib ijod qildik. Xuddi gödak ona qornida töqqiz oy yaşab, mavridi yetganda tuğilgani kabi. Tölğoqdan keyin birdan yangi olam köz oldimizda yorişdi. Yangi tuğilgan gödak kabi uni his etiş, qabul qiliş va ozroq ulğayib himoyalaş oson keçmaydi. Biz mustaqillikni qon tökmay, jang qilmay qölga kiritdik. Lekin uni saqlab qoliş uçun hali köp kuraşlarni boşdan ötkazarmiz, döstim!
Ibroyim Yusupovlar haq çiqişdi: körib turibmiz – bugun mustaqillik mehvarini asrab qoliş hamon katta kuraşlar bösağasida qolmoqda.
Nuriddinning muxbirlik yillarida matbuotda eʼlon qilingan Amudaryo tuman hokimining örinbosari Xonimjon Rajabova, Beruniy tuman hokimi, Qoraqalpoğiston Jöqori kengaşi deputati Ollanazar Jumaniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Hakimboy Halimov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi raisi Tursunboy Tanirberganov singari kişilar bilan suhbatu oçerklarida ham ölkaning yetilgan muammolari kötarilgan va ularning yeçimi haqida bahs yuritilgan.
Şu joyda bizni öqiyotgan döstlarimizdan savol tuşişi mumkin: sizning Nuriddiningiz faqat kattalarni oçerk qilgan, ular bilan suhbatlaşgan ekan-da?
Yöq, unday emas.
Öz muxbirimizning oddiy insonlar, yonimizda yurgan zamondoşlarimizning öy-taşvişlari bitilgan köplab maqolalari matbuotda çop etilgan. Lekin ularning yeçimi yuqoriga örlagani uçun jurnalist quloqning boşida turgan mutasaddilarning eng hurmatlilarini “oçerka” qilganini biz misol nişoniga tortganimizni eʼtiborga olişingizni sörayman.Çunki maqtovning ham vazifasi, yuki böladi.
Toşkentda qolib, katta adabiy-ijodiy muhitda işlayotgan yozuvçiyu jurnalistlarni butun Özbekiston taniydi. Lekin olis tumanlar va viloyatlarda ijod qilayotgan, qahratonda gazu çiroqsiz, saratonda suvu söroqsiz yaşayotgan yurtdoşlarimiz bilan birga yaşayotgan, ularning taşvişiga dardkaş jurnalistlarning qançasini bilamiz?
Mening Nuriddin uzangidoşim ana şunday, kindik qoni tomgan qişloğiga, hamqişloq-yurtdoşlariga yaqin yaşab ijod qilayotgan elparvar jurnalistlarimizga tipik misol böla oladi.
Nuriddinning uyida ikki marta mehmon bölganman. Qişloğining nomi — Qilçinoq. Beruniy tumanidagi bu qişloqdan Muyassar Razzoqova kabi dunyoga maşhur sanʼatkorlar va yaxşi olimlar yetişib çiqqan. Nuriddinning tomorqasidan, ularning şevasida aytganda, çelidan sal kötarilsangiz, Amudaryoni körasiz. Töronğilar, turli xil qamişu qiyoqlar ösib yotgan sohildan ötib Amudaryo qirğoğiga çiqsangiz tamoman boşqa odamga aylanasiz. Millat timsoli bölgan Amudaryo neça asrlar burun Jaloliddin Manguberdiga aytgani kabi, sizning nazdingizda “yurtni qutqar, meni yangi bosib kelayotgan balolardan asrab qol, ey öğlon” nidosi bilan hayqirib oqib turganday bölaveradi.
Umidimiz ulki, Nuriddin Oqnazarovday öğlonlari bor ekan, Amudaryomizning mangu şovullaşi tinmagay.
Abduxoliq ABDURAZZOQOV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
