Şarhlovçining teran nigohi
Jadid bobolar haqida söz ketganda, avvalo, ularning jurnalistlik faoliyati köz öngimizda namoyon bölaveradi. Birgina Mahmudxöja Behbudiy bobomiz qança gazeta-jurnallarga asos solgan edi. Maʼrifatparvar bobolar öz davrida dunyoning taraqqiyparvar davlatlari sari intilganlar. Yoşlarni dunyoviy ilmlar va xorijiy tillarni ham puxta egallaşga çorlaganlari haqida takror-takror eslaymiz, ulardan andoza olişga intilamiz.
Bugun ham zamondoşlarimiz orasida ana şunday ezgu niyatlar bilan yaşayotgan, ibrat körsatib işlayotgan fidoyilar kam emas. Ularni ehtirom ila: bugunning jadidlari, deya eʼtirof etsak arziydi. Ana şunday fidoyi hamkasblarimizdan biri — siyosiy şarhlovçi Şarofiddin Tölaganovdir.
Jurnalistikada siyosiy şarhlovçilarning örni alohida bölişi kerak. Bir paytlar televideniyeda namoyiş etiladigan “Olamda nima gap?”, “Xalqaro hayot” kabi körsatuvlarni qiziqiş bilan kuzatardik, zavq bilan tomoşa qilardik. Yurtimiz mustaqillikka erişgaç, ança yillar bu mavzu sustlaşib qolgani ham bor gap. Sönggi yillarda Şarofiddin Tölaganov ana şu ulkan böşliqni öziga xos mahorat bilan töldirayotgani ming-minglab muxlislarda katta qiziqiş uyğotmoqda.
Oçiği, bir paytlar xalqaro mavzudagi körsatuvlar birmunça sunʼiy ravişda tayyorlanardi. Yaʼni, körsatuv ijodkorlari turli davlatlar hayotiga oid maʼlumotlarni qaysidir kanallar orqali olib, şarhlaganlar (özlari öşa davlatlarga borib körmagan). Ular öşa voqea-hodisalarni xuddi öz közlari bilan körgandek mahorat ila şarhlaşlariga maftun bölib köraverganmiz.
Şarofiddin Tölaganov esa dunyo kezar ekan, avvalo, jurnalist sifatida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda töğridan-töğri efir orqali barçani öziga “safardoş” qiladi. Sönggi yillarda Turkiya, AQŞ, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon, Qozoğiston, Çexiya, Xitoy kabi qator mamlakatlardan töğridan-töğri efirlar orqali namoyiş etgan turkum lavhalari yurtdoşlarimizni ana şu davlatlarga oşno etib qöydi desak, xato bölmaydi.
Odamlar qalbiga yöl topiş, xorijliklar bilan tillaşiş mahorati kuçli Şarofiddin Tölaganovda. U mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan qator xorij davlatlari elçixonalari bilan muntazam aloqada. Bu döstona aloqalarning barçasi nigohi ötkir siyosiy şarhlovçi uçun öziga xos mahorat maktabiga aylanib bormoqda. Şu tariqa u kurrai zamin uzra yuz beradigan voqealarni hozirjavoblik bilan örganadi.
Eʼtibor bersangiz, dunyoning qay burçida biror muhim voqea-hodisa yuz bersa, köp sonli axborot şaydolari, albatta, Şarofiddin Tölaganovga yuzlanadilar. Şunga yaraşa mahoratli siyosiy şarhlovçi öz sözini baralla aytaveradi.
Hamişa ijodiy izlanişda bölgan Şarofiddin döstimizning yana bir noyob mavzusi: bu — vaqti-vaqti bilan eʼtiborga molik kunlar haqida böladi. Biz borgan sari dunyoni teran nigoh ila örganayotgan ekanmiz, deyarli har bir kun biror soha xodimlariga baxşida etilganini anglab yetayapmiz. Uning “Bu sirli dunyo” deb nomlangan töplamida dunyo uzra nişonlanadigan kunlar haqida batartib maʼlumotlar beriladi. Jumladan, jurnalistika sohasiga oid qiziq maʼlumotlarni özgaça iştiyoq bilan mutolaa qilasiz. Deylik, “13 fevral — Jahon radio kuni” sarlavhali maqolasi va “7 may — Radio kuni” maqolasida har yili ikki marotaba radio kuni nişonlanişini bilib olamiz. Unda Ikkinçi jahon uruşi davrida radioga qançalik quloq tutişganiga alohida eʼtibor qaratiladi. Yaʼni, “odamlar “Ğalaba” sözini eşitiş uçun radio tinglagan”ligiga urğu berilgan. Muallif qayd etişiça, radioda “Uruş boşlandi” degan sovuq xabardan “Ğalaba” degan quvonçli xabar yangragunça 1418 kun davomida radiodan minglab ham quvonçli, ham qayğuli xabarlar tarqatilgan.
Töplamdan örin olgan “Nega 4 aprelda xalqaro Internet kuni nişonlanadi?” sarlavhali maqolada esa avvaliga bu kunni nişonlaş borasida turli sanalar taklif etilgani, ammo birortasi ommalaşmagani aytiladi. Şu tariqa 1999 yilda Internet homiysi nomzodlari uçun tanlov eʼlon qilingan. Bir neçta nomzod orasidan tarixda birinçi 20 jildlik “Etymologiae” (“Etimologiya”) ensiklopediyasi muallifi Isidor Sevilskiy tanlab olingan. Şu tariqa u tuğilgan sana xalqaro Internet kuni sifatida keng nişonlanadigan bölgan. Özbekistonda Internet kuni 29 aprel desak, yanglişmagan bölamiz. Çunki 1995 yilning aynan şu sanasida “uz” domeniga asos solingan edi.
Muallifning “Aynan yozuv orqali ongli insoniyat tarixi boşlangan” sarlavhali maqolasida 1995 yilning 15 noyabr kuni YUNESKO Boş konferensiyasi 28-sessiyasida (№3. 18) rezolyutsiya qabul qilingani qalamga olinadi. Unga köra, maʼrifiy va madaniy anʼanalarni rivojlantiriş maqsadida 1996 yildan boşlab har yili 23 aprelda “Jahon kitob va mualliflik huquqlari kuni” (World Book and Copyright Day) nişonlanadi. Öşa yili bolalar va ösmirlar adabiyoti tarğiboti bilan şuğullanganlarni mukofotlaş maqsadida YUNESKO mukofoti ham taʼsis etiladi. Çunki kitob ilmni keng tarqatiş va bilimni saqlab qolişning birdan-bir manbaidir.
2001 yildan boşlab yaxşi bir anʼana paydo bölgan. Yaʼni, har yili qaysidir şahar “Jahon kitoblari poytaxti” maqomiga ega böladi. Bunday şahar, albatta, YUNESKO taʼsis etgan maxsus qömita tomonidan tanlanadi.
“Bu sirli dunyo” kitobidan “3 may — Jahon matbuot erkinligi kuni” sarlavhali tahliliy maqola ham örin olgan. Unda qayd etilişiça, “Davrimiz xaqli ravişda Axborot asri deb nomlanadi. Jahon yagona axborot maydoniga aylanib böldi”.
Muallif ajib qoçirimlar, hazil-mutoyibalardan ham mahorat bilan foydalanadi. Uning yozişiça: “Finlarda “deraza oynasini jurnalistlar sindiradi, uni hukumat qayta örnatadi” degan gap bor ekan. Istardikki, hamkasblarimiz mana şu oynani — töğriroği, insonlarning köngil oynasini sindirmasinlar. Köngil oynasini qayta tuzatiş heç kimning qölidan kelmaydi. Aytiş joizki, közni kattaroq oçib, yon-atrofimizda bölayotgan voqea-hodisalarni teranroq anglasak, ayni muddao bölar edi. Biz bugun qanday şiddat bilan özgarayotgan va rivoj topayotgan, ilgari uçramagan, yeçimi öta oğir va murakkab bölgan turli muammolarni tuğdirayotgan XXI asrda yaşayotganimizni heç esimizdan çiqarmasligimizni istardim”, deya yakunlanadi maqola.
Muallif “27 iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni” sarlavhali maqolasida şunday yozadi:
“Bugun biz tez surʼatlar bilan özgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boşidan keçirgan davrlardan tubdan farq qiladigan öta şiddatli va murakkab bir zamonda yaşayapmiz. Hozirgi paytda yer yuzining qaysi çekkasida qandaydir voqea yuz bermasin, odamzod bu haqda dunyoning boşqa çekkasida turgan bölişiga qaramay, zudlik bilan xabar topişi heç kimga sir emas. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar şu qadar tiğiz, şu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yöq, deya beparvo qarab bölmaydi. Hayotimizning biror-bir sohasini axborotsiz tasavvur qilib bölmaydi”.
Töplamdan örin olgan “8 sentyabr — Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni” sarlavhali maqolada bölsa quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
“Bugungi kunda jurnalistika jahondagi eng xavfli kasblardan biri bölib qolmoqda. Jurnalistlar dunyoning deyarli barça burçaklarida tahdidlarga duç kelmoqda. 1958 yili Xalqaro jurnalistlar taşkilotining Buxarestda bölib ötgan Törtinçi kongressi qaroriga köra har yili Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni (International Day of Journalists’ Solidarity) nişonlanadi. Kongress iştirokçilarining fikriça, şu kuni dunyo mamlakatlari jurnalistlari jahonga özlarining birdamliklarini, ayniqsa, öz huquqlarini birgalikda himoya qila olişlarini namoyon etişlari kerak edi. Keyinçalik BMTning navbatdagi konferensiyasida ham “8 sentyabr — Xalqaro jurnalistlar birdamlik kuni” deya eʼlon qilindi. Şu tariqa 8 sentyabr jurnalistlarning navbatdagi kasb bayrami emas, balki özlarining yakdilliklari va birdamliklarini namoyon qila oladigan kun sifatida tarixga kirdi”. Unda taʼkidlanişiça, “Savodxonlik insonning şaxs etib şakllanişida eng muhim omil ekani heç kimga sir emas. Savodli inson hayotda öz örnini topib ketişi aniq. Savodxonlik nafaqat huquq, balki majburiyat ekanini aslo unutiş kerak emas. Har yili 8 sentyabrda Xalqaro savodxonlik kuni nişonlanadi. Bu bayram YUNESKO tomonidan 1966 yilda joriy etilgan”. Şu tariqa Xalqaro savodxonlik kunini endigina harf taniyotganlardan tortib, öquvçi va talabalarga taʼlim berayotgan ustozlargaça nişonlaşi öziga xos anʼanaga aylanib bormoqda.
Kitobdan örin olgan “21 noyabr — Jahon televideniye kuni” deb nomlangan maqolada taʼkidlanişiça, BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyasiga binoan har yili 21 noyabr — “Jahon televideniye kuni” (World Television Day) sifatida nişonlanadi. Har yili “Jahon televideniye kuni”ni nişonlaş tinçlik va taraqqiyotning keng quloç yozişida “Oynai jahon”ning roliga eʼtibor qaratişdan iborat. Eslatib ötamiz, televizorning vatani deya Özbekiston poytaxti — Toşkent eʼtirof etiladi. Çindan ham dunyoda ilk bor televideniye 1928 yilda aynan Toşkentda ixtiro qilingan! Yaʼni, hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti ixtiroçi-tadqiqotçilari Boris Pavloviç Grabovskiy va Ivan Filippoviç Belyanskiylar elektron-nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan ikkinçi joyga uzatadigan va qabul qiladigan “radiotelefot”ni kaşf etganlar. Tajriba sifatida qöllanilgan ilk televizion uskuna öşa paytda “Telefot” deb nomlangan.
Kitobni mutolaa qiliş asnosida “28 dekabr — Xalqaro kino kuni” ekanligini ham bilib olamiz. Şu sarlavha ostida yoritilgan maqolada bayon etilişiça, “Kino köçma maʼnoda ham, töğri maʼnoda ham hayot. Kino insonga ham salbiy, ham ijobiy taʼsir körsatadi. Olimlarning fikriça, filmlar odamlarga öz muammolarini bir zum bölsa-da unutişga xizmat qilib, kayfiyatini kötaradi. Buning uçun film qaysi janrda bölişining farqi yöq”. Bu mavzuda ham muallif mulohazalari öquvçilar dunyoqaraşini maʼnan boyitişga xizmat qiladi.
Oçiği, ÖzMU jurnalistika fakultetida tahsil olayotgan talabalarni şunday yetuk ustozlar darajasida jurnalist-kadr qilib kamolga yetkaziş maqsadida qator ijodiy mahorat maktablari taşkil etilgan. Ular orasida “Şarofiddin Tölaganov ijodiy mahorat maktabi” alohida örin tutadi.
Bölğusi jurnalistlar ustozning hayot yöliga ham katta qiziqiş bilan qaraydilar. Maʼlumki, qahramonimiz 1964 yilda Qozoğistonning Çimkent (hozirgi Turkiston) viloyatida tuğilgan. 1989 yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti)ni örta maktab tarix va jamiyatşunoslik öqituvçisi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Azaldan jurnalistikaga qiziqqan yigit öz faoliyatini Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Özbekiston” radiosining “Ijtimoiy hayot” boş muharririyatida muharrir sifatida boşladi. “Ilm — aql çiroği”, “Mustaqillik va dunyoqaraş” kabi eşittirişlarga muharrirlik qildi. 1996-98 yillarda “Xalqaro hayot” boş muharririyatida siyosiy şarhlovçi lavozimida faoliyat yuritdi. “Dunyo”, “Xalqaro kundalik”, “XXI asr bösağasida” kabi eşittirişlari radiotinglovçilarda katta qiziqiş uyğotdi. 1998-2002 yillarda “Axborot” boş muharririyati boş muharriri örinbosari, 2002-2003 yillarda esa “Ijtimoiy-siyosiy eşittirişlar” boş muharririyati boş muharriri lavozimlarida samarali işladi. Ayni paytda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi bölim mudiri vazifasida samarali faoliyat körsatmoqda. Şu bilan bir qatorda, Şarofiddin Tölaganov ijtimoiy tarmoqlarda hamişa faol. Uning turli gazetalarda yoritilayotgan dolzarb mavzudagi publitsistik maqolalari, muşohadalarga boy esselari muxlislari eʼtiboridan çetda qolmaydi.
U boş-qoş bölgan tahririyatlarda, avvalo, ijodiy muhit kuçayadi. Zamon talablariga yaraşa eşittirişlar saviyasi oşirildi. Töğridan-töğri efirga uzatiladigan “Evriliş” eşittirişini tayyorlab, unga boşlovçilik qildi. Bu eşittiriş köp sonli tinglovçilar eʼtiborini tortdi. “Axborot” informatsion va “Oqşom tölqinlarida” axborot-musiqiy eşittirişlariga Şarofiddin Tölaganov muharrirlik qilgan yillarni köplab muxlislari entikib eslaydilar. Uning “Gazetalar şarhi”dagi çiqişlari ham öziga xos edi. 1998-2006 yillarda havo tölqinlariga uzatilgan “Şarhlovçi minbari” eşittirişidagi şarhlari tinglovçilarga doim manzur bölardi. Bu turkum eşittirişlarda mamlakatimiz milliy taraqqiyot yöli va strategiyasi, davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlari öziga xos tarzda aks etardi. Uning şunday dolzarb mavzudagi turkum eşittirişlari 2006 yilda “Oltin qalam” I xalqaro tanlovining boş milliy mukofotiga bejizga munosib körilgan emas-da.
Radio sohasida katta bilim va tajribaga ega hamkasbimiz “Axborot” informatsion eşittirişlari takomillaşuviga, badiiy-ğoyaviy saviyasining oşirişga munosib hissa qöşmoqda. U “Xalqaro maʼlumotlar” guruhiga rahbarlik qilar ekan, tinglovçilarda qiziqiş uyğotadigan, eng muhimi, davlatimiz siyosatini samarali tarğib qiladigan jozibali, sermazmun radioeşittirişlar tayyorlaşga bel boğlayveradi.
Şu bilan bir qatorda “Xalq sözi”, “Özbekiston ovozi”, “Hurriyat”, “Darakçi” kabi gazetalar, “ÖzA”, “tnews.uz” saytlari bilan ijodiy hamkorlik qilib kelmoqda. Bu naşrlarda, minbarlarda uning dolzarb masalalarga bağişlangan tahliliy maqola va şarhlari katta qiziqiş uyğotadi.
Qirqta roman öqigan inson qirq birinçisini özi yozadi, degan hikmat bejiz aytilmagan. Qölidan kitob tuşmaydigan ijodkor, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Şarofiddin Tölaganovning sönggi yillarda “Turbat tarixi”, “Turbat yölidagi qaydlar”, “Bu sirli dunyo”, “Turkiya mening nigohimda” deb nomlangan kitoblari adabiyot ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olindi. Mazkur kitoblarni qunt bilan öqigan yoş qalamkaşlar kelgusida undan-da sermazmunroq maqola va asarlar yozişlariga umid qilsa böladi. Bu — “Şarofiddin Tölaganov ijodiy mahorat maktabi” tinglovçilariga aytadigan sözimizdir.
Şu kunlarda oltmişinçi bahorining oltin ostonasida turgan zabardast ijodkor va izlanuvçan şarhlovçining orzulari bir olam. Bu orzular hali qoğozga tuşib ulgurmagan köpdan-köp mavzularidir. Ijodning ana şu nurli çöqqisida unga omadlar tilaymiz.
Tölqin EŞBEK,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
