Sohillarga siğmagan soğinç

Oqşom çökdi. Soat ön yetti-yu qirq beş minutga bong çaldi. Çarçab közim ilingan ekan. Sakrab örnimdan turdim. Voy, esim qursin! Safardoşlar bilan ön sakkizu nol-nolda uçraşuvimiz borligini esimdan çiqaribman-ku! Apil-tapil kiyindim, soçimni tartibga keltirdim. Mehmonxona ostonasida ön beşta kam oltida töplanişga ahdlaşgandik. Endi şeriklarim nima deb öylaşadi?

Töğri mulohaza qilgan ekanman. Ular sabr-toqat ila kutib turişgan ekan. Garçand şunday bölsa-da, aççiq-tiziq, zardali tarzda kesib-kesib gapirmadilar. Aksinça, çiroyligina jilmayib qöya qoldilar.

Ob-havo binoyidek. Yaqinginada sevalab ötgan yomğir va gulu çeçaklar hidi dimoqqa uriladi. San-Fransisko köçalari unçalik ham tirband emas. “Har holda, vatandoşlarimiz ziyofatni oçiq havoda ötkazmasa keragov”. Darvoqe, bugun töqqizinçi dekabr bölsa-da,  keng maysazor maydon, şovullagan daraxtlar körkam  edi. Boz ustiga, havo ançagina salqin. Boşiga kavboyça şlyapa kiygan erkaklar, xonimlarning özlariga yaraşgan yasan-tusanlari, köp qavatli bino va inşootlarning salobati va mahobati, avtobus, tramvay, trolleybus qatnovi, umuman olganda, qaynoq hayot hozir bir mahallari qişloqda tança tevaragida ötirib tomoşa qiladiganimiz — Amerika kinolaridagi manzaralarni yodga solardi. Mehmonxonadan közlangan manzilgaça piyoda boradigan böldik. Oraliq masofa atigi olti-yetti daqiqalik ekan. Bahonada oyoqlar çigalini yozamiz. Köçalarni, osmonöpar binolarni köramiz. Odamlarni kuzatamiz.

San-Fransisko şahri markazidagi “Özbek milliy taomlari” restoraniga yetib kelganimizda, biz — özbek jurnalistlari şarafiga uyuştiriladigan ziyofat uçun barça narsa taxt edi. Qudrat Rahimxöjayev boşçiligidagi Muhammadayub, Nozimjon, Asrorjon kabi öt-olov millatdoşlarimiz bizni samimiy kutib oldilar. Yaqinlarini körgandek, bağirlariga bosib omonlaşdilar. “Olisdagi Vatanimiz iforini, soğinçini keltirdingizlar”, deya tavoze ila hurmat bajo keltirdilar. Aslida, Özbekiston otliğ jannatmakon ölkadan yiroqda istiqomat qilayotgan bu odamlarning özaro munosabatlarida allaqanday soddalik sezilib turardi, hozirgi şu tobdagi bayramona kayfiyatning özida ham allaneçuk ma­yinlik zohir edi. Ayniqsa, şu çoğda, bularning qarşisida özim joni-jahonim, borliğim bilan yaxşi köradigan Özbekistonim, qadimiy davlatimning hidlari bir maʼvoday köz öngimda gavdalanib ketdi. Xayolda beixtiyor Özbekiston xalq şoiri Mirtemirning “Kölu toğlik, Boğu roğlik özbek elim. Momo yurti, Bobo yurti, çambil belim… Tiriklikda diyorimsan, bol va oq sut, Ölsam agar mozorimsan, ey, Ona yurt” degan ötli satrlari jonlandi. Mezbonlar öngu sölga taʼzim qilib, yurtimizga omonlik, xalqimizga osoyiştalik, Yurtboşimizga soğliq tilab duo qildilar. Tösatdan menga restoranga körk bağişlaş uçun qö­yilgan sözana, kaşta va turli xil kulolçilik buyumlari bir qadar jonlangandek tuyuldi. Ulardan köz uzolmay qoldim. Mezbonu mehmonlar bir-birlariga körgan-bilganlaridan sözlardilar. Ayniqsa, Farğona vodiysida tavallud topgan Qudrat aka, Muhammadayub, Nozimjon va Abrorjon odobu mehmondöstlik borasida ajralib turardi. Boz ustiga, barçalari ingliz tilini suv qilib içib yuborgandilar. Özbek dunyoning qay bir manzilida yaşasa ham, baribir, qoniga tortib, mehmondöstligiça qolaverar ekan. Agar şunday bölmaganida, San-Fransisko şahridagi “Özbek milliy taomlari” restorani sohiblari taxminan bir vaqtda San-Fransisko va uning tevaragidagi yetti yuz nafarga yaqin özbek ahli jamoalarini töplamas edilar. Oş, manti, somsa, norin, lağmon, kabob, manpar singari bir-biridan mazali taomlarni isteʼmol qilganlar öz yurtlarini bejizga eslab ketmaydilar. Bu ular uçun yurtidan olisdagi eng haşamatli ziyofat böladi. Şu bois bu joydan hamişa vatandoşlarning qadami uzilmaydi. Sababi, özbek restoranida quruq mahobat yöq, balki zaminda baquvvat töqlik, haqiqiy özbekona turmuş, tutum yaqqol seziladi. Şu örinda bir gapni aytmasam bölmas. Mezbonlar bilan ilk bor qöl berib körişayotganimda, ularning yuz-közlarida mehmonlarga hurmat, manzur böliş iştiyoqi jöş urayotganini payqadim. Göyo mezbonlarning közlari “bul noz-neʼmatlarning barisi sizlar uçun, yurtimiz uçun” deb çorlayotganday tuyuldi. Şuni öyladim-u, özbekning mard va tantiligi, köksi oçiqligi uçun ğururlanib ketdim. Içimdagini darhol taşqariga çiqardim. Samimiy iboralarda Qudrat akaga özbek restoranining barakali va qulayligini maqtadim. Çindan ham, özbek yurtdoş­larimiz saʼy-harakati ila olis San-Fransisko zaminida qad rostlagan “Özbek restorani” öşa çoğda tölib bölgan edi. Biz, asosan, Özbekistonimizda amalga oşirilayotgan özgarişlar, xalqimizning farovonligi, ikki davlat munosabatlari va umid nihollari bölgan yoşlar haqida gurunglaşdik. Hatto urf-odat, anʼana va tutumlar ham çetda qolmadi. Vatandoşlarimiz Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburni hurmat qilar ekanlar. Har yili ularning tavallud kunlari tantana qilinar ekan.

Şundan keyingina men, aftidan, tört-beş kişi bemalol ötirib olib, hordiq yozadigan çorpoyaga öxşaş qönalğaga çiqib olişga muvaffaq böldim. Aytgança, aynan öşa yerning özida qahramonlarimizning körgan-keçirganlarini, orzu-istaklarini oq qoğozga jo etişni öylagandik. Qudrat doktor juda zakiy, sözamol odam ekan. Şu vajdan suhbat olovi lovulladi. Suhbatdoşim “Özbekiston-24” radiokanali muharriri Abduvohid Açilovga, “Qalampir.uz” sayti xodimi Şahzod Nusratullayevga yalt etib qaradi. Bu: “Oğa, boşlamaysizmi?” degani edi, çamamda.

Aslida, Abdulla Qodiriy bobomizning “Ötkan kunlar” romanida maromiga yetkazib tas­virlangan köhna Marğilonda Qudrat aka durustgina hayot keçirardi. Qaçonlardir, bundan ön sakkiz yil burun yoşlarni harakatga keltirib, turtkilab, uyğotib yuborgan buyuk kuç uni ham öz yurtidan olib çiqib ketgandi. Aqli raso kişi qaraşlaridan kelib çiqib qarasa, bu oqilona qaror edi. U AQŞning San-Fransisko şahriga kelib, qançadan-qança xayrli işlarni amalga oşirdi. Qolaversa, öz hayot yölida köp sinovlarni boşidan keçirdi. Bora-bora bu yerdagi hayotga könikdi.

“Özbeklar dunyodagi baʼzi xalqlarga nisbatan ozçilikni taşkil etsa-da, buyuk xalqdir. Xalqlar mavqei esa ularning oz yo köpligiga qarab emas, tarixi, madaniyati, insoniyatga yetiştirib bergan buyuk daholariga qarab belgilanadi”, deganida kanadalik olim va adib Bill Frimen ming bor haq edi. Çindan ham, özbeklar dunyodagi eng qadimgi xalqlardan sanaladi. “Qadim özbek xalqisan, Asl odam avlodi, Misr ehromlaridan Tarixing qariroqdir. Xorazmning har ğiştida Bobolarning ijodi Anglo-saksonlardan Ança yuqoriroqdir” otliğ ötli satrlari bilan akademik Ğafur Ğulom xalqimizning qadimiyligi va buyukligiga işora etgan bölsa, ajab emas.

Özbekistonda tuğilib, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar… Ular haqida avvallari ehtiyotkorona sözlar edik. Vahima, qörquv, şubha törlari yuragimizni örab-çirmab olgandi. Allohga şukur, endilikda bu törlar sidirib taşlandi. Taqdir taqozosi ila özga yurtga ketib, yaşab qolgan, öşa yerlarda farzandlari tuğilib, hamon öz kindik qoni tomgan muqaddas Özbekistonni Vatan deb bilganlarni xalqimiz öziga xos hurmat, izzat-ikrom, mehribonlik ila qarşi oladilar. Ularni bağriga bosib, joniga joylaydilar. Sir emas, sobiq Buxoro jumhuriyati raisi Usmonxöjaning öğli Temirxöja taqdir taqozosiga köra Olmoniyada yaşagan. Uning tubandagi sözlarini tinglaganingda, yuraging bir qalqib ketadi. Şu tobda öşa sözlarni aynan keltirişni maʼqul topdik. “Şuni aytmoqçimanki, Vatandan çekkada ham vatanparvarlar yaşaydi, ular ham Vatanni xuddi sizlar kabi sevadi, ular ham şu xalq yiğlasa, yiğlaydi, kulsa, kuladi… Vatan — bu ildizdir. Bu yurtda ildiz otmagan, uning tuproğini hurmat qilmaganlar bu yerni Vatan qilolmaydi. Ildiz — röparangda bobolar arvohi çirqillab turişidir. Ildiz — şu yerning tilini, urfini, faqat tiliga emas, qalbiga singdirişdir. Bizning bobolar ham Turkistonni Vatan deydi, çunki ildizimiz, bizni kökartiruvçi, yaşnatuvçi tuproq şu yerda. Biz bu tuproqni heç qayerdan topa olmaymiz. Tuproğini unutgan odam — özligini unutgan odamdir. Men Vatanda emasman, Vatan mening içimda!…”

Darhaqiqat, bugungi kunda Amerika Qöşma Ştatlarining turli mintaqalarida yaşab, öqib, işlayotgan vatandoşlarimiz orasida joni Vatanda, Özbekistonimizda saqlanguvçi kişilar oz emas. Bular safiga qahramonimiz Qudrat Rahimxöjayevni ham qöşsa böladi. U San-Fransisko şahar şifoxonasining jarrohlik bölimini boşqariş asnosida “Özbeklar” jamiyatiga ham raislik qiladi. Jamiyatning asosiy vazifasi vatandoş­lar boşini qovuştiriş, AQŞ — Özbekiston örtasida döstlik aloqalarini mustahkamlaş, xalqimizning ming yillik urf-odatlarini saqlab qoliş, Mustaqillik, Navröz bayramlarini ötkaziş hamda Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilan vatandoşlarni taniştirib borişdan iboratdir. Ana şu kamtarona xizmatlari inobatga olinib, ötgan yili Qudrat Rahimxöjayev “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu xuşxabar Qudrat akani bilganlarni behad mamnun etdi. Turmuş örtoği Nozimaxon Tojimatova, Kaliforniya universiteti tibbiyot yönalişi böyiça uçinçi bosqiç talabasi, qizi Nodirabegim, öğli Sultonbek (11-sinf öquvçisi), kiçik qizi — 4-sinf öquvçisi Komila dadalari bilan faxrlanişadi. Hatto olis Andijondan qaynotasi Alijon Tojimatov hamda qaynonasi Namuna Rahimovalar telefon qilib, kuyovini muborakbod etdilar. Uylari dasta-dasta gulu çeçaklarga tölib ketdi.

Özbekiston Respublikasi mustaqilligining öttiz ikki yillik qutluğ şodiyonasini xorijdagi vatandoşlarimiz ham kötarinki ruhda kutib oldilar. Albatta, erk, hurriyat, istiqlolda buyuk ramz mujassam. San-Fransisko şahri va körfazi tevaragida istiqomat qilayotgan aholi vakillari maslahatni bir joyga qöyib, politsiya kuzatuvi ostida körfazdan maşinalar kortejini ötkazdilar. Aynan öşa kuni San-Fransisko uzra Özbekiston bayroği hilpirab turdi. Alhol, hurriyat bayrami şodiyonalari okean ortida San-Fransisko şahri va körfazi tevaragida ajoyib tarzda tantana qilinganligini eşitib, köksimda ğurur tuyğusini his etdim.

… Özbek xalqida “Otning oqligi oy örnini bosa olmaydi” degan iligi töq gap bor. Tunda kök toqida balqigan oyning, qamarning tanholigi, bebaholigiga işora bor bunda. Şu maʼnoda, tuğilgan yer örnini, Vatan örnini heç narsa bosa olmaydi. Bölmasa, dunyodagi eng boy, eng qudratli şoh Zahiriddin Muhammad Bobur Vatani tuproğida, Andijon zaminida ösib-ungan qovunning bir tilimi ustida köz yoş tökib ötirmagan bölardi. Vatanni olovi sönmagan muqaddas öçoq deyinmi? Yoki bölmasa, çiroği mangu yoniq muborak, fayzli xonadon deyinmi? Nima demay, Vatan hamişa qalbimizda, botinimizda.

Xalqimizda “Musofir bölmagunça musulmon bölmas” degan asrlar sinovidan ötgan naql bor. Özbek millati xislati va fazilatlari bilan har qança faxrlansa, şunça oz. Restoran içkarisi aynan şu ruhda jihozlangan. Özbekona milliy ruh şundoqqina ufurib turadi. Darvoqe, biz restoranda bölgan kunimiz vatandoşlarimiz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining öttiz yillik şodiyonasini nişonlayotgan ekanlar. Aslida, Qomusda barça huquq va erkinliklarimiz töla mujassamlaşgan. Unda barça mamlakatlar Qomusidagi kabi xalq manfaatlari ustuvor. Çindan ham, u yerda vatandoşlar körsatgan eʼzoz va eʼtibor bizni mamnun etdi.

Kurtak yozayotgan nihollar, bu — yoşlar. Darhaqiqat, yoşlar şunday bir niholki, yel ğirillasa, tebranadi, şamol essa, çayqaladi, böron guvlasa, guvranadi.

Asrorjon Arabjonov Amerika Qöşma Ştatlaridagi isteʼdodli yigitlardan biri. Uning quvnoq va beğubor bolaligi Andijon viloyati, Qörğontepa tumanidagi Qörğontepa şaharçasida keçgan. Ayni çoğda AQŞdagi universitetning huquq yönalişi böyiça magistraturasida tahsilni davom ettirmoqda. Tinib-tinçimas yigit böş yurişni ep bilmay, istiqbolli loyihaga qöl urdi. Mazkur loyiha mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. Ayoli Asal Hamidova qizaloğining tarbiyasi bilan band. Şu asnoda soliq maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritadi. Yoş oilaning kelajakdan umidlari köp. Bu haqda Asrorjon tölqinlanib gapirdi.

Muhammadayub Akbarov bosiq, mulohazali yigit. Huda-behudaga orini solavermaydi. Dunyo körgan. Ehtimol, onasi Muharram Valiyeva qattiq turib, öğlining qölidan yetaklab, Andijon şahridagi “Taraqqiyot öquv markazi”ga olib bormaganida, barçasi boşqa tomonga özgarib ketgan bölarmidi? Xullas, Gennadiy Morozov degan öqituvçi yoşgina Muhammadayubga qunt va sabot bilan köp bilimlarni örgatdi. Olgan bilimlari beiz ketmadi. Dastlab u Andijon maşinasozlik institutida, (onasi ayni şu institutda talabalarga dars berardi), keyinçalik uç yil davomida Norvegiyadagi universitetda saboq oldi. Sal ötib, San-Fransisko universitetining bakalavr diplomini oliş baxtiga muyassar böldi. Kelajakda moliya boşqaruvi sohasi böyiça yetuk mutaxassis böliş niyatida. Nazarimda, Muhammadayub yurtidan uzoqda yurib, ona mehri, opa, aka, uka, singil qadrini anglab yetganday. Boğişamolga, Mirzo Bobur nomi ila ataladigan boğga, muzeyga tez-tez borib turardi. Ulkan sarkarda va beqiyos şoir uning uçun mudom yetib bölmas çöqqi bölib qolaveradi.

Asli andijonlik Nozimjon Tojiddinov oilada yolğiz öğil. Ota-onasi, yaqinlari unga köz tikib turibdi. Amerika Qöşma Ştatlariga kelganiga ön ikki yil bölibdi. Şu vaqt mobaynida mintaqaning yigirma beşta ştatini kezib çiqdi. Oşna-oğayni, taniş-biliş orttirdi. Öziyam udli-şudli, quvnoq, könglida zarraça kiri yöq yigit. Hamişa odamlarga yaxşilik qilib yuradi. Hozirda oilasi bilan San-Fransisko şahrida turadi. Linkoln universitetida magistraturada moliya yönalişi böyiça öqiyapti. Şu yerdagi nufuzli universitetda işlaydi ham. Öz aravasini birovning kömagisiz, mustaqil tortişni yoqtiradi. Uning özini tutişi, fikr-mulohazalari bizga maʼqul tuşdi. Nazarimda, ular uçun ilm­ning ğunçalari endi oçiladi. Çunki ularda ijodkorlik, öz ustida işlaş iştiyoqi juda kuçli, yuksak. Şuning uçun bu yoşlar iqbolini, baxtini goh iqtisodiyot, goh huquqiy, goh taʼlim jabhalaridan izlayaptilar.

Vatan soğinçi, mehr-muhabbatini tarannum etişda hazrat Boburning oldiga tuşadigan şoir topilmasa kerak. Baʼzida öşa mahzun satrlarni hofiz ijrosida tinglasangiz, könglingiz sel bölib ketadi:

 

Toleʼ yöqi jonimğa baloliğ böldi,

Har işniki ayladim, xatoliğ böldi,

Öz yerni qöyib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qaroliğ böldi.

* * *

Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil!

Har kim meni bilsa, bu nomimni degil!

Mendin demagil gar — unutulğon bölsam,

Har kimki meni sörsa, salomimni degil!

 

Zero, inson uçun Vatan tuyğusi muqaddasdir. Seni eʼzozlagan, asragan yurtni seviş esa burçdan boşqa narsa emas. Qolaversa, Vatan Alloh tomonidan berilgan buyuk inʼom, taqdiri azal bitigidir. Şundanmi, har bir ongli insonni aziz va muhtaram vatanimiz soğinçi tinç qöymaydi. Alhol, şoira Xosiyat Bobomurodova madh etganidek: “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”. Nazarimda, boşqa gapga hojat yöq.

* * *

Ertasiga Nozimjon bizlarga San-Fransisko körfazi ustiga qurilgan köprikni, Stifson universiteti binolari va tajriba xöjaligini hamda qator nomdor telefon kompaniyalarini körsatdi. Universitet yordamçi xöjaligining boşqa joylardan farqi şu ediki, bu manzilda dov-daraxt, buta va gullar bisyor edi. Şox-şabbalar xuddi tilançi gadolarning qöllariday çözilgan, jöyak tortib, ekin ekilgan yerlar xuddi quşlar titib taşlagan qopqaday.

— Har kuni tong azondan boş qaşlaşga vaqt topolmaydigan yordamçi xöjalik sohiblari işlari köpayib ketişiga qaramay, quyoş botgunça qadar tuproqni siqimlaydilar. Ayniqsa, talaba yoşlar tadqiqotlar ustida rosa çaqqon bölib ketadilar. Qani, hamma odamlar ham ularga öxşasa, — dedi şu universitetda faoliyat olib borayotgan vatandoşimiz Nozimjon Tojiddinov.

Nozimjon şu tariqa ösimliklar, dov-daraxtlar, butalar hamda boşqa körgan-bilganlarini bir çekkadan gapirib berdi. Uning hikoyasiga qaraganda, bu joy köngilga yaqin bölib ketgan. Şunday bölsa-da, u ösimliklar xususiyatlarini aniqlab olmoqçi bölardi.

Keçki sayr mahali San-Fransisko körfazi sohilida ajoyib manzaraga duç keldim. Oçiği, menga dengiz muşuklarini uçratiş zavqli edi. Garçand osmon bulutli bölib, yomğir tomçilab turgan bölsa-da, şimimning orqa çöntagini titkilab, qotirilgan non bölak­larini olib, dengiz muşuklariga uloqtirdim. Ular non bölaklarini tutib olib, tezda çangini çiqardilar. Nazarimda, ular uluş olaverib, ustasi farang bölib ketgan edilar. Şu taxlit ovoz çiqarib, bir-birlariga suykalib, minnatdorçilik bildirib qöydi.

— Agar San-Fransisko körfazida dengiz muşuklaridan boşqa narsa bormi deb qiziqayotgan bölsangiz, tortinmang! Rasamadi bilan sözlab beraman, — dedi oçiq köngillik bilan Nozimjon.

— Yaxşi bölardi, — deb uni rağbatlantirdim.

Sohil böyida Gollivud kinoijodkorlari “Dengiz” deb nomlangan kinoni suratga olgan. U tez orada maşhurlik şohsupasiga kötarildi. Huv ana, katta suvlik örtasida qaqqayib turgan orolçani körayapsizmi? Ilgari qamoqxona bölgan. U yerda jinoyatçilar saqlangan va qattiq qöriqlangan. Sohil böyidan har kuni kuy-qöşiq yangrar, ayol-erkaklar raqsga tuşib, xursandçilik qilişar ekan. Şodiyona va xursandçilik sadolari qamoqxonaga ham yetib boribdi.

— Oh, naqadar ajoyib, naqadar rohatbaxş keça! Aqlli-huşli odamlar hayotdan, tirik­likdan şodon, behad huzurlanişayapti. Ros­ti, ularga havasim kelayapti. Umrimning eng gözal, beğubor damlari sim tösiq ortida ötayapti. Men odam emasman. Nega deganda, hayvon ham öz jigarini bekorga nobud qilmaydi. Bundan köra qora yer bağriga kirsam bölmaydimi? — deya afsuslanibdi Jek degan mahbus.

Ammo keç edi. Ğişt qolipdan köçgan edi. Odamlar hanuzgaça mahbuslar mana bu şeʼr­­ni tilidan qöymaganligini sözlaşadi:

 

Mayli, bayon qilsin ğamgin qissasin,

Yodda tutganlarga ötgan kunlarni.

Qutluğ beşigimiz — ona zamin-u,

Şiddatli, olovli, böronli.

 

Ularning ğamgin, jilmayib minğirlaşlari hanuz olis-olislardan sado berib turadi. Bu mahbuslar qalbida armon bölib ketgan hayotni soğiniş haqidagi xotiradir. Sohil böyi oqşom tuşganda ajoyib manzara kasb etadi. Son-sanoqsiz çiroqlarning jimirlaşidan köz qamaşadi. Suvlik uzra ulkan kema suzib yuribdi.

Ötgan yilning oxirlarida keçgan okean orti diyoriga safarimiz çoğida yodda qoladigan lavhalardan eng totlisi San-Fransisko şahridagi millatdoşlarimiz bilan suhbatlar böldi. Biz ularning nigohlarida Vatanga soğinç tuyğulari jilolanib turganini ham ilğadik. Tinç okeani qadar bepoyon, adoqsiz soğinç!

Uluğbek JUMAYEV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan