Şarq darvozasidan şimoliy kiprgaça
Turkiya Respublikasining 100 yilligiga bağişlangan VIII xalqaro turk dunyosi şeʼriyat va musiqa festivali Şimoliy Kipr Turk Respublikasida Çukurova Adabiyot taşkiloti va uning prezidenti Xalise Tekboş tomonidan taşkillaştirildi.
Şimoliy Kipr Yer şarining eng sirli va ajib maskanlaridan biridir. Uşbu jannatmakon orol yilning istalgan faslida sayohatçilarni ming yillik tarixiy joylari, noyob madaniy merosi, betakror tabiati bilan maftun etadi.
Orolda biz bu yerning ösimlik va hayvonot olami-yu orolning bepoyon qumli sohillaridan zavq oldik, alohida himoyaga olingan toşbaqalarni tomoşa qildik.
Şu yilning 25-30 oktyabr kunlari turkiy davlatlardan taklif etilgan yuzlab ijodkor mehmonlar qatorida Özbekistondan ön kişi uşbu möʼjizaviy diyorda böldik.
Qirğizistonning Öş şahridagi havo qönalğasidan Jalolobod viloyati Yozuvçilar uyuşmasi rahbari, gözal şoira Nurxon Qöyçibonova, Namangandan hamrohim Sohiba Aʼzamovalar bilan uçib, Istanbulning Sabiha-Kökçan aeroportiga qöndik. Qolgan şeriklarimiz Toşkentdan uçişdi. Bizdan avvalroq yölga çiqqan Özbekiston guruhi rahbari, şoir, isteʼfodagi polkovnik Ötkir Muhamedov, bekobodlik tarjimon Gulzira Şaripova — Guli, “Hurriyat” gazetasi boş muharriri Abdurasul Jumaqul, “Şarq yulduzi” jurnali boş muharriri Sirojiddin Rauf, Özbekiston radiosi muharriri, bloger Mavluda Raupovalarni biz Qibrisda kutib oldik. Uçraşiboq dengizga tutaşgan mehmonxonamiz qarşisida, gözal Örta yer dengizi sohillarida suratlarga tuşdik.
Kipr orollari haqida eşitgan bölsak ham, bunçalik gözalligini tasavvur qilmagan ekanmiz! Biz körgan Şimoliy dengiz, Adriatika dengizi, Qora dengiz, Marmara, Hazar dengizlari kabi bu joylar ham naqadar gözal, ajoyib edi! Orol şunaqa xuşhavoki, nafas olib töymaysiz! Kökka qarasangiz, niliy osmon, yerga qarasangiz, köm-kök suv dolğalanadi.
Dengiz qirğoqlarida uzun böyli, sarvqad palmalar tizilgan! Ular sohillarni suv töfonlaridan asrab turganday. Çor-atrofimiz — suv!
“Oskar” nomli haşamatli mehmonxona. Eşikdan kirişingiz bilan rassom çizgan kulimsirab turgan öktam kişiga va öng tarafdagi gözal ayolga közingiz tuşadi. Ular şu mehmonxonani taşkil etgan kişilar ekan. Bu muhtaşam bino, yonlaridagi qöşa-qöşa binolarning bari şu bağri keng insonlarniki ekan. Yuzdan ortiq festival iştirokçilarini bağriga olgan, restoranidagi şved stollarida turkning bor yemaklarini, şirinligu mevalarini, çoy, qahvalarini tökib taşlagan bu turk tadbirkori hozir 90 yoşni qoralayotgani uçun biz bilan uçraşa olmayotganini izhor qilib, bizga salomlar yöllabdi. Biz duolar yölladik bu oilaga.
Aslida, turkiy xalqlar mehmonnavoz bölişini bilamiz. Qirğizu qozoq ötovlaridagi mehmondorçiliklarni uluğ özbek şoirlari xotiralaridan öqiganmiz. Körganlarimiz bor. Turk dasturxoni ham haşamli, körkam. Bizni hayratga solgan narsa, suv masalasi böldi. Suv taşib keltirilgani uçun ança qimmatroq ekan. Özimizning beminnat oqar suvlarimizni esladik. Hovuçlab-hovuçlab suv içişlarni soğindik.
Dunyoning işini qarangki, çor-atrofda ulkan nahr-dengiz çayqalib yotibdi. Lekin toza isteʼmol suvi yetişmaydi. Yarim litrlik içimlik suvi bu yerda, aytaylik, bizning pulga ön ming söm. Çunki dengiz suvi öta şör. Unda çömiliş mumkin, suziş mumkin, sayohat qiliş mumkin, tomoşa qiliş mumkin, zavq oliş mumkin, rasmga tuşiş mumkin, kemada suziş mumkin… Ammo içib bölmaydi.
Ertasi kuni ikkita katta avtobusda ziyorat sari yöl olindi. Orolning ön ming yillik qadimiy binolari, baland toğlari, toğ çöqqisida körinib turgan salobatli minoralarni kördik. Bu yerda har bir bino toşlardan qurilar ekan. Qadimiy muzeylar xayolimizni oldi. Piyoda yursak, toşlarida qadamladik, atrofga boqsak, toşdan qurilgan tarixiy yodgorliklarni kördik. Yarmi buzilgan qadimiy binolar ham, keksa daraxtlar ham saqlanarkan. Biz havasda tomoşa qildik.
Jurnalist Mavludaxon Raupova şunday dedi:
— Çetga çiqqanda Vatan yanada qalbingga yaqin bölarkan. Qora qoş, qora közni körsak, özbek, deb öylaymiz-a!
Mehmonxonaga joylaşiş çoğida kiçik bir anglaşilmovçilik bölib qoldi. Taşkilotçilarga özbek tilida tuşuntirişga qiynalib turgandim, “Opa, nima gap?” deb qoldi kimdir. Şeriklardan biri bölsa kerak deb, ovoz kelgan tarafga ögirildim. Mehmonxona xizmatçilari kiyimida “qora qoşu qora köz” yigit men tomonga yaqinlaşib kelardi.
— Özbekmisiz?! Qanday yaxşi!
Uning yordamida muammo hal böldi.
Keyin tanişdik. Muhammad-Abror Andijondan ekan. Bu yerda oliy öquv yurtida öqir ekan. Birinçi kun Şoir unga öz kitobidan tuhfa qildi. Bugun esa Vatandan olib borilgan qöl soatini ham şu yigitga sovğa qilgimiz keldi. Arzimas narsa bölsa-da, yigit bu eʼtibordan juda xursand böldi. Aslida, gap sovğada emas, biz bu bilan Vatanni yodga soldik. U unga umid bilan köz tikib turganini yana bir eslatgimiz keldi. Oqil hamyurtimiz buni, albatta, tuşundi.
Ha, juda köplab yurtlarda juda köplab yoşlarimiz ilm istab musofirlikda yurişibdi. Böş vaqtdan unumli foydalanib, biror joyda işlaş esa tajriba oşirişda qöl keladi. Muhammad-Abror (biz uni Muhammadjon dedik) kabi öğil-qizlarimiz vaqt yetib, Vatanimiz nomini şaraflaydigan insonlar bölib yetişsin, omin!
Rostdan ham bu muhtaşam mehmonxonada bitta andijonlik, ikkita namanganlik talaba işlaşi, bizni quvontirib yubordi.
Kiprning Girne şahrida biz yaşagan mehmonxonada özimizning Pop tumanidan Temur va Aʼzamjon öğillarimiz menejment bölib işlaşarkan! Ular bilan öz farzandlarimizdek suratga tuşdik. Ikkovlari ham Kiprdagi xalqaro turizm universiteti 3-kurs talabalari ekan, “Kelajaklaring porloq bölsin!” deb duo qildik.
Tadbirning birinçi kuni Tatariston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, şoir, nosir, dramaturg, rassom Rkail Zaydulla, şoir Rustam Galiullin, Qirğiziston milliy Yozuvçilar uyuşmasi kotibi, MDH faxriy prezidenti Jöldoşbek Monoldorov, Qirğiziston opera teatri solisti Baqtibek Almabekov, Qirğiziston Davlat mukofoti sovrindori Nurxon Qöyçibonova, Qirğizistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Jipargul Isabayeva, xalqaro tadbirning özbekiston böyiça faxriy prezidenti, yuridik fanlari doktori Ötkir Muhamedov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi vakillari, taniqli şoirlar: “Şarq yulduzi” jurnali boş muharriri Sirojiddin Rauf, “Hurriyat” gazetasi boş muharriri Abdurasul Jumaqulov, Dilbar Haydarova, Sohiba Aʼzamova, qozoğistonlik professor-doktor, şoir-yozuvçi Aqilbek Şoyaxmed, turkiyalik şoir Xayritdin Yozar, iroqlik Turkman Bayroqlarning çiqişlari olqişlarga kömildi.
29 oktyabr kuni Sehran Allahverdining “Dunyo Kipri” (“Kipr dunyosi”) nomli kitobi taqdimoti böldi. 9 ming yillik tarixga ega bölgan Kipr haqidagi bu kitob qöldan-qölga ötdi. Davra iştirokçilari öz fikrlarini izhor qildilar. Söz kaminaga berilganda, gapni muxtasar qildim: “Dunyoda şaharlar köp, ammo sevgi şaharlari kamdir. Qora dengiz böyidagi Yalta şahrining Ay-Petri çöqqisini yodga soluvçi Kipr toğlarining sevgisi abadiy bölsin!”
Tadbir söngida kitob menga tarjima uçun taqdim etildi.
Kunning ikkinçi yarmida mehmonxonaning muhtaşam tadbirlar zalida madhiyalarimiz, jöşqin musiqa sadolari ostida Turkiya Jumhuriyatining 100 yilligi nişonlandi. Butun turk dunyosidan yiğilgan ijodkorlar bir-birlarini qutladilar, bir-birlariga sovğalar ulaşdilar. Turk bayroqlari dolğalangan zalda boşqa xalqlarniki kabi, bizning jondan aziz Özbekistonimiz bayroği ham hilpiradi!
Bir tarafi Gretsiyaga tutaş Örta yer dengizining sohilida ijodkorlar suhbati qizidi. Çöllari-yu sahrolariday sarkaş qozoq, toğlaridan buyuklik söragan, ammo xayolkaş, iboli qirğiz, kavkazlarga xos gözal mardona ozar şoiralari bilan muşoiralar qildik. Ozarbayjonlik yozuvçi dugonam Hojar Poşşayeva, olima, şoira Odila Nazarlar bilan tuganmas suhbatlar barobarida qirğizning oqin qizi Nurxonning sözlari, begidir hazillari yodimda qoldi.
— Mening ismim özbekning “Nurxon” spektaklidagi boş qahramonga mengzab qöyilgan. Otam şu spektakl qahramoniga havas qilgan ekan, — dedi şoirai davron Nurxon.
Men xayolga tolaman.
— Töxtang, — deyman unga. — Öş davlat teatrida öşa paytlar farğonalik Özbekiston xalq artisti Yorqinoy Hatamova işlagan va boş rolni öynaganlar. Gözalim, siz Nurxon rolini öynagan aktrisaning yoşligiga juda öxşaysiz.
Nurxonning közlari ham kuladi. Ayol kulganda dunyo kuladi deganlari rost!
Hamma öz yurtini eslab, gapirayotganida keça oqşomgi tadbirda sözga çiqqanimdagi bir sözim yodimga tuşdi.
— Dunyo qalqib turibdi. Ammo biz tinçlik izlovçilar, tinçlikka qöl qöyganlarmiz. Biz turkiylarmiz. Ammo dunyoning qayerida savaşlar bölsa, biz oromimizni yöqotamiz.
Bundan ikki yil avval Ozarbayjonda Toğli Qoraboğ ozodligi uçun kuraşlar boşlandi. Öttiz yil Qoraboğ deb yiğlagan xalqni körib, men ham internetda “Qoraboğlikman” deb suratimni qöydim. Allohga ming şukurlarki, bu yil Qoraboğ öz egalariga qaytdi. Mening Amir Temur bobomga yoqqanidan saroy qurdirgan, dam olişni yoqtiradigan Xonkandi Ozarbayjonga qaytdi. Unga töyona sifatida Özbekiston Fuzuliy tumaniga muhtaşam maktab qurib berdi. Bularning bari döstlik belgisi emasmi? Bizning birligimiz emasmi?
Dunyo hamişa döstlik bilan, tinçlik bilan gullab yaşnaydi. Tadbirlarimiz ötayotganida Qibrisga yaqinroq joyda Falastinning tinç aholisi bombalandi. Dunyo qalqidi. Dunyo ozurda xalqning tarafida turibdi. Öşalarning qatorida bizning mamlakatimiz Rahbari ham ovoz bergani qaddimiz kötarilişiga kuç bölgani rost. Biz şeʼriyat fidoyisimiz, tinçlik doimiy sözimizdir!
Dunyoda tinçlik, omonlik bölsin!
Ha, biz sohilda edik. Biz öz tilimizda şeʼrlar öqidik va bir-birimizni yaxşi tuşundik. Men Nurxonga yangi Özbekiston haqida gapirsam, u “bilem” dedi. Axir yon qöşni, jon qöşni bölsak, biladi-da.
Öşa oqşom tadbirlarimiz nihoyalangaç, şoirlarning gaplariga quloq tutaman:
Ayoz Arabaçi, şoir (Ozarbayjon):
— Bu safar ham festival muvaffaqiyatli ötdi.
Şeʼriyat öz sözini aytdi, döstlikka xizmat qildi. Butun festival iştirokçilariga taşakkurlarimni bildiraman. Köp döstlar orttirdik. Dunyo şeʼriyatida turkiy xalqlar şeʼriyati uluğligini his qildik.
Endi bu şeʼriyat dunyo böylab yoyilişi uçun adabiyot bayramlarini köpaytirişimiz, har turkiy mamlakatga köçirişimiz kerak.
Sirojiddin Rauf, şoir (Özbekiston):
— Şeʼriyat bayramida bir-birimizni tanidik. Turkiy xalqlar şeʼriyati uluğligi, bir-biriga naqadar yaqin ekanligiga iqror böldik. Adabiyot ellarni ellarga qöşadi. Xalqaro muşoira, dunyoviy muşoiralardan olam-olam taassurotlar oldik.
Abdurasul Jumaqul, şoir (Özbekiston):
— Bu anjuman bizga katta döstlik saboği böldi. Eng muhimi, Ozarbayjon, Qozoğiston, Tatariston, Qirğiziston, Özbekiston, Turkiya ijodkorlari bilan yaqindan tanişdik, döstlaşdik, madaniy aloqalarga bel boğladik. Yangi ovozlarni kördik, ijod namunalaridan bahramand böldik. Ayniqsa, Qibrisning gözal tabiati qöynida, Örta yer dengizi böylarida dam oldik. Bunday xalqaro anjumanlar ijodkor uçun zarurligini his qildik.
Jipargul Isaboyeva, şoira (Qirğiziston):
— Men ona yurtim Bişkekka qaytib, haliyam özimning xayollarim bilan Kiprda yaşamoqdaman. U yerda olgan ilhomlarim soğinç bölib şeʼrga aylanmoqda. Dunyoda şunday yurt borligi hamon ertakka öxşaydi.
Otaturkdan omonatsan bizlarga,
Işqing sabab nur elanur közlarga,
“Çanoqqalʼam, salom bölsin sizlarga”!
Yigitlaring savaşlarda balqiyar,
Sen ont yerim, umid yerim, Turkiya.
Turk öğliman, yaralgandan bor odim,
Tariximni varaq-varaq qaradim,
Muqaddasdir Turon — orzum murodim,
Oz vaqt qoldi Tabrizimni körmaya,
Sen ont yerim, umid yerim, Turkiya!
—deya jöşib şeʼrlar öqidi mazkur şeʼriyat anjumanining faxriy Prezidenti ozarbayjonlik taniqli şoir Ilğor Turk öğli.
Turkiyaning Adana şahrida ötkazib kelinayotgan VIII xalqaro şeʼriyat va musiqa festivali bu safar Qibrisga köçgani va unda qatnaşiş nasib qilgan iştirokçilar uçun ayni muddao böldi. Toğlariday qadim va buyuk, kelinçakday gözal, havosi mayin, yeru osmoni köm-kök palmalar makon qilgan, zaytunlari turfa xil yaşil dunyo muhabbatini qalbimizga joylab, ona vatanimizga qaytdik. Taşakkur senga, jonajon Kipr, keç kuzda yozni qaytarib berganing, gözal afsonalaring uçun! Sening bergan ilhomlaring turli tillarda şeʼr, qöşiq bölib yangraydi! Döstlik sadolari bölib özingga qaytadi!
Dunyo yonib borar öç orasida,
Tuşunib bölmagan kuç orasida,
Şimol, janub yonar öt orasida,
Dunyo qalqiganda, tinçmisan, Vatan?
Sen ilmlar yurti, yurti oftobsan,
Törtta fasling gözal, özing mohtobsan,
Sen mangu ozodsan, yana ozodsan,
Dunyo qalqiyotir, tinçmisan, Vatan?
Men sening bağringda sehringga töymay,
Bugun olisdaman, mehringga töymay,
Közlaringdan soğinç bölib tökilmay,
Dunyo qalqiyotir, tinçmisan, Vatan?
Dilbar HAYDAROVA,
şoira.
