Yangi Özbekiston adabiyoti: jöşqin va hayotiy
Sönggi yillarda mamlakatimizda naşriyot-matbaa sohalari va kutubxonaçilik faoliyatini rivojlantiriş, kitobxonlikni rağbatlantiriş hamda ijod ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida izçil çoralar körilmoqda. Şu maʼnoda, davlatimiz rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni bölib ötgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi yiğilişida 2024 yildan milliy hamda jahon adabiyotining eng sara namunalarini köp ming nusxalarda çop etiş hamda barça kutubxonalarga yetkazib beriş lozimligi alohida taʼkidlangani bejiz emas.
Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir, tarjimon, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Ğulom Mirzo şunday ğamxörlik va eʼtibordan ruhlanib ijod qilayotgan serqirra qalamkaşlar sirasiga kiradi. Yaqinda uning 6 jilddan iborat kitoblari turkumi naşrdan çiqdi.
Avvalo, mazkur olti jildlikning öziga xos ikkita xususiyatiga eʼtibor qaratişni istardim.
Birinçidan, Ğulom Mirzo ayni turkumga tartib berişda Alişer Navoiy hazratlarining “Ğaroyib us-siğar”, “Navodir uş-şabob”, “Badoyeʼ ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar” nomli tört qismdan taşkil topgan “Xazoyin ul-maoniy” devonidan tortib, atoqli şoirimiz Erkin Vohidovning sakkiz jildlik (“Bahor tarovati”, “Yoz harorati”, “Kuz saxovati”, “Qiş halovati”, “Qalb sadoqati”, “Erk saodati”, “Dil tubiga çökkan lahzalar” kitoblari va tarjimalaridan iborat) “Töla asarlar töplami”ni naşr etiş borasidagi ibratli tajribalarigaça atrofliça ijodiy örgangan.
Ikkinçidan, muallifning jurnalistika sohasidagi 30 yillik faoliyati davomida publitsistika yönalişida öndan ortiq kitobi naşr etildi. Ayniqsa, 2016 yilgi “Mustaqillikning zalvorli odimlari” nomli ikki jildligi va 2018 yilda naşr qilingan “Harakatlar strategiyasi – barqaror taraqqiyot sari” hamda 2021 yilda çiqqan “Uçinçi Renessans va inson huquqlari” kitoblari alohida ajralib turadi.
Uşbu kitoblarning birontasi olti jildlikka kiritilmagan. Şu maʼnoda, bunga qadar 5 ta şeʼriy kitob (“Otamning boği” 2019, “Qalb tomçilari” 2010, “Oftobga qaytaman” 2008, “Unutilgan hur” 1997, “Yaxşiyam siz borsiz” 1994) va bir qança tarjima asarlari bilan tanilgan Ğulom Mirzo özining yangi kitoblari turkumini, asosan, şoir va tarjimon sifatida taqdim qilayotganini qayd etişga burçlimiz.
Yangi kitoblar öz muxlislarining qöliga hali yetib bormadi. Şuning uçun mazkur turkumga masʼul muharrir ekanligimni nazarda tutib, olti jildlikka kirgan asarlarning mazmun-mundarijasi haqida qisqaça söz yuritişga jazm etdim.
XX asr şeʼrlari: “Taayyun raqamlari”
Ğulom Mirzo turkumning “Taayyun raqamlari” nomli birinçi kitobiga öz ijodining dastlabki davriga mansub şeʼrlarini jamlagan. Bu şeʼrlardan bir qismi şoirning turli yillarda çop etilgan şeʼriy töplamlaridan joy olgan bölsa, aksariyati faqat turli töplam, jurnal va gazeta sahifalarida eʼlon qilingan. Ayrim şeʼrlar ilk bor şeʼrxonlar eʼtiboriga havola etilmoqda.
Uluğ şoir va mutafakkir Alişer Navoiy ijodida “taayyun” sözi köp qöllanganini köramiz. Taayyun – muayyanlik, aniqlik, maʼlumlik, degani.
Bu borada taniqli şoir Ikrom Otamurod bilan fikrimiz bir joydan çiqdi: Ğulom Mirzoning ayni kitobidagi şeʼrlar va nazmiy turkumlar – yaxlit holida ham, söz, ibora hamda şeʼriy sanʼatlar alohida holatida ham, mantiqiy aniqligi, maʼnaviy-ruhiy muayyanligi, xuddiki raqamlar misoli bir butunligi bilan şeʼrxon eʼtiborini öziga tortadi.
Töplamda mumtoz adabiyotimizga xos ravişda “Firoqnoma”, “Nasafnoma”, “Dilnoma”, “Soğinçnoma”, “Yodnoma” deb nomlangan turkumlar hamda “Yulduzli şeʼrlar”, “Zarra-zarra tomadi tole”, “Qizil iztirob”, “Mutolaa faroğati” singari zamonaviy nomlangan turkumlar ham mavjud. Soni 500 tadan ortiq uçliklar esa alohida turkumda mujassam etilgan.
Nazarimda, şoirning bunday yondaşuvini, bir tomondan, Jaloliddin Rumiy, Alişer Navoiy, Hofiz kabi buyuk söz ustalarining maʼnaviy merosiga muhabbat va sadoqat nuqtai nazaridan, ikkinçi tomondan, Gyote kabi yevropalik daho şoirlarning Şarq va Ğarb adabiyotidagi ilğor tajribalarni özlaştiriş hamda özaro uyğunlaştiriş yölidagi qadamlarini davom ettirişga astoydil intiliş sifatida ijobiy hol, deb baholaş lozim.
Uşbu jildning yana bir öziga xos jihati – unda şoirning köngil keçinmalari, quvonçu şodliklari, iztiroblari satrlarga köçgan şeʼrlari, mungli marsiyalari bilan birga tarbiyaviy jihatdan muhim, ijtimoiy ahamiyatga molik şeʼriy turkumlari, çuqur va keng falsafiy muşohadalari yonma-yon keladi.
XXI asr şeʼrlari: “Oyparast dil”
Ğulom Mirzo qalamiga mansub olti jildlikning ikkinçi kitobi “Oyparast dil” deb nomlangan. Oldingi şeʼriy töplamlar orqali muxlislarga yaxşi taniş bölgan “dil” obrazi endilikda yangi qiyofada, yaʼni “oyparast dil” maqomida namoyon bölmoqda.
Oyparastlik – ğayrioddiylikdir. Oşiq dilning dalli-devonaligi otaşin şeʼriy misralarda oyparastlik timsolida taqdim etilmoqdaki, bunday badiiy yeçim şeʼrxonni beeʼtibor qoldirmasligi tayin.
Uşbu jilddagi eng yangi şeʼrlar jamlangan 10 ta turkum, ayniqsa, alohida eʼtiborga sazovor. Bu örinda, jumladan, 2016-2023 yillar, yaʼni yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida Yangi Özbekistonga asos solinişi davrida yozilgan “Zomin daftari”, “Naysonu tiyramoh çorrahasida”, “Tökildi umrimning hosili”, “Ey, közlari – qalbimning naqşi”, “Bayroqdek yuksalar har bitta yurak” nomli turkumlar haqida söz bormoqda.
Şuni taʼkidlaş kerakki, bir tomondan, uşbu turkumlarga kiritilgan şeʼrlarning yuksak ruhi sönggi yillarda Ğulom Mirzoning ijodida jöşqinlik davri keçayotganini körsatsa, ikkinçi tomondan, turkumlar va ulardagi şeʼrlarning kölamdorligi şoir serhosil ilhom pallasida ijod qilayotganini yaqqol bildirib turibdi.
Töplamdagi turkumlarning qolgan qismi “Nastarindek nozlangan dunyo”, “Falakdan boylaysan sarrişta”, “Bir nafasdek yutdim umrni”, “Fikrat dovuşi” kabi nomlar bilan atalgan. Bu turkumlardagi şeʼrlar ham yangi – şoirning XXI asrga mansub ijod namunalaridir.
Ğulom Mirzo qalamiga mansub “Taayyun raqamlari” va “Oyparast dil” kitoblarini şoirning şeʼriyat taraqqiyoti pillapoyalari böylab yuksaliş yölida qöygan dadil qadamlari, desak, arziydi.
Nasr: “Ey, darveş”
Keyingi yillarda Özbekiston Oliy sudi tomonidan 1030 dan ziyod mustabid tuzum qatağoniga uçragan vatandoşlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklaş yölidagi yangi qadam böldi. Bu raqam Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2023 yil 11 dekabr kuni poytaxtimizda bölib ötgan “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya iştirokçilariga yöllagan tabrigida keltirildi.
Ğulom Mirzoning olti jildligiga uçinçi kitob sifatida kiritilgan “Ey, darveş! (Zulmni yenggan mazlumlar qissasi)” nomli asar qahramonlari – ota-bola Mirza Tölayev va Abdirayim Mirzayev ham xuddi şu raqam içida bor. Kitob muallifining 1949 yili aynan “xalq duşmani” degan soxta ayblov bilan qatağonga duçor etilgan otasi va bobosi oqlanişi uçun 70 yil vaqt kerak böldi.
XX asr 50-yillaridagi “iliqlik davri”da katta qatağon qurbonlari orasidan ayrim taniqli ziyolilarnigina qisman oqlaş yölidan borilgan. Buning sababi şuki, agar öşanda nohaq qatağon etilgan millionlab oddiy kişilar ham yalpi oqlab yuborilsa, sovetlar tuzumi zulmkor bölgani töğrisidagi haqiqat oçilib qolar, oqibatda xalqning işonçsizligi va noroziligi kuçayib ketişi mumkin, deb qaralgan.
Eʼtibor bering: aksilinqilobiy tarğibot va taşviqot olib borişga oid ayblov bilan 1937 yili Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon kabi millat gullari qatağon etilgan, keyingi bosqiçda Oybek, Maqsud Şayxzoda, Said Ahmad, Şukrullo singari zabardast adiblarimiz qamalgan. Mirza Tölayev esa badiiy ijodda tanilmagan, şunçaki dinu diyonatli va halol, sodda va rostgöy, ayni çoğda, sovetlar siyosati va mafkurasidan bexabar, oddiy qişloq odami bölgan. Mirza bobo kitob yozmasa ham, kitoblarni sevib mutolaa qilgan, albatta. Hibs etgani kelganlar masjid va şaxsiy kutubxonadagi bir qop noyob qölyozma kitoblarini xaçirga ortib ketgani ham buni tasdiqlaydi.
Mirza Tölayev qariyb bir oylik şafqatsiz tergovlar davomida soxta ayblovlarni böyniga olmagaç, yanada beşafqat yöl tutiladi. Yaʼni, 1949 yil 1 oktyabrda Mirza boboning yolğiz öğli Abdirayim Mirzayev ham hibsga olingan. Söng ota – 10 yil, öğil – 6 yil muddat davomida GULAG lagerlarida jazoni ötab qaytgan.
Ğulom Mirzoning uşbu kitobi marhum ota-bobosining ruhi poklarini yod etişga xizmat qilibgina qolmay, muhim maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyat ham kasb etadi.
Lotin Amerikasi adabiyotidan namunalar: “Suv böyida sanavbarim sen, Vatan”
Avvalambor, Ğulom Mirzo olti jildligidagi törtinçi kitob hisoblanuvçi uşbu töplamning nomi haqida ikki oğiz söz: “Suv böyida sanavbarim sen, Vatan” – bu samimiy va mehr-muhabbatga töla taʼrif ekvadorlik şoir Xorxe Enrike Adoum qalamiga mansub “Vatan ildizlari” sarlavhali şeʼrdan olingan jarangdor va gözal misradir.
Ekvador şoiri ummon sohilida joylaşgan vatanini körkam daraxtga qiyoslagan. Öz, navbatida, özbek tarjimoni uşbu qiyosni ögirişda Şarq şeʼriyati, xususan, Navoiy ğazallarida sevgili yorning qomati tavsifida qöllaniladigan sanavbar (yaʼni, qarağayga öxşaş xuşqomat daraxt) timsolidan muvaffaqiyatli foydalangan.
Lotin Amerikasi adabiyoti aslida XX asrda şeʼriyatdan boşlanganini unutmaslik lozim. Zotan, Borxes, Kortasar, Garsia Markes kabi jahon nasrining pirlari ayni paytda hassos şoirlar hamdir. Hozirgi kunda ana şu sohir qalam ustalari, şuningdek, Ruben Dario, Gabriela Mistral, Sesar Valyexo, Nikolas Gilyen, Migel Asturias, Alyexo Karpentyer, Pablo Neruda, Oktavio Paz ijodiga mansub şeʼrlar jahon sanʼati durdonalari xazinasidan munosib örin olgan.
Töplamda Lotin Amerikasi mintaqasidagi 16 davlatdan – 55 nafar şoir va yozuvçining ijod namunalari, 300 dan ortiq şeʼr va öndan ziyod hikoya jamlangan. Bu şeʼr va hikoyalarni rus tilidan ögirgan Ğulom Mirzo çorak asrdan buyon özbek muştariysini jahon adabiyoti durdonalari, jumladan, Lotin Amerikasi adabiyoti namunalari bilan taniştirişdek ezgu işga hissa qöşib kelmoqda.
Ğarb va Şarq şeʼriyatidan tarjimalar: “Quşlar sayrayverar tomirlarimda”
Asl adabiyot – isteʼdod mevasidir. Isteʼdod bor joyda esa geografiya, yaʼni makon öz mohiyatini yöqotadi. Bu maʼvoda haqiqiy adabiy-badiiy asar milliy bölişi bilan birga ğoyatda umuminsoniy, ayni çoğda, umumbaşariyligi bilan tom maʼnoda milliy hamdir. Hatto adibning qaysi adabiy oqimga mansubligi emas, balki aynan asarlaridagi maʼno va fikr, tuyğu va hikmat, ramz va taşbeh, söz va gözallik muxlisga naqadar zavq bağişlaşi muhimdek tuyuladi.
Ğulom Mirzo olti jildligidagi beşinçi kitob “Quşlar sayrayverar tomirlarimda” deya nomlangan bölib, uşbu töplamda Ğarb va Şarqning sohir qalam ustalari ijodidan namunalar jamlangan. Xususan, yevropalik şoirlar – Georg Fridrix Gendelning “Amir Temur” operasi, Xans Magnus Ensensberger, Yan Raynis, Anna Svirşinskaya, Tadeuş Rujeviç va Aniza Kols hamda amerikalik şoir Genri Uodsvort Longfello şeʼrlari, rus şoirlari Ivan Bunin va Aleksandr Matusovskiyning nazmiy javohirlari, yaponiyalik mumtoz şoirlar Saygyo, Matsuo Basyo, Kikaku Takarai, Kobayasi Issa qalamiga mansub xokku va tanka janridagi nazmiy asarlarining özbekça tarjimalari taqdim etilgan.
Uşbu antologiya Ğarb va Şarq mintaqalarida joylaşgan 8 ta mamlakat adabiyotining 14 nafar namoyandasi nazmiy asarlari namunalaridan iborat. Bu yetuk badiiy asarlarni adabiyotsevar xalqimizga taqdim etar ekan, tarjimon Ğulom Mirzo har bir adibga hurmatu eʼzoz körsatib, har qaysi asarning tub mohiyati va ğoyasini, badiiy yutuqlarini, qöllangan söz sanʼati unsurlarini imkon qadar asliyatdagidek saqlaşga intilgan.
Ğulom Mirzoning tarjima töplamlari haqidagi fikrlarimni şu joyda muxtasar etaman. Muhimi, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bölgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimaşunoslik böyiça öziga xos ijodiy maktab şakllanganini alohida taʼkidlaş lozim”.
Yodnoma: “Jondek aziz xotiralar”
Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri, Davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov milliy adabiyotimizni yangi bosqiçga kötargan nodir isteʼdod sohibi edi. Sevimli şoirimizning yuksak badiiy, teran falsafiy şeʼrlari xalqimiz könglidan çuqur joy olgan. Dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa bölib qöşilgan.
Ğulom Mirzo olti jildligidagi oltinçi kitobning birinçi qismidan ardoqli şoirimiz bilan muallifning qariyb çorak asrlik muloqotlari asnosida qoğozga tuşirilgan esse, maqola va suhbatlari joy olgan.
“Jondek aziz xotiralar” kitobining ikkinçi qismi atoqli tarjimaşunos olim va hassos publitsist, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan fan arbobi Ğaybulla Salomov (taxallusi: Ğaybulloh as-Salom) xotirasiga bağişlangan.
Maʼlumki, Ğaybulla Salomov asos solgan özbek tarjimaşunosligi ilmiy maktabi mamlakatimiz, hattoki jahon ilm-fani ravnaqida öziga xos öringa ega. Ğaybulla Salomov eng köp şogirdlar tarbiyalagan zahmatkaş olimlardan biridir.
Tarjimaçilik işining dolzarbligi masalasiga kelsak, tarjimasiz biron-bir xalq va millat madaniyati öz-özidan taraqqiy topmagan va topmasligi muqarrar. Binobarin, ustoz Ğaybulloh as-Salom taʼbiri bilan aytganda, “Tarjima sanʼatisiz xalqlar bir-birlari uçun soqov bölib qoladilar, bir-birlarini tuşuna olmaydilar”.
Şu maʼnoda, Prezidentimiz yaqinda tarjimonlikdek masʼuliyatli mehnatni munosib rağbatlantiriş uçun uluğ şoir va tarjimon Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etişni taklif etganlari nihoyatda ulkan ahamiyatga ega.
Akmal SAIDOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, akademik
