Olis böldi men közlagan manzillar
Yahyoxon FAYOZ
Muallif haqida:
Yahyoxon Fayoz (Mahmudov) — 1988 yil Boysun tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. “Baxtimizning zar tumorlari” nomli şeʼriy kitobi naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
KÖNGIL…
Köngil taraflarga…
Usmon AZIM
Atirgulni almaşib bölmas
Iforsiz gul yo alaflarga.
Dilim yonar, bevafo kelmas
Köngil taraflarga…
Bir bor kelgin, kelmasang bölmas,
Közyoş tölar, yuragim tölmas,
Mehr demiş qadamingni bos
Köngil taraflarga…
Topganlarim firoq böldi,
Manziling xöp yiroq böldi,
Istaklaring söroq böldi,
Köngil taraflarga…
Raşkim tomon manziling bor,
Aşkim tomon manziling bor,
Işqni kömgin şaraflarga,
Kelgin köngil taraflarga!..
OTA
Ota, körmagandim soçingda oqlar,
Balki ulgurmagan tuşmoqqa oqlar.
Çalğitdi orzular, aldadi boğlar,
Könglimdek toş yölda toldi oyoqlar.
Ota, soğinçlarga tölib yaşayapman.
Tirikman, har lahza ölib yaşayapman.
Har sahar közlaring giryon kutarding,
Ayt, bu soğinçlarni qanday kötarding?
Bilaman, dardlaring böğzingda qolgan,
Jimgina kutarding, ğamlar yutarding.
Şul ğamlar köyida tolib yaşayapman.
Bardoşim yetmaydi qolib yaşayapman.
Boşim pana edi, boşpanam eding,
Yöllarim çaroğon maşʼalam eding.
Özdan boşqa dardim yöq edi mening,
Duogöyim eding, sen malham eding.
Ota, suratingga boqib yaşayapman.
Qara, közyoşimga oqib yaşayapman.
Armonlar ipida qolgan bandiman,
Özni eplolmagan telba andiman.
Asradim özimni, asradim dilni,
Men şunday notavon söqir bandaman.
Ota, saratonda qotib yaşayapman.
Umrimni arzonga sotib yaşayapman.
Körgan tuşlarimni suvlarga aytib,
Könglimning kaʼbasi – qişloqqa qaytib.
Izlaring qömsayman, ising qömsayman,
Yöllarda kezaman devona, daydib.
Yurakni çokidan sitib yaşayapman.
Sen tomon manzilim kutib yaşayapman.
KELDIM-A…
Olis böldi men közlagan manzillar,
Şamol kabi yugurdim-a, yeldim-a.
Rostga köçdi men öynagan hazillar,
Sevgim, seni soğiniblar keldim-a!
Yölim tösdi qovjiragan xazonlar,
Yölim kesdi qança narxi arzonlar,
Soçlarimga qönib-qönib mezonlar,
Sevgim, seni soğiniblar keldim-a!
Oy tölişdi, tinglab-tinglab dardimni,
Yulduzlarning hasratdoşi böldim-a.
Bir özingda baland körib qadrimni,
Sevgim, seni soğiniblar keldim-a!
Keçib bölmas, unutib ham bölmagay,
Oşiq ölar, muhabbati ölmagay,
Qaytaverdim yuragingdan söramay,
Sevgim, seni soğiniblar keldim-a!
Gaplarim köp, lek qandayin aytaman?
Savollardan ketolmadim ildam-a.
Men yoningga şeʼrlarimda qaytaman,
Sevgim, seni soğiniblar ketdim-a!
SURXONDARYO
Qişin-yozin oftob yelkang jimirlatar,
Saratonda şovqin solib oqqan daryo.
Soğinçlari sözga siğmas, jim yiğlatar –
Surxondaryo, Surxondaryo, Surxondaryo.
Manglayiga termiziylar bitgan diyor,
Alpomişin yetti yillab kutgan diyor,
Moziydan söz – ilmu hikmat tutgan diyor,
Surxondaryo, Surxondaryo, Surxondaryo.
Doim dalam, deya şoşgan dehqon bobo,
Maysa kabi nurlar emgan çöpon bobo,
Kelisida ming armoning tuygan momo,
Surxondaryo, Surxondaryo, Surxondaryo.
Bor hayoti oqşomgaça zahmat oğam,
Taqdiriga mudom köngan jömard oğam,
Yelkasiga oftob ingan kelbat oğam,
Surxondaryo, Surxondaryo, Surxondaryo.
Alloh azal neʼmat bilan siylagan yurt,
Baxşilari taʼrifidan söylagan yurt,
Farzandlari tinçligini öylagan yurt –
Surxondaryo, Surxondaryo, Surxondaryo.
Toy-toy bölib ilk bor izim botgan tuproq,
Olis ketsam, meni intiq kutgan tuproq,
Azizlarim, otam-onam yotgan tuproq,
Surxondaryo, Surxondaryo, Surxondaryo!
KEÇIRGIN, SEVGIM
Dilda sönmas muhabbat haqqi,
Anduhlarni öçirgin, sevgim.
Men ğaribni dildagi ahdi,
Oşiğingni keçirgin, sevgim.
Dardlaringa bölmasam darmon,
Baʼzan-baʼzan ranjitsam yomon.
Arazlamay topib bir imkon,
Oşiğingni keçirgin, sevgim.
Ha, esimda gullar tutganim,
Visolingga aşʼor bitganim,
Men telbani şu yupatganing,
Oşiğingni keçirgin, sevgim.
Samolardan topgan yulduzim,
Tanhoginam, yakka-yolğizim,
Dilda alam, böğzimda bözim,
Oşiğingni keçir, sevgilim.
Işqqa vafo qilganmi oçun,
Barçasi haq, barçasi oh, çin,
Seni jondan sevganim uçun,
Oşiğingni keçir, sevgilim.

